۰
Открыть в Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
544
Подписчики
-424 часа
+17 дней
+3830 дней
Архив постов
545
Xolid ibn Valid Islom tarixidagi eng buyuk sarkardalardan biri bo'lib hayoti davomida biror marta ham jangda mag'lub bo'lmagan kam sonli jahon harbiy strateglaridan biridir. Shu sababli Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam unga "Sayfulloh" (Allohning shamshiri) unvonini berganlar. U taxminan milodiy 585–592-yillar oralig'ida (hijratdan 30 yillar oldin) Makka shahrida Quraysh qabilasining boy va nufuzli Banu Maxzum urug'ida dunyoga kelgan. Xolid ibn Valid Islomni qabul qilishdan oldin ham juda kuchli jangchi va sarkarda bo'lgan bunga misol tariqasida uning milodiy 625-yildagi Uhud jangida Makka otliq qo'shiniga qo'mondonlik qilib musulmonlar ustidan g'alaba qozonishga sababchi bo'lganini keltirish mumkin. U milodiy 629-yilda (hijriy 8-yil) Islom dinini qabul qilgach butun hayoti va harbiy salohiyatini din hamda davlat himoyasiga bag'ishladi. Uning musulmonlar safidagi ilk yirik to'qnashuvi Mu'ta jangi (629-yil) bo'lib unda uchta tayinlangan qo'mondon ketma-ket shahid bo'lgach Xolid bayroqni qo'lga oladi va o'zining yuksak harbiy hiylasi tufayli musulmon qo'shinini Vizantiyaning ulkan armiyasi qurshovidan eson-omon talofatsiz olib chiqib ketadi va aynan shu voizadan keyin Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tomonidan unga "Allohning shamshiri" unvoni sharaf bilan beriladi. Uning harbiy faoliyatidagi eng buyuk va tarixiy g'alabasi milodiy 636-yilda yuz bergan Yarmuk jangi hisoblanadi unda Xolid ibn Valid boshchiligidagi musulmonlar o'zlaridan bir necha barobar ko'p bo'lgan Vizantiya (Rim) imperiyasining muntazam qo'shinini butunlay tor-mor keltirganlar. Bundan tashqari u Iroq hududida ulkan Sosoniylar (Fors) imperiyasiga qarshi kechgan ketma-ket shiddatli janglarda yirik g'alabalarni qo'lga kiritib Islom xalifaligi chegaralarini mislsiz darajada kengaytirishga muvaffaq bo'lgan. Hayoti davomida yuzdan ortiq yirik jang va to'qnashuvlarda qatnashgan buyuk sarkarda milodiy 642-yilda (hijriy 21-yil) taxminan 55-58 yoshida ko'pchilik o'ylaganidek jang maydonida emas balki Suriyaning Hims (Homs) shahrida o'z to'shagida og'ir kasallikdan vafot etgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha u o'lim to'shagida yotganida badanida qilich zarbi nayza sanchilishi yoki o'q asorati tegmagan biror qarich ham sog' joy qolmaganini ko'rsatib jang maydonida shahid bo'la olmaganidan va g'oziy sifatida o'lolmaganidan yig'lagan hamda: "Men falon-falon janglarda qatnashdim mana endi tuya o'lganidek to'shagimda o'lyapman qo'rqoqlarning ko'zi uyqu ko'rmasin!" deya armon bilan jon taslim qilgan. Bugungi kunda uning muborak qabri va maqbarasi Suriyaning Hims shahrida barpo etilgan muhtasham Xolid ibn Valid masjidida joylashgan
545
Osiyo onamizning otalarining ismi Mazohim (yoki Muzahim) bo'lgan.Ayrim tarixiy rivoyatlarga ko'ra u kishi ham Bani Isroil (Yoqub alayhissalomning avlodlari) qavmidan bo'lganlar va zolim Firavnga majburlab uzatilganlar.Muso alayhissalom chaqaloqlik paytlarida onalari uni daryoga oqizib yuborganida sandiqni Firavn qasri yaqinidan aynan Osiyo onamiz topib olganlar. Firavn bolani o'ldirmoqchi bo'lganida Osiyo onamiz: "U men uchun ham sen uchun ham ko'z quvonchidir. Uni o'ldirmanglar shoyad bizga foydasi tegsa yoki uni bola qilib olsak" deb uni o'limdan saqlab qolganlar va qasrda katta qilganlar. Muso alayhissalom payg'ambar bo'lib qaytganlaridan keyin Osiyo onamiz birinchilardan bo'lib yagona Allohga va Musoning rasulligiga iymon keltirganlar. Uzoq vaqt davomida o'z iymonlarini zolim erlaridan sir saqlashga majbur bo'lganlar. Firavn xotini iymon keltirganini bilib qolgach undan iymonidan qaytishni talab qiladi va dahshatli azoblar beradi. Ammo Osiyo onamiz barcha qiynoqlarga qaramay iymonlarida sodiq qoladilar va Alloh yo'lida shahid bo'ladilar. Alloh taolo Tahrim surasining 11-oyatida Osiyo onamizni butun dunyo mo'minlari uchun cheksiz sabr va iymon namunasi (zarbulmasal) qilib ko'rsatgan. U zot azoblanayotganlarida: "Robbim, men uchun huzuringda jannatda bir uy bino qilgin..." deb duo qilganlar va vafot etishlaridan oldin jannatdagi joylarini ko'rganlar. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam jannatning eng afzal to'rtta ayolini sanaganlarida Maryam, Xadicha va Fotima onalarimiz bilan birga aynan Osiyo binti Mazohimni ham zikr qilganlar. Firavn xotini Osiyo onamizning yashirincha Muso alayhissalom keltirgan dinga iymon keltirganini bilib qolgach u zotni jazirama issiq quyosh ostiga qo'llari va oyoqlaridan bog'lab qo'yishgaan.Ko'kraklariga ulkan va og'ir toshni bostirib qo'yishgan.Rivoyat qilinishicha u zot hali hayotlik vaqtlarida Alloh u kishiga jannatdagi qasrlarini ko'rsatgan. Shunda azoblar ostida yotgan Osiyo onamiz jannatni ko'rib tabassum qilganlar va ruxlari shirin holatda qatllardan avval taslim bo'lgan.U zotning qabrlari hozirgi Misr (Egipt) hududida deb ishoniladi biroq aniq joyi noma'lum.
545
Kanallarimiz jamlanmasi :)
Mengacha.. (shaxsiy kanalim)
SHAXSIYLIK (katta kanalim )
@shunchaki_islomiy_kanal (foydali ma'ruzalar)
Bu 3 ta kanalda umuman reklama alishmayman.
