Qiymat klubi
Открыть в Telegram
Qiymat yaratadigan fikrlar Asoschi: qamarbooks Kitoblar orqali oʻsish
Больше532
Подписчики
+424 часа
+1267 дней
+18830 день
Архив постов
532
Ro'yxatdan o'tishga ulgurdingizmi?
Kitobxonlik klubimiz ertaga bo'lib o'tadi. Atigi 1 kun qoldi ☺️
532
“Qiymat” klubining II soni
🖋 An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Qiymat” klubining navbatdagi soni 26-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirimizda siyosiy iqtisod va barqaror rivojlanish siyosati bo‘yicha ekspert — Bekzod Zokirov mehmon sifatida ishtirok etadi.
Mehmon bilan Yohan Hari qalamiga mansub “Oʻgʻirlangan diqqat” kitobi muhokama qilinadi.
📊 Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv biznes, tadbirkorlik, marketing kabi sohalarda bilim va tajribalarini oshirish istagida bo‘lganlar uchun ayni muddao!
⏳ Tadbir vaqti: 26-may, 10:00 da.
📍 Manzil: "Qamar" kitoblar do'koni, Seoul Mun filiali.
Joylar soni cheklangan, atigi 30 nafar kitobxon ishtirok etoladi.
Darvoqe, eng yaxshi savol egalariga “Qamar” kitoblar doʻkoni tomonidan 100 000 soʻmlik vaucher taqdim etiladi! 🤩
🔗 Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
@qiymat_klubi
532
+9
“Qiymat” klubining ilk uchrashuvi o‘tkazildi!
🔏 Bo‘lib o‘tgan kitobxonlik klubining ilk sonida “Yagona narsa” kitobi muhokama qilindi.
Tadbirkor hamda “Najot Ta’lim” markazi asoschisi Temurbek Adhamov mazkur kitob borasida o‘z fikrlarini bildirish bilan birga, asardan o‘rganganlari asosida o‘z bizneslarida qo‘llagan ishlar haqida ham aytib o‘tdi.
🤝 Aytish joizki, “Qiymat” klubi orqali tadbirkorlik, iqtisodiyot, shaxsiy rivojlanish borasida kitobxonlarga qiymatli ma’lumotlar berish maqsad qilingan.
Navbatdagi son qaysi kitob asosida bo‘lishini istardingiz? 🙂
Telegram | Instagram
@qiymat_klubi
532
532
Intizom haqida “Yagona narsa” kitobida kelgan joyini gapiryaptilar.
Kuzatib boryapsizlarmi?
532
“Najot Ta’lim” markazi asoschisi Temurbek Adhamov 1-son spikeri sifatida soʻz olib boryapti.
532
“Qiymat” kitobxonlik klubining ilk soni ⏳
🎉 “Qamar” kitobxonlari uchun navbatdagi xushxabar!
📚 Seoul Mun filialimizda “Qiymat” kitobxonlik klubi uchrashuvlari doimiy tarzda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
👛 Mazkur klubda iqtisodiy va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishidagi kitoblar muhokama qilinib, tadbirkorlik yo‘lini tanlash istagida bo‘lgan yoki shu sohada faoliyat olib borayotgan kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
Klubning ilk uchrashuvida tadbirkor, “Najot Ta’lim” markazi asoschisi Temurbek Adhamov mehmon sifatida ishtirok etadi. Undagi muhokama “Yagona narsa” kitobiga bagʻishlanadi.
⏳ Tadbir vaqti: 14-may, 10:00 da.
📍 Manzil: "Qamar" kitoblar do'koni, Seoul Mun filiali.
Atigi 30 nafar kitobxon klubda qatnasha oladi, joylar soni cheklangan.
🔗 Toshkent shahrida yashovchi va rosmana klubda oflayn ishtirok etish istagida bo‘lganlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!
Telegram | Instagram
532
Har qanday koʻzga koʻrinarli natija ortida kuchli bir fikr turadi.
“Qiymat” — aynan shu fikrlar uchrashadigan nuqta.
Bu yerda kitoblar, tajribalar va qarorlar orqali biznes va hayotga boshqacharoq nigoh tashlaymiz.
Har qanday ko‘zga ko‘rinarli natija ortida kuchli bir fikr turadi.
Har qanday oʻsish to‘g‘ri qaror va teran tafakkurdan boshlanadi.
“Qiymat” — aynan shu fikrlar uchrashadigan nuqta.
Bu yerda tadbirkorlar, iqtisodchilar va fikr egalari tomonidan kitoblar, tajribalar hamda real hayotiy qarorlar orqali muvaffaqiyatning ko‘rinmaydigan jihatlari muhokama qilinadi.
@qiymat_klubi
