ru
Feedback
Azizbek Mamatqulov

Azizbek Mamatqulov

Открыть в Telegram

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
199
Подписчики
-124 часа
-17 дней
-330 дней
Архив постов
CHECHEN TILI Chechen tili Kavkazdagi eng qadimiy va sirli tillardan biri bo‘lib, ko‘pchilik o‘ylagandek u turkiy tillarga qar
CHECHEN TILI Chechen tili Kavkazdagi eng qadimiy va sirli tillardan biri bo‘lib, ko‘pchilik o‘ylagandek u turkiy tillarga qarindosh emas. Fonetikasi biroz o‘xshash tuyulishi yoki tarixiy qo‘shnichilik sababli chechenlarni ba’zan turkiy xalq deb hisoblashadi, ammo bu ilmiy jihatdan mutlaqo noto‘g‘ri. Chechen tili na turkiy, na slavyan, na eroniy tillar oilasiga kiradi, u alohida rivojlangan nax tillari guruhiga mansub. Bu tilda 40 dan ortiq undosh tovush mavjud bo‘lib, ayrimlari dunyoning ko‘plab tillarida uchramaydi. Grammatik tuzilishi ham juda qadimiy: unda ergativlik saqlanib qolgan va ba’zan bitta fe’l shakli butun bir gap ma’nosini ifodalaydi. Eng qiziq tomoni shundaki, chechen tili ming yillar davomida mustaqil yo‘l bilan rivojlangan bo‘lib, aynan shu mustaqillik uni Kavkaz tillari orasida o‘ta betakror va qiziqarli qiladi.

O'zbek tili alifbosida shunday undosh harflar borki, ular bilan boshlangan so'zlar odatda o'zbek tiliga boshqa tillardan kirg
O'zbek tili alifbosida shunday undosh harflar borki, ular bilan boshlangan so'zlar odatda o'zbek tiliga boshqa tillardan kirgan bo'ladi. Misol tariqasida r undoshini keltirsak bo'ladi. Bu undosh bilan boshlangan so'zlar hozirgi adabiy tilda yetarlicha topiladi. Bu undosh bilan boshlangan so'zlar deyarli hammasi boshqa tildan kirgan. Chunki, turkiy tillarda so'z boshida sonorlarning kelishi fonetik me'zon bo'lgan emas. Turkiy tillarning eng eski manbalaridan bo'lmish o'rxun-enasoy vodiysida ham bu undosh so'z o'rtasi va oxirida keladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida uchrovchi ro'za, rahm, rishta, rozi, rizq, riyo, ravon, ravshan, rivoj, rang, ro'mol, ro'yxat, raqam, rasm, ravo, rasvo kabi so'zlarni etimologiyasiga e'tibor bersangiz, bunga ishonch hosil qilish mumkin.

Amerika hindularining leksikasidagi ba'zi so'zlar

OMBOR SO'ZI TARIXI Bugun kundalik hayotimizda tez-tez ishlatiladigan ombor so‘zi aslida juda qadimiy tarixga ega. Bu so‘z for
OMBOR SO'ZI TARIXI Bugun kundalik hayotimizda tez-tez ishlatiladigan ombor so‘zi aslida juda qadimiy tarixga ega. Bu so‘z fors tilidagi anbār (أنبار) leksemasidan kelib chiqqan bo‘lib, dastlab “zaxira saqlanadigan joy” ma’nosini anglatgan. Vaqt o‘tishi bilan u turli tillarga tarqalib, shaklan va ma’nodosh jihatdan boyib borgan. U o‘rta fors tili (pahlaviy)dagi hanbārak shakli bilan bog‘lanadi. Qizig‘i shundaki, mazkur tushuncha sanskrit tilidagi sambhāra — ya’ni “bir joyga jamlash”, “to‘plash”, “oziq-ovqat zaxirasi” ma’nolarini bildiruvchi so‘z bilan ham mushtaraklikka ega. Ayrim tadqiqotchilar esa ombor atamasini faqat quruqlik bilan emas, balki dengizchilik bilan ham bog‘lashadi. Ularning fikricha, yunon tilidagi ἀμπάρι (ampari) — “yukni kemada tartibli joylashtirish, istiflash” ma’nosidagi termin ham bu so‘zning shakllanishida ma’lum iz qoldirgan bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, oddiygina ko‘rinadigan ombor so‘zi ortida turli sivilizatsiyalar, tillar va madaniyatlarni bog‘lab turuvchi boy tarix yashiringan.

SIZ BUNI BILARMIDINGIZ? ILIMOQ VA ISIMOQ Qadimgi turkiy, eski turkiy, eski o'zbek adabiy tillari uchun mushtarak fonetik hodi
SIZ BUNI BILARMIDINGIZ? ILIMOQ VA ISIMOQ Qadimgi turkiy, eski turkiy, eski o'zbek adabiy tillari uchun mushtarak fonetik hodisalar mavjud. Ayniqsa undosh tovushlarda uchrovchi tovush alamashish hodisasi turkiy yozma manbalarga xos. O'zbek tilida isimoq fe'li mavjud va shu fe'lga ma'nosi yaqin turuvchi ilimoq jarayon fe'li ham bor. Bu ikki leksema bir so'zning ikki xil ko'rinishidir. Ya'ni s undoshi va l undoshining turli davrlarda o'rin almashishining natijasidir. Bunga o'xshash misollarni boshqa so'zlarda ham ko'rish mumkin: ast-alt(o'g'uz dialektlarida), ilruk-isriq(M.Qoshg'ariy. DLT). Shuni aytib o'tish kerakki, kunimizda ayro leksema deb qaralayotgan birliklar aslida bir so'zning fonetik jarayonlar tasirida o'zgarishga uchraganligi natijasidir.

Korib turganingiz jadvalda Amerikaning yerli aholisi siu qabilasining leksikasida uchrovchi turkiy tillar bilan bir qator o'x
Korib turganingiz jadvalda Amerikaning yerli aholisi siu qabilasining leksikasida uchrovchi turkiy tillar bilan bir qator o'xshash so'zlar.( Jadval A. Bo'ronovning "Oltoylar" kitobidan) Ammo shuni unutmaslik lozim. O'xshashlik ilmiy qarindoshlikni belgilovchi me'zon bo'la olmaydi, tillarning genetik qarindoshligini isbotlash kuchli dalillarni talab qiladi.

AMERIKA HINDULARI KIM O'ZI? Bugunda til inqirozini boshdan kechirayotgan Amerika hindulari tili qaysi til oilasiga qarindosh
AMERIKA HINDULARI KIM O'ZI? Bugunda til inqirozini boshdan kechirayotgan Amerika hindulari tili qaysi til oilasiga qarindosh yoki ularning etnogenezisida Yevropo yoki Osiyo mintaqasi vakillarining ta'siri mavjudmi kabi savollar yechimini to'laqonli topmagan maslalardan biridir. Amerika hindulari tili bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda alohida til oilalariga ajratiladi, hattoki hududda 50 yaqin til oilasi bor deb ham qaraladi. Ularning qaysi oilalarga qarindoshligi hali isbotlanmagan. Lekin Oklohomadan topilgan bitiklar ularning yo skandinaviyadan yoki sharqdan kelganligaga faraz uyg'otadi. U yerdan topilgan bitiktosh Kensington bitiktoshi bo'lib, manbaning aksariyatini ilmiy asosli o'qishning iloji topilgan emas, shunga qaramay bu yozuvlarda g'arb olimlari vikinglarga oid runik yozuvlarning izi ko'proq desalar, turkologiya bilan shug'ullangan olimlar( Kazim Mirshan) turkiy runa yozuvlarining ta'siri bor deb qaraydi.

Ko'pchiligimiz ushbu mahsulotni o'zbek tilga rus tilidan o'zlashma so'z deb qaraymiz. Bu holat tillarning o'zaro integratsiya
Ko'pchiligimiz ushbu mahsulotni o'zbek tilga rus tilidan o'zlashma so'z deb qaraymiz. Bu holat tillarning o'zaro integratsiya jarayonida ko'p uchrovchi holat. Kolbasa so'zining etimologik tahliliga e'tibor berilsa, uning tarkibida rus tilining sathiga oid birlik ko'zga tashlanmaydi. Gap shundaki, bu so'zning kelib chiqishi turkiy tillarga borib taqaladi, ya'ni uzoq muddat Rossiyaning janubiy g'arbida yashagan turkiy xalaqlar bilan uzluksiz aloqalar natijasida bir qator gastronimlar rus tiliga o'rta asrlarda o'tgan. Bu so'zning etimologiyasi borasida olimlar turli fikr bildirsa-da, ishonchlirog'i so'zning asosida "qo'l" va "bosmoq" fe'llari mavjud ekanligini ta'kidlovchi eski rus manbalari ham bor. So'zning asl shakli qo'lbosti bo'lsa, hozirgi kunda kolbasa shaklida yetib kelgan.

Runik yozuvlarni o'qish murrakkab va uzoq izlanish talab qiladigan jaroyondir. Buni bugunga qadar topilgan va o'rganilgan tos
Runik yozuvlarni o'qish murrakkab va uzoq izlanish talab qiladigan jaroyondir. Buni bugunga qadar topilgan va o'rganilgan toshlardagi yozuvlarning olimlar tomonidan har xil o'qilganligi ham tasdiqlaydi. Avvalo, bitiktoshlarning kimga yoki qaysi elatga tegishli ekanligini qayd qilib olish birlamchi jarayon sifatida qiyinchilik tug'dirsa, aniqlangandan so'ng uning fonetik, leksik, grammatik sathini aniqlash, unda qaysi dialektlarning unsuri borligini belgilab olish tadqiqotchi oldiga ko'plab variantlarni sinab ko'rishni qo'yadi. Runologiyada katta bitiklarni, ya'ni yozuv hajmi katta bo'lgan mangu toshlarni o'qish biroz osonroq, kichik hajmli runik bitiktoshlarni deshifrovka qilish murakkablik tug'diradi. Chunki katta hajmli matnlarning umumiy mazmunida qolgan leksik, grammatik birliklarni qiyosiy aniqlash mumkin bo'ladi, kichik hajmlilarda esa bu imkoniyat chegaralangan bo'ladi.