ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Nuruddin Blogs

Nuruddin Blogs

Открыть в Telegram

Texnologiyalar, Startuplar va ba’zida offtop. Kofe olib bermoqchimisiz? Marhamat: https://www.tirikchilik.uz/nuruddin Add me on other social media: instagram.com/nuruddinblogs / instagram.com/imnuruddin t.me/imnuruddin

Больше
6 815
Подписчики
+124 часа
+107 дней
+27630 дней
Архив постов
AI davrida kod yozişdanda köra tizim dizayni aktual bölib qolyapti, Şuning uçun ham hozirgi kunda bu kurs aktual deb öyladim, Nuruddin promokodi bilan 10% lik kursga çegirma ham mavjud https://t.me/forsiy_muhandis/316 @nuruddinblogs
18 нояб., 11:01

📢 Google Hydrogen 4 yangi qidiruv tizimini e’lon qildi. Google buni Qidiruvning hozirgaça bölgan eng katta yangilanişi deb atamoqda va bugundan boşlab barça uçun işga tuşirildi. Yangi Gemini 4 Hydrogen endi butun dunyo böylab Google Qidiruv foydalanuvçilariga taqdim etildi. Xoh bir neçta savol, xoh imlo xatolari bilan yozilgan, xoh öta aniq sörov bölsin, savollaringizni qanday xayolingizga kelsa, şunday bera olasiz. Javoblar esa suratlar, taqqoslaş jadvallari va maxsus ixçam vositalar bilan yanada körgazmali böladi. Googlening ta’kidlaşiça, Qidiruv savolni kiçik mavzularga bölib taşlaydi va ularning barçasini bir vaqtning özida qidiradi va saytlarning yanada kengroq röyxatiga havola beradi. Hydrogen - Google’ning tezkor modeli bölib, oldingi Gemini 3.8 Flash’dan 2,5 barobar tez işlaydi va har tomonlama intellekt reytinglaridan birida kattaroq Gemini 4 Argon’ni 51 ga 50 hisobida ortda qoldiradi. Dasturçilar uçun narxi - har million kiriş tokeni uçun $1,50 va har million chiqish tokeni uchun $7,50 @nuruddinblogs
13 нояб., 07:35

O‘zbekistonda Yandex ML School dasturining ikkinchi oqimi uchun darslar boshlandi. Dasturda ishtirok etish uchun 2000 dan ort
+1
O‘zbekistonda Yandex ML School dasturining ikkinchi oqimi uchun darslar boshlandi. Dasturda ishtirok etish uchun 2000 dan ortiq ariza kelib tushdi, biroq saralashdan so‘ng faqat 31 nafar nomzod o‘qishga qabul qilindi. Menimcha, bu yerda nafaqat tanlovning yuqori raqobati, balki ishtirokchilar mashinali o‘rganish texnologiyalarini qanchalik keng sohalarda qo‘llashni rejalashtirayotgani ham e’tiborga molik. ML allaqachon faqat dasturchilarga tegishli yo‘nalish bo‘lishdan chiqqan. Talabalar orasida bu texnologiyalarni energetika, tibbiyot, muhandislik, elektronika va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llashni istaganlar bor. Masalan, ishtirokchilardan biri Edge AI yo‘nalishida ishlashni rejalashtirmoqda. Bu sun’iy intellekt modeli ma’lumotlarni masofaviy serverga yubormasdan, bevosita qurilmaning o‘zida ishlashini anglatadi. 😮 📚 Ta’lim ikki semestr davom etadi. Ishtirokchilar matematika, statistika, algoritmlar va mashinali o‘rganishni o‘rganish bilan birga, amaliy vazifalar ustida ham ishlaydi. 👍 Birinchi oqim bitiruvchilari allaqachon mamlakatdagi texnologik va moliyaviy kompaniyalarda ish topgan. Ko‘rinishidan, mahalliy bozor uchun endi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni bilishning o‘zi emas, balki ularning ishlash tamoyillarini tushunish va mustaqil yechimlar yaratish qobiliyati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. https://t.me/nuruddinblogs
12 нояб., 05:41

Repost from Latipov [uzb]
UzIMEI’ning yetti yili: yaratilish tarixi, ta’sischilar, trillionlab so‘mlik to‘lovlar va ularning qonuniyligiga oid savollar IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq navbatdagi mojarodan so‘ng UzIMEI tizimining yaratilish tarixi, pudratchi qanday tanlangani va tizimning moliyaviy jihatlarini batafsilroq o‘rganishga qaror qildim. Natijada savollarim yanada ko‘paydi. Ulardan eng asosiysi – IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun majburiy to‘lov undirishning o‘zi qanchalik qonuniy. Konstitutsiyaga ko‘ra, fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 93-moddasiga muvofiq, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy etish Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiradi. Ammo IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov qonun bilan emas, balki Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qarori bilan belgilangan. Shu yerda savol tug‘iladi: huquqiy jihatdan bu qanday to‘lov – soliqmi, yig‘immi yoki xizmat haqi? Agar soliq yoki yig‘im bo‘lsa, nega uni parlament emas, hukumat belgilagan? Agar xizmat bo‘lsa, IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun telefon 30 kundan keyin mahalliy mobil operatorlar tarmog‘ida ishlamay qoladigan sharoitda, bu xizmatdan foydalanish qanchalik ixtiyoriy? Soliq kodeksida yig‘im qonun bilan belgilanadigan, yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq va budjet tizimiga to‘lanadigan majburiy to‘lov sifatida ta’riflangan. IMEI uchun to‘langan pullar esa tizim operatorining maxsus hisobvarag‘iga tushadi. Shu sababli uni avtomatik ravishda davlat yig‘imi deb hisoblash ham to‘g‘ri emas. Ammo majburiy to‘lovni shunchaki «xizmat haqi» deb atash orqali uning qonuniyligiga oid savolni yopish ham, nazarimda, yetarli emas. Biz huquqiy baho olish uchun murojaat qilgan yuridik fanlar doktori Dildora Bazarova ham, avvalo, ushbu to‘lovning huquqiy tabiatini aniqlash zarur, deb hisoblaydi. Agar bu yig‘im bo‘lsa, Konstitutsiya va Soliq kodeksi talablari bajarilishi kerak. Agar xizmat haqi bo‘lsa, uning majburiyligi va narxini belgilash uchun yetarli qonuniy asoslar mavjudligi tushuntirilishi lozim. To‘lov qonuniymi yoki yo‘qmi, degan savolga javob topish uchun rasmiy huquqiy tushuntirish, jumladan, Konstitutsiyaviy sudning pozitsiyasi zarur. Endi narxiga to‘xtalsak. Bugun bitta IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish 88 ming so‘m, 30 kundan keyin esa 110 ming so‘m turadi. Bitta telefonda ikkita IMEI bo‘lsa, har biri uchun alohida to‘lash kerak. 2019-yildan buyon standart tarif deyarli ikki baravar oshgan. Nega? Chunki xizmat narxi muntazam oshirib boriladigan bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) bog‘langan. Xuddi jarimalar va ayrim davlat yig‘imlari kabi. Ammo BHM oshishining raqamli identifikatorni ma’lumotlar bazasiga kiritish tannarxiga qanday aloqasi bor? Nega ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning aynan 20 foizi, 2 yoki 5 foizi emas? Tarifning iqtisodiy ekspertizasini kim va qachon o‘tkazgan? Yetti yil ichida IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ to‘langan. 2026-yilning birinchi yarmida tizim davlat operatori daromadlarining qariyb 90 foizi aynan IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hisobiga shakllangan. Shu bilan birga, xizmat tannarxining ochiq hisob-kitobi, xarajatlarning batafsil tarkibi va texnik pudratchi qancha mablag‘ olayotgani haqida ma’lumot yo‘q. Shu o‘rinda ikkinchi muammoga kelamiz – tizimning yaratilish jarayoni shaffof emasligi. 2019-yilda UzIMEI’ni joriy etish bo‘yicha tanlovda loyihani 2,5 million yevroga amalga oshirishni taklif qilgan Turkiyaning TTG kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Bu haqdagi rasmiy xabarni internet arxividan topish mumkin. TTG bizga uning mutaxassislari Toshkentda UZINFOCOM bilan birgalikda ish boshlaganini ham ma’lum qildi. Ammo shartnoma imzolanmagan. Kompaniya vakillarining aytishicha, sabablar tushuntirilmasdan loyiha Delta Telecom International kompaniyasiga berilgan. Tanlovdan bir necha oy o‘tib, hukumat Information Technology Center qo‘shma korxonasi tashkil etilganini e’lon qildi. Uning 51 foiz ulushini Amerikaning Delta Telecom International I, LLC kompaniyasi, 49 foizini esa davlatga qarashli Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi olgan. 2026-yilga kelib esa ta’sischilar orasida Amerika kompaniyasi o‘rniga Singapur kompaniyasi ko‘rsatilgan. Qizig‘i, bu kompaniya faqat 2020-yil avgustida, ya’ni UzIMEI ishga tushganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan. Bu kompaniyalarning yakuniy benefitsiar egalari kim? Nega dastlabki tanlov g‘olibi shartnomasiz qolgan? Tizimni yaratish aslida qanchaga tushgan? Ehtimol, bu savollarning barchasiga qonuniy va iqtisodiy jihatdan asosli javoblar bordir. Ammo tizim majburiy bo‘lsa, millionlab fuqarolarga taalluqli bo‘lsa va trillionlab so‘m tushum keltirayotgan bo‘lsa, nega bu hujjatlar ochiqlanmagan? Shaxsan menda tizim qanday shartlar asosida yaratilgani, undan tushgan pullar qayerga yo‘naltirilayotgani va nima uchun «xizmat» aynan shuncha turishi haqida ma’lumot bo‘lmasa, unga nisbatan ishonch ham bo‘lmaydi. Ha, yagona IMEI bazasi foyda keltirishi mumkin: o‘g‘irlangan telefonlarni bloklash, klonlangan kodlarni aniqlash va noqonuniy importga qarshi kurashishda yordam beradi. Ammo nazarimda, tizim keltirib chiqarayotgan xarajatlar uning foydasidan ko‘proqdek. Biz O‘zbekistonda soliq yuki nisbatan pastligi haqidagi gaplarni tez-tez eshitamiz. Ayrim soliq stavkalari bo‘yicha shunday bo‘lishi ham mumkin. Lekin biznes yuritish va yashashning haqiqiy xarajatlari faqat soliqlar bilan belgilanmaydi. Import bojlari, majburiy to‘lovlar, sertifikatlashtirish, ruxsatnomalar, raqobatga qo‘yilgan cheklovlar, monopoliyalar va byurokratiya ham bor. Tranzaksion xarajatlar ham mavjud. Bular – odamlar va tadbirkorlarning deklaratsiya to‘ldirish, tekshiruvlardan o‘tish, ro‘yxatdan o‘tkazish, navbat kutish va davlat organlari bilan ishlashga sarflaydigan vaqti va resurslari. Bu ham iqtisodiy yo‘qotish. Ba’zan bunday xarajatlar soliqlarning o‘zidan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Oxir-oqibat, bularning barchasi uchun iste’molchi haq to‘laydi. Jumladan, tovarlar narxining qimmatlashishi orqali. Biz dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatmiz. Logistika xarajatlari shundoq ham yuqori. Ammo qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish o‘rniga, ko‘pincha yangilarini yaratamiz. Menimcha, IMEI uchun undiriladigan to‘lovning mustaqil huquqiy ekspertizasini o‘tkazish, tizimning moliyaviy modelini va pudratchini tanlashga oid hujjatlarni oshkor qilish zarur. Shundan keyingina majburiy pullik ro‘yxatdan o‘tkazishni hozirgi shaklda saqlab qolish uchun asoslar bormi yoki yo‘qmi, degan masalani muhokama qilish mumkin. @latipovuzb
12 нояб., 04:06

2026-Yilda TECH bozorining holati Lenny Rachistky Yiliga ikki marta işga oliş va böş iş örinlari trendlarini örganadi, bu yil
+1
2026-Yilda TECH bozorining holati Lenny Rachistky Yiliga ikki marta işga oliş va böş iş örinlari trendlarini örganadi, bu yilgi hisobot ham çiqibdi, quyidagilar eng hayratlanarlisi: 1. PMlar sun’iy intellekt davrida ğolib bölmoqda 2. Muhandislik talablari deyarli töxtadi 3. Dizayn vakansiyalari rekord darajada pastligi 4. Endi har bir rol sun’iy ong könikmalariga muhtoj 5. Texnologik iş joylari Bay Area hududida joylaşgan. 6. Masofaviy işlar uçun vakansiyalar rekord darajada past. 7. Texnologik iş örinlari bozori tez ösmoqda, lekin asosan dasturiy ta’minotdan taşqarida (hayratlanarlisi!) 8. IT-rekruterlar uçun böş iş örinlari 2023-yildan buyon 300 foizga oşib, tarixdagi eng yuqori körsatkiçga yetdi. Töliq maqola: https://www.lennysnewsletter.com/p/state-of-the-tech-job-market-late @nuruddinblogs
11 нояб., 00:54

Anthropic kompaniyasi Claude Fable 5.2 va Mythos 5.2 ni taqdim etdi — uşbu modellar avvalgilariga nisbatan 30% gaça tezroq, 20% gaça arzonroq hamda dasturlaş, ilm-fan va kiberxavfsizlik sohalarida sezilarli darajada kuçliroqdir. Kompaniya ma’lumotiga köra, sinovlar davomida ular hatto qora tuynuklar fizikasiga oid ikkita yeçilmagan masalani hal qilgan va yangi operatsion tizimni töliqligiça yozib çiqqan. Misol uçun, videodagi öyinni yangi model 8 soat işlaş orqali yasagan deb yozişyapti. @nuruddinblogs
10 нояб., 01:16

09 нояб., 11:11

Youtube manga ora orada şu videoni tavsiya qilib turibdi, OpenAI, GPT revolutsiyasi boşlanişidan oldin AlphaGo ni yutganligi undan keyin esa Dota 2 öyinida professional jamoani yutganligi menimça katta iz qoldirgan. Dota ixlosmandlari uçun balki qiziq video: https://youtu.be/wiOopO9jTZw @nuruddinblogs
09 нояб., 09:37

Xöş döstlar, YC ga qabul qilingan 3-Özbek haqida yozişga ulgurmasimdan, 4-si ham qabul qilinibdi. Juda hursandman, Rashod qişgi batchda akseleratsiyadan ötadi, Omadlarini bersin, hali 20ga tölmagan şunday talantlarimiz çiqyapti, hali buyoğiga yanayam köpayadi deb umid qilamiz. https://t.me/benrov/895 @nuruddinblogs
09 нояб., 00:03

Bugun Samarqand Marafonida 10km yugurdim. Birinçi 10km va 2-medal. Sentabr oyi boshida kettik kettik qilib Deepen well challe
+7
Bugun Samarqand Marafonida 10km yugurdim. Birinçi 10km va 2-medal. Sentabr oyi boshida kettik kettik qilib Deepen well challenge da yugurgandim, ertasi kun Taşkent Half Marafonga bilet olib berişdi, şu bn men 2 oy deyarli 0 dan bugungaça tayyorlandim. Bunda menga Azamat döstimiz katta yordam berdi, suziş va yuguriş bilan ança vazn ham taşladim va bugun 10km ötgan safargi 5km dan ança stabil böldi. Umuman olganda soğlom böliş, sport va harakatda böliş ança menga yoqyapti, agar siz ham menga öxşab kam harakatli, ofisda işlasangiz eng oddiy va eng köp tavsiya qilinadigan yurişdan boşlasangiz böladi. Kuniga 15-20ming qadam, biz avgust oyini şunday boşladik. Keyin esa sekin sekin yuguriş, yuguriş ham eng kam investitsiya talab qiladigan sportlardan. (vaqt va harajat da ham) Yuguriş ham kun böyi energiya berib, umumiy özingizni yaxşi his qilişingizga katta yordam berar ekan. Yuguriş böyiça zerikmaslik uçun özingizga şerik topsangiz yanada yaxşi, men oldin Taşkent runners clubi bilan yugurar edim. Hozir bunday klublar köp, Deepen wellda ham köp çallengelar bölib ötyapti. 10km boşqa yuguruvçilar uçun kiçkina distansiya bölişi mumkin, lekin men ham 2 oygina oldin heç nima qilmayotgan edim, va şu yöllar bilan boşlab oldim, balki sizga ham foydasi tegar deb, ulaşişni lozim topdim. @nuruddinblogs
08 нояб., 04:14

Repost from UzCombinator
Agar hozir boshlamasangiz, qachon boshlaysiz? ⏳ Ko‘pchilik mukammal vaqtni kutadi. Ammo mukammal vaqtning o‘zi yo‘q — uni o‘z
Agar hozir boshlamasangiz, qachon boshlaysiz? ⏳ Ko‘pchilik mukammal vaqtni kutadi. Ammo mukammal vaqtning o‘zi yo‘q — uni o‘zingiz yaratasiz 🫵 Agar loyihangiz kompyuteringizni bir chekkasida "noname" holatida yotgan bo‘lsa, demak uni dunyoga ko‘rsatish vaqti keldi⚡️️️️️️️ UzCombinator 3-mavsumi uchun ariza topshirishga atigi 5 kun qoldi 🗓️ Ertangi kuningiz bugungi tanlovingizga bog‘liq💡️️️️️️ 🚀️️️️️️ Hoziroq ariza topshiring: https://uzcombinator.uz/apply ⚡️ @uzcombinator
05 нояб., 22:16

Repost from StartUpper
🔝 Startapingizga AI’ni qanday qöllaşni bilmayapsizmi? INSEAD buni bepul örgatmoqçi. INSEAD AI Venture Lab “AI Founder Sprint
🔝 Startapingizga AI’ni qanday qöllaşni bilmayapsizmi? INSEAD buni bepul örgatmoqçi. INSEAD AI Venture Lab “AI Founder Sprint 2027” dasturiga ariza qabul qilmoqda. Bu 10 haftalik, töliq onlayn dastur: 2027-yil 27-yanvardan 2-aprelgaça.
Eng muhimi: — iştirok bepul, uluş (equity) olinmaydi; — dunyoning istalgan davlatidan qatnaşiş mumkin, yoş çegarasi — 18+; — AI mahsulot qilishingiz şart emas: dastur AI’ni öz biznesingizga qöllaşni örgatadi; — bosqich: ğoyadan pre-Series A gaça; — haftasiga taxminan 2–5 soat, maşğulotlar ingliz tilida.
Iştirokçilar mentorlar, masterklasslar va hamkorlardan kredit hamda çegirmalar oladi (AWS, Google Cloud, NVIDIA, Stripe va boşqalar). Dastur oxirida VC haftasi va Demo Day bor, Demo Day’da uluşsiz pul mukofoti ham beriladi. ⏺Ariza muddati — 1-dekabr, Toşkent vaqti bilan 20:59 gaça. Tanlanganlarga yanvar boşida xabar beriladi. ⏺Ariza: venture-lab.ai/apply/founder
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
03 нояб., 10:30

Menimça har bir aholi qatlami uçun qöriqçi ilovalar çiqariş kerak, Kiber qöriqçi, Xavfsiz talaba, böydoq, işçi, xavfsiz vodiylik, xavfsiz dasturçi. Ular tugasa keyin online ga ötamiz, online mahalla, online nozir.... qatorni davom eting: https://t.me/muhrim2022/10032 @nuruddinblogs
02 нояб., 23:51

Data Leaklar haqida oxirgi paytlar köp yozayotganligimni sababi, şunday oqibatlari bölişi kutilgan edi. Bugun bir neçta manba
+2
Data Leaklar haqida oxirgi paytlar köp yozayotganligimni sababi, şunday oqibatlari bölişi kutilgan edi. Bugun bir neçta manbalarda yozişlariça, odamlarga phishing sms lar kelişni boşlagan, va u smslar har xil bahona bn, ba’zilari BTS, ba’zilari YHXX ba’zilari Poytaxt Parking nomidan har xil bahonalar bilan, linkga kirişni tarğib qilişyapti, bu linklar hozir bloklangan şekilli menda oçmadi. Agar siz ham şu turdagi sms xabarlar olsangiz, bu linklarga ötmang, ötsangiz ham şaxsiy ma’lumotlarni kiritmang. Ogoh böling! @nuruddinblogs
02 нояб., 04:54

AI zamonida sizda qaysi biri köproq, pozitiv tomondamisiz, yoki negativ? @nuruddinblogs
AI zamonida sizda qaysi biri köproq, pozitiv tomondamisiz, yoki negativ? @nuruddinblogs
01 нояб., 09:55

01 нояб., 06:02

Yana 27mln odamni ma’lumotlarini qölga kiritdik, bu safar Adliyadan deyişyapti hackerlar, misol qilib vazirimizning maʼlumotl
Yana 27mln odamni ma’lumotlarini qölga kiritdik, bu safar Adliyadan deyişyapti hackerlar, misol qilib vazirimizning maʼlumotlari, pinfli va telefon raqamini keltirişibdi. Oldingisi 15million deb yozilgandi, bunisi 27M, deyarli hamma pasport olganlar desak bölar balki. Bu rostmi yolğon mi bilmayman, lekin bitta narsa aniq, kiberxavfsizlik-da misli körilmagan katta hujumlarni amalga oşiriş imkoni bölyapti, bu degani yangi va oldin kuzatilmagan darajafa köp xavflar uçun tizimlarimiz bardoşli va mukammal bölişi kerak. @nuruddinblogs
01 нояб., 01:27

Repost from Kremniy Olami
Binance hack qilinibdi: taxminan $6,3 mlrd zarar. Binance’ning yozishicha, hujumchi bitta DevOps muhandisining noutbugi orqali ichkariga kirib, ruxsatsiz pul yechib olgan bo‘lishi mumkin. $3 mlrd bloklangan, qolganini birja o‘z fondlaridan qoplaydi. Depozit va yechib olish vaqtincha to‘xtatilgan. Devops’chi nima qivotkan ekan, qiziq? @kremniyolam
30 окт., 00:34

Tilmoch loyihasi özbek tili uçun maxsus terilma (klaviatura) yaratibdi. Bunda nafaqat yangi harflar bor, balki özbek tiliga moslaşgan imlo tuzatuvçisi ham kiritilgan. Mazza qilamiz, şekilli. Hozirça ilova faqat test rejimida işlayapti, yuklab oliş uçun barçaga oçilmagan. Tez orada test jarayoni tugab, oçiq makonga çiqariladi. 🔘 @xushnudbekuz
29 окт., 12:35

Dasturçilar: Işlarimni AI olib qöysa, ustaçilik qilarman, har xolda xavfsizroq Robotlar: @nuruddinblogs
29 окт., 10:06