Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Открыть в Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
4 720
Подписчики
-924 часа
-637 дней
-1 73830 дней
Архив постов
+5
🥳 “Yangi Darxon” mahallasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
👍 Bugun “Yangi Darxon” mahallasida konsert dasturi tashkil etildi.
🎊 Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xonandalari ijro etgan qo‘shiqlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
#eʼtirof
🇺🇿 Bir guruh tadbirkorlar "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilam taqdirlandi
👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🇺🇿 Xususan, Yangihayot tumanidan:
👍 Jurayev Saydmurod Alixanovich - Yangihayot tumanidagi “Trust communal” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari;
👍 Mirtursunov Zafar Shuxratovich - Yangihayot tumanidagi “Health line” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori;
👍 Tursunov Iskandar Muxammadiyevich- Yangihayot tumanidagi “Al Muamalat Consulting” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi;
👍 Ubaydullayev Azizbek Ubaydulla o‘g‘li - Yangihayot tumanidagi “Electronic autonomous solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi.
+5
🇺🇿 Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
👍 Yangihayot tumanida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish an’anasi davom etmoqda.
👍 Xususan, bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
👍 Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda yoshlarning kelgusi rejalari, ularni qiziqtirgan masalalar, fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🇺🇿 Tuman hokimi qabulida 10 ga yaqin fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi
👍 Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar, tashabbus va takliflari bilan murojaat qildi.
👍 Qabul davomida fuqarolar tomonidan bolalar maydonchasini barpo etish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun joy ajratish kabi masalalar ko‘tarildi.
👍 Murojaatlarning har biri mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli topshiriq va vazifalar belgilandi.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini tinglash, muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
🇺🇿 Aholi murojaati ijobiy yechim topmoqda: 18 mingdan ziyod xonadonda gaz bosimi yanada yaxshilanadi
👍 Avvalroq hududdagi eskirgan gaz taqsimlash punkti (GRP) hamda yerosti gaz quvurini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan aholiga tabiiy gaz yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar bo‘lishi haqida xabar bergan edik.
🧐 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mazkur hududda keng ko‘lamli yangilash ishlari davom etmoqda. Xususan, diametri 219 mm bo‘lgan o‘rta bosimli gaz quvuri o‘rniga 426 mm diametrli yangi o‘rta bosimli gaz quvuri tortilmoqda.
⛽️ Eng muhimi, ushbu ishlar yakunlangach, Yangihayot tumanidagi 18 mingdan ziyod gaz iste’molchisining kuz-qish mavsumida tabiiy gaz ta’minoti va bosimi barqaror bo‘lishi kutilmoqda.
⛽️ Shuningdek, "Tashabbus" mahallasida joylashgan gaz taqsimlash punkti bo‘yicha hudud aholisi tomonidan bir necha bor murojaatlar kelib tushgan. Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish, mavjud muammolarni bartaraf qilish doirasida ma’nan eskirgan gaz taqsimlash punkti zamonaviysiga almashtirilmoqda.
🇺🇿 “Yangi Gulzor” mahallasida o‘zgarishlar nafasi
🔘 So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hududlar qiyofasida, aholining kundalik hayoti va yaxshilanayotgan turmush sharoitida o‘z aksini topmoqda. Bu kabi o‘zgarishlar Yangihayot tumanining “Yangi Gulzor” mahallasida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
🏢 Ko‘p yillar d avomida eski va ta’mirtalab binoda ta’lim olib kelgan o‘quvchilar uchun 2025-yilda 335-sonli umumta’lim maktabining 720 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli yangi binosi barpo etilib, foydalanishga topshirilgan edi.
🖨 Yangi o‘quv yili boshlanishi hamda Mustaqillik bayrami arafasida esa maktabning moddiy-texnik bazasi “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida yanada yaxshilandi.
👍 Batafsil lavhamizda
+8
🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
👍 Sessiyada tuman hokimining birinchi o'rinbosari va tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i Yangihayot tumanining 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi hamda tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
👍 Shuningdek, sesssiya davomida Yangihayot tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi, tumani ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi va tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi mas'ul rahbarlarning hisobotlar tinglandi.
👍 Shuningdek, sessiya kun tartibida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil ikkinchi chorak davomidagi daromadlari va xarajatlar ijrosi, tumanda 2026-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishi hamda tuman mahalliy budjetining 2026-yil qo‘shimcha manbalari mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish masalalari ham ko'rib chiqildi.
🧹 “Navqiron” mahallasida tozalash ishlari olib borildi
🇺🇿 Yangihayot tumani mahallalarida tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.
👍 Xususan, “Navqiron” mahallasida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘chalar, yo‘laklar, irrigatsiya tarmoqlari va bolalar maydonchalari tozalandi.
✂️ Bu kabi chora-tadbirlar barcha mahallalarda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
+4
🇺🇿 Bugun erta tongdan “Humo” mahallasida Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
📌 Saf yig‘ini davomida kunlik bajarilishi lozim bo’lgan mahallalarda, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish, aholidan tushayotgan murojaatlarni o’z vaqtida sifatli bartaraf etish hamda tuman aholisiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🚘 Yangihayotda avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod faoliyat yuritadi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz.
🇺🇿 10-fakt. Bilarmidingiz? Yangihayot tumanidagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida joylashgan “JAC Motors Toshkent” zavodida avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
👍 Mazkur loyiha Xitoyning JAC Motors kompaniyasi hamda “Toshkent invest kompaniyasi” AJ hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda ichki yonuv dvigatelli, gibrid va elektromobillar ishlab chiqarilmoqda.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
+4
🥳 Soliq xizmati xodimlari e’tirof etildi
🇺🇿 Bugun Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi binosida davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Tadbirda Yangihayot tumani hokimining o‘rinbosarlari soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
👍 Shuningdek, soliq tizimida samarali mehnat qilib, o‘zining mas’uliyati va fidoyiligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
#Navqiron
#Obodonlashtirish
🇺🇿 Yangihayot tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan keng ko‘lamli tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Repost from Poytaxt Parking
Ilovadan qanday foydalanish kerak? Hammasini aytib va ko’rsatib beramiz
-
Как пользоваться приложением? Рассказываем и показываем всё по порядку
Repost from E-auksion_Toshkent_shahar
E-auksion.uz savdo platformasidan Yangihayot tumanidan chiqarilgan "9 qavatgacha turar-uy joy majmuasini hamda maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish uchun" mo'ljallangan bo'sh turgan yer uchastkasini 49 yil muddatga sotib oling!
Manzil: Yangihayot tumani, "Yangi Darxon'" MFY, Namuna ko'chasi.
Yer uchastkasining maydoni: 2.666 (ga)
Boshlang'ich narxi: 78.1 mlrd so'm
Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24415250
P.S. 12 oyga bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud!!!
Izoh: 15 ish kunida qiymati to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma qo'llaniladi!!!
Ma'lumot olish uchun:
☎️ (71) 202 21 11
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
+5
🇺🇿 Yangihayot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. Unda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
🥳 Tadbir davomida o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, faol faoliyat olib borgan bir guruh xodimlar bayram munosabati bilan taqdirlandi.
💃Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ijodiy jamoalarning kuy-qo‘shiq va sahna chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona taassurot ulashdi.
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
🔺Chilonzor: hisobot, muloqot va amaliy yechimlar
📍Chilonzor tumanida “Hisobot, muloqot, taqdimot” formatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va navbatdagi vazifalar joyida ko‘rib chiqildi. Jarayonlarda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
➡️Kun davomida asosiy e’tibor odamlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladigan yo‘nalishlarga — kommunal infratuzilma, xavfsizlik, obodonlashtirish, jamoat makonlari, raqamli boshqaruv, tadbirkorlik, bandlik va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalariga qaratildi.
🧠 Dastlab “Aqlli tuman” platformasi asosida faoliyat yuritayotgan Chilonzor tumani Vaziyatlar markazining imkoniyatlari taqdim etildi. Markaz orqali hududdagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatish, turli idoralar ma’lumotlarini birlashtirish, muammolarni tezkor aniqlash va ular bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🕐“Botirma” mahallasi va Al-Xorazmiy ko‘chasidagi 24/7 gastronomik hududda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, irrigatsiya tizimlari, ijtimoiy infratuzilma va mahallalarni kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Al-Xorazmiy ko‘chasida yaratilgan yangi jamoat makoni, piyoda va velosiped yo‘laklari, dam olish hududlari hamda tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.
⛽️“Bog‘zor” mahallasida esa energiya va issiqlik ta’minotining ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlar, zamonaviy kogeneratsiya podstansiyasi faoliyati hamda kommunal infratuzilmani bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish rejalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, shahar muhitida to‘siqsiz, qulay va Toshkentning yagona dizayn yondashuvlariga mos yechimlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🧑💻Savdo akademiyasida esa yoshlar va ish izlayotgan fuqarolarni mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash, nazariy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash va tinglovchilarni bevosita ish joyiga olib chiqishga qaratilgan tizim taqdim etildi.
💬Kun yakunida Chilonzor faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahallalardagi infratuzilma, ta’lim, tibbiyot, obodonlashtirish va aholi murojaatlari muhokama qilindi. Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha mas’ullar belgilandi, tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.
➡️Bu formatning asosiy mazmuni — hududdagi vaziyatni kabinetdan turib emas, bevosita joyida ko‘rish, odamlarni tinglash va har bir loyiha natijasi, avvalo, aholining kundalik hayotida sezilishini ta’minlashdir.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
