ru
Feedback
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT

MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT

Открыть в Telegram

🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!! ⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba; 🎯 8 000+ natijalar; 🔗 Variantlar va uning yechimlari; ♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar

Больше
1 629
Подписчики
-324 часа
+27 дней
-3530 день
Архив постов
#sat ⭕️ SAT QUESTION : SAT 2024 EXAM mayda tushgan savollardan 📥 Yechimlaringizni commentda asoslang ♻️@math_solver
#sat ⭕️ SAT QUESTION : SAT 2024 EXAM mayda tushgan savollardan 📥 Yechimlaringizni commentda asoslang ♻️@math_solver

#majburiy ⭕️ Majbury fanlar yuzasidan 2023-yilda tushgan savolga yechim izlab ko'ramiz 📥 Yechimlaringizni commentda asoslang
#majburiy ⭕️ Majbury fanlar yuzasidan 2023-yilda tushgan savolga yechim izlab ko'ramiz 📥 Yechimlaringizni commentda asoslang! ♻️ @math_solver

❗️ Qachonki o'qituvchi va ustozlarning qadri va hurmati oshmas ekan, hech bir mamlakatdan rivojlanishni kutmang.....
🚩 Bugungi O'zbekistonda ustoz uchun qilingan ishlar va ularning hozirgi maqomidagi achchiq haqiqatni yana bir tarafi va Ustozlarning hozirgi maqomi - o'tgan barcha saylovlarda ular tomonidan ko'rsatgan "xizmatlari" uchun olgan rahmatidir.
♻️ @math_solver

+9
#variant Ertadan boshlab ushbu variantni ham tugatsak 2003-yildan boshlab shu yilgacha barcha variantlardan 5-10- ta variant ko'rib chiqqan bo'lamiz, undan qolgan qismi o'quvchilarimizning salohiyatida qoladi hamma gap @math_solver

Matematikaning iqtisodiyot oʻrganishdagi oʻrni. Oxirgi payt mendan koʻp soʻrashadi, iqtisodiyot oʻrganishim uchun nima qilishim kerak, Oʻzbekistonda qayerda oʻqishim kerak deb. Koʻpchilikka shaxsiy bergan tavsiyamni shu yerda yozib qoʻysam. Agar siz ilmiy yoʻnalishdan ketmoqchi boʻlsangiz, yoki deylik chet el universitetlarida aynan iqtisodiyotdan magistratura va ayniqsa doktoranturada oʻqimoqchi boʻlsangiz, universitetda bakalavr darajasida matematika oʻqishni tavsiya qilgan boʻlar edim. Matematika — hozirgi iqtisodiyot fanining tili. Matematikani bilish iqtisodiy tadqiqotlar va ilmlarni oʻrganishlik uchun mutlaq muhim. Barcha iqtisodiy tadqiqotlardagi gʻoya matematik formulirovkalar orqali yoziladi. Shuning uchun, matematik analiz, statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra kabi fanlarni yaxshi oʻzlashtirish, iqtisodiyotda ilm qilish va oʻqish uchun asosiy talablardan biri. Albatta universitetda iqtisodiyotni oʻqib, qolgan vaqtda matematikani oʻqib olib, yetib olsa boʻladi, imkonsiz emas. Lekin matematika fakultetida oʻqish sizga iqtisodiy gʻoyalarni tez tushunish va oʻzlashtirishda juda koʻp yordam beradi. Bu nafaqat meni bir shaxsiy fikrim, balki qabul kommissiyalarini fikri ham. Ixtiyoriy doktorantura programmasiga kirish kommisiyalari, albatta shartli ravishda boʻlajak doktorantlarni “matematik tayyorgarligini” koʻrishadi. Nechta matematik fan olganini qarashadi, qanday fanlar, baholar necha boʻlganligini. Xullas, boʻlajak iqtisodchilarga tavsiyam — matematikani oʻqing, chunki iqtisodiy fakultetlarga kirish va tadqiqot qilish uchun bu narsa muhim shartlardan. Albatta matematik bilim yaxshi iqtisodiy tadqiqot qilish uchun, yetarli emas, lekin shart. Oʻzbekistonda bir nechta yaxshi matematika fakultetlari bor — ulardan eng eskisi va mashhuri milliy universitet qoshida. Bir necha avlod zoʻr matematiklarni chiqargan. Eng mashhur Oʻzbekistonlik iqtisodchi — Londondagi Imperial Kollej professori Rustam aka Ibragimov ham, oʻsha matematika fakulteti bitiruvchisi. Yaqinda yangi ishga tushgan New Uzbekistan University — Yangi Oʻzbekiston universitetining matematika fakulteti ham diqqatga sazovor, men u yerda ishlaydigan domlalarni va programmani koʻrib chiqdim. Juda zoʻr ekan. Agar Oʻzbekistonda boʻlsangiz va deylik kelajakda iqtisodiy ilmiy karyera qilmoqchi boʻlsangiz shunday yaxshi fakultetga kirishingizni tavsiya qilgan boʻlar edim.

+1
#piima 📥 Ixtisoslashgan maktabga topshirivchi o'quvchilar uchun IQ-dan imtihon namunasi ♻️ @math_solver

❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI? ❗️O‘zbekiston Respubli
PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI? ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra: Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida; Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida; Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI.

Insonning muvaffaqiyatga erishish yoʻlida oila aʼzolarining ahamiyati kattami ❓ 📅Tugʻilgan sananing ahamiyat:
Bu juda katta ahamiyatga ega boʻlmasa ham insonga ustunlik beradi, Masalan Oʻzbekiston 2024-yil tugʻilgan bolalar 2031-yil sentyabrda maktabga chiqisha, yaʼniki dekabrda tugʻilgan bola oʻsha yili yanvar va fevralda tugʻilgan bolalar bilan bitta sinfda oʻqiydi bu sal kam bir yosh farq degani bu bolalarni ulgʻayish, oʻsish, oʻzlashtirishda farq boʻlib, yanvar, fevral, martda tugʻilgan bolalarda kichik ustunlik boʻladi lekin bola toʻgʻri katta qilib tarbiyalansa bu farq yoʻqalib ketadi
❤️Oilaviy muhitning ahamiyati:
Farzandlari muvaffaqiyatga etishishida ota-onaning ahamiyati juda katta eʼtiboringizga bir tadqiqotni taqdim etaman, 1965-yil Vengriyada Laslo va Klara ismli insonlar turmush quradi, ular tugʻma isteʼdod degan tushunchaga ishonishmasdi va qunt bilan ishlab hamma maqsadlarga erishsa boʻladi deb hisoblashardi va buni farzandlarida sinab koʻrishmoqchi boʻlishadi. 🔹Ular buni shaxmatda sinab koʻrishadi. Ularning rejasiga koʻra ular uyida shaxmatga oid kitoblar, buyuk shaxmatchilarning suratlarini yigʻishadi, bolalariga shaxmatdan saboq berishadi, va bolalari shaxmat oʻynab katta boʻlishlari kerak edi. 🔹Ular Suzan, Sofiya, Yudit ismli uchta qiz koʻrishadi. 🔹Suzan 4 yoshda shaxmat oʻynashni, yoydan soʻng kattalarni yutishni boshlaydi. 🔹Sofiya yanada yuqoriroq natijalarga erishadi. U 14yoshda dunyo chempioni bir necha yildan soʻng grossmeyster unvonini oladi. 🔹Kenja qizi Yudit hammasidan oʻtib tushadi, u 5 yoshda otasini yuta olardi, 12yoshda dunyodagi eng yaxshi yuzta shaxmatchilar roʻyhatiga kirgan eng yosh oʻyinchiga aylandi, u 15yoshu 4oylik boʻlganida tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylanadi. 27yil davomida dunyoning eng yaxshi ayol shaxmatchilar unvonini saqlab qoladi. Shunday qilib ota-ona oʻz maqsadiga yetadi
💠Ota-onaning farzandi muvaffaqiyatga ahamiyati judayam katta yana Stiv Jobs, Bill Gates, Cristiano Ronaldo, Leonal Messi hayotiga nazar tashlasak bu yaqqol namoyon boʻladi. Ularga keyinroq toʻxtalamiz. ♻️ @math_solver

#sat 🎯 Ushbu savol iyun oyida WIUT EXAM da tushgan savol hisoblanadi, Bugun o'quvchilarim uchun SAT 2023 PRACTICE GUIDE BOOK
#sat
🎯 Ushbu savol iyun oyida WIUT EXAM da tushgan savol hisoblanadi, Bugun o'quvchilarim uchun SAT 2023 PRACTICE GUIDE BOOK ni ko'rib chiqayotganda ko'zim tushdi va darhol screenshot qilib oldim.
🚀 Shu masalaga yechim izlab ko'ramiz, yechimlaringizni commentda asoslang ! ♻️ @math_solver

+8
#variant ⭕️ Texnika yo'nalishi bo'yicha 2022-yil variantlari to'plami ♻️ @math_solver

🚩 🚀 Inflatsiya
🚩 🚀 Inflatsiya

⭕️ Bugungilar......

#monitoringexam 📣 HEY MY FRIENDS, KIRISH IMTIHONLARI UJE OSTONADA, PROMAX EDUCATION jamoasi esa imtihon oldi natijalaringizni bilib borishingiz uchun ushbu o'quv yili uchun oxirgi "MONITORING EXAM" tashkil qilmoqda.
🔖 Ushbu MONITORING EXAMda BBA tomonidan sotib olingan haqiqiy klassifikatsiyaga ega testlar to'plami hisoblanib, avvalgi yillarda tushgan savollar yuzasidan test olinishi rejalashtirganmiz. ℹ️ Imtihon yakshanba 14.07.2024 kuni soat 10:00 da boshlanadi. ‼️ MONITORING EXAM - PULLIK (15 000 uzs)! 📞 Batafsil : 955137776 •@promax_admin 🚀 PROMAX EDUCATION - eng muhim maqsadlaringizni biling!
📥 Ha aytgancha, OTM ga kirish imithonlarigacha yana 2 ta MONITORING EXAM tashkil qilish niyatidamiz. Do'stlaringizga ham ulashing! Boshqa o'quv markazda tahsil olayotgan Abituriyentlarni ham taklif etib qolamiz 💬Telegram | 📹Instagram | 💸Facebook | 📹YouTube

+6
#ajou 🚀 AUT (AJOU) University Exam Samples ♻️ @math_solver Know your Priorities !

#wiut
⭕️ Westminsterdagi imtihondan misollar: 2 iyul 2024 yil Buni WIUTga imtihon topshirayotgan do'stlaringizga yuboring Materiallarimizdan foydalanganda manbani ko'rsatishni unutmang!
©️AzaMath @math_solver

#wiut
⭕️ Westminsterdagi imtihondan misollar: 5 iyul Buni WIUTga imtihon topshirayotgan do'stlaringizga yuboring Materiallarimizdan foydalanganda manbani ko'rsatishni unutmang!
©️AzaMath @math_solver

#logika 🚩 Bu holatda qaysi kun to'g'ri ♻️ @math_solver
#logika 🚩 Bu holatda qaysi kun to'g'ri ♻️ @math_solver

❗️Dear successful applicants from the 2nd entrance exam, please note that the deadline for payment of contracts is until July
❗️Dear successful applicants from the 2nd entrance exam, please note that the deadline for payment of contracts is until July 10. If you have questions about the contract, registration and payment, please call +998712899999 (0126, 0400) ➖➖➖ ❗️Hurmatli 2-kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlar, shartnomani to'lash muddatining oxirgi sanasi 10-iyul ekanligini eslatib o'tamiz. Shartnoma borasida, ro'yxatdan o'tish va to'lov bo'yicha savollaringiz bo'lsa, +998712899999 (0126, 0400) raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. ♻️ @math_solver

#football 🚀 Chirigan G'arbda Ta’lim Bu bolaning ismi-sharifi - Lamin Yamal. U ispaniyalik futbolchi va uning yoshi 16 da. Bugun Yamalning rekordlari haqida ham, uning shedevrga aylanib borayotgan o`yini haqida ham, umuman, futbol haqida ham gapirmoqchi emasman. Men sizlarga bugun Ispaniya va Germaniyada qonunlarning ishlashi va kim bo`lishidan qat’iy nazar bu qonunlar barcha uchun barobarligi haqida gapirmoqchiman. --- --- --- --- ---
Dastlab Ispaniya haqida. Germaniya yashil maydonlarida bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha Evropa chempionati musobaqasida Ispaniya ham muvafaqiyatli qatnashmoqda. Jamoa tarkibida yuqoridagi o`spir yigitcha ham bor. U ham Germaniyaga kelgan va jamoasi bilan finalga qadar etib bordi.
Ammo musobaqa o`tayotgan bir davrda Yamalning maktab imtihonlari boshlanib qoldi va u Ispaniyaga uchdi. Maktabiga bordi, imtihonlarni topshirdi va shundan so`ng yana Germaniyaga, musobaqaga qaytdi. "U mamlakatimizning yosh futbolchisi, istiqbolli sportchi, mayli bahosini qo`yib beringlar, unga tegmanglar", deyishmadi. Evropaning eng zo`r futbolchisini bo`lmaysanmi, o`zing uchun, kelib imtihonlarni topshir deyishdi. --- --- --- --- ---
Endi Germaniya haqida Germaniyada soat 23:00 dan keyin 18 ga to`lmaganlarning ishlashi taqiqlanadi. Jarima 30 000 Evro. Yamal esa 16 yoshda. Ispaniya termasi 23:00 ga yaqin o`yinlarda bu qoidaga amal qildi. Yamalni ozroq o`ynatib, keyin uni boshqa futbolchiga almashtirdi. Pulimiz ko`p, qoidangni buzsak ma ol, og`zingga siqqanicha so`ra, demadi.
--- --- --- --- --- Sizlarga gapirib berganim chirigan G`arbdagi real voqeliklar edi. ©️ Sarvar Rahimiy

photo content