cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Bobur Nusratov (ijodiy kanal)

Murojaat: @yuksalish_bot

Больше
Рекламные посты
189
Подписчики
-124 часа
-57 дней
-1830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Masalan Masalan, sen menga muhabbat izhor qil desang, Lablarimdan oʻpgin desang, chimchilab! Olib qochib ketgin desang, toʻygacha, Mungʻayaman meni yolgʻiz qoʻy deya. Masalan, seni hech kimsa koʻrmasin, Ruxsatsiz toʻydan soʻng chiqma koʻchaga, Mendan oʻzgaga soʻz aytmagin desam, Varaqlay boshlaysan Qomusimizni... Oʻt va suv mos derlar, kun tunga mushtoq, Quyosh oyni istar, zamin-chi osmon. Yaxshi-yomon hamdam boʻladi ammo, Tushun, men savobga qoʻshmayman gunoh. Bobur Nusratov 16-iyun, 2024-yil Qarshi @ijod_sarchashmalari
Показать все...
👍 6🔥 2
Показать все...
Do sting bo lmasa Ozodbek Nazarbekov.mp33.87 MB
👍 1 1🥰 1👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tuyuq Oshiq-ma'shuqqa juftlab, Yaralgandir boʻsa-lab. Toq yurarman, boʻsalab, Inoyat qil boʻsalab. B.N. @ijod_sarchashmalari
Показать все...
🥰 3 2🔥 1
00:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
Tajnisi murakkab Haq yuzingga husndan so'z bitdi joylab qaro xol, O'shal nukta aqlim oldi, yo'qoldi xush, qaro hol. Menki oshuftahol telba, senda ishq hikmati jam, Ko'zlarim Ya'qubdek tinmas, Jamolingdur Jomi jam. Ki oftobdek ko'zim usti, zamindek xorman qoshingda, Mayli, ishq o'qini otgil, mayli, chop qilich qoshingda. Riyodan dunyo elida sinib yotar dil bog'lar, Chin oshiq pok sevgi deb, visolga umid bog'lar. Sezarman, Boburga bir kun, muhr bosgay g'uncha lab, Ko'ksimda sarg'aygan gullar shunda ketgay g'unchalab. Bobur Nusratov @ijod_sarchashmalari
Показать все...
5.10 KB
👍 3 2🔥 1🥰 1
00:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
5.48 KB
🔥 4 2🥰 1
00:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
Shunday g'amxo'r izlardim rosti, Qani derdim parvonam bo'lsa, Men changitib ko'chalar kezsam, U xotirjam duoyim qilsa! Yigitchilik, to's-to'polon bor! Ur-yiqitning gashti o'zgacha! Burun qonab kelganda bo'lsa, Derdim asta tutsa dastro'mol. Taraqqiyot, ajdorho bu pul, Onang bozor, otalar hammol. Toptim! Tug'ishgandan azizroq, Oshna! Uni cho'ntak ko'tarmas ammo! Nusratov Bobur @Ijod_sarchashmalari
Показать все...
4.21 KB
🥰 3🔥 2
Shunday g'amxo'r izlardim rosti, Qani derdim parvonam bo'lsa, Men changitib ko'chalar kezsam, U xotirjam duoyim qilsa! Yigitchilik, to's-to'polon bor! Ur-yiqitning gashti o'zgacha! Burun qonab kelganda bo'lsa, Derdim asta tutsa dastro'mol. Taraqqiyot, ajdorho bu pul, Onang bozor, otalar hammol. Toptim! Tug'ishgandan azizroq, Oshna! Uni cho'ntak ko'tarmas ammo! Nusratov Bobur @Ijod_sarchashmalari
Показать все...
Kim u? Maqtandi boy: pulim bor, Kaftimdadir baxt qushim. Zamonamning oldiman, Yo‘qdir sira tashvishim. Rad etib buni birov, Boylik qo‘lning kiri der. Eng keragi hokimlik, Baxtli yashash siri der. Kulib dedi boshqasi, Ikkoving ham malaysan. Zo‘rman, bitta ishora Qilsam tovon yalaysan. Qandaydir tovush keldi, Yaqin oradan shu on. Tilanardi nomus-or, Sadaqaga... sof vijdon. Na boy sotib olmagan, Hokim ko‘rmagan edi. Zo‘ravon ham jim, xullas, Uchchovi ham pand yedi. Shoir, so‘zing yolg‘ondir, Tilanchiga pul kerak. Deya, she’rxon, lab burma, Yakunga shoshma andak. Gadoy emas edi, u - Asli Pok Qalbli INSON! Balki, Hazrati odam, Balki, Sen eding - she’rxon. Bobur Nusratov @ijod_sarchashmlari
Показать все...
🔥 4🥰 2👏 1
00:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
Muhabbatnoma Kulgichingning o'trusig'a otdimey jon qushin Laylo, Titrading tegmadi deb ko'z uchidin fosh qilib xumor. Aylamak telbani noz-la qilib sayd ishidin ayro, Yoki tanho qil debon sayd tebranib qo'ydingmi dildor? Ming sadoq o'q, ming o'y-hayol tun qilur hukminga shaydo, Kun bila poylasam, yillar o'tib ketgay qilib nochor. Injular termakka bu qo'l talpinar chalsang xush duto, Mast-u behush yiqilsam ov kishisin ovlasang ayyor. Domi vasling bo'yi bundoq chorlasa, kel, deb, jonim-o, Beli naqshing surati naqd qilsa savdo elin nigor. Jimjima g'addor falakdin kelsa, yajujlardek balo, Bo'salab kunfayakundek aylasang borimni ishqor. Toki dayri muvaqqatda sodir o'lsa buyuk kimyo, Yorlaqa Bobur ruhini Jonon tanim qilib inkor. ✍Bobur Nusratov @Ijod_sarchashmalari
Показать все...
4.69 KB
👍 5 2🔥 1🥰 1
00:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
Baxtlilar qo'shig'i Hayot qisqa, lek g'amlar to'la, Baxtlar ko'p-u, ayriliq yana, Ayon bo'ldi, tushimda mana, Ko'p mashaqqat chekamiz bizlar, Yengib mag'rur kulamiz bizlar. G'iybat otar sanoqsiz qarg'a, Dunyo tersdek bo'ladi shunda, Kimdir ojiz, kimdir bechora, Ko'p mashaqqat chekamiz bizlar, Yengib mag'rur kulamiz bizlar. Garchi yo'llar qorong'u juda, Cheksiz zulmat, nur yo'qdek zarra, Derlar: "Oyning o'n beshi qora..." Ko'p mashaqqat chekamiz bizlar, Yengib mag'rur kulamiz bizlar. Quloq sol, jim, qalbingga qara, Nish urgandir ilohiy mujda, So'z berarman, Vojib - bir kunda: Ko'p mashaqqat cheksakda bizlar, YENGIB MAG'RUR KULAMIZ BIZLAR. ✍Bobur Nusratov @ijod_sarchashmalari
Показать все...
3.91 KB
4🔥 3👍 2🥰 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.