ru
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

Открыть в Telegram

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
1 153
Подписчики
-1824 часа
-3077 дней
-1 51430 дней
Архив постов

#OAV_Biz_Haqimizda 🗣O‘zbekiston tadbirkorlar yurti! Har yili an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan Ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonlari 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

Qurilish sohasidagi masalalar uch hudud tadbirkorlari bilan muhokama qilindi Фотография 🗣Samarqand, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda arxitektura loyihalarini kelishish, qurilish uchun ruxsatnoma olish, binolarni rekonstruksiya qilish, fasad va obyekt toifasini o‘zgartirish hamda mulkiy nizolar bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi. ◾️Tadbirkorlarga masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Amaliy yechim talab qiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

Farg‘onada o‘tkazilgan ochiq muloqotdan lavhalar 🗣Fargonada Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev, viloyat hokimligi va adliya boshqarmasi vakillari ishtirokida tadbirkorlar muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi kutilayotgan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi.
📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!   Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.   «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.  
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?   👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.   👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
  📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026

#Mirziyoyev Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
#Mirziyoyev Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

#OAV_Biz_Haqimizda #Ochiq_muloqot 🗣Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va aholi uchun sayyor qabullar davom ettirilmoqda. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

Koson tumadnida tadbirkorlar muammolarini o‘rganildi 🗣Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-100-sonli Farmoni mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga oʻtish chegarasi 1 mlrd. soʻmdan qariyb 5 mlrd. soʻmga oshirilgani, QQS stavkasi tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanganligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
◾️Qabul davomida tadbirkorlarni murojaatlari tinglandi, ularning yechimi yuzasidan aniq vaqt va mas’ullar belgilab olindi. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094