PhD Support
Открыть в Telegram
Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
1 781
Подписчики
+1524 часа
+937 дней
+34430 дней
Количество постов
Загрузка данных...
Реакции
Комментарии
Telegram Stars
ТОП постов по
Загрузка данных...
Анализ публикаций
Посты | Динамика просмотров | |||||
Ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan bekor qilinadigan tartiblar to'liq ro'yxati:
#PhD_Supp0rt
1. Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish (nustaqil izlanuvchikdan tashqari);
2. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro'yxatidan o'tkazish va dissertatsiya himoyasi to'g'risida e'lon berish;
3. Dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o'tkazish;
4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilish;
5. Dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
6. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilganligi to'g'risida xulosa olish;
7. Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo'yicha ekspert kengashi tomonidan ilmiy ishni ekspertizadan o'tkazish;
8. Xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o'rinni egallagan oliy ta'lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini fan doktori (DSc) sifatida to'g'ridan-to'g'ri tan olish;
9. Himoya qilingan dissertatsiya bo'yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
10. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda tegishli fan yo'nalishlarida milliy sertifikatga ega bo'lgan talabgorni mutaxassislik fani bo'yicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 3 413 | 211 | 0 | 4 | Loading... | |
PhD’dan keyin nima?
Ko‘pchilik “himoyadan o‘tsam bo‘ldi” deb yashaydi. Aslida PhD ilmiy yo‘lning yakuni emas: yangi tadqiqotlar, grantlar, xalqaro hamkorlik, monografiya va ilmiy maktab yaratish kabi bosqichlar aynan undan keyin boshlanadi. Himoya — finish emas, keyingi bosqichning boshlanishi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 017 | 13 | 0 | 23 | Loading... | |
Ilmiy kengashda uzun javob har doim ham kuchli javob emas
Savolni tushuning, avval qisqa javob bering, keyin dalil bilan asoslang. Bilmagan masalada mavzuni aylantirib gapirishdan ko‘ra, tadqiqot chegarasini ochiq tan olish professionalroq ko‘rinadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 026 | 4 | 0 | 0 | Loading... | |
#bolarkanu
Хитойда олимларнинг суратларини катта реклама экранларига жойлаштиришмоқда
Кўчада реклама баннерларида одатда актёр, хонанда, спортчи ёки тадбиркорларни кўрамиз. Хитойда эса аксар ҳудудларда билборд ва экранларга машҳур олимларнинг суратлари, исмлари ва илмий ютуқлари ҳам чиқарилмоқда. Бу жуда ажойиб ғоя!
Барибир, Хитойдан ўрганадиган нарсаларимиз ҳали жуда кўп. Илм-фанни оммалаштириш, олимларни кўпроқ танитиш ва уларни ёшлар учун намуна қилиш ҳам шулардан бири бўлиши керак.
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 1 436 | 17 | 0 | 12 | Loading... | |
Haqiqiy olim “bilmayman” deyishdan qo‘rqmaydi
Ilm hamma narsani bilish emas, bilmagan narsani qanday tekshirishni bilishdir. Qarama-qarshi fikrni tinglash, xatoni tan olish va dalil bilan gapirish olimning kuchsizligi emas, professional belgisi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 029 | 4 | 0 | 7 | Loading... | |
Mavzu tanlashda shoshilmang
Chiroyli eshitiladigan mavzu har doim ham yaxshi tadqiqot mavzusi emas. Manbasi, ilmiy muammosi, chegarasi va amaliy imkoniyati bo‘lishi kerak. Uch yil ishlashingiz mumkin bo‘lgan mavzuni tanlang.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 078 | 5 | 0 | 5 | Loading... | |
“Publish or perish”ning xavfli tomoni
Maqolalar soniga haddan tashqari urg‘u berilsa, ilmiy sifat ikkinchi o‘ringa tushib qolishi mumkin. KPI uchun yozilgan beshta maqoladan ko‘ra, sohaga yangi bilim bergan bitta kuchli tadqiqot ko‘proq qiymat yaratadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 085 | 2 | 0 | 13 | Loading... |

