cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SANGZOR.uz | Расмий Канал

Sangzor.uz - O'zbekistondagi voqealar, yangiliklar va joriy hodisalarga doir eng so'nggi ma'lumotlar Barcha sahifalarimiz uchun havola: http://myurls.co/sangzoruz https://t.me/sangzoruz_video https://t.me/SangzoruzBot Мурожаат боти

Больше
Рекламные посты
1 530
Подписчики
-324 часа
-117 дней
-5630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

.
Показать все...
Bugun, 17 may 🌧 +30°...+19°, Yomg'ir Hozir: ☀️ +19°, ⬅️ 0.1 m/s Tong: ☁️ +24° Kun: 🌧 +27° Oqshom: 🌧 +25° Namlik: 44% Shamol: Janubiy-janubi-sharqiy, 6.8 m/s Bosim: 760 mm sim. ust. Oy: Yosh oy Quyosh chiqishi: 05:11 Quyosh botishi: 19:38
Показать все...
01:04
Видео недоступноПоказать в Telegram
Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida “Central Asia – 2024. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev konferensiya ishtirokchilarini qutladi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so’ng, viloyat hokimi o’rinbosari Akmal Savurbayev so’zga chiqdi. Shuningdek, ochilish marosimida Rossiya Davlat kutubxonasi Bosh direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi prezidenti, Rossiya kutubxonalari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti V.Duda, Armaniston Milliy kutubxonasi direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi vitse-prezidenti Anna Chulyan, Belarus Milliy kutubxonasi Bosh direktori Vadim Gigin, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi Bosh direktori, Qozog‘iston kutubxonalar uyushmasi raisi Bakitjamal Ospanovalar so‘zga chiqib, axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi zamonda kitob, mutolaa, nashriyot va kutubxonalarning o‘rni, uning jahon tamadduniga qo‘shayotgan xissasini e'tirof etdilar. "Central Asia-2024" doirasida "Axborot kutubxona a'lochisi" ko'krak nishoni - taqdirlash marosimi ham o'tkazildi. "Axborot kutubxona a'lochisi" ko'krak nishoni Respublika bo'ylab kutubxonachilik sohasiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan eng munosib nomzodlarga topshirildi. 📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇 Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X| #хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shimoliy Koreya xavfli qurol yaratyaptimi? Internetda tarqalayotgan xabarlarda “Shimoliy Koreya chechak va kuydirgi kabi xavfli kasalliklarni tarqatuvchi mikrobli sprey va uskunalar ishlab chiqarmoqchi. Ular yadro bombalaridan ham xavfliroq hisoblanadi. Bu haqida AQSH rasmiylari xabar bergan”, deyiladi. Ushbu qurolga yadro bombalaridan ham xavfliroq qurol mazmunidagi sharhlar qoldirilgan. Factchecknet.uz ushbu xabar haqiqatga qay darajada mos kelishini tekshirdi. HUKM: HUKMSIZ Shimoliy Koreya mamlakatning biologik qurollar (BW) dasturining bir qismi sifatida halokatli bakteriyalar va viruslarni ishlab chiqmoqda, deya ogohlantirmoqda AQSh rasmiylari. The Times nashriga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti o‘zining yillik hisobotida mamlakat o‘limga olib keluvchi kasalliklarni tarqatuvchi vosita sifatida spreylar va “zaharli qalamlar”ni ishlab chiqarganini aytadi. “Qurollarni nazorat qilish, tarqatmaslik va qurolsizlantirish boʻyicha kelishuvlar hamda majburiyatlarga rioya qilish” nomli hisobot Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturiga kamroq, kuydirgi va chechak kabi kasalliklarni tarqatish uchun moʻljallangan qurollarga ko‘proq e’tibor qaratadi. 🔸 БАТАФСИЛ 🔸 ➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг! ✅Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹YoutubeTikTok
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ходим тушлик вақтида ҳам ишлаб, уйга 1 соат вақтли кетса бўладими? » SANGZOR.uz - Jizzax axborot portali Меҳнат кодексининг 204-моддасига кўра, иш куни (смена) давомида ходимга дам олиш ва овқатланиш учун давомийлиги кўпи билан икки соат ва камида ўттиз дақиқа бўлган, иш вақтига киритилмайдиган танаффус берилиши керак. Ички меҳнат тартиби қоидаларида ёки меҳнат шартномасида, агар ходим учун белгиланган кунлик ишнинг (сменанинг) давомийлиги тўрт соатдан ошмаса, унга мазкур танаффус берилмаслиги назарда тутилиши мумкин. Дам олиш ва овқатланиш учун танаффус бериш вақти ва унинг аниқ давомийлиги ички меҳнат тартиби қоидаларида ёки ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишувга кўра белгиланади. Ходимлар дам олиш ва овқатланиш учун танаффусдан ўз ихтиёрига кўра фойдаланади. Бу вақтда улар иш жойидан чиқиб кетиши мумкин. Саволга қайтиладиган бўлса, жавоб – йўқ. 🔸 БАТАФСИЛ 🔸 ➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг! ✅Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹YoutubeTikTok
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Popkorn rostdan ham dementsiya xavfini kamaytiradimi? Chikago loyihasi tadqiqotida olimlar o‘rtacha 75 yoshda bo‘lgan dementsiyaga chalinmagan 3300 nafar kattalarni tahlil qilishgan. Har uch yilda bir marta ulardan yaxlit donli mahsulotlarni qanchalik tez-tez iste’mol qilishlari so‘ralgan hamda kognitiv va xotira testlaridan o‘tishlari so‘ralgan. Masalan, so‘zlar ro‘yxatini eslab qolish yoki raqamlarni eslab qolish va ularni to‘g‘ri tartibda nomlash kabi vazifalar berilgan. Olimlar kuniga 80 grammdan ko‘proq yaxlit donli mahsulotlarni iste’mol qilganlarning kognitiv faoliyati eng kam iste’mol qilganlarga qaraganda sekinroq pasayishini aniqladilar. 🔸 БАТАФСИЛ 🔸 ➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг! ✅Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹YoutubeTikTok
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
«Ҳизб ут-таҳрир ал-исломий» оқимининг фаол аъзоси қўлга олинди ДХХ Фарғона вилояти бошқармаси томонидан «Ҳизб ут-таҳрир ал-исломий» диний экстремистик оқимининг фаол аъзоси бўлган шахс қўлга олинди, деб хабар берди ЎзА. Хабарга кўра, Олтиариқ туманида яшовчи Абдумутал Абдураҳимов Россия Федерациясида ишлаган вақтда вақтида ислом динига қизиқиши туфайли интернет орқали турли маърузаларни эшитиб юрган. Жумладан, у мазкур диний террористик ташкилоти тарафдорларининг Ўзбекистон Республикасининг амалдаги тузумини Конституцияга хилоф равишда ўзгартиришга хизмат қилишга қаратилган маърузаларидаги ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган видео ва аудио материалларни эшитиб, уларнинг таъсирида экстремистик ғояларни қўллаб-қувватлаган. 🔸 БАТАФСИЛ 🔸 ➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг! ✅Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹YoutubeTikTok
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Бирламчи бозор учун автокредит бераётган банклар рўйхати эълон қилинди Қуйида автокредит бераётган банклар рўйхати келтирилган: ◻️ Ипак йўли банк –16,99 фоиз; ◻️ Асака банк – 23,5 фоиз; ◻️ Бизнесни ривожлантириш банки – 23-29 фоиз; ◻️ Трастбанк – 24 фоиз; ◻️ Халқ банки – 24 фоиз; ◻️ ЎзСҚБ – 25 фоиз; ◻️ Тенге Банк – 25,5 фоиз; ◻️ Ҳамкорбанк – 25,99 фоиз; ◻️ Алоқа банк – 26 фоиз; ◻️ МК банк – 26 фоиз; ◻️ Asia Alliance Bank – 27,99 фоиз; ◻️ Анор банк – 33 фоиз. 🔸 БАТАФСИЛ 🔸 ➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг! ✅Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹YoutubeTikTok
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Банкнинг «қора рўйхат»идан чиқишнинг самарали йўли айтилди Ҳуқуқшуноснинг жавобига кўра, аслида «қора рўйхат» мавжуд эмас. Кредит бюро томонидан ҳам қарз олувчиларнинг «қора рўйхат»и юритилмайди. Ҳозирда ушбу атама баъзи кредит ташкилотлари томонидан кредит олиш учун ариза берувчининг кредит тарихи салбий бўлган ёки скоринг(scoring) бали паст бўлган ҳолларда уларга кредит ажратилишини рад этиш учун ишлатилмоқда. Қарздор кредит тўловини вақтида қилиб бориши, унинг келгусида ҳам олиши мумкин бўлган қарзига ижобий таъсир қилади. Шу билан бирга, қарздорлик кечиктириб юборилса, фуқаронинг скоринг бали тушишига сабаб бўлади. 🔸 БАТАФСИЛ 🔸 ➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг! ✅Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹YoutubeTikTok
Показать все...
00:23
Видео недоступноПоказать в Telegram
Jumada qulagan ushbu uy bo‘yicha ayrim ma’lumotlar Namanganlik do‘kondorlar uyni sotib olib, o‘rniga kattaroq do‘kon qurishmoqchi ekan. Shu maqsadda kotlovan (handaq) qazilgan. Qurilish boshqarmasidagilar bilan gaplashdim. Qurilish ishlarini bajarish uchun barcha hujjatlar taxlangan, ruxsatlar olingan. Faqat texnologik protsess noto‘g‘ri bajarilgan. Agar handaq yoz oylarida qazilganida ham qo‘shni uy qulamasdi. Seryomg‘ir ushbu kunlarda tuproq ivib, oquvchanligi oshgan va poydevor ostidagi tuproqqa yuklama tushib, nuragan. Qo‘shni uydagilar g‘alati qasir-qusur ovozlardan so‘ng uyni tark etishga ulgurishgan. Hech kim jabrlanmagan. Namanganlik tadbirkorlar qulagan uyni sotib olishga va’da berishgan. Uyning narxi 300 ming AQSH dollari miqdorida baholangan emish... ➡️ @SANGZORUZ1 👈 обуна бўлинг ва дўстларингизга ҳам тарқатинг! ✅Facebook 📸Instagram 🕊 Twitter✈️ Telegram📹YoutubeTikTok
Показать все...
👍 1