ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

WAKIL.AI — Huquqiy sun’iy intellekt

WAKIL.AI — Huquqiy sun’iy intellekt

Открыть в Telegram

Yuridik savollarga aniq javob — rasmiy manbalar asosida. Har bir javob qonun moddasiga havola bilan. Yuristlar, buxgalterlar va tadbirkorlar uchun. Sayt: https://wakil.ai/ Aloqa: +998 55 514 88 80

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
711
Подписчики
Нет данных24 часа
+17 дней
+3830 дней
Архив постов
⚖️ YURISTLAR — QACHONGACHA BU TARTIBSIZLIKKA CHIDAYSIZ? Qonunlar har haftada o‘zgaradi. Mijozlar «darhol hal qilib bering» de
+8
⚖️ YURISTLAR — QACHONGACHA BU TARTIBSIZLIKKA CHIDAYSIZ? Qonunlar har haftada o‘zgaradi. Mijozlar «darhol hal qilib bering» deydi. Hujjatlar xato, hisobotlar esa butun kuningizni o‘g‘rilaydi. Maosh o‘zgarmaydi, lekin mas’uliyat va stress har kuni ortadi... 😤 Tanish holatmi? Bu — haqiqiy yuridik betartiblik. Lekin endi hammasini o‘zgartirish vaqti keldi! O‘zingizni qiynamang, aql bilan ishlang! Endi quyidagi 8 ta zerikarli vaqt o‘g‘risini qo‘lda bajarish shart emas:
❌ Hujjatlardan mayda xatolarni izlash ❌ Shablonlarning dolzarbligini tekshirish ❌ Bitta shartnomani qayta-qayta o‘qib chiqish ❌ Bir hujjatni har o‘zgarish kiritilganda qaytadan tekshirish ❌ Bir xil rekvizitlarni har safar qaytadan to‘ldirish ❌ Ma’lumotlarni bitta hujjatdan ikkinchisiga ko‘chirish ❌ Ortiqcha bandlar va «o‘lik» matnlarni tozalash ❌ Kerakli atamalarni turli hujjatlardan izlab topish
⚖️ Wakil AI — barcha rutinani o‘z zimmasiga oladi:
➡️ Hujjatlar va shablonlarni 100% avtomatlashtiradi ➡️ Risklarni topadi va zaif bandlarni aniq belgilab beradi ➡️ Barcha versiyalar va yangilanishlarni bitta kabinetda saqlaydi ➡️ Har kuni soatlab qimmatli vaqtingizni tejaydi
Avtomatlashtirish sizga eng asosiy narsani — vaqtingiz va xotirjamligingizni qaytaradi. ✨ ➡️ Karuselni suring va batafsil tanishing! 👉 O‘tib ko‘ring: Wakil.AI

⚖️ Wakil AI — Huquqiy va moliyaviy xavfsizligingiz uchun ishonchli qalqon! Tizim qanday imkoniyatlarni taqdim etadishini— kar
+3
⚖️ Wakil AI — Huquqiy va moliyaviy xavfsizligingiz uchun ishonchli qalqon! Tizim qanday imkoniyatlarni taqdim etadishini— karuselda ko'ring! 👆 😎 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Facebook 📱YouTube

⚖️Wakil AI endi shunchaki neytral emas — u aynan SIZNING tomoningizda! Ilgari sun'iy intellekt shartnomaga shunchaki matn deb
⚖️Wakil AI endi shunchaki neytral emas — u aynan SIZNING tomoningizda! Ilgari sun'iy intellekt shartnomaga shunchaki matn deb qarar edi. Lekin real hayotda «neytral» bitimlar bo'lmaydi — har kim o'z manfaatini himoya qiladi. Bizda inqilobiy yangilik: endi shartnomani aynan SIZNING pozitsiyangizdan turib tahlil qilish mumkin! Shartnomani yuklang va tizimga rolingizni ko'rsatasiz («Men — Ijarachiman», «Men — Xaridorman», «Men — Bajaruvchiman») yoki vaziyatni o'z so'zingiz bilan tushuntirasiz. Wakil AI butun matnni aynan sizning manfaatingizga moslab «rentgen» qiladi. 🔍 Amalda bu qanday ishlaydi?
Masalan ijara shartnomasini olaylik. Agar siz Ijarachi bo'lsangiz, Wakil AI quyidagi yashirin tuzoqlarni darhol ajratib ko'rsatib beradi: ➡️ Ijaraga beruvchining to'lovni bir tomonlama oshirish huquqi; ➡️ Qayta ijaraga berishga (subarendaga)ga taqiq; ➡️ Yashirin jarimalar, noqulay shartlar, noto'g'ri ifodalar — bularning barchasi juda qimmatga tushishi mumkin. Sizga shunchaki quruq sharh emas, muzokarada ishlatish uchun tayyor «xavflar va e'tirozlar ro'yxati» beriladi. Moliyaviy va huquqiy xavflar shartnomaga qo'l qo'yilgandan keyin emas, o'sha paytning o'zida ko'ring.
Shartnomani yuklang — va bir necha soniyada tahlil natijasini oling. 📄 Hozir sinab ko‘ring — hujjat yarating va tahlil qiling.

⚖️В Wakil AI появилась важнейшая функция — оценка договора с позиционной точки зрения! Теперь вы прямо указываете, чью сторон
⚖️В Wakil AI появилась важнейшая функция — оценка договора с позиционной точки зрения! Теперь вы прямо указываете, чью сторону представляете (например: «Я — Арендатор», «Я — Покупатель», «Я — Исполнитель»), или описываете ситуацию в свободной форме. Модель мгновенно перестраивает анализ под ваши интересы — показывает не просто «что написано», а что в документе невыгодно именно вам. 🔍 Как это работает на практике? Представьте стандартный договор аренды, но глазами Арендатора.
Wakil AI за секунды подсветит скрытые ловушки: ➡️ Право арендодателя поднимать плату в одностороннем порядке; ➡️Полный запрет на субаренду; ➡️ Капитальный ремонт помещения за ваш счёт; ➡️ Завышенные штрафы за каждый день просрочки. Вы получаете готовый чек-лист рисков, невыгодных условий и пропущенных защитных оговорок.
💡 Кому и как это экономит время и деньги? ·        👨‍⚖️ Юристу: До 70% рабочего времени уходит на рутину, и проверка договоров — огромная её часть. Теперь готовый черновой разбор и база для переговоров формируются за минуту. ·        📊 Бухгалтеру и бизнесу: Все финансовые и юридические риски видны до подписания, а не после. ·        👤 Обычному гражданину: Можно за пару секунд понять, в чём подвох договора, ещё до похода к юристу. Система выдаёт готовый список пунктов, которые стоит пересмотреть в интересах клиента — и при разборе документа, и при подготовке к переговорам. Не рискуйте своими деньгами и нервами. Проверяйте документы под правильным углом вместе с Wakil AI!

⚖️Wakil AI endi shunchaki neytral emas — u aynan SIZNING tomoningizda! Ilgari sun'iy intellekt shartnomaga shunchaki matn deb
⚖️Wakil AI endi shunchaki neytral emas — u aynan SIZNING tomoningizda! Ilgari sun'iy intellekt shartnomaga shunchaki matn deb qarar edi. Lekin real hayotda «neytral» bitimlar bo'lmaydi — har kim o'z manfaatini himoya qiladi. Bizda inqilobiy yangilik: endi shartnomani aynan SIZNING pozitsiyangizdan turib tahlil qilish mumkin! Shartnomani yuklang va tizimga rolingizni ko'rsatasiz («Men — Ijarachiman», «Men — Xaridorman», «Men — Bajaruvchiman») yoki vaziyatni o'z so'zingiz bilan tushuntirasiz. Wakil AI butun matnni aynan sizning manfaatingizga moslab «rentgen» qiladi. 🔍 Amalda bu qanday ishlaydi?
Masalan ijara shartnomasini olaylik. Agar siz Ijarachi bo'lsangiz, Wakil AI quyidagi yashirin tuzoqlarni darhol ajratib ko'rsatib beradi: ➡️ Ijaraga beruvchining to'lovni bir tomonlama oshirish huquqi; ➡️ Qayta ijaraga berishga (subarendaga)ga taqiq; ➡️ Yashirin jarimalar, noqulay shartlar, noto'g'ri ifodalar — bularning barchasi juda qimmatga tushishi mumkin. Sizga shunchaki quruq sharh emas, muzokarada ishlatish uchun tayyor «xavflar va e'tirozlar ro'yxati» beriladi. Moliyaviy va huquqiy xavflar shartnomaga qo'l qo'yilgandan keyin emas, o'sha paytning o'zida ko'ring.
Shartnomani yuklang — va bir necha soniyada tahlil natijasini oling. 📄 Hozir sinab ko‘ring — hujjat yarating va tahlil qiling.

⚖️YURIDIK SOHADA SUN’IY INTELLEKT: XAVFMI YOKI YANGI IMKONIYAT? 📅 2026-yil 3-avgust kuni Adliya vazirligi va Wakil AI hamkor
+7
⚖️YURIDIK SOHADA SUN’IY INTELLEKT: XAVFMI YOKI YANGI IMKONIYAT? 📅 2026-yil 3-avgust kuni Adliya vazirligi va Wakil AI hamkorligida soha mutaxassislari hamda yuristlar uchun dolzarb mavzuda seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Huquq sohasi vakillari to‘plangan ushbu tadbir «Yuridik sohada sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish va prompt muhandisligi: Etikasi · Yutuqlari · Xavflari · Amaliy ko‘nikmalari» mavzusiga bag‘ishlandi. 📌 Seminar-treningdan asosiy xulosalar: 1️⃣ «Ot chavandozni almashtirmadi...» Sun’iy intellekt yuristning o‘rnini bosmaydi — balki qaysi yurist tezroq, sifatliroq va ishonchliroq ishlashini hal qiladi. Matn va hujjatlar bilan ishlashning birlamchi, mexanik qismi sezilarli tezlashadi, yurist vaqti esa bevosita chuqur huquqiy baho berishga yo‘naltiriladi. 2️⃣ Bu endi tanlov emas — davlat siyosati Prezidentning PF-189-son Farmoni, PQ-2733-son Qarori hamda Hukumat qarorlariga muvofiq, davlat organlarida SI loyihalarini joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 3️⃣ Mas’uliyat va etika — qaror doimo insonda! O‘RQ-1115-son Qonunga muvofiq, fuqarolar huquqlariga taalluqli qarorni faqat SI xulosasiga tayanib qabul qilish taqiqlanadi. Yakuniy huquqiy baho, viza va javobgarlik har doim mutaxassis — yurist zimmasida qoladi. 4️⃣ Kiberxavfsizlik va ma’lumotlar suvereniteti Ochiq SI modellariga idoraviy va shaxsga doir nozik ma’lumotlarni kiritish xavfli. Ma’lumotlar lokalizatsiyasi (O‘RQ-547) va shifrlash davlat tizimlari hamda korporativ sektor uchun hayotiy muhim shartdir. 5️⃣ Wakil AI — O‘zbekiston uchun suveren huquqiy yechim Lex.uz bazasiga asoslangan, har bir javobni aniq qonun moddasi bilan manbalaydigan va mamlakat ichida (on-premise) xavfsiz ishlaydigan suveren SI tizimi imkoniyatlari ko‘rsatib berildi. 💡 Xulosa: SI — yuristni almashtiruvchi emas, balki uni rutinadan ozod qilib, strategik va chuqur tahliliy ishlarga vaqt ajratishga yordam beruvchi ishonchli yordamchidir. 🤖 Botda tezkor tayyorlash: @WakilAIBot 🌐 Saytda batafsil ishlash: WAKIL.AI (kompyuter orqali) 📞 Aloqa: +998 55 514-88-80

Telegram Premiumi bor doʻstlarimizdan ovoz berishlarini soʻrab qolamiz: Premiumi bor doʻstlarimizdan ovoz berishlarini soʻrab qolamiz: https://t.me/boost/chatwakilAI

Akademiyada "Wakil AI" sun'iy intellekt platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Odil sudlov akademiyasida Wakil AI sun'iy intellek
+6
Akademiyada "Wakil AI" sun'iy intellekt platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Odil sudlov akademiyasida Wakil AI sun'iy intellekt platformasini ishlab chiqqan mutaxassislar ishtirok etib, mazkur mahsulotning imkoniyatlari, ishlash tamoyillari hamda huquqiy faoliyatda qo‘llash istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazdilar.
Taqdimot davomida platforma yordamida huquqiy ma'lumotlarni tezkor izlash, qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va boshqa intellektual xizmatlarni amalga oshirish imkoniyatlari namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga sun'iy intellekt texnologiyalarini sud-huquq sohasida samarali qo‘llash, ularning afzalliklari hamda amaliyotdagi ahamiyati xususida batafsil ma'lumot berildi. Tadbir yakunida Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
👉@odilsudlovakademiyasi👈

💭 Toʻgʻri qaror — katta natija. Pul emas, qiymat va ma’no ortidan quvgan inson uzoqqa boradi. Ammo har bir jiddiy biznes qar
+5
💭 Toʻgʻri qaror — katta natija.   Pul emas, qiymat va ma’no ortidan quvgan inson uzoqqa boradi. Ammo har bir jiddiy biznes qarori ortida bitta strategik savol turishi shart: bu QONUNIYMI?   Agar biznesingiz sizsiz bir kun ham ishlay olmasa — u sizga egalik qilmoqda. Kuchli tizim esa faqat toʻgʻri va asoslangan qarorlardan boshlanadi.   Bitta notoʻgʻri imzo yillik mehnatni — yaqinlaringiz va sogʻligʻingiz evaziga qurilgan biznesni — yoʻqqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun qarorlarni taxminga emas, tekshirilgan huquqiy asosga quring.   Wakil AI aniq qarorlar qabul qilishingizda ishonchli yordamchingizdir.   🎯 Biznesingiz xavfsizligini bugundan boshlang: 👉 wakil.ai   💬 Sizningcha, biznesda qaror qabul qilishda eng muhimi nima? Ishonchmi, tezkorlikmi yoki qonuniy asos? Izohda fikringizni qoldiring!

💭 Toʻgʻri qaror — katta natija. Pul emas, qiymat va ma’no ortidan quvgan inson uzoqqa boradi. Ammo har bir jiddiy biznes qar
+1
💭 Toʻgʻri qaror — katta natija.   Pul emas, qiymat va ma’no ortidan quvgan inson uzoqqa boradi. Ammo har bir jiddiy biznes qarori ortida bitta strategik savol turishi shart: bu QONUNIYMI?   Agar biznesingiz sizsiz bir kun ham ishlay olmasa — u sizga egalik qilmoqda. Kuchli tizim esa faqat toʻgʻri va asoslangan qarorlardan boshlanadi.   Bitta notoʻgʻri imzo yillik mehnatni — yaqinlaringiz va sogʻligʻingiz evaziga qurilgan biznesni — yoʻqqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun qarorlarni taxminga emas, tekshirilgan huquqiy asosga quring.   Wakil AI aniq qarorlar qabul qilishingizda ishonchli yordamchingizdir.   🎯 Biznesingiz xavfsizligini bugundan boshlang: 👉 wakil.ai   💬 Sizningcha, biznesda qaror qabul qilishda eng muhimi nima? Ishonchmi, tezkorlikmi yoki qonuniy asos? Izohda fikringizni qoldiring!

⚖️ Wakil AI энди янада қулайроқ ва кенгроқ имкониятлар билан! Ҳурматли фойдаланувчилар! Сиз севган @WakilAIBot дан ташқари, л
⚖️ Wakil AI энди янада қулайроқ ва кенгроқ имкониятлар билан! Ҳурматли фойдаланувчилар! Сиз севган @WakilAIBot дан ташқари, лойиҳамизнинг тўлиқ веб-платформаси ва Android иловаси борлигини биласизми? Платформа ва илованинг асосий афзалликлари: 💻 Веб-платформа: Катта экранда қулай ишлаш, ҳужжатлар билан батафсил танишиш ва кенг функционал. 📱 Android илова: Телефонингизда тезкор, қулай ва доимо қўл остида. 🤖 ЯГОНА ТИЗИМ: Барча сўровларингиз ва тарих барча қурилмаларда бир хилда сақланади. Ишни ботингиз орқали бошланг, компьютерда давом эттиринг ва телефонда якунланг — Cизга қайси бири маъқул бўлса, ўша жойда ишланг! ⬇️ Ўзингиз учун қулай форматини танланг: 🌐 Веб-платформага ўтиш 📲 Android иловани юклаб олиш

🚘 Robot-taksi «sotqin» bo‘lib chiqdi: Kelajak taksisi o‘smirlarni qanday tutib berdi? Yaqinda AQSHda bo‘lgan bir voqea butun
🚘 Robot-taksi «sotqin» bo‘lib chiqdi: Kelajak taksisi o‘smirlarni qanday tutib berdi? Yaqinda AQSHda bo‘lgan bir voqea butun dunyoda katta bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Ikki nafar 15 yoshli o‘smir haydovchisiz boshqariladigan Waymo (bu — Google’ning avtonom taksisi) robo-taksisiga o‘tirishgan. Mashina ichida hech kim yo‘qligidan foydalanib, "sherbachchalar" mast 🍾bo‘lib olishgan va mashina oynasidan ko‘chaga qarata o‘yinchoq qurollardan o‘q uzib 🔫, bezorilik qilishni boshlashgan. Shunda kutilmagan voqea sodir bo‘ldi:
Haydovchisiz taksi ichidagi tizim yo‘lovchilarning qonun buzayotganini va mastligini sezib qolgan.
Mashina buyruqqa bo‘ysunmay, o‘zi avtomatik ravishda politsiyaga telefon qilgan va yo‘nalishni o‘zgartirib, o‘zini to‘g‘ri parkovkaga haydagan.
Mashina joyidan qimirlamay politsiyani kutib turgan, politsiya yetib kelganida esa o‘smirlar nima bo‘lganini tushunmay mast holda qo‘lga tushishgan.
Bu voqea bizga nimani o‘rgatadi?
Kelajakda siz sotib olgan yoki o‘tirgan AI avtomobillari nafaqat manzilga eltuvchi yordamchi, balki qonun buzganingizda sizni sotib qo‘yuvchi "nazoratchi"ga ham aylanishi mumkin.
Xo‘sh, siz qanday fikrdasiz? Mashinaning bu ishi to‘g‘rimi yoki bu shaxsiy hayotga aralashishmi? 👍To‘g‘ri, qonunbuzar jazolanishi kerak! 👎Yo‘q, mashina bizga xizmat qilishi kerak, sotqinlik qilishi uchun emas! Dahshat, demak kelajakda AI bizni to‘liq nazorat qiladi. ⚖️ Wakil AI - huquq olamida yordamchingiz!

🛡️ Ochiq sun'iy intellektga maxfiy ma'lumotlarni aslo kiritmang! Bugun ko'pchilik hujjatlarni tarjima qilish yoki tahlil qilish uchun ochiq AI tizimlariga (masalan, ChatGPT, Claude'ga) yuklamoqda. Lekin ularning ichida — mijozning ism-sharifi, pasport raqami, telefonlari yoki tijorat sirlari borligiga e'tibor berishmayapti. Bu ma'lumotlar qayerga ketmoqda?
Siz ochiq AI'ga yuklagan har bir jumla chet el serverlariga borib tushadi va tizim xotirasida qoladi. U yerda ma'lumotingizga nima bo'lishini — kim ko'rishini, qancha saqlanishini — siz nazorat qila olmaysiz. Uni orqaga qaytarib yoki o'chirib bo'lmaydi.
Oddiy raqamli gigiyena qoidalariga amal qiling!!!
Ochiq AI tizimlariga shaxsiy va maxfiy ma'lumotlarni yozmang. Hujjatni tekshirishga berishdan oldin ismlar, raqamlar va manzillarni o'chirib tashlang. Ommaviy AI bilan xuddi ko'chada, begona odamlar orasida gaplashayotgandek ehtiyotkor bo'ling.
Eng xavfsiz yechim nima? Kiritgan ma'lumotingiz chet el serverlariga oqib ketmasligi — eng muhim shart. Aynan shu xavfsizlik ustuvorligi bilan ishlaydigan Wakil AI — O'zbekiston qonunchiligiga to'liq moslashgan va ma'lumotlaringizni himoyalangan holda saqlaydigan tizimdir. Huquqiy ishlarda xavfsiz va sinalgan AI yordamchisidan foydalaning. ⚖️ Wakil AI — huquq olamida ishonchli yordamchingiz! 😎 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Facebook 📱YouTube

🧑‍⚖️ Sudya robot (AI) bo‘lsa — kim yutadi? Haqli tomonmi yoki kuchli AI tizimiga ega bo'lganimi? Irlandiyalik olimlar — Oysi
🧑‍⚖️ Sudya robot (AI) bo‘lsa — kim yutadi? Haqli tomonmi yoki kuchli AI tizimiga ega bo'lganimi? Irlandiyalik olimlar — Oysin Sattl va Devid Lillis — juda qiziq tajriba o‘tkazdi. Ular sun’iy intellektni sudya o‘rniga o‘tqazib, AQSH va Angliya sudlarining eng murakkab ishlarini qayta ko‘rib chiqishdi. Sudda advokatlar ham, sudyalar ham — 🤖robotlar (AI) bo‘ldi. Jami 24 ming marta sud sinovdan o‘tkazildi. Nima chiqdi? Agar AI-sudya faqat ishning mohiyatiga qaraganida, natija teng — 50 ga 50 — bo'lishi kerak edi. Ammo unday bo'lmadi: 📊 Kuchli va qimmat AI tomonidan tayyorlangan dalil 10 ishdan 7-9 tasida g‘olib chiqdi! Ya’ni, ishning taqdirini kim haqligi emas, kimning AI-advokati kuchliroq (qimmatroq) ekani hal qildi. Bu nimani anglatadi?
Oddiy odam uchun: Agar ertaga qarorlarga sun'iy intellekt ta'sir qiladigan bo'lsa, kuchli AI xizmatiga puli yetadigan tomon ustun chiqadi. Puli bor tomon — qimmat va kuchli AI'ni yollaydi, puli yo'q tomon esa — oddiy va tekinini ishlatadi. Bu — jarayondagi tengsizlikdir.
Yurist uchun: Robot uchun dalilning qanday tilda va uslubda yozilgani muhim. Juda chiroyli va tizimli yozilgan noto‘g‘ri dalil, chala va tarqoq yozilgan to‘g‘ri dalildan ustun kelishi mumkin.
Eng muhimi — O'zbekiston uchun. Bu tadqiqot bizning davlatni qamrab olmagan (o'rganmagan). Lekin olimlar tayangan boshqa ishlar shuni ko'rsatadi: AI qaysi mamlakat qonunlarini kam bilsa, uning javobi shunchalik ishonchsiz va xavfli bo'ladi.
ChatGPT va unga o'xshash chet el AI modellari AQSh yoki Yevropa qonunlarini yaxshi biladi — O'zbekiston qonunlarini esa deyarli bilmaydi. Lekin u «bilmayman» deb turmaydi: yo'q moddani o'ylab topadi, kuchini yo'qotgan qonunni amaldagidek ko'rsatadi. Hammasi silliq, ishonchli va tartibli yozilgan bo'ladi. Siz esa uni haqiqiy deb o'ylab, olib sudga borasiz. Xulosa
Sun’iy intellekt — kuchli yordamchi. Ammo qaror qabul qiluvchi emas.
Har qanday AI bergan hujjatni milliy qonunchilikka moslashgan mahalliy tizimlar orqali — o‘zingiz tekshiring.
Sud zalida AI emas, baribir o'zingiz kuyib qolasiz. ⚖️ Wakil AI - huquq olamida yordamchingiz!