ru
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Открыть в Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
4 709
Подписчики
-624 часа
-587 дней
-1 73630 дней
Архив постов
#ob_havo 📆 Bugun 9-iyun, haftaning seshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️ Hurmatli “Mash’al” mahalla ahli! 🛠️ Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga filtr o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli,
❗️ Hurmatli “Mash’al” mahalla ahli! 🛠️ Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga filtr o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli, 9-iyun soat 11:00 dan 16:00 ga qadar, mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️ Hurmatli “Choshtepa” mahalla ahli! 🛠️ Chilonzor tumani hududidan o'tuvchi o'rta bosimli gaz quvurini xavfsiz hududga ko'c
❗️ Hurmatli “Choshtepa” mahalla ahli! 🛠️ Chilonzor tumani hududidan o'tuvchi o'rta bosimli gaz quvurini xavfsiz hududga ko'chirish hamda filtr o'rnatish ishlari amalga oshirilishi sababli, 9-iyun soat 10:00 dan 16:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🥳 Tanlov yakunlandi! 🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati tomonidan umumta’lim maktablari o‘rtasida tashkil etil
🥳 Tanlov yakunlandi! 🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati tomonidan umumta’lim maktablari o‘rtasida tashkil etilgan “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” tanlovi bo‘yicha ovoz berish jarayonlari yakunlandi. 🏆 Telegram kanalimizda o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, 332-sonli umumta’lim maktabi eng ko‘p ovoz to‘plab, “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” tanlovi g‘olibi deb topildi. 🙂 Shuningdek, tanlovda maktab jamoalarining faol ishtirokini inobatga olinib, qo‘shimcha sovrinli o‘rinlar ham belgilandi: 🥈 2-o‘rin — 356-sonli umumta’lim maktabi 🥉 3-o‘rin — 330-sonli umumta’lim maktabi 🔸 Mazkur maktab jamoalari tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 😊 Shu o‘rinda, tanlovda ishtirok etgan barcha maktab jamoalari hamda ovoz berish jarayonida faol qatnashgan fuqarolarga samimiy minnatdorlik bildiramiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Tuman hokimi “Maxcopper” korxonasida bo‘ldi 👍 Yangihayot tumani hokimi tomonidan hududning sanoat salohiyatini yanada o
+3
🇺🇿 Tuman hokimi “Maxcopper” korxonasida bo‘ldi 👍 Yangihayot tumani hokimi tomonidan hududning sanoat salohiyatini yanada oshirish maqsadida korxonalarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda. 📍 Xususan, tuman hokimi tuman hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i hamda sanoat shtabi vakillari bilan birgalikda “Maxcopper” korxonasida bo‘lib, u yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud imkoniyatlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 📌 Shuningdek, tuman hokimi korxona mas’ullari bilan muloqot qilib, ularning muammolarini o‘rgandi. Shu bilan birga yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

📣 Eslatma! Ovoz berish yakunlanishiga 3 soat qoldi Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” tanlovi bo‘yicha ovoz berish jarayoni yakunlanishiga sanoqli soatlar qoldi. 🏫 Yangihayot tumanidagi umumta’lim maktablari o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlov g‘olibi Telegram kanalimizda o‘tkazilayotgan ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi. ⏰ Ovoz berish bugun, 8-iyun kuni soat 18:00 da yakunlanadi. 👍 Hali ovoz berishga ulgurmagan bo‘lsangiz, o‘zingiz munosib deb bilgan maktabni qo‘llab-quvvatlang va faol ishtirok eting! ✅ Ovoz berish uchun quyidagi havolani bosing 👇🏻 https://t.me/yangihayottumanihokimligi/40 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#OʻsishNuqtasi #ТочкаРоста 🇺🇿 O‘zbekistonda ilk alyuminiy bankalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonasi — “O‘sish nuqtasi” loyihasi nishonida! 👍 Yangihayot tumanida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat zonalari bugun yirik investitsion loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Ana shunday zamonaviy va istiqbolli korxonalardan biri — “East Can Solutions” korxonasi. 👍 “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi soni orqali ushbu korxona faoliyati va yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishamiz. 👍  Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 8-iyun, haftaning dushanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from Rasmiy axborot
🇺🇿 Aura.uz — O‘zbekiston haqida kontent izlaydiganlar uchun haqiqiy xazina! 🔍 Aura.uz — O‘zbekistonning eng katta va eng z
🇺🇿 Aura.uz — O‘zbekiston haqida kontent izlaydiganlar uchun haqiqiy xazina!
🔍 Aura.uz — O‘zbekistonning eng katta va eng zamonaviy media banki. Bu yerda minglab professional foto va videolar, dron tasvirlari, tarixiy obidalar, tabiat manzaralari va zamonaviy shaharlar jamlangan.
📝 Bugungi kunda platformada 12 mingdan ortiq professional foto, video va infografik materiallar mavjud. Serverlarda esa 6 terabaytdan ortiq ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Eng e’tiborlisi, platforma har kuni o‘rtacha 200 ga yaqin yangi kontent bilan boyitib boriladi. Kontent yaratasizmi? Bloger, jurnalist, dizayner yoki SMM mutaxassisimisiz? Unda Aura.uz siz uchun tayyor vizual xazina. 📌 Tarixiy obidalar, milliy an’analar, sport, san’at, zamonaviy shaharlar, hududlar va tabiat manzaralari — barchasi bir joyda. 🎥 Kontentlar HD, Full HD va 4K sifatida taqdim etiladi. Eng muhimi, materiallarda ortiqcha yozuv, logotip yoki suv belgilarisiz foydalanish mumkin. 💻 Sifatli kontentning yangi manzili — Aura.uz https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
✅ Bolalar teatri — kelajak tarbiyasining muhim maskani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mi
+6
Bolalar teatri — kelajak tarbiyasining muhim maskani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomosha qildi. Tashrif davomida rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlangan teatrdagi yangilanishlar bilan tanishildi. Tarixiy qiyofani asrab qolgan holda amalga oshirilgan ishlar natijasida bugun ushbu maskan yana bolalar va ota-onalar uchun sevimli madaniyat markaziga aylanmoqda. Teatrning o‘ziga xos ruhi, me’moriy bezaklari va ko‘plab noyob unsurlari qayta tiklandi.
Saida Mirziyoyeva qo‘g‘irchoq teatri san’ati bolalarning ma’naviy kamolotida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi. Chunki aynan sahna orqali ezgulik, do‘stlik, matonat, mas’uliyat va erkinlik kabi qadriyatlar bolalar qalbiga sodda va ta’sirchan tarzda singdiriladi. Bugungi kunda teatrlarni asrash va rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor nafaqat madaniy merosni saqlash, balki yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga qaratilgan muhim sarmoyadir. Teatr yana bolalar ovozi bilan yashamoqda, ertak esa yangi avlod bilan davom etmoqda.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

👆 “Do‘stlik” mahallasida o‘quv seminar o‘tkazildi 🇺🇿 “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘
+4
👆 “Do‘stlik” mahallasida o‘quv seminar o‘tkazildi 🇺🇿 “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tegishli tashkilotlar, mahalla faollari hamda turmush qurish ostonasida turgan yoshlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.
📌 Seminar davomida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi VM-257-sonli “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oilaviy maslahat xizmatlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.
✅ Shuningdek, tadbir davomida oila muqaddasligi, oila a’zolarining huquq va majburiyatlari, er-xotin o‘rtasidagi mas’uliyat hamda mustahkam oilani shakllantirish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiya va maslahatlar berildi. Seminar yakunida esa ishtirokchi yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik kitobchalari topshirildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#OʻsishNuqtasi #ТочкаРоста 🇺🇿 “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi soni — “Broko” korxonasi haqida! 👍 Yaqinda faoliyatini boshlagan “Broko” korxonasi bugungi kunda 20 ga yaqin turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarib, qisqa fursatda o‘z o‘rnini topib bormoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki bir qator xorijiy davlatlarda ham xaridorgir. 👍 Videoni tomosha qilib, korxonaning bugungi faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va yangi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. 👍 Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi _______ 🇺🇿 Очередной выпуск проекта "Точка роста" посвящен предприятию "Броко"! 👍  Предприятие "Броко," недавно начавшее свою деятельность, в настоящее время производит около 20 видов кондитерских изделий и за короткий срок успешно занимает свою нишу на рынке. Продукция, выпускаемая предприятием, пользуется спросом не только на внутреннем рынке, но и в ряде зарубежных стран. 👍 Посмотрев видео, вы сможете получить подробную информацию о текущей деятельности предприятия, его целях и новых возможностях. 👍 Янгихаётский район - точка роста высокотехнологичной промышленности и логистики 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🚗 Toshkentda yanada qulay, xavfsiz va tartibli shahar muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda Mazkur ishlarni
🚗 Toshkentda yanada qulay, xavfsiz va tartibli shahar muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda Mazkur ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — piyodalar harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ko‘chalarda tartibni mustahkamlashdan iborat. ⚠️ Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, shaharning turli hududlarida avtomobillar ko‘pincha piyodalar yo‘laklarida, piyodalar o‘tish joylari yaqinida, jamoat transporti bekatlarida, yashil hududlarda, shuningdek, to‘xtash yoki to‘xtab turish taqiqlangan joylarda qoldirilmoqda. Bunday holatlar aholining kundalik qulayligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ular piyodalarning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi, keksa yoshdagi fuqarolar, bolalar aravachasidagi ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar uchun noqulaylik tug‘diradi, shuningdek, jamoat transporti hamda maxsus texnikalar harakatini qiyinlashtiradi. 🚨 Shu munosabat bilan Toshkentda avtotransport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish tizimli amaliyotga aylantirilmoqda. Qoidabuzarlik bilan qoldirilgan transport vositalari belgilangan tartibda evakuatsiya qilinib, ixtisoslashtirilgan jarima maydonchalariga joylashtiriladi. Bu boradagi ishlar davom ettiriladi va yanada kuchaytiriladi. Ushbu choralarning maqsadi — jarima qo‘llashning o‘zi emas, balki barcha shahar aholisi va harakat ishtirokchilari uchun tartib, xavfsizlik hamda normal sharoitlarni ta’minlashdir. 📌 Haydovchilarni yana bir bor ogohlantiramiz: to‘xtash va to‘xtab turish joyini tanlashda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling. Avtomobillarni piyodalar yo‘laklarida, bekatlarda, piyodalar o‘tish joylari yaqinida, yashil hududlarda hamda odamlar, jamoat transporti yoki maxsus texnikalar harakatiga xalaqit beradigan yoxud xavfsizlikka tahdid tug‘diradigan boshqa joylarda qoldirmang. 🏙 Toshkent insonlar uchun qulay shahar sifatida rivojlanmoqda. Qulay shahar muhiti esa tartib, mas’uliyat va umumiy makonga hurmatdan boshlanadi. ——— 🚗 В Ташкенте продолжается работа по созданию более комфортной, безопасной и упорядоченной городской среды. Одно из важных направлений этой работы — улучшение условий для передвижения пешеходов, повышение безопасности граждан и обеспечение порядка на улицах. ⚠️ Практика показывает, что в разных районах города автомобили нередко оставляют на тротуарах, у пешеходных переходов, на остановках общественного транспорта, в зелёных зонах, а также в местах, где остановка или стоянка запрещены. Такие ситуации напрямую влияют на повседневный комфорт людей. Они мешают свободному передвижению пешеходов, создают неудобства для пожилых граждан, родителей с детскими колясками, людей с инвалидностью и детей, а также затрудняют движение общественного транспорта и спецтехники. 🚨 В связи с этим в Ташкенте усиление контроля за соблюдением правил остановки и стоянки автотранспорта становится системной практикой. Транспортные средства, оставленные с нарушением правил, будут эвакуироваться и размещаться на специализированных штрафных стоянках в установленном порядке. Эта работа будет продолжена и усилена. Её цель — не наказание ради наказания, а обеспечение порядка, безопасности и нормальных условий для всех участников городской жизни. 📌 Ещё раз предупреждаем водителей: при выборе места для остановки и стоянки необходимо строго соблюдать правила дорожного движения. Не оставляйте автомобили на тротуарах, остановках, у пешеходных переходов, в зелёных зонах и других местах, где они мешают людям, общественному транспорту, спецтехнике или создают угрозу безопасности. 🏙 Ташкент развивается как город для людей. А комфортная городская среда начинается с порядка, ответственности и уважения к общему пространству.

“Energetika sohasidagi hamkorlikka alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Investitsiya loyihalari, jumladan, Rossiya ishtirokidagi l
“Energetika sohasidagi hamkorlikka alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Investitsiya loyihalari, jumladan, Rossiya ishtirokidagi loyihalar hisobidan biz elektr energiyasi ishlab chiqarishni bir yarim barobar – 58 milliard kilovatt-soatdan 87 milliard kilovatt-soatga oshirdik. 2030-yilgacha generatsiyani 120 milliard kilovatt-soatgacha ko‘paytirishni rejalashtirmoqdamiz. Uning 54 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalari tashkil etadi. Bizning energetika sohasidagi quvvatlarimiz, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida birinchi gibrid atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi hisobidan ham ortadi. Kecha AES qurilishining birinchi poydevorini qo‘yish marosimida qatnashdik. Biz uchun bu uzoq muddatli rivojlanish, yangi muhandislik maktabini tayyorlash va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan loyihadir. Atomdan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha boshqa sohalar – tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ilm-fanda ham hamkorlikda ish olib borish niyatidamiz”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz O‘zbekiston uchun Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoq
Prezidentimiz O‘zbekiston uchun Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi ekanini qayd etdi. Bugungi kunda o‘zaro munosabatlarimiz yangi davrga qadam qo‘ydi. Hamkorlik ko‘p darajali va ko‘p qirrali tus oldi. Mahsulotlarning oddiy savdo-sotig‘idan murakkab sanoat zanjirlari, texnologik alyanslar, birgalikda loyihalashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdik. So‘nggi 10 yilda o‘zaro mahsulot aylanmasi uch barobardan ko‘proq – 4 milliard dollardan 13 milliard dollarga oshdi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 50 milliard dollardan ortadi. Ikki davlat hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil kengaymoqda. Amalga oshirilayotgan hududlararo loyihalar hajmi 5 milliard dollarni tashkil etadi, yana 5 milliard dollarlik investitsiyalar paketi tayyorlanmoqda. Facebook|Instagram|X

❗️ Hurmatli “Humo”, “Yangi turmush”, “Yangihayot”, “Zarbdor”, “Chorogʻon”, “Xushnud”, “Doʻstlik” va “Yorqin hayot” mahallalar
❗️ Hurmatli “Humo”, “Yangi turmush”, “Yangihayot”, “Zarbdor”, “Chorogʻon”, “Xushnud”, “Doʻstlik” va “Yorqin hayot” mahallalari ahli! 🛠️ "Istiqbol" nimstansiyasida avariyaviy holatlarning oldini olish va joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli,6-iyunga oʻtar kechasi soat 01:00 dan 05:00 ga qadar ushbu hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha toʻxtatiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Tuman hokimi o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi 👆 Yangihayot tumanida xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rg
+4
🇺🇿 Tuman hokimi o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi 👆 Yangihayot tumanida xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni hal etish hamda huquqiy maslahatlar berish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Xususan, bugun Yangihayot tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 📌 Qabul davomida mahallalarda istiqomat qiluvchi, huquqiy maslahatga muhtoj bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglandi. Har bir murojaat tuman adliya bo‘limi, “Madad” NNT, deputatlar hamda tuman FXDYo bo‘limi mas’ullari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. 🔹 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan murojaatchilarga amaliy huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli maslahat va tavsiyalar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi 📌 Bugun Yangihayot tuman
+6
🇺🇿 Yangihayot tumanida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 👍 Yig‘ilishda tumanda yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi. 👆 Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifa va topshiriqlar berildi. _____________________ 🇺🇿 В Янгихаётском районе обсудили вопросы повышения эффективности работы с молодежью 📌 Сегодня в хокимияте Янгихаётского района под председательством хокима прошло совещание. В нём приняли участие прокурор района, начальник Управления по координации деятельности органов внутренних дел (УКД ОВД) района, начальник районной налоговой инспекции, заместители хокима района, а также руководители соответствующих управлений и организаций. 👍 На совещании были обсуждены эффективность проводимой в районе работы в молодежной сфере и недостатки, выявленные в ходе изучения, проведённого рабочей группой Республиканской комиссии по координации работы с молодежью в махаллях. 👆 Также особое внимание было уделено вопросам содержательной организации досуга молодежи, обеспечения её занятости, профессионального обучения, изучения её проблем и предложений, а также профилактики правонарушений и преступности в молодежной среде. По итогам совещания ответственным руководителям были даны соответствующие задания и поручения по устранению имеющихся недостатков и дальнейшему повышению эффективности работы с молодежью. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

⚽️ Murosasiz kurashlar, keskin bahslar, g‘alabaga bo‘lgan intilish va futbolga oshno muxlislarning hayajoni — bularning barchasi “DXX kubogi” musobaqasi final bosqichida o‘z aksini topdi. 🎥 Quyidagi rolik orqali final uchrashuvlarining eng yorqin va unutilmas lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin. 👏 Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalar, tashkilotchilar hamda faol muxlislarga minnatdorlik bildiramiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site