ru
Feedback
Аndijon viloyat АKM | Rasmiy kanal

Аndijon viloyat АKM | Rasmiy kanal

Открыть в Telegram

Z.M.Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazining telegram kanali Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👇 https://andijon.taplink.ws Maxsus bot: @andakmbot Manzil bot: @andtakmbot

Больше
880
Подписчики
-224 часа
-187 дней
-9730 день
Архив постов
#YKF2026 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI YOSH KUTUBXONACHILAR FORUMI ARIZALAR QABULI TUGASHIGA 2 kun q
#YKF2026 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI YOSH KUTUBXONACHILAR FORUMI ARIZALAR QABULI TUGASHIGA 2 kun qoldi! Shoshiling! Fikrlaringizni loyihaga aylantiring, kelajakka qadam qo‘ying! YOSH KUTUBXONACHILAR VI FORUMI 📅 29–31 IYUL, 2026 Ariza topshirish uchun: https://yoshlar.miku.uz G‘oyangiz – kelajakka hissa!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website

#Andijon_adabiy_muhiti 📄Umr o'tmoqda Menda ne tashvish bor, bilmayman axir, Yirtilsa umrning bitta varog'i. Hayotim o'tmoqda
#Andijon_adabiy_muhiti
📄Umr o'tmoqda Menda ne tashvish bor, bilmayman axir, Yirtilsa umrning bitta varog'i. Hayotim o'tmoqda yuki beta'sir, Yumilsa hayotning horg'in qovog'i. Na, kulish bilmayman, yoki yiglashni, Umr o'tmoqdadir, umr bezavol. Har kuni minutni kunda chog'lashni, Hukmi bor hayotning tashvishi halol. Shunday o'taversa, mening kunlarim, Ne hojat, nolishning mavridi emas. Hayotning lazzati jonli unlarim, Hayotim a'lodir, men noshud emas. Menga umr bergan munisim onam, Olloh qudrati bu tilsimdur hikmat. SHu hayot ko'rkida ulg'aydim men ham, Umr o'tmoqdadir, umr g'animat.
✍🏻Xanifa Solihova

📚 Hafta kitobi: "Men Malalaman"

#Kun_tarixi
📆 Bugun: 21.07.2026. Haftaning Seshanba kuni 🌏 “Yoki” kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy xot-dog kuni. 🇧🇪 Belgiya - Milliy kun. 🇬🇺 Guam - Ozodlik kuni. 🇸🇬 Singapur - Irqiy uyg'unlik kuni. ⏳ Tarixiy voqealar: 🏅 1773 - Rim papasi Iyezuitlar ordenini ta‘qiqladi. 🚆 1904 - 13 yil davom etgan Buyuk Sibir temir yo'lining qurilishi yakunlandi. Temir yo‘lning rasmiy ochilishi kelasi yilning 1 yanvarida bo‘lib o‘tdi. 🔰 1925 - SSSR Xalqaro metrik konvensiyaga qo'shildi. 📝 1954 - Hindixitoydagi mustamlakachilik urushiga yakun yasovchi Jeneva shartnomasi imzolandi. 🌚 1969 - Nil Armstrong  va Bazz Oldrin Oyga qadam qo‘yishdi. 📚 2007 - Garri Potterning yettinchi kitobi "Garri Potter va ajal tuhfasi" ingliz tilida nashr etildi. 🚢 2011 - Atlantic kemasining so'nggi parvozi yakunlandi. "Space Shuttle" dasturi rasman yopildi. 🎉 Bugun tugʻilganlar: 👨🏻‍🔬 1810 - Anri Reno (1878) - fransuz kimyogari va fizigi.- 1816 - Pol Julius Reyter (1899) - jurnalist, biznesmen, Britaniyaning «Reuters» axborot agentligi asoschisi. 🤵‍♂️ 1897 - Vasiliy Sokolovskiy (1968) - Sovet Ittifoqi marshali, Sovet Ittifoqi Qahramoni. 👨‍💼 1899 - Ernest Xeminguy (1961) - amerikalik yozuvchi, jurnalist, Nobel mukofoti sohibi (1954). 🧑‍🔬 1923 - Rudolf Markus - kanadalik va amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sovrindori (1992). 🧑🏻‍💼 1928 - Ahmad Odilov - sozanda (chang), pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977).  👩‍💼 1932 - Elena Dobronravova (1999) - teatr va kino aktrisasi, RSFSRda xizmat ko'rsatgan artist. 🤵🏻‍♀️ 1976 - Tatyana Lebedeva - rossiyalik atlet, Olimpiya chempioni (2004), ko'p karra jahon va Evropa chempioni. ⛷ 2002 - Rika Kihira - yaponiyalik figurali uchish ustasi, to'rt qit'aning ikki karra chempioni (2019 va 2020).
https://t.me/AndijonAKM

📚"Yangi adabiyotlar — yangi g’oyalar manbai" 📗Kitob — ilm-ma’rifat va taraqqiyot manbai. Yangi nashr etilgan adabiyotlar bi
+4
📚"Yangi adabiyotlar — yangi g’oyalar manbai"
📗Kitob — ilm-ma’rifat va taraqqiyot manbai. Yangi nashr etilgan adabiyotlar bilan tanishish kitobxonlarning bilim doirasini kengaytiradi va mutolaaga qiziqishini oshiradi. 📌Shu munosabat bilan yangi adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etilib, turli sohalarga oid eng so’nggi nashrlar kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi hamda ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. 📕"Kitob o’qigan insonning qalbi nurli, kelajagi porloq bo’ladi." Yangi adabiyotlar bilan tanishishga chorlaymiz va barchani kitob mutolaasiga taklif etamiz!
Facebook | Instagram | Website | Telegram | Twitter |

#Andjonlik_qatagon_qurbonlari ✍🏻Kamolov Sayfi (1897-1937). Andijon shahrida tug’ilgan. Eski usuldagi maktabda o’qigan. Milli
#Andjonlik_qatagon_qurbonlari
✍🏻Kamolov Sayfi (1897-1937). Andijon shahrida tug’ilgan. Eski usuldagi maktabda o’qigan. Milliy qarshilik ko’rsatish harakatida ishtirok etgan. Andijon viloyat teatrida aktyor. Qamoqqa olinguncha turli maktablarda o’qituvchilik qilgan. 1937-yilda millatchilik va aksil inqilobchilikda ayblanib qamoqqa olingan. 1938-yil 1-15 oktyabrda mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan. Keyingi taqdiri noma’lum.

Tanishing! O‘lkaga oid yangi adabiyotlar! 📖Bilim sari tashlangan har bir qadam yangi manbadan boshlanadi. Ana shunday bebaho
+3
Tanishing! O‘lkaga oid yangi adabiyotlar!
📖Bilim sari tashlangan har bir qadam yangi manbadan boshlanadi. Ana shunday bebaho bilim xazinasi bo‘lgan kutubxonamizning O‘lkashunoslik sektori jamg‘armasi navbatdagi yangi nashrlar bilan yanada boyidi. 📝Bugun ilm-fan jadal rivojlanayotgan bir davrda zamonaviy, ishonchli va dolzarb adabiyotlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu bois kutubxonamiz fondi muntazam ravishda eng yangi nashrlar bilan to‘ldirilib, kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda. 📚Yangi kelgan adabiyotlar mavzu jihatidan nihoyatda rang-barang. Ular orasida texnika va muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, tarix, falsafa, pedagogika, iqtisodiyot hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarga oid zamonaviy va ilmiy ahamiyatga ega kitoblar o‘rin olgan.
📌BATAFSIL...
Facebook | Instagram | Website | Telegram | Twitter |

📄Gunoh she'ri ✍🏻Xurshida Vahobjon qizi
https://t.me/AndijonAKM

📌ILMIY IZLANISHLAR MANBAI — KUTUBXONA FONDLARIDAGI NOYOB NASHRLAR 📚Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga ilmiy
+3
📌ILMIY IZLANISHLAR MANBAI — KUTUBXONA FONDLARIDAGI NOYOB NASHRLAR
📚Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar va kitobxonlar tashrif buyurib, kutubxona fondlarida saqlanayotgan tarixiy davriy nashrlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, ular 1954-yildan boshlab nashr etilgan «Kommunist» va «Ma'rifat» gazetalari hamda «Sharq yulduzi» jurnalining arxiv sonlariga alohida qiziqish bildirdilar. Mazkur nashrlar o'z davrining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va adabiy hayotini yorituvchi muhim tarixiy manbalar bo'lib, ilmiy tadqiqotlar olib borishda qimmatli axborot manbai hisoblanadi. Kutubxona fondlarida saqlanayotgan bunday noyob va tarixiy nashrlar ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, talabalar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun ishonchli bilim manbai bo'lib xizmat qilmoqda.
📌BATAFSIL...
Facebook | Instagram | Website | Telegram | Twitter |

📺 LG televizor va monitorlari endi sun’iy intellektni o‘qitish uchun barcha suhbatlaringizni tinglashi hamda yozib olishi mu
📺 LG televizor va monitorlari endi sun’iy intellektni o‘qitish uchun barcha suhbatlaringizni tinglashi hamda yozib olishi mumkin.
📌Foydalanish shartlariga ko‘ra, texnika egalari mehmonlarni va oila a’zolarini bu haqda ogohlantirishi shart. Tinglash funksiyasini o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi, lekin u bilan birga ovozli kiritish va xavfsizlik yangilanishlari ham ishlamay qoladi.
https://t.me/AndijonAKM

#Kun_tarixi
📅Bugun: 20.07.2026.Haftaning dushanba kuni. 🌏Xalqaro tort kuni. 🌏Butunjahon sakrash kuni. 🇺🇳Butunjahon shaxmat kuni. 🏳️Shimoliy Kipr - Tinchlik va ozodlik kuni. ⏳Tarixiy voqealar: ⚔️1402-yil - Amir Temur turk sultoni Boyazid I Yildirimni magʻlub etdi. 🎬1877-yil - Animatsiya tarixining boshlanishi. 🚘1917-yil - BMW savdo belgisi ro’yxatdan o’tgan kun. 🌓1969-yil - AQSHning „Apollon-11“ kosmik kemasi Oyga qoʻndi. 🎊Tavallud ayyomlar: 📚1726-yil 20-iyul - ispan kitob chop etuvchisi Ioaxim Ibarra. 🎼1917-yil 20-iyul - xonanda, sozanda, aktyor va bastakor Komiljon Otaniyozov. 🥋1979-yil 20-iyul - kelib chiqishi osetin boʻlgan oʻzbekistonlik erkin kurashchi Artur Taymazov.1994-yil 20-iyul - amerikalik figurali uchuvchi, to'rt qit'a chempioni Maya Shibutani.
https://t.me/AndijonAKM

Вилоят ахборот-кутубхона марказида туман (шаҳар) ахборот-кутубхона марказларининг 2026 йилнинг биринчи ярим йиллигида амалга
+9
Вилоят ахборот-кутубхона марказида туман (шаҳар) ахборот-кутубхона марказларининг 2026 йилнинг биринчи ярим йиллигида амалга оширган ишлари юзасидан таҳлилий ҳисоботларни тинглашга бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди. Тадбирда вилоят ахборот-кутубхона маркази раҳбарияти, соҳа мутахассислари ҳамда барча туман ва шаҳар ахборот-кутубхона марказлари директорлари иштирок этдилар. Йиғилиш давомида ҳар бир марказнинг олти ойлик фаолияти атрофлича таҳлил қилиниб, аҳолига ахборот-кутубхона хизмати кўрсатиш сифати, китобхонлар сонини ошириш, электрон ресурслардан фойдаланиш, китоб мутолаасини тарғиб қилиш, маънавий-маърифий тадбирларни ташкил этиш ҳамда ёшлар билан ишлаш йўналишида амалга оширилган ишлар юзасидан ҳисоботлар тингланди. Муҳокамалар давомида эришилган ютуқлар эътироф этилди, мавжуд камчиликлар юзасидан таклиф ва тавсиялар билдирилиб, йилнинг иккинчи ярим йиллиги учун устувор вазифалар белгилаб олинди.

🇦🇪 БАА мактабларида якуний имтиҳонларда энг яхши натижалар кўрсатган битирувчиларга 100 000 дирҳамдан (27 000 доллар) мукоф
🇦🇪 БАА мактабларида якуний имтиҳонларда энг яхши натижалар кўрсатган битирувчиларга 100 000 дирҳамдан (27 000 доллар) мукофот берилди
🏆Мукофотлар битирувчиларнинг уйларига бахмал билан ўралган махсус қутиларда жўнатилди. Уларнинг ичида пулдан ташқари Дубай амирининг шахсан ўзи йўллаган табрик ҳам бор.

#Kun_tarixi
📅Bugun: 17.07.2026. Haftaning juma kuni. 🌏Xalqaro odilsud kuni. 🌏Butunjahon emoji kuni
. 🇷🇺Rossiya - Dengiz aviatsiyasi kuni. 🇰🇷Koreya Respublikasi - Konstitutsiya kuni. ⏳Tarixiy voqealar: 🏥1775-yil - AQShda ilk harbiy gospital ochildi. 🕹1868-yil - Yaponiya poytaxti Kiotodan Tokioga koʻchirildi. 🚴🏻‍♀️1976-yil - Monrealda XXI Olimpiya oʻyinlari boshlandi. 💻1990-yil - AQShda ilk mikrokompyuter patentlandi. 🎊Tavallud ayyomlar: 👨🏻‍💼1846-yil 17-iyul - rus sayyohi va etnografi Nikolay Mikluho Maklay. 👨🏻‍🎨1898-yil 17-iyul - amerikalik suratkash Berenis Ebbot. 👨🏻‍🏫1937-yil 17-iyul - hajvchi yozuvchi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Ne'mat Aminov. 👩🏻‍💼1947-yil 17-iyul - taniqli va mahoratli aktrisa, Oʻzbekiston xalq san’atkori Dilbar Ikromova.
https://t.me/AndijonAKM

Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Ismailova Gulnora Alijan
+7
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Ismailova Gulnora Alijanovna ishtirokida eng faol kitobxonlar uchun “Yoshlar tadbirkorligi – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining muhim omili” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning innovatsion g’oyalari va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berishdan iborat bo’ldi.

Farid_Usmon_tavvalludining_80_yilligiga_bagʼishlangan_virtual_koʼrgazma.pdf14.28 MB

photo content

📌Ko’chma kutubxona-mehr va ma’rifat sari bir qadam 📚Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonid
+2
📌Ko’chma kutubxona-mehr va ma’rifat sari bir qadam  
📚Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Tashrif davomida kitobxonga badiiy va ma’rifiy adabiyotlar taqdim etilib, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni va ahamiyati haqida samimiy suhbat o‘tkazildi. ✔️Bu tashabbus har bir inson uchun kitob va bilimga bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda jamiyatimizda mehr-oqibat, insonparvarlik va e’tibor kabi yuksak qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📌BATAFSIL...
Facebook | Instagram | Website | Telegram | Twitter |

Inson bo’lib yashashga undovchi asar — “Puankare” 📌Bu dunyoda har kimning o’z Puankaresi bor. Inson maqsadsiz yashay olmaydi
+5
Inson bo’lib yashashga undovchi asar — “Puankare”  
📌Bu dunyoda har kimning o’z Puankaresi bor. Inson maqsadsiz yashay olmaydi. Har bir insonning o’z maqsadi, o’z orzusi mavjud. Ammo bu maqsadlar turlicha: kimniki katta, kimniki kichik, yana kimniki esa oliy va ezgu. Hayotda esa mayda-chuyda yumushlar, turli chalg’ituvchi omillar bisyor. Inson o’z maqsadi sari dadil qadam tashlar ekan, ana shu maishiy tashvishlar va kundalik muammolar uning yo’liga to’siq bo’lib, chalg’itishga urinadi. 📗“Kutubxona — ikkinchi oilam” klubining navbatdagi muhokamasi Abduqayum Yo’ldoshevning “Puankare” asariga bag’ishlandi. Suhbat davomida asardagi Puankare timsoli nafaqat maqsad, balki vijdon ramzi sifatida ham talqin qilinishi haqida fikr almashildi. Shuningdek, insoniylik va odamiylik fazilatlari, hayotda ezgu maqsad qo’yish, unga vijdon bilan intilish hamda hayot yo’lida to’g’ri maslakdosh topishning ahamiyati xususida mulohazalar bildirildi.
Facebook | Instagram | Website | Telegram | Twitter |