ru
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Открыть в Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
4 722
Подписчики
-924 часа
-637 дней
-1 73830 дней
Архив постов
#Infografika 📊 “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Yangihayot tumanidagi 30 ta mahallada amalga oshirilgan ishlar (2026-yi
#Infografika 📊 “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Yangihayot tumanidagi 30 ta mahallada amalga oshirilgan ishlar (2026-yil 5-avgust holatiga) 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from Rasmiy axborot
Memorial majmua hududini rivojlantirish va ochiq jamoat parkiga aylantirish bo‘yicha ishlar boshlandi Iyul oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi istirohat bog‘larini ko‘zdan kechirgandi. Xususan, shahardagi bog‘lar holati o‘rganilib, bu yerlarda aholi muntazam dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni tashkil etish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi. Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar maydondagi park hududini kompleks rivojlantirish va aholi uchun qulay jamoat makoniga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar boshlandi. Asosiy vazifalar va loyihaning ustuvor yo‘nalishlari sifatida park hududini zamonaviy shaharsozlik talablariga va aholi ehtiyojlariga moslashtirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda: ✅Ochiqlik va qulaylik Ekologiya va yashil hudud Zamonaviy infrastruktura Ushbu tashabbuslar poytaxtdagi ekologik vaziyatni yanada yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit taqdim etish, markaziy ko‘chalar va ularga tutash hududlarda yashil maydonlar va bog‘larni kengaytirish maqsadida boshlangan keng ko‘lamli ishlarning bir qismidir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🔸🔸 "Dolzarb 40 kunlik": mahalla bankirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi 📍Bugun Yangihayot tuman hokimligida tuman hoki
+6
🔸🔸 "Dolzarb 40 kunlik": mahalla bankirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi 📍Bugun Yangihayot tuman hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar Markaziy banki vakillari, tijorat banklari rahbarlari va mahalla bankirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 📊 Yig‘ilishda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi, aholi bandligini ta’minlash, lokomativ loyihalar yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadlarini oshirish, imtiyozli kreditlar ajratish jarayonlarini jadallashtirish hamda mahallalarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi. 📎 Shuningdek, tadbir davomida tijorat banklari tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, har bir mahalla kesimida tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. ◽️ Yig‘ilish yakunida mas’ullarga "Dolzarb 40 kun" tadbiri doirasida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish, mahallalarda xonadonbay ishlashni kuchaytirish hamda bank xizmatlarining aholiga yanada yaqinligini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" "Yo‘ldosh" mavzesida ishlar davom etmoqda 📌 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida mahallalar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Obodonlashtirish 🔘 “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida erta tongdan Yangihayot tumanida keng ko‘lamli obodonlas
+2
#Obodonlashtirish 🔘 “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida erta tongdan Yangihayot tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 "Mustaqilligimizning 35 yilligini obod va fayzli mahallalarda kutib olishimiz kerak" — Xayot Inogamov ✅ Avvalroq xabar berganimizdek, bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. 📌 Saf yig‘ini davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahallalarda, xususan yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. ⚡️ Shuningdek, ishlarni belgilangan grafik asosida olib borish, barcha mas’ul idora va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi,Toshkent shahar soliq Boshqarmasi boshligi birinchi o‘rinbosari, tuman prokurori,
+6
Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi,Toshkent shahar soliq Boshqarmasi boshligi birinchi o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Saf yig‘ini davomida tumanda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, mahallalar xususan, yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli va yuqori saviyada tashkil etish, aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ishlarni belgilangan grafik asosida olib borish, barcha mas’ul idora va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

#Infografika 📊 “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Yangihayot tumanidagi 30 ta mahallada amalga oshirilgan ishlar (2026-yi
#Infografika 📊 “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Yangihayot tumanidagi 30 ta mahallada amalga oshirilgan ishlar (2026-yil 4-avgust holatiga)

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🇺🇿 Yangihayot tumani o‘z esdalik nishoniga ega! 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 6-fakt. Bilarmidingiz? Yangihayot tumani O‘zbekistonda o‘zining "Yangihayot faxri" esdalik nishonini ta'sis etgan tumanlardan biridir. 🔘 Mazkur esdalik nishoni 2022-yilda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining qarori bilan ta'sis etilgan bo‘lib, u tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shgan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, ijtimoiy himoya hamda boshqa sohalarda samarali faoliyat olib borgan yurtdoshlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida topshiriladi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿 Milliy kinologiya markazi faoliyati bilan tanishildi 📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori "Fayzli" mahalla
+4
🇺🇿 Milliy kinologiya markazi faoliyati bilan tanishildi 📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori "Fayzli" mahallasida joylashgan Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida bo‘ldi. 🦮 Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida markazning bugungi faoliyati, xizmat itlarini tayyorlash jarayonlari hamda sohada qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar namoyish etildi. ✅ Shuningdek, uchrashuvda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

🇺🇿 Yangihayot tumani hokimi boshchiligida hududlarda o‘rganishlar olib borildi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi. 📌 O‘rganishlar davomida "O‘zbekkosmos" agentligi tomonidan aniqlangan obyektlar hamda ularning bugungi kundagi holati ko‘zdan kechirildi. 📍 Xususan, ishchi guruh "Fayzli" mahallasida joylashgan Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazida bo‘lib, mazkur hududdagi aniqlangan obyektlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Shuningdek, markaz hududidagi barpo etilgan futbol stadioni ham ko‘zdan kechirildi 📍 Shundan so‘ng, ishchi guruh hududlardagi o‘rganishlarni davom ettirdi. Xususan, "Navqiron", "Toshkent", "Binokor", "Fayzli" hamda "Choshtepa" mahallalaridagi qator obyektlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🐾 Shaharda qarovsiz jonivorlarga mehrli munosabat bo‘yicha zamonaviy tizim yaratilayotgan bir paytda, hokimlik matbuot xizmatida “Panjalilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi” ish boshlad. Uning bosh mutaxassislari — Belyash va Busya. Momiq xodimlarimizning ish kuni bilan bo‘lishamiz: qat’iy nazorat, muhim muhokamalar va, albatta, vazifalar orasida munosib hordiq. 🐾 Пока в городе создаётся современная система гуманного обращения с безнадзорными животными, в пресс-службе хокимията уже работает свой «Отдел защиты прав четвероногих». Его главные специалисты — Беляш и Буся. Делимся рабочими буднями наших самых пушистых сотрудников — строгий контроль, важные обсуждения и, конечно, заслуженный отдых между задачами. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🇺🇿 Mustaqillik bayrami arafasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35
+5
🇺🇿 Mustaqillik bayrami arafasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida joylarda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. ✅ Xususan, bugun Yangihayot tumani Tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida "Vatan ravnaqi — har birimizning mas'uliyatimiz" shiori ostida tibbiyot xodimlari ishtirokida madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 👆 Shuningdek, 8-sonli umumta'lim maktabida "Mustaqillik — milliy g‘urur va taraqqiyot poydevori" shiori ostida maktabgacha va maktab ta'limi tizimi xodimlari ishtirokida yana bir madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 💃 Tadbirlar davomida tuman Madaniyat bo‘limi san'atkorlari tomonidan Vatanga muhabbat, tinchlik va birdamlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

E-auksion.uz savdo platformasidan Yangihayot tumanidan chiqarilgan "9 qavatgacha turar-uy joy majmuasini hamda maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish uchun" mo'ljallangan bo'sh turgan yer uchastkasini 49 yil muddatga sotib oling! Manzil: Yangihayot tumani, "Yangi Darxon'" MFY, Namuna ko'chasi. Yer uchastkasining maydoni: 2.666 (ga) Boshlang'ich narxi: 78.1 mlrd so'm Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24415250 P.S. 12 oyga bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud!!! Izoh: 15 ish kunida qiymati to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma qo'llaniladi!!! Ma'lumot olish uchun: ☎️ (71) 202 21 11 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Mahallalarda tozalash ishlari davom etmoqda 📍"Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida "Yo‘ldosh" mavzesida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. 🧹 Unda boshqaruv servis kompaniyalari hamda obodonlashtirish xodimlari tomonidan qurigan o‘t-o‘lanlar o‘rilib, to‘planib qolgan shox-shabba va maishiy chiqindilar hududdan olib chiqib ketilmoqda. Shuningdek, daraxtlarning shoxlari butalanib, qarovsiz maydonlar tartibga keltirilmoqda. 📹 Jarayonlar videomizda Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" "Yo‘ldosh" mavzesida ishlar davom etmoqda 📌 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirla
+5
🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik" "Yo‘ldosh" mavzesida ishlar davom etmoqda 📌 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida mahallalar hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. 🔘 Xususan, "Yo‘ldosh" mavzesida boshqaruv servis kompaniyalari hamda obodonlashtirish xodimlari tomonidan qurigan o‘t-o‘lanlar o‘rilib, to‘planib qolgan shox-shabba hamda maishiy chiqindilar olib chiqib ketilmoqda. Shuningdek, hududdagi daraxt shoxlari butalanib, qarovsiz maydonlar tartibga keltirilmoqda.

Yakkasaroydagi noqonuniy buzilish va qurilish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Toshkent shahar prokuraturasi xabari
+1
Yakkasaroydagi noqonuniy buzilish va qurilish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Toshkent shahar prokuraturasi xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, A.Qahhor ko‘chasidagi xonadonning noqonuniy buzilgani hamda kompensatsiya to‘lovlari bilan bog‘liq tarqalgan videomaterial yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda Aniqlanishicha, "Mega Logistics Servise" MChJ mansabdor shaxslari fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmagan bo‘lishiga qaramay, mazkur uyni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagan. Shuningdek, tegishli ruxsatnomalarsiz ushbu hududda 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar joy binolari o‘zboshimchalik bilan qurilgani ham aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan "Mega Logistics Servise" MChJ mansabdor shaxslari va boshqa mas'ul shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma'lum qilinishicha, jinoyat ishi alohida nazoratga olingan bo‘lib, tergov yakunlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi. ⸻ По факту незаконного сноса и строительства в Яккасарайском районе возбуждено уголовное дело. По сообщению прокуратуры города Ташкента, проводится доследственная проверка по видеоматериалу, распространенному в социальных сетях, касающемуся незаконного сноса дома и компенсационных выплат по улице А. Каххара в махалле Дамарик Яккасарайского района. Установлено, что должностные лица ООО "Mega Logistics Servise" самовольно снесли данный дом, несмотря на то, что исполнительные действия по принудительному выселению граждан не были завершены. Также выяснилось, что на этой территории без соответствующих разрешений были самовольно построены 1 двадцатиэтажный, 2 девятнадцатиэтажных, 1 двенадцатиэтажный и 1 двухэтажный жилые дома. По данным фактам в отношении должностных лиц ООО "Mega Logistics Servise" и других ответственных лиц возбуждено уголовное дело. Сообщается, что уголовное дело взято под особый контроль, по итогам расследования будет принято законное решение. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🇺🇿 "Mahallaning bugungi qiyofasi ozoda, tartibli va fayzli muhiti bilan ajralib turishi kerak." — Xayot Inogamov 📍 Yangihayot tumani hokimi an’anaga muvofiq erta tongdan mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu galgi o‘rganishlar "Yangi Umid" mahallasida davom ettirilib, "Dolzarb 40 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. ⭕️ Tuman hokimi mahalla bo‘ylab o‘rganish olib borar ekan, hudud qiyofasi, ozodaligi va obodligiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofi, bolalar maydonchalari, yashil hududlar hamda ichki ko‘chalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlarini yetarli darajada hamda tizimli tashkil etmagan mas’ullar faoliyati tanqid qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun aniq muddatlar belgilab berildi. ⭕️ Shuningdek, tuman hokimi hududdagi tozalik va tartib aholi uchun qulay hamda xavfsiz yashash muhitini yaratishning muhim omili ekanini ta’kidlab, amalga oshirilayotgan har bir ish sifatli, o‘z vaqtida va tizimli tashkil etilishi zarurligini qayd etdi.