Iqro
Открыть в Telegram
📚 «Iqro!» — Robbimizning ilk da’vati bilan mutolaa sari. Ikkinchi sahifam:l : https://t.me/iqro_mutolaasi
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
3 283
Подписчики
-2624 часа
+357 дней
+1 36830 дней
Архив постов
3 285
Ey Alloh!
Namozni Sen istaganingdek ado qilolmayapman.
Dovud alayhissalomning ro'zasidek ro'za tutolmayapman.
Xastaligimda Ayyub alayhissalomdek sabr-toqat qilolmayapman.
Yunus alayhissalom nahang ichra tasbeh aytgani kabi Senga tasbeh aytolmayapman.
Yahyo alayhissalom kabi dinimda sobit turolmayapman.
Ko'zimni Yusuf alayhissalom o'z nomusini saqlagani kabi saqlay olmayapman.
«Boraveringlar, sizlar oz odsizlar», degan so'zga ham loyiq emasman.
Ammo... men ham ular kabi Seni yaxshi ko'raman, ey Alloh!
3 285
1. Men haqimda 👇
Saydaxmedov Muhammadali. Bu hayotda ilm olishga, imonini asrashga va atrofdagilarga manfaat yetkazishga intilayotgan oddiy bir bandaman.
2. Kanal formati 👇
Kanalda muntazam ulashib boraman:
📖 Qur'on va sunnatdan qalbga sokinlik beruvchi oyat va hadislar
🧠 Shaxsiy hayotiy tajribalarim, xatolarim va ulardan olingan xulosalar
⏳ Kundalik hayotda imonni asrash va nafsni tarbiyalash haqida o'ylar
💡 Rivojlanish, kitobxonlik va ma'naviy o'sishga oid foydali qaydlar
3. Kanalni yuritishdan maqsadim 👇
O'zimga eslatma: Avvalo, o'z nafs tarbiyam va bilimlarimni mustahkamlash (chunki inson eslatishga muhtoj).
Yaxshilik ulashish: Atrofdagi insonlarga oz bo'lsa-da ma'naviy manfaat yetkazish, to'g'ri yo'lda birga sobitqadam bo'lish.
Sadaqai joriya:
Bu dunyodan keyin ham orqamdan savobi yetib turadigan xayrli bir iz qoldirish.
Qalbdan chiqqani qalbga yetib boradi, inshaAlloh. 🌙
Bismillah deb boshladik! 🔥
@ibnu_alisher
