METODIK XIZMAT BO‘LIMI
Открыть в Telegram
Ta'limdagi barcha yangiliklar va o'qituvchiga tegishli barcha ma'lumotlar birinchi bo'lib bizda KANALGA ULANING @metodmarkaz
Больше767
Подписчики
Нет данных24 часа
-47 дней
-1230 дней
Архив постов
‼️ Maktablardagi B2 sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga yana bir yil muddat beriladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev tomonidan imzolangan xatda maʼlum qilinishicha, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan). Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilmaslik so‘ralgan. Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olinishi talab etilgan.@metodmarkaz
Maktablardagi B2 sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga yana bir yil muddat beriladi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).
Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilmaslik so‘ralgan.
Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olinishi talab etilgan.
@metodmarkaz
⚡️Расман: Янгиланган супер-контракт нархлари ҳозирдан эълон қилинди!
Мазкур файлда 2024/2025 ўқув йили учун йўналишлар кесимида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.
— Кундузги
— Сиртқи
— Кечки
— Масофавий
Эслатиб ўтамиз, супер-контракт фақатгина 1-курсда тўланади. Кейинги йилдан ҳамма қатори оддий контракт тўлаши ва ҳаттоки, янги тартибга кўра яхши ўқиса грантга ўтиши ҳам мумкин. Бундан ташқари, супер-контрактнинг 12% қисмини қайтариб олиш мумкин.
#Sõragan_edingiz
B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo‘shatiladimi?
SavolYangi o‘quv yilidan milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilarini tarifikatsiya ro‘yxatiga kiritilmaydi deyishyapti. Yuqoridan shunday topshiriq bo‘libdi. Sentyabrgacha B2 sertifikati yo‘qlar ishdan bo‘shatilar ekan. Bu talab muddati uzaytirilmaganmidi? Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/774 Telegram I Facebook I YouTube
⚡️ 1-AVGUSTDAN 1-OKTABRGACHA KUZGI ATTESTATSIYA O'TKAZILADI
MMTVning 2024-yil 4-iyundagi 06-21-1046-sonli xati
Malaka sinovlari oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi. P.S. Oktabrda inglizlarga yana test shaklida boʻladi ... Hali oldingi attestatsiya uchun sertifikatlar kabinetda koʻrinmadi vazirlik esa oʻqituvchilarni yozda ham tayyorgarlik koʻrishsin deb oldindan ogohlantirishmoqda...
@metodmarkaz
+1
#Расман
⚡️Контракт миқдорлари оширилди
Талабаларнинг 2024/2025-ўқув йили учун тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди. Контракт нархлари билан батафсил юқоридаги фотоларда танишишингиз мумкин.
👉 @metodmarkaz
⚡️Бир ярим ставка дарс олган ўқитувчиларнинг бир ставкадан ортиқ бўлган дарслари энди вакант сифатида қайд этилмайди
Вазирлар Маҳкамасининг 275-сонли қарори билан тасдиқланган низомнинг 3-иловасига «Ўқитувчиларнинг тарификация рўйхати асосида ўқитувчиларга бир ярим ставка миқдоригача белгиланган дарс соатларининг бир ставкадан ортиқ бўлган қисми бўш иш ўринлари сифатида қайд этилмайди», - деган банд қўшилган.
Яъни бу ўқув йилидан бошлаб, умумтаълим муассасалари ўқитувчиларига бир ярим ставкагача ажратилган дарс соатлари вакант дарс соат сифатида туман (шаҳар) аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларига бериладиган ҳар ойлик ҳисоботларга киритилмайди. Шу сабабли бир ярим ставка дарс олган ўқитувчилар “Энди дарсимни олиб қўйишади” деган хадикда бўлмаса ҳам бўлади.
@metodmarkaz
⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi
1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
👉 2024/2025-oʻquv yilida OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Og‘ir sumkalar maktab o‘quvchilarining o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy ta’sir qiladi
🩰 Yoshlikda uzoq vaqt og‘ir sumka ko‘tarib yurish skoliozga, umurtqa pog‘onasining egriligiga va oyoqlarning qiyshayib rivojlanishiga olib keladi.
✅ Portfel vazni standartlari:
• 1-2-sinf - 1,5 kg dan ortiq emas;
• 3-4-sinf - 2 kg dan ortiq emas;
• 5-6-sinflar - 2,5 kg dan ortiq emas;
• 7-8-sinflar - 3,5 kg dan oshmasligi kerak;
• 9-11-sinflar - 4 kg dan ortiq emas.
Ota-onalarga yuborib qo‘ying
@metodmarkaz
Maktabda pedagoglar yetarli bo'lsa ham direktor yana yangi o'qituvchini ishga olishga majbur(mi?)
Ko'pchilik obunachilarimiz o'qituvchilarning bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo'lgan qismi endi bo'sh ish o'rinlari sifatida qayd etilmaydimi deb savol bermoqda.
To'g'ri, haqiqatdan ham qonunchilik hujjatlarida shunday qoida mavjud. Bu haqda biz 2021 yil avgust oyida xabar berganmiz. Ammo bu yerda noaniqliklar mavjud. SHu sababli mazkur qoida mana ikki yildirki ishlagani yo'q.
Ta'lim tizimida bir-birini rad etuvchi normalar juda ko'p. Bunga esa na vazirlik na boshqasi izoh beroladi. Hamma jimgina indamay kuzatadi. Misol uchun, maktablarda kadrlar yetarli bo'lishiga qaramasdan joylarda hududiy aholi bandligiga ko'maklashish markazlari tomonidan vakant ish o'rinlari talab qilish holati kuzatiladi.
Direktor maktabda bo'sh ish o'rni yo'q desa, bandlik bo'limi xodimi, o'qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars mumkin emas, ana o'shalarning darsidan olib berasiz deb majburlaydi. Xullas, dars taqsimotini tartibga soluvchi nizomga amal qilay desa qonun hujjatlariga to'g'ri kelmaydi, o'qituvchilardagi ortiqcha dars soatlarni vakant sifatida ko'rsatmay desa, jarimaga tortiladi.
Vaholanki, ikki yil oldin Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qaroriga o'zgartirishlar kiritilib, unda «O'qituvchilarning tarifikasiya ro'yxati asosida ularga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo'lgan qismi bo'sh ish o'rinlari sifatida qayd etilmaydi» deb yozib qo'yilgan.
Ammo, buni hech kim tan olmaydi. CHunki, bu normaga qonun hujjatlariga zid deya baho berilgan. O'qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berish mumkin bo'lmasa, unda nima uchun “Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi to'g'risida”gi (3271-sonli) nizom Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tkazilib, amaliyotga joriy qilindi degan savol ham ochiq qolgan.
Bu masalani Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan o'zaro kelishib olsa bo'ladi, lekin unday qilishmaydi. Buning ortidan ko'pchilik pedagoglar jabr ko'rib, qachonki kattaroq auditoriyaga ega bo'lgan OAVda e'lon qilinsa, keyin e'tibor qaratilsa kerak.
© Ulug‘bek Po'latov
@metodmarkaz
+2
Po'lshada ishlab chiqarilgan Qon glyukoza o'lchagich, shuningdek, qon glyukoza o'lchagich sifatida ham tanilgan, qon shakar darajasini o'lchaydigan elektron qurilma. SAXR DARAJASINI o'lchash uchun poliklinikaga borib navbatda turib o'lchashni xojati yoʻq o'zingiz o'lchab olaveraslar.
Boshlangʻich to'lovi yoʻq
3 oyga 200 mingdan bo'lib to'lashga sotiladi.
Tel +998943878833
#Диққат
❗Энди нодавлат яни хусусий олийгоҳлардан давлат олийгоҳларига ўқишингизни имтихонларсиз кўчиришингиз мумкин.
@metodmarkaz
⚡️Yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo‘lmaydi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilingan.
Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi.
Unga ko‘ra, Prezidentning 2017-yildagi taklifiga binoan, 2018-yil 15-avgustda Vazirlar Mahkamasining yagona maktab formasi to‘g‘risidagi 666-sonli qarori qabul qilinib, maktab formasining shakllari tasdiqlangan. Mazkur qaror bilan esa 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab esa to‘liq joriy etilishi belgilangan.
Keyinchalik, ya’ni 2019-yil may oyida o‘sha davrda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan Saida Mirziyoyeva maktab formasini majburiy qilishdan ko‘ra maktablarda hal qilinishi kerak muhimroq boshqa muammolarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab o‘tgan.
Shundan so‘ng, 2019-yil 18-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 509-sonli qarori qabul qilinib, yagona maktab formasi 2019-2020 o‘quv yilidan emas, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladigan bo‘lgan.
2022-yil 19-may kuni esa hukumatning 271-sonli qarori bilan maktab formasi 2024-2025 o‘quv yilidan emas balki, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab majburiy bo‘lishi haqida qaror qabul qilingan.
Shundan so‘ng, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab formasining joriy qilinishi turli xil e’tirozlarga sabab bo‘lganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilingan.
Ya’ni, yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etiladi. So‘nggi qabul qilingan qarorda esa yagona maktab formasi joriy etishning aniq muddati belgilanmagan.
Shu sababli, o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi.
Eslatma! Maktablarda majburiy maktab formasi joriy qilinmagan bo‘lsada, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq o‘quvchilarning ta’lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlanadi.
@metodmarkaz
B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan ingliz tili o‘qituvchilariga bu yil ham ishlashga imkon berilishi mumkin
Халқ таълими 00:50 / 07.07.2024 453
B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan ingliz tili o‘qituvchilariga bu yil ham ishlashga imkon berilishi mumkin
B2 darajaga (milliy va xalqaro sertifikatga) ega bo’lmagan amaldagi ingliz tili o’qituvchilari yangi o’quv yilida dars berishiga ruxsat beriladimi?
Ijtimoiy tarmoqda 2024-2025 o'quv yilida ingliz tili o’qituvchilari ishga kirish va ishda qolish uchun talab qilinayotgan B2 daraja sertifikati masalasi keng muhokama qilinyapti. Shu vaqtgacha maktabda ishlayotgan, lekin sertifikat olmaganlar nima qiladi? Agar ular sentabrda darslarga qo’yilmasa, o’qituvchilar vakansiyasini, yuklamasini kim to’ldiradi?
Kanalimga obunachilardan biri shu masalani so’rab yozgandi.
Bugun Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligida Hilola Umarova va vazir o’rinbosarlari ishtirokida o’tgan muloqotda ushbu savollarni so’radim.
Oydinlik kiritilishicha, hozirda o’qituvchilarga yana qo’shimcha muddat berilishi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o’qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo’lmagan bo’lsa, bu safar ham imkon beriladi.
⚡️1-августдан 1-октябргача кузги аттестация ўтказилади
Малака синовлари октябрь-ноябрь ойларида бўлиб ўтади.
ММТВнинг 2024-йил 4-июндаги 06-21-1046-сонли хати
Ойлик ҳисоблаш учун бот
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
https://t.me/+KzysPSHcaRVlMGQy
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) balldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda.
Aslida esa, attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilamiz.
❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️O'zbekistonda ingliz tili bo'yicha milliy va xalqaro test tizimlarida imtihon topshirish qancha turadi?
Milliy sertifikat uchun 459 500 so'm
IELTS British Council uchun 2 300 000 so'm
IELTS IDP uchun 2 340 000 so'm
TOEFL (IBT oki PBT) uchun ~ 2 340 000 so'm
TOEFL ITP uchun - 990 000 - 1 250 000 so'm
iTEP uchun ~ 1 550 000 so'm
FCE - 1 900 000 so'm
CAE - 2 090 000 so'm
TKT Module 1, 2, 3 uchun 770-900 ming so'mdan
P.S.: Narxlar 2024-yil IYUN holatiga ko'ra
@metodmarkas
⚡️Мазкур ўқув йилидан бошлаб мактабда ўқув-педагогик ҳужжатларни юритиш тўлиқ электрон шаклга ўтказилади
Хусусан, электрон баҳолар табели emaktab.uz платформасида автоматик тарзда шаклланади ва ота-оналар учун тизимдан юклаб олиш имконияти яратилади.
Бу орқали табелдаги баҳоларни ўзгартириш ва сохталаштиришнинг олди олинади.
✅Электрон шаклга ўтказиладиган ҳужжатлар:
➡️ Синф журнали;
➡️ Баҳолар табели;
➡️ Қолдирилган ва ўрни тўлдирилган дарсларни ҳисобга олиш дафтари;
➡️ Педагогик кенгаш баённомалари дафтари;
➡️ Ўқувчилар ҳаракати дафтари;
➡️ Шаҳодатномаларни ҳисобга олиш дафтари.
👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.
Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇
https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
#Биласизми
⚡️Мактаблар битирувчиларининг ОТМга кириш кўрсатгичи бўйича “яшил”, “сариқ” ва “қизил” тоифаларга ажратилади
Барчамизга маълумки, сўнгги йилларда умумтаълим мактабларида таълим сифати ва самарадорлиги даражаси шу муассасани битираётган ўқувчиларнинг олий таълим муассасаларига ўқишга кириши, касб-ҳунар танлаб, жамиятда ўз ўрнини топа олиши кўрсатгичи билан баҳоланмоқда.
Шу боис ҳам Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги (собиқ ХТВ) мактаб битирувчиларнинг ОТМга кириш кўрсатгичи бўйича “яшил”, “сариқ” ва “қизил” тоифалар бўйича таснифлашни йўлга қўйган.
🔰 Бунда:
🟢 мактаб битирувчиларининг ОТМга кириш кўрсаткичи 30 фоиздан юқори бўлгани “яшил”;
🟡 10 фоиздан 30 фоизгача битирувчиси ОТМга қамраб олинган мактаблар “сариқ”;
🔴 битирувчиси умуман ОТМга кирмаган ва 10 фоизгача кирган мактаблар “қизил” рангларда таснифланади.
@metodmarkaz
⚡️Хорижий тилни С1 даражада биладиган талабаларга ишлашга рухсат этилади
Қарорга мувофиқ, 2024 йил 1 октябрдан:
👉 Ёшлар ишлари агентлиги ҳар йили хусусий ўқув марказларининг Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри кесимидаги рейтингини тузади ҳамда расмий веб-сайтида эълон қилиб боради;
👉 рейтинг натижаларига кўра олис ва чекка ҳудудларда фаолият кўрсатувчи энг юқори кўрсаткичга эга 100 та хусусий ўқув марказининг таълим жараёнида фойдаланадиган бино ва иншоотлар учун ижара тўлови харажатларининг бир қисми компенсация қилинади.
👉 2024–2026 йилларда олий таълим ташкилотларининг хорижий тил филологияси таълим йўналиши бўйича 3 ва 4-курсда таҳсил олаётган ҳамда камида С1 даражадаги сертификатга эга талабаларига умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим ташкилотларида ўқитувчи сифатида меҳнат фаолиятини амалга оширишига рухсат этилади.
👉 2024/2025 ўқув йилидан ота-оналар ва ўқувчилар талабидан келиб чиқиб, ихтисослаштирилган мактаблар ва касб-ҳунар мактабларида чет тили сифатида немис, француз, корейс, хитой ва япон тилларини ўқитишни йўлга қўйилади.
👉 2025 йил 1 январгача инглиз тили, кейинги йилларда бошқа хорижий тиллар ва замонавий касбларни ўргатиш бўйича дунёнинг етакчи марказлари, олий таълим ташкилотлари билан ҳамкорликни йўлга қўйилади ҳамда уларнинг халқаро таълим стандартларига мос таълим дастурлари “Ибрат фарзандлари” ва “Устоз” лойиҳаларига татбиқ этилади.
@metodmarkaz
