ru
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Открыть в Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
4 720
Подписчики
-924 часа
-637 дней
-1 73830 дней
Архив постов
#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 Yangihayotda Markaziy Osiyodagi eng yirik eshik va rom konstruksiyalari ishlab chiqaruvchi fabrika joylashgan 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 🔹 14-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan “Akfa Assembly” MChJ Markaziy Osiyodagi eshik va rom konstruksiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik fabrikalardan biridir. 📌 Mazkur korxona “Imzo” brendi ostida zamonaviy va raqobatbardosh eshik hamda rom konstruksiyalarini ishlab chiqarib, ichki bozor bilan birga xorijiy bozorlarga ham yetkazib bermoqda. 🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

🔹 Xushnud mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi ♻️ Yangihayot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli Xushnud mahallasida tashkil etildi. 📌 Qabul davomida 10 nafarga yaqin fuqaro o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Murojaatlar asosan bolalar maydonchasini ta’mirlash, uy-joy, tibbiyot, bandlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa masalalarga oid bo‘ldi. ▫️ Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. 💠 Bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📍 “Yangi Darxon” va “Yangi Umid” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi 📌 Ayni kunlarda Yangihayot tumani hokimi mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Ushbu qabullar murojaatlarni bevosita o‘rganish va ularni hal etishga amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qilmoqda. ▫️ Xususan, bugun “Yangi Darxon” va “Yangi Umid” mahallalarida tuman hokimi hamda hududda istiqomat qiluvchi 10 dan ortiq fuqarolar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. 📑 Qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiy xizmatlar, uy-joy, ishga joylashish, kadastr, kommunal xizmatlar va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. ♻️ Natijada murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

"Каждый ребёнок должен чувствовать себя счастливым" — Хаёт Иногамов 🔹 Сегодня хоким Янгихаётского района посетил махаллю "Чоштепа" с целью изучения условий, созданных на объектах социальной сферы. 📍 В частности, хоким района побывал в расположенном на территории махалли малом детском доме, находящемся в ведении Национального агентства социальной защиты, и ознакомился с деятельностью учреждения. 📌 В ходе визита были осмотрены созданные для детей условия, имеющиеся удобства и состояние здания, а также рассмотрены вопросы дальнейшего улучшения благоприятной среды для детей и оснащения учреждения необходимым оборудованием.

"Har bir bolajon o‘zini baxtli his qilishi kerak" - Xayot Inogamov 🔹 Bugun Yangihayot tumani hokimi ijtimoiy soha obyektida
+4
"Har bir bolajon o‘zini baxtli his qilishi kerak" - Xayot Inogamov 🔹 Bugun Yangihayot tumani hokimi ijtimoiy soha obyektida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida “Choshtepa” mahallasida bo‘ldi. 📍 Xususan, tuman hokimi mahalla hududida joylashgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi kichik hajmdagi bolalar uyida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdi. 📌 O‘rganish davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud qulayliklar va binoning holati ko‘zdan kechirilib, bolalar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash hamda muassasani zarur jihozlar bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Repost from Rasmiy axborot
⚡️Kichik qadam — katta daromad! 📌Ba’zan mijozni jalb qilish uchun katta reklama yoki chegirma shart emas. Oddiy qulaylikning o‘zi ham yaxshi marketing vositasiga aylanishi mumkin. Masalan, ko‘chadan o‘tayotgan yo‘lovchilarga savdo shoxobchangiz hojatxonasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish — yoshi katta insonlar, bolali oilalar va sayyohlar uchun muhim qulaylik. 🟢Turizm qo‘mitasi tomonidan o‘rganilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bunday xizmatdan foydalanganlarning qariyb 40 foizi do‘kondan xarid qilmasdan ketmaydi. Ya’ni, kichik e’tibor — potensial mijoz bilan aloqa o‘rnatish uchun katta imkoniyat.
❗Buning uchun eshik oldiga “Hojatxona bepul” (Free WC) yozuvini joylashtirishning o‘zi kifoya.
Ochiq eshik — yangi mijoz sari qadam. Kichik qulaylik esa katta daromadga aylanishi mumkin! https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🔹 “Tashabbusli byudjet” loyihasi amalda: 330-maktabda ta'mirlash ishlari olib borildi 📌 Yangihayot tumanida “Tashabbusli by
+4
🔹 “Tashabbusli byudjet” loyihasi amalda: 330-maktabda ta'mirlash ishlari olib borildi 📌 Yangihayot tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlarida belgilangan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 📍 Xususan, tumanimizdagi 330-sonli umumta’lim maktabida ushbu loyiha doirasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ham yakunlandi. 🏢 Loyiha doirasida binoning tashqi fasadi ta'mirlandi va boshqa qator qulayliklar yaratildi.

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. — Открытый диалог Президента с предпринимателями: создаются огромные возможности для всесторонней поддержки – от первых шагов до становления крупного бизнеса. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 Yangihayotda O‘zbekistondagi ilk alyuminiy banka ishlab chiqarish zavodi faoliyat yuritmoqda 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 🔹 13-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanidagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida joylashgan “East Can Solutions” korxonasi O‘zbekistonda alyuminiy bankalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilk yirik sanoat loyihalaridan biri hisoblanadi. 📌 Qiymati qariyb 96 million AQSh dollarini tashkil etuvchi loyiha zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda. Korxonaning yillik ishlab chiqarish 30 million dona alyuminiy bankani tashkil etadi 🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#ob_havo 📆 Bugun 19-avgust, haftaning chorshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Brifing 🔹 Bizda navbatdagi brifing 📑 Undagi mavzu Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari ijrosi to‘g‘risida bo‘ldi. 📌 Ma’lumotlar Yangihayot tumani hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari A’zam Maxmudov tomonidan taqdim etildi.

❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari! 👍 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani h
❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari! 👍 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimi o'rinbosarlarining fuqarolar qabullari o'tkaziladi. 👍 Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin: https://gov.uz/uz/yangihayot/news/view/169713 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 Yangihayotda 25 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritadi 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 🔹 12-fakt. Bilasizmi? Bugungi kunda Yangihayot tumanida 25 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritadi. Umumiy hisobda esa tumanda 89 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti mavjud. 📌 Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining umumiy quvvati 8 ming 410 o‘rinni tashkil etadi. 🎬 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

📣 Hurmatli yangihayotliklar va tumanimiz mehmonlari! ❓ Konsert dasturiga nima deysiz? 🎉 Gap shundaki, 22-avgust soat 19:00 da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati “Flowers garden” parkida tuman hokimligi bilan hamkorlikda shou-konsert dasturi tashkil etilmoqda. 🎶 Ushbu kechada Afruza va boshqa yulduzli xonandalar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, park hududida fotozonalar, mini-zoopark, turli attraksionlar hamda piknik zonalaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. 📍 Manzil: Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasi 130 😊 Barchangizni kutib qolamiz!

Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzayd
Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzaydi. Davlatimiz rahbari turizm islohotlari aholi daromadida yanada ko‘proq sezilishi kerakligini taʼkidladi. Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 million dollar resurs ajratiladi. Tadbirkorlarga 10 yil muddatga milliy valyutada 16 foizli kredit beriladi. Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxona qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Subsidiya uchun mehmonxona “yulduzi”ni tasdiqlashda xorijiy kompaniya xulosasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Mehmonxonalar uchun yer va mulk solig‘ini 10 barobar kam stavkada to‘lash imtiyozi 2030-yilgacha uzaytiriladi. 50 tadan ko‘p joylashtiruv o‘rniga ega mehmonxonalarga naqd valyuta qabul qiladigan bankomatlarni banklarning o‘zi o‘rnatib beradi. Turoperatorlarning xorijlik turistlarga ko‘rsatgan xizmati eksportga tenglashtirilib, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar olib kelishdagi bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi ham undirilmaydi. Facebook|Instagram|X

Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida q
Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi.
Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Shu bois, barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi. Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi. Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa taʼsir chorasi qo‘llanmaydi. Shuningdek, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi. Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi. Facebook|Instagram|X

Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n
Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizga tushdi.
– Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak,
– dedi davlatimiz rahbari. Tahlil qilingan 5 ming tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yilda 2-3 marta, yana 21 foizida 4 martadan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Bunga yong‘in, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalarining takroriy tekshiruvlari ham qo‘shilmoqda.
Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi. O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi. Facebook|Instagram|X

– Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini
Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini yolg‘iz his qilmasligi kerak,
– dedi Prezident. Elchilarga qayerda yangi imkoniyat va bozor bo‘lsa, tadbirkorlarni birinchi bo‘lib “qo‘lidan ushlab” olib borish vazifasi qo‘yildi. Eksportning 60 foizi to‘g‘ri kelayotgan 20 ta davlat va istiqboli yuqori yana 5 ta davlatda “eksport elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularni o‘sha bozorga eng ko‘p eksport qilayotgan tadbirkorlarning o‘zi saylaydi. “Eksport elchilari” savdo tarmoqlari, sertifikat va marketing masalalarida boshqa tadbirkorlarga ko‘maklashadi. Ularning borish-kelish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik muammosi bo‘yicha ham yangi yengilliklar beriladi. Yil yakunigacha qarzni qoplash uchun bank hisobraqamiga valyuta qo‘yilsa, u eksport tushumi sifatida qabul qilinadi. Tovar uchun to‘lov kelmagan bo‘lsa ham eksportga cheklov bekor qilinadi, invoysda 50 foiz oldindan tushum talabi olib tashlanadi. Savdo uylari va distribyutorlar orqali eksportda valyuta tushumini taʼminlash muddati 180 kundan 365 kunga uzaytiriladi. Facebook|Instagram|X

To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashq
To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashqi bozorda har bir dollar eksport uchun kuchli raqobat ketayotganini taʼkidladi. O‘rganishlarga ko‘ra, eksportchilarning 40 foizi xorijlik mijoz topishga, 36 foizi standart va sertifikatsiya talablariga moslashishga qiynalmoqda. 37 foizida qulay moliyaviy instrumentlar, 33 foizida bozor, marketing va brend bo‘yicha ko‘nikmalar yetishmaydi. Shu bois, tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Xorijda talab yuqori bo‘lgan 100 ta mahsulotning ro‘yxati shakllantiriladi. Har bir mahsulot bo‘yicha tashqi bozordagi raqobatchilar, tarif tizimi va logistika yechimlari ishlab chiqiladi. 2 mingta korxonaning ishlab chiqarish jarayoni tashqi bozor va xaridor segmentiga moslashtiriladi. Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish xarajatining yarmi – 500 ming dollargacha qoplab beriladi. Milliy brendni tashqi bozorda targ‘ib qilish va xalqaro talablarga moslashtirish uchun 50 ming dollargacha subsidiya ajratiladi. Marketpleyslarda omborga joylashtirish va sotish xarajatining yarmi, xalqaro tenderlar uchun konsalting xarajatining 80 foizi kompensatsiya qilinadi. Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 milliard dollar yo‘naltiriladi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X