O’qiymiz marafoni
Закрытый канал
Больше
Страна не указанаКатегория не указана
1 075
Подписчики
-1224 часа
-687 дней
+430 дней
Архив постов
1 077
Men ham qo'llanmani o'qib chiqdim🔥 Durdona opam rosa maqtagandilar aytganlariga yarasha arzirkan zo'r.
Qo'llanmadagi menga yoqqan joyi hozir biz qilayotganlarimizni 21 kun davom ettirsak odatga aylanishi.
Men o'qigandim biz odatlarni shakllantirishimizga 21 kun ketsa, ulardan rohat olamiz 6 oydan keyin, biror bir sohani o'rganishimizga 2 yil ketsa, 3 yildan keyin biz yangi insonga aylanamiz. Biz bularni qilsak ham qilmasak ham vaqt shunchaki o'tib ketadi. Biz qilishimiz kerak davomiylik zanjirini uzmasligimiz, o'qiganlarimizni amalda qo'llashimiz✨
Qo'llanmada ancha foydalar bor💯
2.3-guruh ishtirokchisi: Jadigerova Iroda
Koordinator: Durdona opam🫶
1 077
#Taqriz
Asar markazida bosh qahramon Hamzaning ichki kechinmalari, dunyoqarashi va jamiyat bilan munosabati yotadi. Muallif qahramon ruhiyatini tasvirlash orqali bugungi kun kitobxoniga insoniylik, sabr, e'tiqod va to'g'ri yo'lni topish kabi muhim ma'naviy tushunchalarni sodda, ammo teran tilda yetkazib beradi.
Samimiylik va ta'sirchanlik: Muallif voqealarni ortiqcha dabdabasiz, o'quvchining yuragiga yetib boradigan darajada tabiiy va ochiq ifodalagan.
Ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyati: Kitob shunchaki maroqli mutolaa emas, balki insonni o'zligini anglashga, hayotiy qadriyatlarini qayta ko'rib chiqishga undaydi.
Qahramonning ruhiy evolyutsiyasi: Hamzaning harakatlari va fikrlari orqali har bir kitobxon o'zining ichki kechinmalarini ko'rishi va undan to'g'ri xulosa chiqarishi mumkin.
Guruh: 2.3
Koordinator: Kamolaxon
Azo: Sarvinoz
1 077
+2
3-kun✨
5000+ qadam✅
1 litrdan ortiq suv ichdim✅
Kitobdan ancha foyda oldim, lekin fikrlarimni chalkashtirib oldim. Hamzaning o'zligini anglashi meni hayratga soldi. Ko'proq ruhini asrashi!
2.3 ishtirokchisi: Jadigerova Iroda
Koordinator: Kamola opa✨
1 077
+4
Assalomu alaykum 😊
📅 Marafon 3-kun
📚 Xamza kitobi
30 sahifa mutolaa qilindi ✅
Mutolaa davomida ajoyib voqealar sodir boʻldi. Kitobni endigina 30 sahifasida boʻlganligim uchun ozgina chalkashlik boʻldi. Inshaalloh yana mutolaa qilsam tushunib olaman 🙃
• 🚶🏻♀️5000 qadam yurish ✅💯
•1 litr suv ichish ✅💯
•15 daqiqa tafakkur qilish ✅💯
Amaliy qoʻllanmani 3-kun mavzusini ham mutolaa qilib chiqdim va yanada koʻproq foydali maʼlumotlarga ega boʻldim.
Marafonda qatnasha olayotganim uchun Allohga shukrlar aytaman !
Qoʻshimcha kitob ham mutolaa qilindi
Sen bir olam men oʻzga olam
Kitoblar boʻyicha olingan Hulosalar kundalik daftarimga yozildi 📝
😇Koordinator: Dildora ✨
Ishtirokchi: Mubinabonu
2.7-guruh
1 077
+6
Ассалому алайкум 🙋♀️
Марафон 3-кун ☀️
📈«Ҳамза» китобидан 96 саҳифа ✅💯🧠
📈7000 қадамдан ортиқ юрдим✅💯🏃♀️
📈2 литр сув ичиш ✅🚰
📈Қўшимча Фарёр китобини ҳам ўқидим📖✅
📈Ҳамза китобидан ўқиганларим бўйича тақриз ёздим📖💖
📈Қўлланмадаги 3-мавзуни ўқиб чиқдим❤️🔥💯
📈Тафаккур қилдим🧠✅
📈Ибодат✅ зикр, дуолар✅🤲
Координатор: 😍 Маҳфуза👩🏫
Иштирокчи: 💖Дилдора🏆
2,5 гуруҳ 🙋🏻♀️
1 077
📚 Bilim uchun eng yaxshi muhit — harakat boshlangan lahza.
Bir tomonda — kitoblar, ikkinchi tomonda — yangi g‘oyalar, o‘rtada esa ularni amalga oshirish uchun daftar va qalam. 💻📖
Har bir yozilgan satr — kelajakdagi bir qadam.
Har bir o‘qilgan sahifa — dunyoqarashdagi bir o‘zgarish.
Bugun o‘qigan odam kechagi odam emas.
Manfaatli suhbat bo'ldi.
Alloh Ustozninng ilmiga baraka bersin.
O'qiymiz loyihasi
2.22- guruh a'zolaridan.
1 077
Kechagi suhbat qanday bo’ldi, vazifalar yaxshi ketayaptimi?
O’zi kayfiyat qanday?
1 077
Assalomu alaykum.
Ustoz har bir kitobxonni yaxshi ko'rgan kitobi bor.
Va sizning yaxshi ko'rgan kitobingiz qaysi va nima uchun?
1 077
Hayotda har bir inson qiyinchilikka uchraydi yana davom etish uchun kuch topa olmaydi siz qanday yöl tutasiz .
1 077
Omma oldida hayajonni yengishda yordam beradigan kitob, yoki oʼzingiz qoʼllagan usullardan qaysilarni maslahat bera olasiz
1 077
Sizni oʻqiganingiz va vaqtingizni ketkazganingiz uchun afsuslantirgan kitob boʻlganmi
1 077
Diniy va badiiy kitoblarni sevib mutolaa qilaman. Ammo, sohamga oid kitoblarni o'qish meni tez zeriktiradi.
Qandaydir yechim bera olasizmi?
1 077
"Kitob oqimaydigan insonning dunyoqarashi tor boladi deyishadi ."
Bu gap qay darajada togri.
1 077
Men biror mavzuni gapirsam yodlayman, tushunganingni gapirib ber deyishadi lekin qo'rqqanimdan doim yodlayman, qo'rqqan narsam kóp esimdan chiqadi shuni qanday yo'qotsa bo'ladi
1 077
Assalomu alaykum va rohmatulloh yaxshimisiz ustoz 🌷
Farzand tarbiyasiga yoki oila haqida yozilgan kitoblardan ham mutolaa qilganmisiz va qaysilarini maslahat berasiz?
1 077
Mutaxassis bo'lmoqchimisiz? Sohangizga aloqador hech bir narsaga be'etibor bo'lmang!
1 077
Bugungi kundalik rejimim menga juda foydali bo‘ldi. Kun davomida o‘zim uchun ham, oilam uchun ham foydali ishlar qilishga harakat qildim. Kitob o‘qib, istig‘for aytdim, ayollarga oid hadis ilmidan o‘rgandim. Farzandim bilan vaqt o‘tkazdim, oilam uchun taom tayyorladim va tanam uchun yengil yoga mashqlarini bajardim.
Eng yoqqani, kun oxirida qilgan ishlarimni bir joyga jamlab ko‘rish bo‘ldi. Ba’zan kun davomida qilgan kichik ishlarimizni ham sezmay qolarkanmiz. Kundalik orqali esa bugun aslida ancha yaxshi ishlar qilganimni ko‘rdim.
Ayniqsa, “Men minnatdorman” va “Men faxrlanaman” qismlari menga juda yoqdi. Ertalab sog‘-salomat uyg‘onganimga, farzandimning salomatligiga shukr qildim. O‘zimni to‘g‘rilashga ilk qadamlarni tashlayotganimdan faxrlandim.
Menimcha, bunday kundalik insonni o‘zini nazorat qilishga, vaqtini qadrlashga va har kuni oz bo‘lsa ham yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Men ham bu marafon davomida o‘zimdagi yaxshi o‘zgarishlarni ko‘rishni asta-sekin yanada yaxshi odatlar shakllantirishni xohlayman.
