cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Biznes Tayanch

Biznes Moliya Iqtisod Menejment Savdo Marketing mavzularida postlar qilinadi Murojaat uchun @bizrejabot

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
207
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

​​Qanday biznes boshlasam bo'ladi? -Bu qo'lingdan nima kelishiga bog'liq, biror bir kasb/hunar/ilming bormi? -Yo'q -Unda yaqin qarindoshing yoki do'stingni biznesi bormi? -Nega? -Oldiga borib nima muammolari borligini so'raysan va shuni biznesga aylantirasan. -Yo'q, unday odamim yo'q -Unda biznes boshlamay qo'yaver -Zo'r bitta biznes plan topsamchi? -тем более boshlama unda. Chunki eng yaxshi kompaniyalar biznes planlardan emas, odamlarning muammosidan paydo bo'ladi. Biznes plan nima o'zi? Osmondan olingan raqamlar hisobiga kelajakka rejalar tuzish. Biznes qilish jarayonida rejalar har yili o'zgarishi mumkin - chunki bozor shunday (yangi imkoniyat va texnologiyalar, raqobatchilar). O'zgarmaydigan narsa faqat jamoa bo'lishi kerak. -Nima qilay aka unda? -Biror kasb/hunar egasi bo'l. Tajriba va imkon bo'lganda shartta biznesga aylantirib yuborasan. -Osonroq yo'li yo’qmi? -Unda borib to'g'ri odamga kuyov bo'l. Men bundan osonroq yo'lini bilmayman) @azizrakhimov_blog
Показать все...

​​Аудио китоблар, шоу бизнес ва ширин ёлғонлар. Кеча Хуршид Далиев Америка овози журналисти Навбаҳор Имамованинг Tedbook рекламасига берган фикрларини бўлишган эди. Бугун Чикагода яшаб ижод қилаётган ватандошимиз, инглиз тилини иккинчи тил сифатида ўқитиш бўйича профессор Улуғбек Нурмуҳамедов ўзининг youtube каналида booknomy бўйича ўз фикрларини ўртоқлашибдилар. Улуғбек аканинг фикрларига тўлиқ қўшилган ҳолда шуни айтишим мумкинки, booknomy шиширилган лоторея рекламаси билан шуғулланмоқда. Сал кам 100$ олиб арзимаган бир китоб сотиш учун албатта 15 та нексия ва 2 та малибу қўйсангиз ҳам каттагина фойдада қоласиз. Нега? Чунки халқимиз онги ҳали у даражада ривожланмаган, уларни шоу-бизнес вакилларининг тили билан “онсонгина” алдаб қўйиш мумкин. Халқимиз вакилларининг кўпчилиги ҳали муаллифга, унинг биографиясига қараб китоб сотиб оладиган даражадаги ақлга эга эмас. Бу эса маркетинг орқали уларни чув тушириш учун жуда қулай йўлларни очиб беради. Китобда жуда ҳам кўп хатоликлар бор, шунинг учун китоб сотиб олаётганда сиз 100 долларга китоб орқали тил ўрганаман эмас, балки лоторея билетини сотиб олаяпман деб ўйлашингиз керак. @tentakminds
Показать все...
Booknomy bo'yicha fikrlarim va maslaxatlarim

Mana bu reklamadaku maqsad tushunarli, uyga qimmat mashina orqali qo'shimcha xaridorlar jalb qilish. Bu yerda sifat haqida gap bo'lishi mumkin emas. Qo'shimcha reklama va raqobat tufayli ham shunaqa usullar qo'llanmoqda. Ta'limga oid proyektlarda bunaqa marketing usullarni qo'llamagan ma'qul. Chunki maqsad til o'rganish emas, balki mashina yutishga aylanadi. Bunaqa usullar kvartira va ichimliklarga yarashadi(и это не факт)...
Показать все...
Bu proyektda maqsad til o'rgatishmi yoki kurs sotib pul ishlash? Maqsadni to'g'ri tushunsangiz mahsulot sifatini ham tushunib yetasiz.
Показать все...
Открыть комментарии
Anchadan beri kanalga yozmagandim, lekin bugun yozgim kelib qoldi... Faqat 3 ta sohada doimiy pul bor: Moliya-iqtisod, IT, Meditsina. Qolganlari o'zgarib turadi...
Показать все...
Qo'shimcha: - Uzoqdagi iste'molchilarni jalb qilishning yana bir usuli shuki sizdagi bir mahsulot 'odamlar gapiradigan darajada' arzon bo'lsin. Aytaylik, non. Chunki, non har kunlik olinadigan mahsulot. Uni olgani kelgan xaridor boshqa narsalarni ham 'bir yo'la' sizdan olib ketadi. - Mahsulot yomonlashishni boshladimi uni tezda eng kamida o'z narxiga sotib yuboring. Savdoda naqd aylanmasi juda ham muhim! - Do‘koningizdagi mahsulotlarning arzon ekanligini hammaga bildira oling. Katta-katta qilib eng asosiy mahsulotlarning narxini hamma ko'radigan qilib yozib qo'ying. Mashinada o'tib ketayotganlar ham ko'ra olsin. - Do'koningizga qisqa va jarangdor nom tanlang. (O'g'il yoki qizingizni ismini tanlashingiz shart emas.) - Ichkilik sotmang! Erkaklar to'planib oladigan markazga aylanib qolmasin. Ayollar va bolalar xarid uchun kirmay qo'yishadi. - Ozoda saqlang! Haroratni salqinroq ushlab turing. Kam to'k iste'mol qiladigan lampachalar bilan mahsulotlarni chiroyli qilib ko'rinadigan qilib qo'ying. - Eng asosiysi, xarajat va pul aylanmasini aniq va tiniq qilib yozib yuring! Narxni belgilashda tavakkalga emas, hisob kitobga tayaning. Muvaffaqiyatli do'kon egalari bilan tanishing va ish o'rganing! Kamchilik va qo'shimchalar bo'lsa izoh yoki muhokama guruhida qoldiring. Chunki, kamina ancha yillardan beri chet eldaman va ba'zi narsalarni hisobga olmagan bo'lishim mumkin. Sotuvchi bo'lsangiz pandemiya sababli qiynalib turgan xalqimizga mahsulotlarni biroz arzon sotib yordam qiling. Barakasini ko'rasiz! Yaqinlaringiz bilan baham ko'ring! 🌍 @xalqaro_savdo
Показать все...
Global savdoni tahlil qilib charchadi, odam. Keling bir qishloqlarimizga sayr qilaylik... Kamina Farg'ona viloyati, Bogʻdod tumani, Xitoy qishlog'idanman. (Nomlar ham 'xalqaro' nomlar :)) Qishlog'imizda 3-4 ta do'kon bor. Akam ham yaqinda do'kon ochdi. Ana, endi raqobatni ko'ravering! Shu paytgacha o'zim do'kon yuritmagan bo'lsam-da, kuzatishlarim va nazariy bilimlarim ('behavioral economics', talabning narx elastikligi, daromad elastikligi, miqyosiy tejamkorlik kabilar)dan foydalanib ba'zi yo'nalishlarni ko'rsatgan bo'ldim. Avvalo, daromad qilishning ikki xil usuli bor (qishloq do'konlari sharoitida): 1. Qo'yilgan foyda hisobidan (hamma bilan bir xil yoki qimmatroq narxni qo'yasiz). 2. Tovor aylanmasining ko'pligi hisobidan (arzonroq narx qo'yasiz va ko'proq tovarni 'aylantirasiz'). Men holatdan kelib chiqib ikkinchi usulni afzal ko'rdim. Sabab atrofimizda do'konlar ko'p. Raqobat kuchli. Qayerda arzon bo'lsa o'sha yerga ko'proq xaridor keladi. Lekin, bu usul narxni belgilashda juda ham ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki, turli xil mahsulotlarning narxlariga ko'ra talab reaksiyasi (elastikligi) ham turlicha bo'ladi. Qishloqlarimiz sharoitida mahsulotlarni ikki turga bo'lamiz: 1) Eng ko'p iste'mol qilinadigan zaruriy (inelastik) mahsulotlar: yog', un, non, sabzavotlar, shakar, tuxum, guruch, makaron, kir yuvadigan sovun kabilar. Bular uchun narxlar arzonroq qo'yilgani ma'qul. Chunki, bu mahsulotlar tez-tez, ko'p-ko'p olinadi. Shuning uchun arzon joyga iste'molchi uzoqdan bo'lsa ham keladi. Xaridor kelganda faqatgina shu mahsulotning o'zinigina sotib olmaydi. Boshqa mahsulotlarni ham sotib oladi. ☝️Agar qila olsangiz bu kabi mahsulotlarning 'optom' savdosini ham yo'lga qo'ying. Atrofdagi boshqa do'konlar ham shaharga borib ulgurji olib kelganda ko'ra, sizdan olishni afzal biladigan darajada. Chunki, agar siz mahsulotni tonnalab ulgurji narxda sota olsangiz, shahardagi 'optom' chilardan ham yanada arzonroq sotib olish imkoniga ega bo'lasiz. Pul qancha ko'p aylansa, shuncha foyda keladi. Lekin sizdan katta harakat talab etiladi (ishni yo'lga qo'yib olguningizgacha)! Bu usulda sizdan hamma mahsulotni shu tarzda olib kelish talab qilinmaydi (bu juda ham qiyin). Balki, ulgurji narxda arzon olib kelishga qurbingiz yetgan 5-6 ta mahsulot bilan do'koningizning nomi chiqsa kifoya. Miqyosiy tejamkorlik usuli orqali narxni tushirishni esa mana bu postda o'qing. 2) 'Bo'lsa yaxshi bo'ladigan' kundalik (elastik) mahsulotlar: atir sovun, dezoderant, kolbasa, ichimlik suvi, shampun, konserva, shokolad kabilar. Bu turdagi mahsulotlar birinchi zaruriy mahsulotlar sotib olingach sotib olinadi. Bular 'bo'lsa yaxshi, bo'lmasa noiloj' mahsulotlardir. Bu kabi mahsulotlarga narxni raqobatchilardan bir ozgina arzonroq belgilash kifoya (juda ham arzon qilib yubormang). Chunki, bu mahsulotlarni juda ham arzon qilib yuborsangiz ham iste'molchi 'Sovun arzon bo'lib qolibdi. Bu oy qo'limni ikki marotaba ko'proq sovunlab yuvaman...' deb bitta sovun o'rniga ikkita sotib olmaydi. Ehtiyojiga qarab oladi, xolos. Undan tashqari uzoqdagi iste'molchilar birgina sovunni deb sizning do'koningizgacha kelish ehtimoli kam. Davomi 👇
Показать все...

2020 йил биринчи ярим йиллиги айрим кўрсаткичлари эълон қилинди. Хусусан ЯИМ ўсиши 0,2%гача секинлашган. Саноат ишлаб чиқариш жисмоний хажми 1,9%га, юк ташиш 6,6%га, йўловчи ташиш 13,8%га камайган (1995 йилдан буён биринчи марта бўлса керак). Ўсиш гарчи суръати кескин пасайган бўлса ҳам қурилиш, қишлоқ хўжалиги, чакана савдо ва ҳатто хизмат кўрсатишда (?) сақланиб қолган. ЯИМ статистикаси бўйича батафсил рақамларни кутамиз. Йил якуни бўйича прогнозлар яна бир бор янгиланса керак.
Показать все...
Statistika qo'mitasi - Состояние социально-экономического развития Республики Узбекистан за январь-июнь 2020 года

O'zbekistonda biznesni jadal rivojlantirish kerakmi yoki tabiiy yo'l bilan rivojlanishi kerakmi? O'zbekistonda biznesni jadal rivojlantirish kerakmi yoki tabiiy yo'l bilan rivojlanishi kerakmi mavzusida so'rovnoma o'tkazgandik. Tahminan 350 kishi ko'rdi va 150 kishi ovoz berdi. Natijalar 50/50. Shaxsiy fikrim esa quyidagicha, mamlakatimizda yuqori malakali mutahassislar va infratuzilmasiz biznesni rivojlantirishga kirishish bu absurd. Sababi biznes deganda bizda ko'pchilik nimagadir retail(mahsulotlar chakana savdosi) va wholesale(ko'tara savdo - optom) tushunishadi. Chunki bu sohalarda mutahassislarning malakali bo'lishi uncha talab etilmaydi. Rivojlanishi kerak bo'lgan boshqa sohalar ishlab chiqarish, IT, infrastruktura, Civil engineering(fuqarolik injiringi - tarjimasi sal g'alati), qayta tiklanuvchi energiya, utilizatsiya xizmatlari va boshqa ko'plab industriyalar bizda juda orqada. Dunyoda aynan shu sohalarda millionlab ishchi o'rinlari yaratiladi. Bunday ish o'rinlarini esa albatta malakali mutahassislar egallaydi. Malakali mutahassislarni esa ta'lim muassassalari tayyorlaydilar. Bizda shunday dargohlar bormi? Javobni bilasiz. Yana bir qo'shimcha, bizdagi bor ishlab chiqarishlarda G'arbda oddiy holga aylangan R&D (research and development - tadqiqot va rivojlanish) lar yo'q. Hatto, Xitoy bu yo'nalishda nusxa ko'chirish usulini qo'llab o'z iqtisodini ko'tarib olgani tarixdan ayon. Chunki nusxa ko'chirish uchun ham R&D kerak boshqacha aytganda "kalla" kerak. Eng avvalo asosiy muammo - ta'lim bilan shug'ullanish kerak. Shunda biznesga alohida e'tibor qaratib o'tirish kerak bo'lmaydi. Aynan shunday mutahassislar evaziga bozorning o'zi organik rivojlanadi. @biznestayanch
Показать все...
#offtop uchun kechirasizlar, lekin Cambridge International College ahmoqona ishni boshlabdi ya'ni rolik uchun grant🤦‍♂️. Savol bu qanaqa ta'lim dargohi bo'ladi endi? Layk yig'uvchilarga mo'ljallangan OTM? Kamina ta'lim tizim botqoqqa botganini yaxshi tushunadi. Lekin "tipo" xorijiy o'quv muassasasini bunaqa ishiga o'ta kulgili ham achinarli holatda qaraydi. Tahminimcha, bu muassasa ham usti "yaltiroq", ichi "qaltiroq" ta'lim dargohiga aylanadi. @biznestayanch
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.