ru
Feedback
Azizbek Mamatqulov

Azizbek Mamatqulov

Открыть в Telegram

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
200
Подписчики
-124 часа
-17 дней
-330 дней
Архив постов
Ko'pchilik rus tilidagi деньги (dengi) so‘zi slavyancha deb o‘ylaydi. Aslida esa uning ildizi turkiy dunyo bilan chambarchas
Ko'pchilik rus tilidagi деньги (dengi) so‘zi slavyancha deb o‘ylaydi. Aslida esa uning ildizi turkiy dunyo bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tarixchilarning va ko‘plab etimologlarning fikricha, bu so‘z qadimgi turkiy täŋkä (tanga) so‘zidan kelib chiqqan. Oltin O‘rda davrida turkiy xalqlar zarb qilgan tangalar va ularning nomi rus yerlariga ham keng tarqalgan. Natijada täŋkä so‘zi rus tilida avval деньга (denga) – "tanga" shaklida paydo bo‘lgan, keyinchalik uning ko‘plik shakli деньги (dengi) esa umumiy "pul" ma'nosini anglatadigan so‘zga aylangan. Qizig‘i shundaki, bugungi o‘zbek tilida ishlatadigan pul so‘zi esa asl turkiy emas. U fors tilidagi pul (پول) so‘zidan o‘zlashgan. Demak, tarixiy paradoks yuzaga keladi: o‘zbek tilidagi eng odatiy moliyaviy atama fors tilidan kirgan bo‘lsa, rus tilidagi eng asosiy moliyaviy atamalardan biri turkiy manbaga borib taqaladi. Bu holat tillarning bir-biridan so‘z olishi tabiiy tarixiy jarayon ekanini ko‘rsatadi.

Turkiy tillar va Hindistonning janubidagi dravid tillari (masalan, tamil, telugu, kannada, malayalam) bir-biridan minglab kil
+2
Turkiy tillar va Hindistonning janubidagi dravid tillari (masalan, tamil, telugu, kannada, malayalam) bir-biridan minglab kilometr uzoqda shakllangan bo'lsa-da, ular orasida qiziqarli o'xshashliklar mavjud. Har ikkala til oilasi agglutinativ tuzilishga ega, ya'ni grammatik ma'nolar so'z o'zagiga ketma-ket qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi. Shuningdek, ikkalasida ham gap odatda ega–to'ldiruvchi–kesim  tartibida tuziladi va ko'makchilar otlardan keyin keladi.Shu sababli ayrim olimlar turkiy va dravid tillari o'rtasida juda qadimiy qarindoshlik bo'lishi mumkinligini taxmin qilgan va ularni Nostratik gipotezasi doirasida birgalikda o'rgangan. Biroq zamonaviy tarixiy tilshunoslik bu fikrni hali isbotlangan deb hisoblamaydi. Ko'pchilik mutaxassislar ushbu o'xshashliklarni genetik qarindoshlikdan ko'ra tipologik o'xshashlik yoki qadimgi til aloqalarining natijasi deb baholaydi.

🍅 Pomidor Artur dasturxoniga qanday tushib qoldi? "Merlin" ("Afsungar") serialini tomosha qilayotganimda bir detal e'tiborimni tortdi: Qirol Artur saroyi dasturxonida pomidor bor. Bir qarashda oddiy sahna. Ammo tarix va til nuqtayi nazaridan bu juda qiziq anaxronizm — ya'ni voqea davriga mos kelmaydigan unsur. Avvalo, "pomidor" so'zining o'ziga to'xtalaylik. O'zbek tiliga bu so'z rus tilidagi помидор orqali kirgan. Rus tiliga esa u italyanchadagi pomodoro so'zidan o'tgan. Pomodoro aslida pomo d'oro — "oltin olma" degan ma'noni anglatadi. Bunday nom berilishiga sabab, Yevropaga dastlab olib kelingan pomidorlarning ayrimlari sariq rangda bo'lganidir. Lekin pomidorning asl vatani Yevropa emas. U Markaziy va Janubiy Amerikada yetishtirilgan bo'lib, u yerda asteklar uni tomatl deb atashgan. Bugungi inglizcha tomato, fransuzcha tomate, nemischa Tomate, turkcha domates kabi nomlar ham aynan shu qadimgi astek so'zidan kelib chiqqan. Endi serialga qaytsak. Merlin va Qirol Artur voqealari odatda V–VI asrlar Britaniyasiga taalluqli deb qaraladi. Holbuki, pomidor Yevropaga faqat XVI asrda, Amerikadan keltirilgan. Demak, Artur davri bilan pomidorning Yevropaga kirib kelishi orasida qariyb ming yil farq bor.

photo content
+3

Tadqiqotda interdisiplinar yondashuv nega muhim? Bugungi kunda ilm-fan jadal rivojlanayotgan bo'lsa-da, ko'plab tadqiqotlar hanuz bitta fan doirasidan chiqmayapti. Murakkab ilmiy muammolarni faqat bitta metod yoki bitta nazariya bilan izohlashga urinish ko'pincha tadqiqotning ilmiy qiymatini cheklaydi. Ayniqsa, gumanitar sohalarda hodisaning til, tarix, madaniyat, psixologiya, sotsiologiya va falsafa bilan uzviy bog'liqligi yetarlicha hisobga olinmaydi. Aslida esa zamonaviy ilm-fan fanlararo chegaralarni tobora yo'qotib bormoqda. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlarida eng muhim natijalar aynan interdisiplinar yondashuv asosida qo'lga kiritilmoqda. Chunki bir fan ko'ra olmagan jihatni boshqa fan ochib beradi. Interdisiplinar yondashuv — bu shunchaki bir nechta fan nomini tilga olish emas, balki ularning nazariyalari, metodlari va tahlil usullarini yagona tadqiqot maqsadi yo'lida uyg'unlashtirishdir. Shunday ekan, bugungi tadqiqotchining vazifasi mavjud metodlarni takrorlash emas, balki fanlararo tafakkur orqali ilmiy muammoga yangi nuqtayi nazardan yondashishdir.

Germenevtika Germenevtika — matn, nutq va ramzlarni talqin qilish hamda tushunish nazariyasi va metodologiyasidir. Atama qadimgi yunoncha hermēneuein ("izohlamoq", "talqin qilmoq") fe'lidan kelib chiqqan. Dastlab germenevtika diniy matnlarni sharhlash usuli sifatida shakllangan bo'lsa, keyinchalik u falsafa, filologiya, huquqshunoslik va tarix fanlarining muhim metodiga aylandi. Zamonaviy germenevtikada matn ma'nosi faqat muallif niyati bilan emas, balki matn, tarixiy-madaniy kontekst va o'quvchi o'rtasidagi o'zaro munosabat orqali yuzaga chiqadi. Hozirgi ko'p tadqiqotlarda germenevtik tahlil yetishmaydi, ya'ni bir matnni yoki voqea hodisani aynan sodir bo'lgan vaziyat kontekstida baholash kam. Deylik, Alisher Navoiy baytlarini tahlil qilinsa, o'sha davr ruhiyati, tarixiy-siyosiy konteksti, axloqiy qarashlarini inobatga olagan holda obyektiv yondashuv talab qilinadi. Lekin ittifoq paytida siyosiy buyurtma uchun xizmat qildi. Keyingi davrlarda ham ma'lum bir matnni germenevtik tahlil qiladigan kuchli tahlillar yo'q. Kimdir mumtoz matnlardan diniy tasavvuf qidirsa, kimdir inson erki, umuminsoniy qadriyatlar kuchli deydi.

Disney multfilmidagi Hunlar sardori Ko‘pchilik Mulan multfilmidagi Hunlar sardorini eslaydi. Ammo juda kam odam bu obraz ortida tarixdagi eng buyuk sarkardalardan biri — Modu Chanyu (turkiy adabiyotlarda ko‘pincha Metexon deb ataladi) turganini biladi. Miloddan avvalgi III asrda yashagan Metexon Hun imperiyasini mayda qabilalar ittifoqidan ulkan harbiy davlatga aylantirdi. U otliq qo‘shinlarni mukammal boshqarish tizimini yaratdi, qat'iy harbiy intizom o‘rnatdi va qisqa vaqt ichida Sharqiy Osiyoning eng qudratli hukmdoriga aylandi. Hatto o‘sha davrning eng kuchli davlati bo‘lgan Xitoyning Xan sulolasi ham unga qarshi kurashishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. Metexon haqida eng mashhur rivoyatlardan biri uning hushtakli o‘q ixtirosidir. Tarixiy manbalarga ko‘ra, u maxsus hushtak chiqaradigan o‘qlar yordamida butun qo‘shinga bir zumda hujum yo‘nalishini bildirgan. Bu usul o‘sha davr harbiy san'atida haqiqiy yangilik bo‘lib, Hun qo‘shinlarining tezkor va muvofiqlashtirilgan harakat qilishiga imkon bergan. Qiziq jihati shundaki, ayrim tadqiqotchilar Metexonning asl ismi emas, balki Bahodir unvoni bilan mashhur bo‘lganini ham taxmin qiladilar.  Ko‘plab tarixchilar Metexonni keyinchalik turk va mo‘g‘ul davlatlari rivojlantirgan ko‘chmanchi imperiyalar harbiy tizimining asoschilaridan biri sifatida e'tirof etadilar. Uning nomi bugun ham Markaziy Osiyo tarixidagi eng buyuk sarkardalar qatorida tilga olinadi.

photo content

Saklar, massagetlar va sug'diylar qaysi tilda so‘zlashgan? Bizga avvaldan tanish bo'lgan Shiroq, Spitamen, To'maris shaxslarning muloqot tili to'la ma'noda yechilmagan maslalardan biri ammo bugungi ilmiy qarashlarga ko‘ra, bu xalqlarning asosiy qismi sharqiy eroniy tillarda so‘zlashgan. Bu xulosa qadimgi yunon va fors manbalarida uchraydigan qabila nomlari, shaxs ismlari, joy nomlari hamda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tahlillariga asoslanadi. Sug'diylar masalasida dalillar ayniqsa kuchli. Chunki ularning tilida yozilgan yuzlab hujjatlar va diniy matnlar topilgan. Sug'diy tili o‘z davrida Buyuk Ipak yo'lining eng muhim savdo va muloqot tillaridan biri bo‘lgan. Skiflar, saklar va massagetlar esa yozma yodgorliklarni deyarli qoldirmagan. Shunga qaramay, ularning hukmdorlari ismlari va ayrim so‘zlari Avesto tili hamda qadimgi fors tili bilan yaqinlikni ko‘rsatadi. Shu sababli aksariyat tarixchi va tilshunoslar ularni sharqiy eroniy tillar sohiblari deb hisoblaydi. Albatta, bu qabilalar ko‘p qabilali ittifoqlar bo‘lgani uchun ular tarkibida boshqa tillarda, jumladan qadimgi turkiy lahjalarda so‘zlashuvchi guruhlar ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha buni tasdiqlovchi ishonchli yozma dalillar mavjud emas.Hozirgi ilmiy konsensusga ko‘ra, skiflar, saklar, massagetlar va sug'diylarning asosiy tili sharqiy eroniy tillar bo‘lgan.

photo content

Tojik va rus tillari Ko‘pchilik tojik va rus tillarini mutlaqo begona tillar deb o‘ylaydi. Aslida esa ular juda uzoq qarindosh hisoblanadi. Tilshunoslarning fikricha, bundan taxminan 5–6 ming yil avval hozirgi Yevrosiyo hududlarida yashagan qabilalar bitta umumiy ajdod til – hind-yevropa bobo tilida so‘zlashgan. Keyinchalik bu til turli tomonga tarqalib, bir tarmog‘i eroniy tillarga, undan esa tojik tiliga, boshqa bir tarmog‘i slavyan tillariga, undan esa rus tiliga aylangan. Bu qadimgi qarindoshlik ayrim so‘zlarda hanuz seziladi. Masalan, tojikcha modar va ruscha mat' (мать) («ona»), tojikcha barodar va ruscha brat (брат) («aka, uka»), tojikcha du va ruscha dva (два) («ikki»), tojikcha nav va ruscha noviy (новый) («yangi»), tojikcha nom va ruscha imya (имя) («ism») bir-biriga turli darajada yaqin qadimgi hind-yevropa ildizlaridan kelib chiqqan. Qarindoshlik sonlarda ham ko‘rinadi: tojikcha se («uch») qadimgi hind-yevropa tréyes shakliga borib taqaladi, ruscha tri (три) ham shu ildizning davomidir. Tojikcha panj («besh») va ruscha pyat' (пять), tojikcha dah («o‘n») va ruscha desyat' (десять) ham minglab yillar avvalgi umumiy ildizlarning turlicha rivojlangan ko‘rinishlaridir. Ammo nega bu o‘xshashliklar bugun uncha sezilmaydi? Sababi, ikki tilning yo‘li juda erta ajralib ketgan. Eroniy tillar ajdodlari janub va sharqqa ko‘chib, fors-tojik dunyosini shakllantirdi. Slavyan qabilalari esa Yevropaning o‘rmon va tekisliklarida rivojlanib, rus tilining asosini yaratdi. Minglab yillar davomida ular turli xalqlar bilan aralashdi, boshqa tillardan so‘z oldi, tovush tizimlari va grammatikasi o‘zgardi. Natijada bir paytlar qarindosh bo‘lgan tillar bugun bir-birini tushunmaydigan darajada uzoqlashib ketdi.

Ko‘pchilik Kolumbiyani faqat ispan tilida so‘zlashadigan mamlakat deb biladi. Aslida esa bu mamlakat Janubiy Amerikaning eng
Ko‘pchilik Kolumbiyani faqat ispan tilida so‘zlashadigan mamlakat deb biladi. Aslida esa bu mamlakat Janubiy Amerikaning eng rang-barang lingvistik makonlaridan biridir. Bu yerda ispan tilidan tashqari 65 ga yaqin mahalliy til, ikkita kreol tili va romani tili ham mavjud. Kolumbiyada Afrika, Yevropa va mahalliy xalqlar tillari o‘zaro ta'siri natijasida shakllangan kreol tillar ham mavjud. Palenquero – asosan afrikalik qullarning avlodlari yashaydigan San Basilio de Palenque qishlog‘ida saqlanib qolgan. Bu Amerika qit'asidagi eng qadimgi erkin qora tanlilar jamoalaridan birining tilidir. Kolumbiyada lo‘li  jamoalari ham yashaydi. Ular hind-oriy tillari oilasiga mansub Roman guruhining mahalliy variantlaridan foydalanadilar. Demak, Kolumbiya faqat ispan tilining emas, balki aravak, chibcha, chokoan, hind-oriy va kreol til an'analarining bir hududda uchraydi.

Inson ona tilini qanday qilib "unutadi"? Tasavvur qiling, siz 25 yil davomida faqat o‘zbek tilida gaplashdingiz. Keyin boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tdingiz va 30–35 yil davomida deyarli faqat boshqa tilda muloqot qildingiz. Bir kuni sizdan o‘zbekcha gapirishni so‘rashdi. Kutilmaganda ayrim oddiy so‘zlarni eslay olmaysiz, gap o‘rtasida to‘xtab qolasiz yoki chet tilidagi so‘zlar beixtiyor aralashib ketadi. Nima uchun? Aslida, miya ona tilini o‘chirib yubormaydi. U faqat ko‘p ishlatiladigan narsalarni faol holatda ushlab turadi. Xuddi uzoq vaqtdan beri ochilmagan kitob javonning ichkari qismiga surib qo‘yilgani kabi, kam ishlatilgan til ham miyada go‘yo «chuqurroq qatlam»ga o‘tadi. Shu sababli inson o‘z ona tilini bilmay qolmaydi, balki unga tez va oson murojaat qila olmay qoladi. Tilshunoslar bu holatni til attritsiyasi, ya’ni til ko‘nikmalarining asta-sekin susayishi deb ataydilar. Bu ayniqsa boshqa til muhitida uzoq yashagan odamlarda ko‘proq uchraydi. Qiziq tomoni shundaki, inson o‘zi juda yaxshi bilgan so‘zni eslay olmaganda, miyada bezovtalik va zo‘riqish bilan bog‘liq markazlar ham faollashadi. Shu sababli odam «Tilimning uchida turibdi, lekin aytolmayapman!» degan hissiyotni boshdan kechiradi. Inson yana o‘z til muhitiga qaytsa,  ilgari «uyqu holatiga o‘tgan» til ko‘nikmalari asta-sekin qayta jonlanadi.

photo content

Bir paytlar oddiy so‘z bo‘lgan, ammo keyinchalik odamlar uni aytishdan qo‘rqadigan darajaga yetgan birliklar borligini bilarmidingiz? Masalan, qadim zamonlarda ko‘plab xalqlar yirtqich hayvonlarning asl nomini aytishdan cho‘chigan. Chunki “nomini aytsang, o‘zi keladi” degan tasavvur bo‘lgan. Shu sabab ayrim hayvonlarning haqiqiy nomi unutilib, uning o‘rniga boshqa atamalar ishlatilgan. Masalan, slavyan tillaridagi “ayiq” ma’nosidagi so‘z asl nom emas. Olimlar fikricha, bu so‘z “asal yeyuvchi” degan ma’noni anglatgan. Ya’ni odamlar ayiqning haqiqiy nomini aytmay, uni bilvosita atagan. Asl nom esa tarix qa’rida yo‘qolib ketgan. Turkiy xalqlarda ham bunday hodisalar bo‘lgan. Bo‘rini ayrim joylarda “qashqir”, “itqush”, “uzunquloq” kabi bilvosita nomlar bilan atashgan. Yoki ilon haqida gapirganda uning nomini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatmaslik holatlari uchraydi. Tilshunoslikda bu hodisa tabu va evfemizm deyiladi. Oddiy qilib aytganda, odamlar qo‘rqinchli, noqulay yoki “muqaddas” deb bilgan narsaning nomini yashirinroq, yumshoqroq shaklda aytadi. Demak, ayrim so‘zlarning yo‘qolishi yoki almashishi shunchaki tasodif emas — bu inson qo‘rquvi, e’tiqodi va madaniyatining tilga tushgan izidir.

photo content

Oʻliklar dunyosidan qaytgan til: ivrit tili Tilda bitta qonun bor: agar biror til oʻlik tilga aylansa (yaʼni u tilda hech kim
Oʻliklar dunyosidan qaytgan til: ivrit tili Tilda bitta qonun bor: agar biror til oʻlik tilga aylansa (yaʼni u tilda hech kim hayot kundalikda, koʻchada gaplashmay qoʻysa), u hech qachon qayta tiklanmaydi. Masalan, lotin tili yoki shumer tili endi hech qachon tirik tilga aylanmaydi. Lekin semit tillari oilasiga mansub IVRIT (yahudiy tili) bu qonunni parchalab tashladi! Milodiy II asrdan yahudiylar butun dunyoga tarqalib ketgach, ivrit tili koʻchada soʻzlashiladigan tirik til sifatiga oʻtdi. U qariyb 1700 yil faqat diniy marosimlar uchun xizmat qildi. Hech kim uyida farzandiga bu tilni ona tili sifatida oʻrgatmay qoʻydi. XIX asrda Eliezer Ben-Yehuda ismli bir tilshunos va uning safdoshlari qiyin ishni amalga oshirdi: Qadimgi diniy matnlardagi soʻzlarni yigʻib, zamonaviy hayotga moslashtirishdi. Injilda yoʻq boʻlgan zamonaviy gazetalar (masalan, samolyot, elektr, poyezd ) uchun zamonaviy semit ildizlaridan yangi soʻzlar yasashdi. Eliezer oʻz oʻgʻliga faqat ivrit tilida gapirishni shart qilib qoʻydi.

Gerbert Uellsning shu kitobini o‘qiganlar yoki aynan shu nomdagi filmini tomosha qilganlar yaxshi biladi: qahramon 802 701-yi
+1
Gerbert Uellsning shu kitobini o‘qiganlar yoki aynan shu nomdagi filmini tomosha qilganlar yaxshi biladi: qahramon 802 701-yilga — ya’ni taxminan sakkiz yuz ming yil kelajakka tushib qoladi. Bu davrda insoniyatning bir qismi deyarli maxluqsimon, ikkinchi qismi esa insoniy qiyofada tasvirlanadi — bu, albatta, ijodkor xayolining mahsuli. Ammo asardagi bir jihat e’tiborni tortadi: o‘sha davr odamlari so‘zlashadigan til bugungi biror til yoki lahjaga o‘xshamaydi. Bu esa shunchaki badiiy to‘qima emas, balki tilning doimiy harakat va o‘zgarishda bo‘lishiga nozik ishoradir. Axir vaqt o‘tishi bilan inson qanday o‘zgarsa, uning tili ham shunday yangilanib, boshqa qiyofa kasb etadi.

“Bulğorlar: turklikdan slavyanlikka — qanday o‘zgarish yuz berdi?” Bir paytlar turkiy tilda so‘zlashgan xalq bugun qanday qilib slavyan xalqiga aylandi? Bu savol tarixdagi eng qiziq etnik o‘zgarishlardan biriga olib boradi. Gap — bulğorlar haqida. Bulğorlar aslida turkiy qabilalardan biri bo‘lib, ko‘pchilik olimlar ularni og‘ur turklariga mansub deb biladi. Ularning tili bugungi chuvash tiliga yaqin bo‘lgan, degan qarash mavjud. VII asrda ular Shimoliy Qora dengiz bo‘ylarida kuchli davlat — Buyuk Bulğoriyani barpo etadi. Bu davlat hukmdori Kubrat edi. Ammo xazarlar bosimi tufayli davlat parchalanib, bulğorlar turli hududlarga tarqaladi. Bir qismi Volga bo‘ylariga ketib, Volga Bulgaria davlatini tuzadi. Ular turkiyligini uzoqroq saqlab qoladi va keyinchalik islomni qabul qiladi. Ikkinchi qismi esa Asparuh boshchiligida Bolqon hududiga keladi va 681-yilda birinchi Bolgariya davlatiga asos soladi. Aynan shu yerda tarixiy burilish yuz beradi. Son jihatdan kam bo‘lgan turkiy bulğorlar ko‘pchilik slavyan aholi orasida asta-sekin singib ketadi. Davlat nomi saqlanadi, ammo til va madaniyat o‘zgaradi. IX asrda hukmdor Boris I of Bulgaria xristianlikni qabul qilgach, slavyan tili va yozuvi davlat hayotida ustunlik qila boshlaydi. Natijada qadimgi bulğor tili yo‘qolib, xalq slavyanlashadi. Ammo bir narsa saqlanib qoladi — nom. Bugungi Bulgaria qadimgi turkiy bulğorlarning tarixiy izini hanuz olib yuradi. Demak, bulğorlar yo‘qolmagan — ular o‘zgargan. Tarix bizga ba’zan xalq siyosiy jihatdan g‘olib bo‘lsa ham, til va madaniyat ta’sirida o‘zi ham o‘zgarib ketishini ko‘rsatadi.

photo content