TASKIN - Psixologik markazi
Открыть в Telegram
Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢
Больше2 488
Подписчики
+524 часа
+47 дней
-5030 день
Архив постов
Videoni ohirigacha ko’ring☝🏻😅
Bir narsalar yozmoqchi edim. Menimcha videoni o’zi tushunarli bo’lib turibtiku😂
▶️ @taskin_markaz
Kecha 30 yoshni qarshiladim…
Bilasizmi, mana necha yildirki har yili tavallud kunimda onamga gul sovg’a qilishni o’zimga odat qilib olganman. Aslida tug’ilgan kunimizdagi tabriklarga ko’proq onalarimiz loyiq.
O’zi tug’ilgan kunimni nishonlashni yoqtirmayman. Lekin har yili gul berishimni o’z bloglarimda ko’rsataman. Sababi shu odatni boshqalar ham o’zida shakllantirishida, yaxshi amallarni ko’payishida sal bo’lsada sababchi bo’lish tarafdoriman!🥰
Siz sabab boshqalar ham o’z tug’ilgan kunida birinchi bo’lib o’zi onasini tabriklasa - bu boshqacha tuyg’u ishoning😍❤️
🫵🏻Agar siz ham ushbu postni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak bejiz emas! Keling, siz ham safimizga qo’shiling. Birgalikda shuni odatga aylantiramiz. Sizni bu odatingizni ko’rib atrofingizdagi yosh avlodlar ham ergashadi…Men ham InShaAllah to o’lgunimcha shu odatimda maxkam turaman! Gulni qandayligi, nechpulligi muhimmas. Muhimi gul berishingizda! Onangizga bu kun aslida sizni kuningiz, bu gullarga aslida siz loyiqsiz deyishingizda. Onangizga ona bo’lgan kunini, baxtini yana bir bor eslatishingizda…💐🌺 ▶️ @taskin_markaz
Xromosomalaringiz uchida himoya qiluvchi “qopqoqchalar” bor. Ular telomerlar deb ataladi. Ular xuddi oyoq kiyim bog‘ichining uchiga o‘xshaydi — DNKning yemirilib ketishidan saqlaydi. Har safar hujayra bo‘linganda telomerlar qisqaradi. Ular tugaganda esa hujayra nobud bo‘ladi. Bu — qarishning biologik soati.
Olimlar shuni aniqlashdiki:
Stress - bu soatni bir necha barobar tezlashtiradi. Ammo bitta holat bor — u aks jarayonni ishga tushiradi. Quyidagi 5 ta fakt stressga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartiradi.
⸻
1. Elizabet Blekbern telomerazani kashf qilgani uchun Nobel mukofotini olgan. Telomeraza — telomerlarni qayta tiklaydigan ferment, ularni yana uzaytiradi. Avval bu ferment faqat ildiz hujayralarda ishlaydi, deb o‘ylashgan. Ammo unday emas ekan. Insonning ruhiy holati telomeraza faolligiga bevosita ta’sir qiladi. Stress uni bosib qo‘yadi. Natijada telomerlar tezroq qisqaradi. Inson vaqt sabab emas — holati sabab qarir ekan.
2. Kaliforniya universiteti tadqiqoti: og‘ir xasta bolalariga qaragan onalarning telomerlari tengdoshlariga qaraganda 10 yilga qisqaroq bo‘lgan. Bu — surunkali stress tufayli 10 yillik biologik qarish. Kasallikdan emas. Uyqusizlikdan emas. Doimiy ichki zo‘riqishdan. Stress DNK darajasida hayot yillarini bevosita qisqartirar ekan.
3. Ammo eng muhimi shuki, Blekbern shuni ham aniqladiki: meditatsiya telomeraza faolligini 30% ga oshiradi. Bu dori ham emas, muolaja ham emas. Bu — ongli hozirlik holati. Inson “omon qolish rejimi”dan “xotirjamlik rejimi”ga o‘tganda, DNK tiklana boshlaydi. Telomerlar qisqarishdan to‘xtaydi. Ayrimlari hatto yana uzaya boshlaydi.
4. Gap meditatsiyaning o‘zida emas. Gap u yaratadigan ichki holatda. Bu — parasimpatik holat: xotirjamlik, hozirgi damda bo‘lish, ichki tinchlik. Minnatdorlik hissi ham xuddi shu ta’sirni beradi. Inson stressda bo‘lmagan, kelajakdan qo‘rqmay, o‘tmishdan afsuslanmay yashagan har qanday holat tiklanish mexanizmini ishga tushiradi. Sizning DNKingiz bu signalni har kuni kutadi.
5. Stressni hayotdan butunlay olib tashlab bo‘lmaydi. Ammo tanaga tiklanish uchun vaqt berish mumkin. Kuniga atigi 10 daqiqa hozirlik holati genlar faoliyatini o‘zgartiradi. Bu ilmiy o‘lchab isbotlangan. Ko‘zingizni yuming. Sekin nafas oling. Nafas chiqarish kirgizishdan uzunroq bo‘lsin. Tanani his qiling. Hozir ayni damda bo’ling. “Ertaga” haqida o‘ylamang. Bu shunchaki dam olish emas. Bu — DNKga berilgan buyruq: “Tiklan!”
Siz shu tarzda hayotingizni xromosomalar darajasida uzaytirasiz.
Shu mashqni har kuni uhlashdan oldin 10 daqiqa bajarishni odat qiling….
▶️ @taskin_markaz
📣✅✅✅✅✅✅
Sizning kasbiy rivojlanishingiz uchun noyob imkoniyat!
Universitetimizning PSIXOLOGIYA, PEDAGOGIKA, MAKTABGACHA TA'LIM va BOSHLANG'ICH TA'LIM yo'nalishlari talabalari diqqatiga!
“Amaliyotchi psixologning ish uslubi: konsultatsiya jarayoni, terapevtik chegaralar va psixolog imiji” mavzusidagi amaliy treningga taklif etamiz!
SPIKER: NAIMJON AZIMOV
✅Oliy ma’lumotli psixolog, magistr
✅“Taskin” psixologik markazi asoschisi va rahbari
✅1000 dan ortiq individual konsultatsiyalar o'tkazgan
✅8 yillik boy tajriba egasi
✅Amaliy psixologiya” kursi muallifi
✅O’zbekiston bo’ylab 100 dan ortiq psixolog shogirdlarning ustozi
Ushbu trening sizga amaliy ko'nikmalarni egallash, konsultatsiya jarayonlarini tushunish va kelajakdagi psixolog imidjingizni shakllantirishda yordam beradi.
📈 Tadbir jadvali:
🗓3-dekabr:
🕰Soat 18:30
🏢1-bino, 500-xona
👥KECHKI TA'LIM talabalari uchun
🗓5-dekabr:
🕰Soat 10:30
🏢2-bino, 402-xona
👥KUNDUZGI TA'LIM talabalari uchun
🗓6-dekabr:
🕰Soat 9:00
🏢2-bino, 402-xona
👥SIRTQI TA'LIM talabalari uchun
Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatingiz uchun muhim qadam tashlang!
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
“Psixolog shunchaki eshitib pul topadi” - deydiganlar yoki psixologni ishini qadrsizlantirmoqchi bo’lganlar shu videoni ko’rishlarini tavsiya qilamiz…
Insonni yillab yopib yurgan kechinmalarini ochish, u bilan ishlash, uni u holatdan olib chiqish ancha mashaqqat talab qiladi aslida.
▶️ @taskin_markaz
🥺AVLIYO..
(Bu voqea 10-15 yillar oldin o’zimizni diyorlarda bo’lgan)
Judayam ta'sirli voqea☝️🏻😢
⚡️4-QISM
Davomi bizning kanalda👇
▶️ @taskin_markaz
🥺AVLIYO..
(Bu voqea 10-15 yillar oldin o’zimizni diyorlarda bo’lgan)
Judayam ta'sirli voqea☝️🏻😢
⚡️3-QISM
Davomi bizning kanalda👇
▶️ @taskin_markaz
🥺AVLIYO..
(Bu voqea 10-15 yillar oldin o’zimizni diyorlarda bo’lgan)
Judayam ta'sirli voqea☝️🏻😢
⚡️2-QISM
Davomi bizning kanalda👇
▶️ @taskin_markaz
22-noyabr Xalqaro psixologlar kuni muborak bo’lsin aziz hamkasblar!
Bugun inson ruhiyatini tinglaydigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, yo‘l ko‘rsatadigan va eng og‘ir pallalarda ham odamga kuch beradigan barcha psixologlarning bayrami.
Siz o‘zgartirayotgan har bir taqdir, berilgan har bir dalda va sog‘lomlashtirilgan har bir psixika — eng katta yutuqdir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Psixolog!
Dunyo Siz bilan yanada ongli, mehrli va yorug‘dir🌿💛
▶️ @taskin_markaz
Oliyjanob insonlarni — faqatgina oliyjanob insonlar qadrlashadi.
Bahil inson sahiylikni isrofgarchilik deb o‘ylaydi.
Qo‘rqoq esa shijoatni ahmoqlik deb biladi.
Bu farq nimada?
Ko‘rilayotgan manzarada emas — ko‘rayotgan ko‘zda.
🕊 “Sahobalardan maktublar” kitobidan.
▶️ @taskin_markaz
⭐️ Psixologga borishingiz kerak yoki yo’qligini aniqlab beruvchi Dars!
⚡️Psixologik kurslar bilan konsultatsiyani farqi nimada?
⚡️Nima uchun kurslarda o’qiganda yaxshi natija bo’lib keyinchalik yana eski holatga qaytib qoladi?
⚡️Kimlar o’zi aslida psixologga borishi kerak?
Psixologik kurs bilan konsultatsiyani qanday farqlari bor?
Qaysi holatda konsultatsiya olishingiz kerak va qaysi holatda kursga yozilishingiz kerak bilasizmi?
Bugun shu mavzuda podcastimizni joylaymiz!
▶️ @taskin_markaz
Sovuq kunlarda uch joyni issiq tuting:
1. Oyoqlaringizni — oyoq sovusa, butun tana soviydi. Har bir shamollash oyoqlardan boshlanadi.
2. Boshingizni — boshdan sovuq o‘tgan insonning tanasi tez charchaydi, orvi va grippga chalinish osonlashadi.
3. Qalbingizni — chunki qalb issiq bo‘lsa, butun tana tinchlik va quvvat bilan to‘ladi. Qalb sovusa, insondan iliqlik ketadi.
Issiqlik faqat kiyimda emas — u mehrda, so‘zda va qalbda.
Qalbingizni issiq tuting ❤️
▶️ @taskin_markaz
Baxtli yashashni xohlasang, har narsani tahlil qilaverma! Olmos toshni tahlil qilganlar oxiri uning asli koʻmir ekanini topishdi-ku!
Shu haqiqatlarga tayyormisan?
▶️ @kinoterapiya_uz
🎬 KINOTERAPIYA MARAFONI
🧠 “Ichki olamga sayohat”
Bu marafon sizni o‘zingiz bilan chuqurroq tanishtiradi!
Har kuni 1 film. Har biri — sizning hislaringiz, og‘riqlaringiz va ichki kuchingiz bilan uchrashuv.
🟢 7 kun davomida siz:
— o‘tmishdagi hislaringizni qayta his qilasiz;
— o’z Meningizni topasiz;
— o‘zingizni chuqurroq anglaysiz;
— ichki tinchlikni topasiz.
🎦 Bu — oddiy kino haftaligi emas.
🫵🏻 Bu siz haqingizdagi film.
📍Format: 7 kun — 7 film — 7 hissiy bosqich.
🪙 To’lov: BEPUL🎁
🕒 Boshlanish sanasi: 31.11.2025
🎟 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@azimov_admin ga «marafon» so’zini yozib qoldiring.
🎬 KINOTERAPIYA MARAFONI
🧠 “Ichki olamga sayohat”
Bu marafon sizni o‘zingiz bilan chuqurroq tanishtiradi!
Har kuni 1 film. Har biri — sizning hislaringiz, og‘riqlaringiz va ichki kuchingiz bilan uchrashuv.
🟢 7 kun davomida siz:
— o‘tmishdagi hislaringizni qayta his qilasiz;
— o’z Meningizni topasiz;
— o‘zingizni chuqurroq anglaysiz;
— ichki tinchlikni topasiz.
🎦 Bu — oddiy kino haftaligi emas.
🫵🏻 Bu siz haqingizdagi film.
📍Format: 7 kun — 7 film — 7 hissiy bosqich.
🪙 To’lov: BEPUL🎁
🕒 Boshlanish sanasi: 31.11.2025
🎟 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@azimov_admin ga «marafon» so’zini yozib qoldiring.
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
