۰
Открыть в Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
540
Подписчики
Нет данных24 часа
+77 дней
+3730 дней
Архив постов
540
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlarida nikohlarida bo'lgan 11 nafar onalarimiz
1.Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho
2.Savda binti Zam'a roziyallohu anho
3.Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anho
4.Hafsa binti Umar roziyallohu anho
5.Zaynab binti Xuzayma roziyallohu anho
6.Ummu Salama Hind binti Abu Umayya roziyallohu anho
7.Zaynab binti Jahsh roziyallohu anho.
8.Juvayriya binti al-Horis roziyallohu anho
9.Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyon roziyallohu anho
10.Safiyya binti Huyay roziyallohu anho
11.Maymuna binti al-Horis roziyallohu anho
540
Kanalda 450+ kishi bor lekin 7 kishi fikr bildirgan bu aktiv yaxshi ekanligini yoki kanal sizlarga ma'qul keyotganini bildiradimi?
540
Payg'ambarimizning 11ta ayollari haqida ma'lumotlar tashlandi kanalga. Endi kimlar haqida o'rganamiz?)
540
Boshqalar kanalimizga e'tiborsiz bo'lishgani uchun bilishmaydi menimcha chunki komentda 2 kishini ko'rdim :)
540
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning nechta ayollari qoldi? kanalga hayotlari haqida ma'lumotlar tashlanmagan
Kim topoladi?
540
Maymuna binti al-Horis roziyallohu anho taxminan milodiy 594-yilda Makkada tug‘ilganlar. Otalari Al-Horis ibn Hazn qabiladoshlari orasida obro'li inson bo'lgan. Onalari Hind binti Avf esa tarixda "eng baxtli qaynona" deb tanilgan chunki uning qizlari va nabiralari Islom olamining eng ulug' insonlariga turmushga chiqqan edi. Maymuna onamiz buyuk sahobiy Abdulloh ibn Abbosning haqiqiy xolasi Islom sarkardasi Xolid ibn Validning esa xolavachchasi bo'lganlar (Xolid ibn Validning onasi bilan Maymuna onamizning onasi opa-singil bo'lishgan). Maymuna onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga turmushga chiqqunlariga qadar ikki marta oila qurib beva qolgan edilar. Hijriy 7-yilning oxirida (milodiy 629-yilda) musulmonlar Makkani ziyorat qilayotganlarida Maymuna onamiz Payg'ambarimiz xonadoniga kirish istagini bildirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu taklifni qabul qilib u zotga uylandilar va u zot Payg'ambarimizning eng oxirgi nikohlangan ayollari bo'ldilar. To'y marosimi Makkadan chiqaverishdagi Saraf vodiysida bo'lib o'tdi. Maymuna onamiz o'ta taqvodor saxiy va qarindoshlik aloqalarini qattiq bog'laydigan ayol edilar. Oysha roziyallohu anho "Maymuna oramizda Allohdan eng ko'p qo'rqadiganimiz va qarindoshlik rishtalarini eng ko'p bog'laydiganimiz edi" deb guvohlik berganlar. Payg'ambarimiz bilan atigi 3 yil birga yashagan bo'lsalar ham u zotdan jami 76 ta hadis rivoyat qilib Islom shariatini yetkazishda katta xizmat qildilar. Maymuna onamiz Payg'ambarimizdan keyin yana 40 yilga yaqin umr ko'rdilar va taxminan hijriy 51 yoki 61-yillarda Makkadan qaytayotganlarida vafot etdilar. Taqdirning mo'jizasini qarangki u zot aynan hijriy 7-yilda Rasululloh bilan to'ylari bo'lgan va oilaviy hayotni boshlagan Saraf vodiysida jon taslim qildilar. Janoza namozlarini jiyanlari Abdulloh ibn Abbos o'qidilar va u zot o'sha yerning o'ziga dafn etildilar
