ru
Feedback
O’qiymiz marafoni

O’qiymiz marafoni

Закрытый канал

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
1 075
Подписчики
-1224 часа
-687 дней
+430 дней
Архив постов
Qo'llanma haqidagi fikrlarim Ushbu qo'llanmani qo'limga olganimdan boshlab qalbimda o'zgacha shukronalik va ilhom sezayapman.
+1
Qo'llanma haqidagi fikrlarim Ushbu qo'llanmani qo'limga olganimdan boshlab qalbimda o'zgacha shukronalik va ilhom sezayapman. Har bir bo'lim – ma'naviy o'sish, mutolaa, oilaviy munosabatlar, sport va ilm o'rganish kundalik hayotimni yanada mazmunli, tartibli hamda foydali odatlar bilan boyitish uchun mukammal reja bo'lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, har kuni o'zimga "Men nima uchun minnatdorman?" degan savolni berib, tinch tong, sog'ligim, yaqinlarimning borligi va berilgan imkoniyatlar uchun shukr aytish yuragimga alohida xotirjamlik bag'ishlayapti. O'z ustimda ishlab, qiyinchiliklarga qaramay bo'sh kelmaganimdan va harakatlarimni tahlil qila olganimdan chin dildan faxrlanaman. Bu kundalik shunchaki vazifalar ro'yxati emas, balki har bir kunimni ongli, energiyaga to'la va barakali o'tkazishimda eng yaqin yordamchimga aylandi. Ishtirokchi: Umirzaqova Tursunoy Koordinator: Durdona ustoz

📚 “O‘QIYMIZ” marafoni boshlandi! Bugun bizda 1-dars. Ammo bu shunchaki navbatdagi dars emas — bu o‘zimizga ajratgan vaqtimiz
📚 “O‘QIYMIZ” marafoni boshlandi! Bugun bizda 1-dars. Ammo bu shunchaki navbatdagi dars emas — bu o‘zimizga ajratgan vaqtimizning boshlanishi. Kitob o‘qish — faqat bilim olish emas. U insonning fikrini kengaytiradi, qalbini boyitadi va dunyoga boshqacha qarashni o‘rgatadi. Bugun bir sahifa o‘qigan bo‘lsak, ertaga bir fikrimiz o‘zgarishi mumkin. . Keling, “O‘qiymiz” — va birga oʻzgaramiz. 📖✨ OʻQIYMI _2-mavsum. 2.11 guruh. Koordinator _ASMO Ishtirokchi _Robiya

📚 O‘QIYMIZ MARAFONI Ertaga, 20-avgust kuni “O‘qiymiz” marafoni ishtirokchilari uchun navbatdagi qiziqarli suhbatimiz bo‘lib
📚 O‘QIYMIZ MARAFONI Ertaga, 20-avgust kuni “O‘qiymiz” marafoni ishtirokchilari uchun navbatdagi qiziqarli suhbatimiz bo‘lib o‘tadi! 🎙 Mehmonimiz: Abdulbosit Vohidov 📌 Mavzu: “Mutaxassislik va kitoblar” Kasbiy rivojlanish, o‘z mutaxassisligimiz bo‘yicha kitob tanlash va mutolaaning professional hayotimizdagi o‘rni haqida suhbatlashamiz. 📖✨ 🗓 Sana: 20-avgust 21:00 📚 O‘qiymiz — o‘rganamiz — rivojlanamiz!

Assalomu alaykum barchaga! 🌝 Bugun sizlar bilan oʻzim foydalanayotgan "OʻQIYMIZ" amaliy qoʻllanmasi haqidagi shaxsiy taassur
Assalomu alaykum barchaga! 🌝 Bugun sizlar bilan oʻzim foydalanayotgan "OʻQIYMIZ" amaliy qoʻllanmasi haqidagi shaxsiy taassurotlarim bilan boʻlishmoqchiman✨ Bu qoʻllanma men uchun shunchaki kitob oʻqish rejasi emas, balki kunimni tartibga soluvchi haqiqiy yordamchi boʻldi: 14 kunlik reja: Kunlik mutolaa, maʼnaviy oʻsish va intizomni yoʻlga qoʻyishga yordam beradi. Toʻgʻri kitob tanlash: Qoʻllanmadagi maxsus usullar orqali vaqtimni tejab, oʻzimga mos kitoblarni tanlashni oʻrgandim. Chuqur tahlil: "Kitob bilan suhbat" savollari va taqriz yozish boʻlimi oʻqiganlarimni xotirada muhrlashga xizmat qilmoqda. Bugundanoq kitob oʻqish odatini shakllantirishni boshlang, natijasini albatta his qilasiz! 🌱📖✨ Guruh: 2.6 Koordinator: Parizoda Ishtirokchi: Mutolaachi

Ассалому алайкум 🙋‍♀️ Марафон 1-кун ☀️ 🫣«Муваффақият бадали» китобидан 60 саҳифа 😳 📈5000 қадам юриш ✅💯 📈1 литр сув ичиш
+5
Ассалому алайкум 🙋‍♀️ Марафон 1-кун ☀️ 🫣«Муваффақият бадали» китобидан 60 саҳифа 😳 📈5000 қадам юриш ✅💯 📈1 литр сув ичиш ✅❤️ 📈Қўшимча Зейнеп Гезикининг “Фарёд” китобидан ҳам ўқидим❤️‍🔥 📈Араб тилидан бўладиган имтиҳонга тайёрландим 📖💖 📈Қўлланмадаги 1-мавзуни ўқиб чиқдим😍 Координатор: 😍 Маҳфуза👩‍🏫 Иштирокчи: 💖Дилдора🏆 2,5 гуруҳ 🙋🏻‍♀️

📚Nihoyat, uzoqdan beri kutgan “O‘QIYMIZ” amaliy qo‘llanmasini ham zo‘rligidan chiqarib oldim. O‘qish, fikrlash va o‘z ustimi
📚Nihoyat, uzoqdan beri kutgan “O‘QIYMIZ” amaliy qo‘llanmasini ham zo‘rligidan chiqarib oldim. O‘qish, fikrlash va o‘z ustimizda ishlash uchun juda chiroyli qo‘llanma ekan. 🤍 Bu marafonni tashkillashtirib, bizga shunday foydali imkoniyat yaratib bergan Jasur Muhammadga alohida rahmat! Alloh taolo qilayotgan mehnatlaringizni ziyoda qilsin, ilm yo‘lida qilayotgan har bir harakatingizni savobli amal qilsin. 🤲 Bizga bergan ilmingiz va motivatsiyangiz uchun Alloh rozi bo‘lsin. 🌿 Guruh: 2.3 Ishtirokchi: Madina Koordinator: Singiljonm Durdona

Assalomu alaykum rahmatullohu va barokatuh ❤️🌚 Bugun marofonni 1-kuni✅ Xamza kitobini 40-betiga keldim👀🍃 5000qadam yurish
+5
Assalomu alaykum rahmatullohu va barokatuh ❤️🌚 Bugun marofonni 1-kuni✅ Xamza kitobini 40-betiga keldim👀🍃 5000qadam yurish 1l suv ichish bajarildi👍 Xamza kitobidan tashqari qarzga olingan umr kitobini oʻqidim va mutolaa ilovasidan audio eshitib yurgan uch ogʻayni kitobini ham eshitdim📖🤍 Qoʻllanmadagi qolgan vazifalar ham bajarildi✅ Ishtirokchi: 💗Shahrizoda Sobiruva💗 Koordinator: 🤍Mahfuza🤍

📚 Kitob — inson qalbiga yo‘l topadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va hayotiga yangi ma’nolar olib kiradigan eng go‘zal
📚 Kitob — inson qalbiga yo‘l topadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va hayotiga yangi ma’nolar olib kiradigan eng go‘zal ne’matlardan biridir. Bugun menga ushbu kitobni yuborar ekansiz, uning har bir sahifasi qalbimga iliqlik, tafakkurimga yangi fikrlar, hayotimga esa chiroyli o‘zgarishlar olib kirdi😇 Balki aynan shu kitobdagi birgina jumla menga yangi maqsad sari qadam tashlashga, biror qaror qabul qilishga yoki o‘zimni yanada yaxshiroq anglashga ilhom berar. ✨ «O‘qiymiz» loyihasi jamoasi nomidan-menga berilgan kitob uchun loyiha asoschisi va Menedjerlarga rahmat aytaman. Kitoblar ko‘paygan sari qalblar ham, fikrlar ham go‘zallashib boradi. 🌱 Asmo Koordinator

Men kitob o'qishni boshladim siz-chi? 2.11 guruh koordinatori Asmo❤️
Men kitob o'qishni boshladim siz-chi? 2.11 guruh koordinatori Asmo❤️

“O‘qiymiz marafoni” insonning hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilishga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qil
“O‘qiymiz marafoni” insonning hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilishga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladigan yaxshi tashabbusdir. Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi kengayadi, fikrlashi o‘zgaradi va hayotga bo‘lgan munosabati yanada boyiydi. Marafon davomida muntazam kitob o‘qish insonda yangi odat shakllantiradi. Avvaliga kitob o‘qish qiyin tuyulishi mumkin, ammo vaqt o‘tishi bilan mutolaa kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanadi. Eng muhimi, inson o‘zida bilimga, izlanishga va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish ortayotganini sezadi. Shu jihatdan, “O‘qiymiz marafoni” nafaqat kitob o‘qishga, balki o‘zini o‘zgartirish va rivojlantirishga undaydigan foydali loyiha deb hisoblayman. Guruh 2.22 Koordinator: Qarshiyev Ilhomjon Ishtirokchi: Ilhomjon

🍃Inson tanasi uchun jismoniy tarbiya qanchalik muhim boʻlsa, aql uchun ham - kitob oʻqish shunchalik zarurdir.🎀 Boylikni yo
🍃Inson tanasi uchun jismoniy tarbiya qanchalik muhim boʻlsa, aql uchun ham - kitob oʻqish shunchalik zarurdir.🎀 Boylikni yoʻqotish mumkin, ammo aqlingizga dunyoqarashingizga kiritgan investitsiyangizni hech kim sizdan tortib ololmaydi.Har kuni bor yoʻgʻi oʻn sahifa oʻqish ham sizni kechagi oʻzingizdan donoroq qiladi.⏳ Oʻz kelajagini oʻzgartirmoqchi boʻlgan inson, avvalo, oʻqiydigan kitoblarini oʻzgartirishi kerak📖 Oʻqishdan va oʻsishdan toʻxtamang!🌷📚 2.9 guruh Roziya

🌱 Katta o‘zgarishlar birdaniga sodir bo‘lmaydi. Ba’zan hayotingni o‘zgartirish uchun katta imkoniyat emas, kichik bir qaror
🌱 Katta o‘zgarishlar birdaniga sodir bo‘lmaydi. Ba’zan hayotingni o‘zgartirish uchun katta imkoniyat emas, kichik bir qaror kifoya. Bugun bir sahifa o‘qi. Bir yangi narsa o‘rgan. Bir qadam tashla. Natija darhol ko‘rinmasligi mumkin. Ammo har bir kichik harakat seni kechagi o‘zingdan uzoqlashtiradi. ✨ Mukammal bo‘lish shart emas. Muhimi — boshlash va davom etish. 2.7-guruh Ishtirokchi: Nigina Koordinator: Dildora

Birinchisi Asmo kordinatorimizga berilar ekan. Ikkinchisini kimga beramiz?

2ta eng faol kordinatorga, 2komplekt kitoblar beriladi.
2ta eng faol kordinatorga, 2komplekt kitoblar beriladi.

Bir maqsad yo'lida birlashgan jamoani hech kim maqsadidan qaytara olmaydi. Maqsadimiz:O'zimizda o'zgarish qilish, yaxshi odat
+1
Bir maqsad yo'lida birlashgan jamoani hech kim maqsadidan qaytara olmaydi. Maqsadimiz:O'zimizda o'zgarish qilish, yaxshi odatlarni shakllantirib,kitobxonlik yanada keng rivojlantirish. Biz marafonni boshladik,siz-chi🫵 2.11 guruh Guruh koordinatori:Asmo

Ba'zan inson ichida ikki xil kuch kurashadi: biri — kitobdan, ilmdan qochib, "erta boshlarman" deb o'zini aldaydigan dangasal
Ba'zan inson ichida ikki xil kuch kurashadi: biri — kitobdan, ilmdan qochib, "erta boshlarman" deb o'zini aldaydigan dangasalik; ikkinchisi — bilimga chanqoq, har bir sahifani o'qishga oshiqqan shijoat. Qaysi biri g'olib chiqishi esa faqat bizning tanlovimizga bog'liq. Dangasalik g'alaba qozongan kunlar umrimizdan sekin-asta o'g'irlanib ketadi. "Bugun charchadim", "ertaga o'qirman" degan bahonalar ortida esa yillar zoye ketishi mumkin. Lekin atrofimizda bizni turtkilaydigan, rivojlanishga chorlaydigan insonlar bo'lsa — bu kurashda g'alaba qozonish ancha osonlashadi. Men aynan shunday paytlarda "O'qiymiz" marafoniga murojaat qilaman — chunki bu yerda yolg'iz emassiz. Bu marketing emas. Bu — birga rivojlanish, birga o'sish taklifi. Bizga qo'shiling, chunki bu yo'lda hech kim ortda qolmaydi. Har birimiz bir-birimizga ko'zgu bo'lib, yaxshi narsalarga birga erishamiz. BIZ TAYYORMIZ. SIZCHI? Guruh:2.3 Koordinator:Durdona Azo:Sarvinoz

✨ Ba’zan insonni maqsadidan uzoqlashtiradigan eng katta to‘siq — o‘zidagi dangasalik. Kitob o‘qishga vaqt topolmaymiz, ilm ol
✨ Ba’zan insonni maqsadidan uzoqlashtiradigan eng katta to‘siq — o‘zidagi dangasalik. Kitob o‘qishga vaqt topolmaymiz, ilm olishni ertaga qoldiramiz, rivojlanishni esa “keyinroq boshlayman” degan bahonalar ortiga yashiramiz. Ammo vaqt kutmaydi… ⏳ Bugun qilinmagan harakat ertaga yo‘qotilgan imkoniyatga aylanishi mumkin. 📚 Ilm olish — shunchaki kitob o‘qish emas. Bu — o‘zingni kechagi holatingdan bir qadam yuqoriga olib chiqish. Ba’zan insonga katta motivatsiya emas, shunchaki yonida: “Qani, boshladik!” — deb turadigan insonlar kerak bo‘ladi. 🤍 Shuning uchun men uchun “O‘qiymiz” marafoni oddiy marafon emas. Bu — o‘zimizga bergan va’damizni bajarish, dangasalikni yengish va har kuni oz bo‘lsa-da rivojlanish uchun bir imkoniyat. 🌱 Bugun 10 bet bo‘lsa ham o‘qing. Bugun 20 daqiqa bo‘lsa ham ilmga vaqt ajrating. Chunki kichik qadamlar katta natijalarning boshlanishidir. ✨ Biz tayyormiz! 🔥 Siz-chi? Birga boshlaymizmi? ✨ 2.3-guruh ✨ 👩🏻‍🏫 Teacher: Durdona 👩🏻‍🎓 Ishtirokchi: Xoshimova Durdonaxon

Inson qalbi har doim nurning, ilmning va ma’rifatning ilinjida yashaydi. Ba’zan hayot shovqinida toliqib, mutolaadan va shijo
Inson qalbi har doim nurning, ilmning va ma’rifatning ilinjida yashaydi. Ba’zan hayot shovqinida toliqib, mutolaadan va shijoatdan biroz uzilgandek bo‘lamiz. Lekin shunday saxovatli insonlar va go‘zal imkoniyatlar bo‘ladiki, ular sizga ma’naviyat eshigini qayta ochib berishadi. Aslida shu marafonni tashkilashtirgan barcha tashkilotchilarga va ushbu loyiha sababchilariga chin qalbimdan samimiy minnatdorchilik bildiraman. 💫 Qo‘llanma muqovasidagi: "Kitob o‘qib afsuslangan odamni ko‘rmadim!" degan hikmat va undagi 4 ta oltin zina — O‘qi, Tadbiq et, Rivojlan va Maqsadga erish tizimi menga bir haqiqatni uqtirdi: Ilm hayotga ko‘chmas ekan, u mevasiz daraxt kabidir. Nafsimiz dangasalik qilib, shijoatimiz so‘ngan pallalarda atrofimizda bizni ezgulikka chorlaydigan mana shunday ma’rifiy muhit va dildoshlarning borligi — eng buyuk ne’matdir. Keling, birga o‘qiylik, birga tadbiq etaylik va kelajagimizni birga quraylik! Biz tayyormiz, siz-chi? 📌Guruh:2.6 📌 Koordinator: Parizoda 📌 Ishtirokchi: Fotimai zahro

Bazan inson kitob o'qishga, ilm olishga dangasalik qiladi. Bazan esa shijoati kuchli ilmga chanqoq bo‘lib qoladi. Ilm olishga
Bazan inson kitob o'qishga, ilm olishga dangasalik qiladi. Bazan esa shijoati kuchli ilmga chanqoq bo‘lib qoladi. Ilm olishga dangasalik qilgan paytida hayotini sayqalllash avalgidan ham rivojlanish uchun bir imkoniyat agar blsa, aksini o‘ylab danggasa bo‘lib qolganman shayton yo‘ldan ozdiradi degan bahonalar bilan o'zini ovutsa umrini ko‘pi zoye ketadi. Albatta dangasalik qilgan payti unga turtki beradigan insonlar atrofida bo‘lsa rivojlanish kuchli bo‘ladi men ko‘pincha bunday vaziyatlarda "O‘qiymiz" marofoniga murojaat qilaman💫 Bu marketing emas albatta bizga qo'shiling rivojlanish yo'lida hech kim kam bo'lmagan albatta ko'plab yaxshi narsalar olishizga tilakdoshmiz😊 BIZ TAYYORMIZ SIZCHI? ✨2.1-guruh✨ Koordinato‘r:Oynura ✨ Ishtirokchi:Hajiyeva ✨

Assalomu alaykum barchaga Qoʻllanma haqida qisqacha: Bu qoʻllanma bilan kunlik vazifalarni belgilab borish uchun 14 kunlik ja
Assalomu alaykum barchaga Qoʻllanma haqida qisqacha: Bu qoʻllanma bilan kunlik vazifalarni belgilab borish uchun 14 kunlik jadvalni qoʻlga kiritasiz 📝 Bu qoʻllanmani olib kitob tanlash,taqriz yozishni oʻrganishingiz,yakunlagan kitobingiz haqida yozib borishingiz mumkin 📖 Siz ham bugundan kitob o‘qish odatini shakllantiring! 📚✨ Har bir o‘qilgan sahifa — yangi bilim, har bir yozilgan fikr esa shaxsiy rivojlanishingiz sari yana bir qadam. Bugun boshlang, natijani esa ertaga albatta his qilasiz! 🌱 Guruh:2.6 Koordinator:Parizoda Ishtrokchi: Habiba