Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
Открыть в Telegram
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMG‘ARMASI rasmiy telegram kanal: @agrosafeuz rasmiy pochta: if@agro.uz tel: +998550550755 📍Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy t, Shota Rustaveli k., 8-uy
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
376
Подписчики
Нет данных24 часа
+87 дней
+2030 дней
Архив постов
G‘alla ekinlarini sug‘urtalash bo‘yicha arizalar qabul qilish rasman boshlandi!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 772-son qarori ijrosi doirasida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan g‘alla ekinlarini sug‘urtalash tizimi joriy etildi.
Endilikda fermer xo‘jaliklari orqali:
✅g‘alla ekinlarini sug‘urtalash uchun elektron ariza berish;
✅sug‘urta shartnomasini tuzish va polisni rasmiylashtirish;
✅sug‘urtalangan hosil nobud bo‘lgan taqdirda, sug‘urta tovoni olish uchun elektron murojaat qilish imkoniyatiga ega.
👍 Sug‘urta qilinadigan tavakkalchilik turlari:
tabiiy va texnogen ofatlar (sel, do‘l, suv toshqini, kuchli qor yog‘ishi, sovuq urishi, bo‘ron, bahor oyidagi kuchli sovuq yoki qor yog‘ishi yong‘in holatlari (yashin urishi, yong‘in, portlash, yong‘indan ko‘rilgan zarar), kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi, uchinchi shaxslarning xatti harakatlari.
🗣Fermer xo‘jaliklaridan tuzilgan sug‘urta shartnomalarini o‘z vaqtida imzolash hamda shartnomada belgilangan sug‘urta mukofotlarini belgilangan muddatlarda to‘lash so‘raladi.
⚠️ Shartnoma shartlari belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sug‘urta shartnomasi amaldagi tartibga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+4
🇺🇿 Xalqaro hamkorlik doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda
Turkiya Respublikasidagi xizmat safari yakunlanganligiga hali hech qancha bo‘lmasidan, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Achilov Murodjon Azamatovich boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan xalqaro hamkorlik doirasidagi ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.
Xususan, 🇮🇹 Italiya Respublikasi bilan hamkorlik doirasida italiyalik ekspertlar Andrea Stoppa va Simone Severini ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi onlayn ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
🔺Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligida xavflarni boshqarish, ishlab chiqarish va fermer xo‘jaliklari uchun moliyaviy xavflarni boshqarish instrumentlari, shuningdek, namunaviy fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni statistik modellashtirish va tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.
🔺Shuningdek, uchrashuv davomida xalqaro tajribani o‘rganish, ilg‘or yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.
📌 Mazkur uchrashuvlarda muhokama qilingan yo‘nalishlar 21-sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan amaliy o‘quv seminarlarida davom ettiriladi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+3
🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi
🔺Xodimlarimiz Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lganliklari sababli, bugun “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qosimov Akmaljon Malikjonovich tomonidan Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Achilov Murodjon Azamatovich, direktorning birinchi o‘rinbosari Nurmatov Umidjon Tadjibaevich hamda Sug‘urta to‘lovlari bo‘limi boshlig‘i Qodirov Jamshid Nuriddinovichga tantanali ravishda topshirildi.
🔺Mazkur yuksak e’tirof — ularning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, zamonaviy va samarali sug‘urta tizimini shakllantirish, shuningdek, soha taraqqiyotiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi va fidokorona mehnatining munosib e’tirofidir.
🎉 Taqdirlangan hamkasblarimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi va sug‘urta tizimini rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿 Yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu mehnatlaringiz bardavom bo‘lsin!
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni birgalikda yaratamiz!
🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+5
🇺🇿🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida xalqaro tajriba almashinuvi davom etmoqda
Turkiya Respublikasiga amaliy tashrifning navbatdagi kunida ishchi guruh tomonidan qayta sug‘urtalash yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yetakchi tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🗣Xususan, Turk Reinsurance kompaniyasi Bosh direktori Özgür Bülent Koç hamda Bosh direktor o‘rinbosari Veli Utku Bay bilan uchrashuvda qayta sug‘urtalash mexanizmlari, sug‘urta risklarini samarali boshqarish va xalqaro tajriba masalalari muhokama qilindi.
🗣Shuningdek, Bereket Sigorta kompaniyasi vakili Mustafa Gökmen bilan uchrashuv davomida qayta sug‘urtalash sohasidagi amaliy yondashuvlar, agentlar faoliyatini tashkil etish, banklar bilan hamkorlik mexanizmlari hamda sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganildi.
🗣Uchrashuvlar davomida Turkiyada shakllangan samarali sug‘urta va qayta sug‘urtalash tizimining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
🗣Mazkur tajriba almashinuvi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿🇹🇷Hamkorlik — tajriba, taraqqiyot va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+2
🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Achilov Murodjon Azamatovich, direktorning birinchi o‘rinbosari Nurmatov Umidjon Tadjibaevich hamda Sug‘urta to‘lovlari bo‘limi boshlig‘i Qodirov Jamshid Nuriddinovich taqdirlandilar.
Mazkur yuksak e’tirof ularning Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, zamonaviy va samarali sug‘urta tizimini shakllantirish hamda soha taraqqiyotiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi va fidokorona mehnatining e’tirofidir.
🎉 Hurmatli hamkasblar, sizlarni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va zafarlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu ishlaringiz doimo bardavom bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+7
🇺🇿🇹🇷Turkiyaning Yalova viloyatida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha amaliy o‘rganishlar
Turkiyadagi amaliy tashrifning navbatdagi manzili Yalova viloyati bo‘lib, ishchi guruh tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalash va monitoring qilish jarayonlari bevosita joylarda o‘rganildi.
Tashrif doirasida Yalova viloyati Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi rahbari Mustafa Ilmech bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Amaliy o‘rganishlar davomida:
🔹 ekinlarning holatini joyiga chiqib monitoring qilish;
🔹 hosilni baholash va ekspertlar faoliyatini tashkil etish;
🔹 sug‘urta hodisalarini aniqlash va zararni baholash;
🔹 tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash;
🔹 sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganida sug‘urta mexanizmlarining amaliy ishlashi bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganildi.
Mazkur tajriba almashinuvi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini takomillashtirish, zararni baholash va monitoring jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda fermerlarning sug‘urta himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
🇺🇿🤝🇹🇷 Amaliy tajriba — samarali sug‘urta tizimining muhim asosi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+9
🇺🇿🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida Turkiya tajribasi o‘rganish davom etmoqda
🌱 Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili Mirshodjon Muhiddinov va Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov boshchiligidagi ishchi guruhning Turkiya Respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda.
Tashrif doirasida TARSİM — Qishloq xo‘jaligi sug‘urtalari havuzini boshqaruvchi kompaniya Boshqaruv kengashi a’zosi va Bosh direktori Bekir Engürüülü, shuningdek, kompaniyaning hayvonlarni sug‘urtalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va boshqa yo‘nalishlar uchun mas’ul bo‘limlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🗣Uchrashuvlarda Turkiyada qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini tashkil etish va boshqarish, sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urtalash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, risklarni baholash, zararlarni aniqlash hamda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan batafsil fikr va tajriba almashildi.
🗣Shuningdek, Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi sug‘urtalari va tabiiy ofatlar departamenti boshlig‘i Kamil Özdemir bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirish, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish hamda sohada samarali boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur amaliy tashrif doirasidagi uchrashuvlar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni milliy amaliyotga joriy etish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Mustaqil ekspertlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari haqida e’lon
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni asosida qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini takomillashtirish maqsadida mustaqil ekspertlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda.
📌 Dastur dehqonchilik va bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘nalishlarida doirasida:
➖ sug‘urta hodisasi ehtimolini tahlil qilish;
➖ sug‘urta obyektlarini ko‘zdan kechirish;
➖ sug‘urta hodisasining mavjudligini aniqlash;
➖ yetkazilgan zarar miqdorini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
👥Mazkur o‘quv kursi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida faoliyat yurituvchi yoki ushbu yo‘nalishda ishlashni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
📖O‘quv mashg‘ulotlar 2026-yil 2-sentabrdan boshlanadi!
📍Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet ko‘chasi 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti “Renessans” ma’ruzalar binosi
📞Murojaat uchun jamg‘arma vakili:
(+99877) 007-03-01, (+99897) 439-44-00
✈️Telegram: @lion_ab007
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
+4
🇫🇷 🇺🇿 Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi PQ-84-son qaroriga muvofiq, Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) ishtirokida “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.
👍 Bugun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktorining birinchi o‘rinbosari Umidjon Nurmatov boshchiligida mazkur loyiha doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣 Unda Fransiya Taraqqiyot Agentligining International Finance and Insurance Sector Experti Martina Wiedmaier-Pfister bilan chorvachilik sohasini moliyalashtirish, sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajribani joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Uchrashuv davomida tomonlar chorvachilik sohasida moliyalashtirish va sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro tajribani amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilindi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+7
🇺🇿🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida navbatdagi xalqaro tajriba almashinuvi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda Turkiya Respublikasiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlari hamda 2026-yil 29-iyuldagi 286-sonli Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili Mirshodjon Muhiddinov va Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov boshchiligidagi ishchi guruhning Turkiya Respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda.
🗣Ayni vaqtda ishchi guruh tomonidan Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi hamda TARSİM sug‘urta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.
🗣Uchrashuv davomida Turkiyaning qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimi, ilg‘or tajribasi, amaliy mexanizmlari yuzasidan fikr va tajriba almashilmoqda hamda oʻquv seminarlari davom ettirilmoqda.
📌Tashrif doirasidagi uchrashuvlar va keyingi jarayonlar haqida rasmiy sahifalarimiz orqali izchil ma’lumot berib boriladi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
“Hosil sug‘urtasi haqiqatdan ham hosilga yetgan zararni qoplab beradimi?”
Buni fermerlarning o‘zidan eshitamiz!
Sug‘urta hodisasi tufayli yetkazilgan zararlar belgilangan tartibda qoplab berilmoqda.
Nafaqat raqamlar — fermerlarning o‘zi gapiradi.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
+4
🇺🇿🇹🇷 Ўзбекистон ва Туркия ўртасида қишлоқ хўжалиги суғуртаси соҳасида тажриба алмашиш бўйича учрашув ўтказилди
Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги суғуртаси жамғармаси ҳамда Туркия Республикасининг тегишли ташкилотлари вакиллари ўртасида Туркиянинг қишлоқ хўжалиги суғуртаси соҳасидаги илғор тажрибасини ўрганиш мақсадида Ўзбекистон делегациясининг Туркияга амалий ташрифини ташкил этиш масалалари юзасидан онлайн учрашув бўлиб ўтди.
🗣Учрашувда Жамғарма директори Мурод Ачилов, Жамғарманинг масъул раҳбарлари ҳамда Қишлоқ хўжалиги вазирлиги вакили Миршод Муҳиддинов иштирок этди. 🗣Туркия томонидан Kamil ÖZDEMİR — Қишлоқ хўжалиги суғуртаси ва табиий офатлар департаменти бошлиғи, ҳамда Bekir ENGÜRÜLÜ — TARSİM Бошқарув кенгаши аъзоси ва TARSİM бош директори иштирок этди. 🗣Учрашувда Ўзбекистон делегациясининг Туркияга амалий ташрифини режалаштириш, ташриф дастурини шакллантириш ҳамда TARSİM тизими, қишлоқ хўжалиги суғуртаси маҳсулотларини ишлаб чиқиш, рискларни баҳолаш, зарарларни аниқлаш, суғурта товонларини тўлаш, қайта суғурталаш ва давлат томонидан қўллаб-қувватлаш механизмлари бўйича амалий тажриба алмашиш масалалари муҳокама қилинди. 🗣Шунингдек, Ўзбекистон делегациясининг TARSİM ва Туркия Қишлоқ ва ўрмон хўжалиги вазирлигининг тегишли таркибий бўлинмаларига ташриф буюриши, масъул мутахассислар билан учрашувлар ўтказиши ҳамда қишлоқ хўжалиги суғуртаси соҳасидаги амалий жараёнлар билан бевосита танишиши бўйича келишувларга эришилди. 🇺🇿🤝🇹🇷 Учрашув якунида Ўзбекистон ва Туркия ўртасида қишлоқ хўжалиги суғуртаси соҳасида ўзаро билим ва илғор тажриба алмашинувини янада ривожлантириш бўйича ҳамкорликни давом эттириш белгиланди.👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
❗️ДИҚҚАТ! ОГОҲЛАНТИРИШ! ❗️
⏳ Бугун — ҳосил суғуртаси шартномаларини расмийлаштириш учун сўнгги кун!
🗣Сиздан ҳосил суғуртаси бўйича барча ҳужжатларингизни яна бир бор синчиклаб текшириб чиқишингизни сўраймиз.
Қуйидагиларга алоҳида эътибор қаратинг:
✅ шартномаларингиз тўлиқ расмийлаштирилганлигига;
✅ шартнома ҳар икки томон томонидан имзоланганлигига;
✅ суғурта мукофотлари тўлиқ ва ўз вақтида тўланганлигига;
✅ барча маълумотлар тўғри киритилганлигига.
📆 Эслатиб ўтамиз: 2026 йил 5 августдан бошлаб ҳосил суғуртаси бўйича янги шартномалар тузилмайди ҳамда суғурта мукофотлари қабул қилинмайди.
⚠️ Агар ҳали расмийлаштирилмаган ёки тўлови амалга оширилмаган ҳужжатларингиз мавжуд бўлса, уларни бугуннинг ўзида якунлашингизни сўраймиз.
👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
📢 ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН!
🌱 Ҳурматли деҳқон ва фермер хўжаликлари раҳбарлари!
Фермерларнинг кўплаб мурожаатлари ҳамда таклифлари инобатга олиниб, пахта етиштирувчиларни табиий таваккалчиликлардан ҳимоя қилиш ва уларнинг молиявий барқарорлигини таъминлаш мақсадида ҳосил суғуртаси шартномаларини тузиш муддати 2026 йил 5 августга қадар узайтирилди.
Шу муносабат билан, ҳосил суғуртаси бўйича:
✅шартномаларингизни тўлиқ расмийлаштиришингизни;
✅икки томонлама имзоланганлигини текширишингизни;
✅суғурта мукофотларини белгиланган тартибда ўз вақтида тўлашингизни сўраймиз.
📆 Янги муддат: 2026 йил 5 августга қадар!
⚠️ Эслатма: 2026 йил 5 августдан кейин ҳосил суғуртаси бўйича шартномалар тузилмайди ҳамда суғурта мукофотлари қабул қилинмайди. Шунинг учун барча ҳужжатларингизни ва тўловларингизни белгиланган муддатга қадар расмийлаштиришингизни сўраймиз.
⏳ Фурсатни қўлдан бой берманг! Ҳосилингизни табиий хавф-хатарлардан ҳимоя қилиш учун суғурта шартномаларини белгиланган муддатга қадар расмийлаштиринг.
👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
🇺🇿Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, ҳурматли Президент!
Бугун, 24-июль куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таваллудининг 69 йиллиги нишонланмоқда.
Юртимиз тараққиёти, халқимиз фаровонлиги ва давлатимиз равнақи йўлида амалга оширилаётган улкан ислоҳотлар, қатъият ва фидойилик билан олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари юксак эътирофга сазовордир.
Янги Ўзбекистонни барпо этиш йўлидаги эзгу мақсадлар доимо улкан муваффақиятлар билан давом этсин. Эл-юрт ишончи, халқимизнинг меҳр-муҳаббати ва дуолари Сизга ҳамиша куч-қувват бағишласин.
Сизга мустаҳкам соғлик, узоқ умр, чексиз шижоат ва давлатимиз равнақи йўлидаги масъулиятли фаолиятингизда улкан зафарлар тилаймиз. 💥 Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин! 👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ 🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
+9
Natija, mas’uliyat va intizom – Hay’at yig‘ilishining bosh mezoni
🌱 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda yilning ikkinchi yarmida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi video-konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.
👥Yig‘ilishda Hay’at a’zolari, vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, viloyat va tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda soha olimlari ishtirok etdi.
📋 Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish kun tartibidan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun dolzarb bo‘lgan 9 ta muhim masala o‘rin oldi.
🌾 Xususan, 2026-yilning birinchi yarim yillik yakunlari va ikkinchi yarim yillik ish rejalari, g‘o‘za parvarishi, 2027-yil hosili uchun urug‘lik don tayyorlash, subsidiya tizimi, ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, urug‘chilik tizimini takomillashtirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📰Yig‘ilish davomida vazir Ibrohim Abdurahmonov mavjud imkoniyat va ichki salohiyatdan to‘liq foydalanish, har bir yo‘nalishda natijadorlikni oshirish, muammolarni chuqur tahlil qilish hamda ularning amaliy yechimlarini ishlab chiqish bugungi kunning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Har bir rahbar faoliyati, avvalo, erishilgan natija va amaliy samaradorlik bilan baholanishi qayd etildi.
💬Shuningdek, vazir vazirlik tizimida faqat vertikal boshqaruv tamoyillari bilan cheklanib qolmasdan, departament va boshqarmalar, hududiy tuzilmalar hamda tizim tashkilotlari o‘rtasida gorizontal hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratdi. Muammolarni birgalikda hal etish, mas’uliyatni bo‘lishish va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv mexanizmlarini joriy etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
🗣Yig‘ilishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, subsidiya mablag‘larining manzilli va shaffof ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari ham alohida muhokama qilindi. Bu borada har bir rahbarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligi yanada kuchaytirilishi qayd etildi.
🌱Xususan, urug‘chilik tizimini tubdan takomillashtirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayonlariga keng joriy etish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda barcha bo‘g‘inlarda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
📄Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha barcha yo‘nalishlar kesimida aniq vazifalar, ijro muddatlari va mas’ullar belgilandi. Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda ish samaradorligini tubdan oshirish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
📑 Shuningdek, vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari hamda hududlar kesimidagi mas’ullar faoliyati tanqidiy baholanib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va sustkashliklar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
⚖️ Yig‘ilish yakunida belgilangan topshiriqlar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarmagan mas’ul shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
✅Ta’kidlanganidek, bundan buyon har bir rahbar faoliyatiga beriladigan asosiy baho — natija, mas’uliyat va ijro intizomi bo‘ladi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
+2
🌱Sug‘urta hodisalari va monitoring bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
📆 Bugun, 2026-yil 23-iyul kuni Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktorining birinchi o‘rinbosari Umid Nurmatov boshchiligida Zoom platformasi orqali hududlardagi mustaqil ekspertlar bilan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🗣Yig‘ilish davomida sug‘urta hodisasi yuz bergan fermer xo‘jaliklari hududlarini monitoring qilish, joylardagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda monitoring jarayonlarini belgilangan tartibda va sifatli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🗣Shuningdek, mustaqil ekspertlarga monitoring ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda fermerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimida shaffoflik, tezkorlik va samaradorlikni ta'minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
