ru
Feedback
Anasxon Mahmud | Расмий канал

Anasxon Mahmud | Расмий канал

Открыть в Telegram

Ustoz Anasxon Mahmudning rasmiy telegram sahifasi! Foydali va bepul darslarimiz ushbu botda: @AnasxonMahmud_dars_bot

Больше
2 322
Подписчики
-324 часа
-337 дней
-6230 день
Архив постов
Bomdod namoziga mustaqil turing… @anasxon_mahmud_kanali

Ayollar shuncha yozib oxirida "Xo‘p, gapning qisqasi" deb tugatishadi.)) Shuning uchun xotinni tushunishga urinmang, shunchak
Ayollar shuncha yozib oxirida "Xo‘p, gapning qisqasi" deb tugatishadi.)) Shuning uchun xotinni tushunishga urinmang, shunchaki seving. Baribir ularni tushunib bo‘lmaydi — ular “muhabbat tili”da gapirishadi, u tilda hatto ChatGPT ishlamaydi. 😅 @anasxon_mahmud_kanali

Allohning mo’jizasiga yana bir misol Mo‘jiza – bu iymon bilan ko‘rgan ko‘zga ayon bo‘ladi. Alloh xohlasa, bir lahza yetarli. @anasxon_mahmud_kanali

Sigaret tashlashning oson usuli Tasavvur qiling: Farzandingiz sizni chekkaningizni ko‘rayapti va u ham ertaga “Dadamdaka bo‘lay” deyapdi @anasxon_mahmud_kanali

Farzand siz uchun nima?
Hadiyami yoki balomi?
@anasxon_mahmud_kanali

Saxovat libosini kiyib olgan kishining ayblari ko‘rinmaydi. Hakim. @anasxon_mahmud_kanali
Saxovat libosini kiyib olgan kishining ayblari ko‘rinmaydi. Hakim. @anasxon_mahmud_kanali

Har kuningiz barakali bo’lsin @anasxon_mahmud_kanali

“Biror kimsa yoʻqki, yod olgan Qur’onini qilgan gunohi sababli unutmagan boʻlsin. Alloh taolo bu haqda aytadi: وما أصابكم من
“Biror kimsa yoʻqki, yod olgan Qur’onini qilgan gunohi sababli unutmagan boʻlsin. Alloh taolo bu haqda aytadi: وما أصابكم من مصيبة فبما كسبت أيديكم ويعفوا عن كثير Sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, oʻz qoʻllaringiz qilgan narsa – gunoh sabablidir. Yana U (koʻp gunohlarning jazosini bermasdan) avf qilib yuborur. Va albatta Qur’onni unutish – musibatlarning buyukrogʻidir.” ©️️Abdulloh ibn Muborak @anasxon_mahmud_kanali

Duosi ijobat bo‘ladigan kishilardan biri @anasxon_mahmud_kanali

Qur'onning ahamiyati.. "Qur'on – bu bizning hayotimizga yo'l ko'rsatuvchi kitob. U bizga nafaqat ibodat qilish, balki kundali
Qur'onning ahamiyati.. "Qur'on – bu bizning hayotimizga yo'l ko'rsatuvchi kitob. U bizga nafaqat ibodat qilish, balki kundalik hayotimizda qanday yo'l tutishimiz kerakligini ham o'rgatadi. Unga amal qilish orqali ruhiy tinchlik va ma’naviy boylikka erishamiz. O'z vaqtida Qur'on o'qish va uning mazmunini tushunish biz uchun muhimdir." @anasxon_mahmud_kanali

❤️ Xadichani qabrini oldiga chodir tikinglar | Na qadar go’zal muhabbat bu @anasxon_mahmud_kanali

“Miyamga boshqa ma’lumot sig’maydi”, “qanday qilib zehnimni kuchyatirsam bo’ladi?” -zehningiz o’rganish orqali kuchayadi. All
“Miyamga boshqa ma’lumot sig’maydi”, “qanday qilib zehnimni kuchyatirsam bo’ladi?” -zehningiz o’rganish orqali kuchayadi. Alloh taolo miyamizni shu qadar mo’jiza bilan yaratgan-ki, qancha ko’p ma’lumot o’rganganingiz sari miyangiz yaxshi ishlashni boshlaydi. Koinotga qadar qog’ozga ma’lumotlarni to’ldirib chiqsangiz ham, hech qachon xotirangiz joyi to’lib qolmaydi. Qanchalik ko’p o’rganganingiz sari, ma’lumotlarni o’zlashtirish, zehn o’tkirligi kuchayib boraveradi.
Yangi bilim yoki ko'nikmalarni o'rganish paytida miyaning neyronlar orasidagi bog'lanishlar mustahkamlanadi. Bu jarayon "sinaptik mustahkamlik" deb ataladi va takrorlash orqali yaxshilanadi. Takrorlamay qo’ysangiz, avvalgidek unutasiz.
O’rganishni tark qilsangiz, ma’lum vaqtdan so’ng ma’lumotlarni unutib, avvalgidek bo’lishni boshlaysiz. Masalan, siz kubik rubikni avvaliga 6 soatda yasaysiz. 3oydan so’ng 2 daqiqada yasaydigan bo’lasiz. Ammo ma’lum vaqt shug’ullanmay qo’ysangiz, miya faoliyati sustlashadi va yana avvalgidek uzoq muddatda yasaydigan bo’lasiz. * Shuning uchun ham odatda bolalarni yoshligidan Qur’on yodlatishadi. Yoshligida Qur’on yodlagan avlod fikri ochilib, jabbor aqlga ega bo’ladi. Chunki Qur’on yodlagan bolada 50 mingta so’z boyligi yodlamagan bolada esa mingta so’z boyligi bo’ladi. So’z boyligi oshgan bolaning zehni o’tkirlashadi va ma’lumotlarni tez o’zlashtiradi. Buni yaqqol misoli tariqasida ota -bobolarimizni ko’rishimiz mumkin. Alisher Navoiy, Ibn Sino, Amir Temur va hakazolar. @anasxon_mahmud_kanali

Bizdan keyin biz uchun farzandlarimiz yaxshi iz qoldiradi @anasxon_mahmud_kanali

Yaxshi ko‘rgan narsam uzra tong ottiramanmi, yo yomon ko‘rgan narsam uzra, menga farqi yo‘q. Chunki yaxshilik yaxshi ko‘rgani
Yaxshi ko‘rgan narsam uzra tong ottiramanmi, yo yomon ko‘rgan narsam uzra, menga farqi yo‘q. Chunki yaxshilik yaxshi ko‘rganimdami, yo yomon ko‘rganimda, men bilmasman. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu @anasxon_mahmud_kanali

Farzandli bo’lishingizdan avval farzand tarbiyasini o’rganishingiz kerak @anasxon_mahmud_kanali

«Bolajonim, agar joningni arzon baholab, shu tezlikkacha chiqqan bo‘lsang, o‘sha jon biz uchun o‘ta qimmatligini eslab qo‘y!
«Bolajonim, agar joningni arzon baholab, shu tezlikkacha chiqqan bo‘lsang, o‘sha jon biz uchun o‘ta qimmatligini eslab qo‘y! Otang Zayd». Otaning o‘g‘liga yozgan maktubidan. O‘g‘il esa xatni moshinasining tezligini ko‘rsatib turadigan yeriga yopishtirib olgan. @anasxon_mahmud_kanali

Qiz bolani kimga erga berish kerak? @anasxon_mahmud_kanali

Yana bir yaxshilik mavsumi Alloh taolo bandalarining gunoh kirlaridan, ma’siyat dog‘laridan poklanishini istaydi. Shu bois U zot bizga ko‘plab yaxshilik mavsumlarini ato etgan. Ana shunday ulug‘ mavsumlardan biri — Oshuro ro‘zasidir. Oshuro — Muharram oyining o‘ninchi kuni. Bu kun Alloh taolo Muso alayhissalom va Bani Isroilni Fir’avn zulmidan qutqazgan, ularga najot bergan ulug‘ kundir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Oshuro kuni ro‘za tutar edilar va "Agar kelasi yilga yetib borsam, to‘qqizinchi kuni ham ro‘za tutaman", derdilar. Biroq kelasi yil kelmasidan turib, Robbilari huzuriga ketdilar. Ota-onamiz, jonu molimiz U zotga fido bo‘lsin, sollallohu alayhi vasallam. Ertaga — chorshanba, 24-iyun, 9-muharram. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shib ro‘za tutishni orzu qilgan kundir. Payshanba, 25-iyun esa Oshuro — 10-muharram kuni. Bu kun haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Oshuro kunining ro‘zasi o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘lishidan umid qilaman". Alloh sizga bu kunlarga sog‘-salomat yetishni nasib etgan bo‘lsa, Payg‘ambaringiz orzu qilgan amalga shoshiling. Fursatni boy bermang. Yangi 1448 hijriy yilga eski yilning gunoh va kirlari bilan emas, Allohning mag‘firati va rahmatidan umid qilgan holda qadam qo‘ying. Alloh taolo barchamizni O‘zi suygan va rozi bo‘ladigan amallarga muvaffaq aylasin. Omiyn. @anasxon_mahmud_kanali

Farzandingizga xato qilganida birovdan uzr so‘rashdan oldin Allohga istig‘for aytishini o‘rgating. Toki, Allohning nazdidagi
Farzandingizga xato qilganida birovdan uzr so‘rashdan oldin Allohga istig‘for aytishini o‘rgating. Toki, Allohning nazdidagi gunoh odamlarnikidan kattaroq va xatarliroq ekanini bilsin. @anasxon_mahmud_kanali

Ibodat qilganingiz yuzingizda bilinishi kerak @anasxon_mahmud_kanali