Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Открыть в Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
7 011
Подписчики
-3524 часа
-1187 дней
+2 68230 дней
Архив постов
🟢AYOLLAR SALOMATLIGI — USTUVOR YO‘NALISH!
O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda “Respublika Imkoniyat” jamoat birlashmasi o‘rtasida ayollar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va xotin-qizlarning tibbiy hamda ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan yirik hamkorlik loyihasi tez kunda amalga oshiriladi.
👩🏻💼Hamkorlik doirasida xotin-qizlar uchun sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiluvchi uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari, ekspertlar ishtirokidagi suhbatlar va amaliy loyihalar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
🌱 Sog‘lom ayol — sog‘lom oila, sog‘lom oila esa sog‘lom jamiyat demakdir.
Mazkur hamkorlik orqali ayollar salomatligini asrash, profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish va sog‘lom avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shish maqsad qilingan.
#tayinlov
Sayfullayeva Nigora Fayzullayevna - O‘zbekiston iqtisodiyot assambleyasi mas'ul hodimi lavozimida faoliyatini boshladi.
⏺️Bugungi kunga qadar Nigora Fayzullayevna O‘zbekiston Ekologik Partiyasi "Ekologiya va salomatlik ayollar klubi" kordinatori sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
⭐️ Shogirdimning keyingi faoliyatiga ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilayman.
🚀Har doim parvozingiz muvaffaqiyatli va baland bo'lsin.
Telegram | Instagram | Facebook
#Fraksiya_yigilishi
Fraksiyamizning bu galgi yig‘ilishida ham muhim qonun loyihalari va dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.
#kechki_mulohaza
Ko‘p muammolar ikki narsadan boshlanadi:
Yo boshqalarning mas’uliyatini bo‘ynimizga olamiz, yo o‘z qiyinchiliklarimizni boshqalarga yuklaymiz.
Insonlarga yordam berish yaxshi. Ammo birovning o‘rniga uni mas’uliyatini yelkaga olib yashash — bu unga yordam emas.
Har kim o‘z hayoti, o’z vazifasi uchun o‘zi javobgar.
Ustoz uchun shogirdlar ardog‘ida bo‘lishdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak… ❤️
Chunki yillar o‘tadi, o’rgantilgan bilim va sinovlar qoladi. Ammo bir kun kelib, shogirdingiz kelib: “Ustoz, sizdan olgan saboqlarim hayotimda asqotyapti”, desa — ana shu lahza barcha mehnatingizga berilgan eng go‘zal mukofotdir.
Ustozning boyligi — jamg‘argan mol-dunyosi emas, qalbida iz qoldirgan shogirdlaridir.
Shogirdning hurmati, ehtiromi va birgina samimiy so‘zi ustoz uchun shogirdiga bergan ilm mashaqqatlarni unuttiradi.
Zero, ustozning nomi shogirdlarining qalbida yashasa — bundan ortiq sharaf ham, baxt ham yo‘q. 🤍
Shogirdlar ardog‘ida bo‘lish — hammamizga nasib qilsin🥹
🟢EKO-VOLONTYORLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Bugun eko-volontyorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida partiyamiz tomonidan ekologik yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar, istiqboldagi ustuvor vazifalar hamda atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan yangi tashabbuslar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Muloqot jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilib, ularning ekologik muammolarga munosabati, mavjud masalalarga yechim topish borasidagi g‘oyalari hamda kelgusidagi loyihalardagi ishtiroki muhokama qilindi.
Eko-volontyorlar — ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va jamiyatda yashil qadriyatlarni keng targ‘ib etishda muhim jamoatchilik kuchidir.
#Qiziqarli_fakt
🗺 Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi — BMT mashhur Merkator proyeksiyasidan voz kechishga qaror qildi.
Ushbu proyeksiya XVI asrda tuzilgan bo‘lib, hozirgacha darslik va turli xizmatlarda qo‘llanib kelinadi. Uning asosiy muammosi shundaki, mamlakat ekvatordan qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, u haqiqiy o‘lchamidan shunchalik kattaroq ko‘rinadi. Masalan, odatiy xaritada Grenlandiya deyarli Afrika bilan tengday ko‘rinadi. Lekin, Afrika undan taxminan 14 barobar katta.
Bu o‘zgarish tashabbuskorlari aynan Afrika mamlakatlari bo‘ldi — ularning fikricha, eski xarita qit’a hajmi haqidagi tasavvurni jiddiy buzib ko‘rsatadi.
Yangi xaritalar yaqin yillar ichida paydo bo‘la boshlaydi.
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию системы обеспечения населения сжиженным газом.
#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #suyultirilgangaz
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+2
🔴#Live
#Fraksiya_yigilishi
Davlat xaridlarida parlament nazorati kuchaytiriladi
Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarga davlat buyurtmachilari amalga oshirgan xaridlar, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, davlat xaridlariga oid nizolarni hal etish tartibini soddalashtirish taklif etilmoqda.
Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida mazkur masalalarni qamrab olgan Qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonunning qabul qilinishi davlat xaridlarida shaffoflik va raqobatni kuchaytirish, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, xarid jarayonlarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida takomillashtirish hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish yo‘lidagi islohotlariga xizmat qilishi aytilmoqda.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#tayinlov
Nuraliyeva Malikaxon Nizomjonovna - I.M.Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali axborot xizmati mas'ul hodimi lavozimiga tayinlandi.
⏺Bugungi kunga qadar Malikaxon Nizomjonovna O‘zbekiston Ekologik Partiyasi "Yosh ekologlar qanoti" korrdinatori sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
⭐️ Shogirdimning keyingi faoliyatiga ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilayman.
🚀Har doim parvozingiz muvaffaqiyatli va baland bo'lsin.
Telegram | Instagram | Facebook
#Aforizm
Har bir kuchli mutaxassis ortida — unga bilim, tajriba va ishonch bergan ustozi turadi.
Ustozning vazifasi shogirdini o‘ziga bog‘lab qo‘yish emas, balki egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustaqil qo‘llay oladigan, mas’uliyatli va malakali mutaxassis sifatida shakllantirishdir.
Shogirdning mustaqil yo‘lga chiqishi — ustoz bergan ta’lim, tarbiya va ishonchning eng muhim natijasidir.
Telegram | Instagram | Facebook
#Aforizm
Bir kun kelib, o‘rgatilgan qanotlar mustaqil parvozga aylanadi.
+7
🟢O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan “ILM-FAN, STEAM VA EKOLOGIK YECHIMLAR” mavzusida yoshlar ilmiy-amaliy uchrashuvi tashkil etildi.
📚 Tadbirda 80 nafardan ortiq faol va izlanuvchan yoshlar ishtirok etib, ilm-fan, STEAM yondashuvi va ekologik innovatsiyalar yo‘nalishidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
📊Uchrashuv davomida yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kreativ va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda fan va amaliyotni uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💡 Yoshlar o‘z g‘oyalari va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashib, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi yechimlar yuzasidan fikrlarini bildirdilar.
🤝 O‘zbekiston Ekologik partiyasi yoshlarni ilm-fan, innovatsiya va ekologik tashabbuslar atrofida birlashtirish, ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettirmoqda.
🌎 Ilm — g‘oya uchun, STEAM — yechim uchun, ekologiya — kelajak uchun!
📥Yoshlarning g‘oyasi va tashabbusi — yashil va barqaror kelajak sari muhim qadamdir.
Xitoyda olimlar portreti reklama ekranlarini egallamoqda
Casiauzning yozishicha, Xitoy bo‘ylab savdo markazlari va jamoat joylaridagi ulkan ekranlarda tijoriy reklamalar o‘rniga taniqli olimlar hamda milliy qahramonlarning portretlari namoyish etilmoqda.
Bu tashabbus dastlab Shandun provinsiyasida boshlangan va keyinchalik Xitoyning boshqa hududlariga ham tarqalgan.
Ekranlardagi yozuvlardan birida: “Ular biz ergashishimiz kerak bo‘lgan haqiqiy yulduzlardir”, deyiladi.
Ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlarga aktyorlar, sportchilar va blogerlar kabi jamoatchilik e’tiborini qaratishga qaratilgan tashabbusni bizda ham qo‘llash maqsadga muvofiq.
Bu g‘oya haqida fikringiz qanday? Izohlarda yozib qoldiring 👇
#Kechki_mulohaza
Ishoning, vaqt o‘tgan sari istaklarim ko‘paymadi — aksincha, kamaydi.
Bugun mening eng katta tashvishim ham, eng katta boyligim ham oddiy: oilam tinch bo‘lsa, uyimda xotirjamlik bo‘lsa, ko‘nglim joyida bo‘lsa — menga shu yetadi.
Kim mendan o‘zib ketdi, kim nima dedi, kim qanday yashayapti — tobora ahamiyatsiz bo‘lib boryapti.
Chunki bir narsani tushundim: tashqarida hammani yutib, uyga xotirjam qayta olmasangiz, bu g‘alabaning qadri unchalik katta emas ekan.
Oxir-oqibat inson eng ko‘p izlaydigan narsa ham shu bo‘lsa kerak: tinch uy, sog‘-omon oila va xotirjam qalb.
Qolgani — shovqin.
🇺🇿 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
⏺PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI NUTQIGA SHARH.
“Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!”Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan Targ'ibot tadbirlarida foydalanish tavsiya etiladi. 👉TAQDIMOT👈
#Aforizm
Bugun o‘rganishga qizg‘angan inson ertaga imkoniyatlar oldidan jim qarab turishga majbur bo‘ladi.
