۰
Открыть в Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
545
Подписчики
-424 часа
+17 дней
+3830 дней
Архив постов
545
Atika binti Abdulmuttalib Makkada tugʻilgan. Otasi Quraysh qabilasining yetakchisi Abdulmuttalib ibn Hoshim onasi esa Banu Maxzum urug'idan Fotima binti Amrdir. U Islom payg'ambari Muhammad alayhissalomning tug'ishgan ammalari (otasining bir ota-onadan bo'lgan opasi yoki singlisi) hisoblanadi. Atika o'z davrining nihoyatda oqila fasohatli va so'zga chechan ayollaridan bo'lgan. Otasi Abdulmuttalib vafot etganida uning xotirasiga bag'ishlab yuksak adabiy mahorat bilan chuqur qayg'uli marsiye (motam sheʼri) aytgan. U birinchi marta Banu Asad urug'idan bo'lgan Umar ibn Vahab ibn Abduluzzoga turmushga chiqqan. Bu nikohdan uning Zuhayr ismli og'li dunyoga kelgan. Keyinchalik Makkadagi eng badavlat va saxovatli kishilardan biri Banu Maxzum urug'idan Abu Umayya ibn al-Mug'iyraga turmushga chiqqan. Bu nikohdan uning Abdulloh Zuhayr va Qurayba ismli farzandlari bo'lgan. Shuningdek u mo'minlar onasi Ummu Salama (Hind) uchun ona (yoki o'gay ona) hisoblanadi. Milodiy 624-yil mart oyida Badr jangidan uch kun oldin Atika dahshatli tush ko'radi. Tushida bir kishi tuyada kelib Makka ahlini yaqinlashayotgan halokatdan ogohlantiradi va Abu Qubays tog'idan ulkan toshni pastga dumolatadi tosh parchalari Makkadagi barcha xonadonlarga borib tegadi. Atika bu tushni akasi Abbosga aytadi va xabar tezda Makka rahbarlariga yetib boradi. Abu Jahl uni va Abdulmuttalib xonadonini masxara qilib, "ayollaringiz ham payg'ambar bo'ldimi" deb kuladi. Biroq to'rtinchi kuni Makka qo'shini Badrda tor-mor etilgani haqidagi xabar kelib tush o'ngidan keladi. Tarixchilar o'rtasida uning musulmon bo'lgani borasida aniq fikr yo'q. Ibn Sa'd kabi bazi olimlar u Islomni qabul qilib Madinaga hijrat qilgan deb hisoblasa Imom Tabariy kabi boshqa yirik muhaddislar Payg'ambarimizning ammalaridan faqatgina Safiya aniq musulmon bo'lganini Atika borasida esa qatiy dalil yo'qligini aytishgan. Uning aniq vafot etgan yili va joyi tarixiy manbalarda qatiy ko'rsatilmagan. Ammo uning milodiy 624-yildagi Badr jangi paytida hayot bo'lgani aniq
545
Safiyya binti roziyallohu anho Milodiy 567–569-yillar atrofida (Hijratdan 53 yil oldin) Makka shahrida tug‘ilgan. U Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan yosh jihatidan tengdosh yoki bir oz katta bo‘lgan. Otalari Abdulmuttalib ibn Hoshim (Payg‘ambarimizning bobolari) bo'lib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng sevikli amakilari Hazrati Hamza roziyallohu anhu bilan bir ota va bir onadan tug‘ilgan tug‘ishgan aka-singil bo'lishgan. Safiyya onamiz dastlab Horis ibn Harbga turmushga chiqqan va undan ajrashgan (yoki vafot etgan). Keyinchalik Xadicha roziyallohu anho onamizning akasi Avvom ibn Quvaylidga turmushga chiqqan. Bu nikohdan Islom tarixidagi eng buyuk sahobiylardan biri jannat xushxabari berilgan Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu dunyoga kelgan.Safiyya binti Abdulmuttalib Payg'ambarimizning da'vat boshlagan ilk davrlardayoq Islomni qabul qilgan va Makka mushriklarining zulmlariga qaramay Madinaga hijrat qilgan.U Islom tarixida dushmanga qarshi jang qilib uni o'ldirgan ilk musulmon ayol hisoblanadi. Uhud jangida musulmonlar parokanda bo'lib chekinganda qo'liga nayza olib qochayotganlarni to'xtatishga harakat qilgan. Ushbu jangda tug'ishgan akasi Hazrati Hamza roziyallohu anhu vahshiylarcha shahid qilinganida juda katta matonat ko'rsatgan va Allohning taqdiriga sabr qilgan.Xandaq jangida musulmon ayollar va bolalar yashiringan qal'aga yashirincha suqulib kirgan yahudiy josusini o'zi yolg'iz yog'och (chodir ustuni) bilan urib o'ldirgan va qal'a mudofaasini ta'minlagan.U Islom rivojiga ulkan hissa qo'shgan va Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tomonidan juda qadrlangan buyuk sahobiyadir. Milodiy 640-yilda (Hijriy 20-yil? Hazrati Umar roziyallohu anhu xalifalik davrida taxminan 71–72 yoshida Madina shahrida vafot etganlar va Al-Baqi qabristoniga dafn etilganlar
545
Ertadan payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ammalari haqida o'rganishga hamma rozimi yaxshilar)
545
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning jami 9 nafar amakilari bo'lgan. 4 nafar amakilari Islom davrigacha yetib kelgan, qolgan 5 nafari Islom davrigacha yetib kelolmagan
Islom davrigacha yetib kelgan 4 nafar amakilari
1.Hamza roziyallohu anhu
2.Abbos roziyallohu anhu
3.Abu Tolib
4.Abu Lahab
Islom davrigacha yetib kelolmagan 5 nafar amakilari
1.Horis
2.Zubayr
3.Hajl
4.Diror
5.G'aydoq
