۰
Открыть в Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
540
Подписчики
Нет данных24 часа
+77 дней
+3730 дней
Архив постов
540
Ibrohim Madinada tug'ilgan yagona farzand bo'lgan. U Madinaning "Aliya" (hozirgi Avali) deb nomlangan yuqori qismida dunyoga kelgan. O'sha davr arab an'analariga ko'ra tug'ilganining yettinchi kuni u zotning sochlari olinib vazniga teng miqdordagi kumush sadaqa qilingan va unga "Ibrohim" deb ism qo'yilgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'g'illarini juda yaxshi ko'rganlar. Ibrohimni o'sha davrdagi odatga ko'ra Abu Rafi'ning xotini Salmo (Ummu Rofi') emizgan. Onasi Mariya onamizning suti yetarli bo'lmagani uchun Abu Sayf ismli sahobaning xotini (Ummu Sayf) ham go'dakni o'z sutidan oziqlantirgan. Sahobalar Rasulullohning xursandchiliklarini ko'rib Ibrohimga o'z xurmacha va bog'laridagi mevalardan hadya qilishga shoshilishgan. Islom tarixchilari Ibrohimning vafot etgan yoshi bo'yicha turli ma'lumotlarni keltirganlar. Imom al-Buxoriy va boshqa muhaddislar rivoyatiga ko'ra, u vafot etganida 16 oylik yoki 18 oylik bo'lgan. Ba'zi manbalarda esa u 70 yoki 88 kunlik bo'lganida dunyodan o'tgani ham aytiladi. U zot emizikli vaqtida vafot etganlari uchun jannatda boshqa bolalar qatori emizilib voyaga yetishi haqida hadislar mavjud. Ibrohim vafot etganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni o'z qo'llari bilan yuvib kafanlashni buyurganlar. Uning janoza namozi o'qilgan va Madinadagi mashhur Baqe qabristoniga dafn etilgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrning ustiga suv sepishni va belgisi bo'lishi uchun tosh qo'yishni buyurganlar. Ibrohimning vafoti ota-ona uchun juda og'ir judochilik bo'lgan. Onasi Mariya onamiz o'g'lining vafotidan qattiq qayg'urib ko'p yig'laganlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga tasalli berib jannatda Ibrohim ularning oldidan chiqib shfoatchi bo'lishini va ularni kutib olishini aytganlar
540
Meni hafa qilmanglar maylimi :)
Men hammangizni juda hurmat qilaman. O'zimga biroz tanaffus kerak lekin sizlarga foyda bo'lsin deb vaqt sarflab post joylayman. Bir birimizni, mehnatimizni hurmat qilaylik yaxshilar..
Hamma postlarni o'qishga harakat qilinglar yoki kanaldan chiqib ketinglar qimmatli vaqtizni foydali narsalarga, foydali kanallarga sarflanglar..)
540
Abdulloh ibn Muhammad Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Xadicha binti Xuvaylid onamizdan bo'lgan ikkinchi o'g'illari va oltinchi farzandlaridir.U zot Nubuvvat (payg'ambarlik) kelishidan oldin johiliyat davrida Makkai Mukarramada dunyoga kelganlar. Islom nurida tarbiyalangani hamda tabiatan pokiza bo'lgani sababli musulmonlar unga "Tohir" (pok toza) va "Tayyib" (shirin yoqimli) kabi sharafli laqablarni berishgan. Biroq Abdulloh go'daklik va emizikli davrida payg'ambarlik kelishidan avval Makkada vafot etganlar.Abdullohning vafotidan so'ng Makka mushriklari Os ibn Voil kabi kimsalar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ortlaridan erkak zurriyoti qolmaganini aytib u zotni "abtar" (zurriyotsiz nasli kesilgan) deb masxara qilishadi. Bu holat Payg'ambarimizni qattiq mahzun qiladi.Mushriklarning bu achchiq ta'nalariga javoban va Rasulullohga taskin berish maqsadida Alloh taolo Qur'oni Karimning eng qisqa surasi hisoblangan "Kavsar" surasini nozil qiladi. Bu surada Payg'ambarimizga dunyo va oxiratda ulkan ne'matlar ( Kavsar hovuzi) berilgani hamda u zotni yomon ko'rib masxara qilganlarning o'zlari aslida nasli kesik (abtar) ekani xabar qilingan
540
Fotima binti Muhammad sollallohu alayhi vasallam Rasulullohning beshinchi farzandlari va qizlarining eng kenjasidir. U Nubuvvat kelishidan 5 yil oldin, ya'ni Quraysh qabilasi Ka'bani ta'mirlayotgan yili (milodiy 605-yilda) Makkada dunyoga keldi. Payg'ambarimizning eng sevimli farzandi bo'lib u zotga ham ko'rinishda ham xulq-atvorda eng o'xshash inson edi. Unga "Zahro" (nur taratuvchi) va "Batul" (pokiza, ibodatgo'y) laqablari berilgan.Juda yosh bo'lishiga qaramay onasi Xadicha onamiz vafotidan keyin otasiga g'amxo'rlik qildi. Mushriklar otasining ustidan tuproq yoki tuya kalla-pochasini (oshqozonini) tashlaganlarida ularni yig'lab tozalagan. Shu sababli u zotni "Ummu abiyha" (Otasining onasi) deb atashgan. Hijriy 2-yilda Hazrati Ali ibn Abu Tolibga turmushga chiqdi va juda sodda kamtarona hayot kechirdi.Fotima va Alining nikohidan Hasan Husayn va Muhsin ismli o'g'illar hamda Zaynab va Ummu Kulsum ismli qizlar tug'ildi (Muhsin yoshligida vafot etgan). Payg'ambarimizning pokiza nasllari va avlodlari faqatgina Fotima onamiz orqali davom etdi. Rasululloh uning jannat ayollarining sayyidasi (rahbari) ekanligini bashorat qilganlar.Payg'ambarimiz vafot etayotganlarida Fotimaning qulog'iga: "Ahlim ichida menga birinchi bo'lib sen ergashasan" deb pichirlaganlarida Fotima avval yig'lagan so'ng xursand bo'lib kulgan. Haqiqatan ham Rasulullohning vafotlaridan 6 oy o'tgach hijriy 11-yil Jumodul-oxir oyida (milodiy 632-yil noyabr-dekabr oylarida) 28 yoshida vafot etadi. Vasiyatiga ko'ra u tunda maxfiy ravishda Baqe qabristoniga dafn qilingan
540
Hurmat qilib joylagan postnimni kanalga kirgan paytingizda o'qimasdan chiqib ketmanglar yaxshilar!
540
Ummu Kulsum taxminan 603-yil Makka Islom kelishidan biroz avval Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning va Xadicha onamiz xonadonida dunyoga kelgan. U yoshligidanoq o'ta sabrli mehribon va ota-onasiga dalda bo'lguvchi fazilatli qiz bo'lib voyaga yetgan.Ummu Kulsum ham singlisi Ruqayya roziyallohu anho singari yoshligida Abu Lahabning o'g'illaridan biriga nikohlab qo'yilgan edi. Biroq Muhammad sollallohu alayhi vasallam o'z payg‘ambarliklarini oshkor qilganlaridan so'ng Abu Lahab dushmanlik qilib o'g'liga Rasulullohning qizini taloq qilishni buyuradi. Shu sababli ular hech qachon birga yashashmagan.Ummu Kulsum onasi Xadicha onamiz vafot etganlarida va islomning ilk yillaridagi mushriklarning tazyiqlari (Boykot yillari) davrida juda og'ir sinovlarni boshdan kechirdi. Keyinchalik otasi va boshqa musulmonlar bilan birga Madinaga hijrat qildi.Singlisi Ruqayya (hazrati Usmonning zavjasi) Badr jangidan sal avvalroq vafot etgan edi. Hijriy 3-yilda (milodiy 624-yil) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari Ummu Kulsumni Hazrati Usmonga nikohlab berdilar. Bu nikoh tufayli Usmon ibn Affon "Zul-Nurayn" (ikki nur sohibi) degan sharafli nomga sazovor bo'ldilar. Ular 6 yil davomida birga baxtli va namunali oilaviy hayot kechirdilar.Ummu Kulsum roziyallohu anho o'zining qanoatli saxiy va taqvodor tabiati bilan tanilgan edi. U kishi hijriy 9-yil (milodiy 630-yil) noyabr oyida taxminan 27 yoshlarida farzand ko'rmasdan vafot etdilar. Bu vaqtda otasi va turmush o'rtog'i Tabuk safarida edilar. Madinaga qaytgan Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam qizlarining qabri tepasida turib u zot uchun haqlariga duo qildilar va janozalarini o'qidilar
540
Hazrati Ruqayya binti Muhammad roziyallohu anho Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qizlari va Xadicha binti Xuvaylidning qizlaridan biri bo'lgan. U zot Makka shahrida payg'ambarlik dan taxminan 7 yil oldin ya'ni milodiy 601-yilda dunyoga kelganlar.Islom kelishidan oldin Ruqayya otasi tomonidan Abu Lahabning o'g'li Utbaga nikohlangan (yoki unashtirilgan) edi. Biroq Muhammad sollallohu alayhi vasallamga payg'ambarlik kelgach va Qur'onning "Masad" (Tabbat) surasi tushib Abu Lahab qoralangach Abu Lahab o'g'liga bosim o'tkazib Ruqayya bilan ajrashishga majbur qildi. Bu Allohning marhamati bo'lib u zot mushrik oiladan erta qutulib qoldi. Ajralishdan so'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ruqayyani ilk musulmonlardan bo'lgan boy o'ta hayoli sahoba Usmon ibn Affonga nikohlab berdilar. Makkaliklar ularning go'zalligi va ahilligiga havas qilib: "Ikki kishi ko'rgan eng go'zal juftlik Ruqayya va uning eri Usmondir" deb sheʼrlar aytishgan. Makkadagi mushriklarning zulmi kuchaygach Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyrug'i bilan hazrati Usmon va Ruqayya birinchilardan boʻlib Habashistonga ko'chib ketishdi. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ular haqida: "Lut alayhissalomdan keyin oilasi bilan birga Alloh yo'lida hijrat qilgan ilk xonadon Usmon xonadonidir" deb marhamat qilganlar.Madinaga hijrat va farzand dogʻiHabashistondan qaytgach er-xotin Madinaga ham birinchilardan bo'lib ko'chib o'
tdilar. Ularning Madinada Abdulloh ismli o'g'il lari dunyoga keldi. Biroq u zot yoshligida vafot etdi. Shuningdek, onalari hazrati Xadichaning vafoti va vatandan ikki marta ayrilish kabi og'ir sinovlarga yuksak sabr qildilar.Badr jangi va vafotlariHijriy 2-yil (milodiy 624-yil) Ramazon oyida Madinada qolgan Ruqayya onamiz qattiq qizamiq (chechak) kasalligiga chalindilar. Aynan shu vaqtda musulmonlar Badr jangiga otlanayotgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Usmonga qiziga qarash uchun Madinada qolishni buyurdilar va unga: "Senga Badrda qatnashgan kishining ajri va o'ljadagi ulushi beriladi" deb va'da qildilar.Musulmonlar Badr jangida g'alaba qozonib zafar xabari kelgan kuni hijriy 2-yil (milodiy 624-yil mart oyida) Ruqayya roziyallohu anho vafot etdilar. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi jangda bo'lganlari sababli qizlarining janozasida qatnasha olmadilar biroq qaytganlaridan keyin qabrlari boshiga borib duo qildilar. U zot Madinadagi mashhur Baqe qabristoniga dafn etilganlar
540
Bu kanalda majlis o'tkazishim shart emas-a yaxshilar hamma ertadan aktiv bo'ladi deb umid qilaman..)
