ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Hissiyotxonam

Hissiyotxonam

Открыть в Telegram

"Men hamma joydan orom izladim va uni bir burchakda o‘tirib, kitob o‘qishdan topdim." kitobxonlar jamiyati xush kelibsiz!💌 @hissiyotxonam_reklama

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
3 187
Подписчики
+23524 часа
+4827 дней
+48230 дней
Архив постов
"Shunday bir lahza bo‘ladiki, barcha ijtimoiy tarmoqlar joningga tegadi, hech kim yozmaydi, o‘yinlar haddan tashqari zerikarli bo‘lib qoladi, musiqalar ham avvalgidek ta'sir qilmaydi va sen shunchaki o‘zingni qayerga qo‘yishni bilmay qolasan." 🫀

Kanalimizning kichik bir qoidasi bor: Ushbu maskan faqat chin dildan bilamiz doʻst boʻladigan, soʻz va maʼno qadriga yetadigan insonlar uchun. Kanalni tark etganlar qayta qayta olmasliklari uchun bloklanadi. Biz bilan qolib, ushbu maskanni birgalikda yuksaltirayotgan har bir qadrdonga tashakkur!

Menimcha, inson boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir tuyg‘ulardan biri — sog‘inishdir.Qalbing hech bo‘lmasa o‘n daqiqaga o‘sha inson bilan birga bo‘lishni, suhbatlashishni, uni bag‘ringga bosishni, dunyodagi hamma narsani u bilan muhokama qilishni istaydi. Ammo buning iloji yo‘q.

Sen shunday insonga loyiqsan-ki, u odamlar davrasida bo‘lsa ham, kunning o‘rtasida senga: "Seni sog‘indim", deb yozsin. Kechasi soat birda esa, shunchaki zerikkanidan yoki yolg‘izlikni his qilganidan emas.

Hayot bizga odamlarni bekorga uchratmaydi. Sen bir kun kelib ularning har biriga: "Rahmat", deysan. Seni yuksalishga ilhomlantirganlarga ham, chiroyli yiqilishni o‘rgatganlarga ham. Kulgusi bilan hayotingdagi xiralikni yorug‘ qilganlarga ham, seni g‘am-g‘ussa tumaniga o‘raganlarga ham. Ba'zilar yaxshilikka ishonishni o‘rgatadi, boshqalari esa hayotiy tajriba uchun kerak bo‘ladi. 🤍

"Ba’zan baxt uchun bizga shunchaki: bitta qo‘ng‘iroq, bitta suhbat, bitta e’tirof va bitta uchrashuv kifoya qiladi."

Na uyda bo‘lgim keladi, na ko‘chada, hayotning bir balkoni bo‘lishi kerak edi. Zerikkanimda chiqib turardim...

bir kun kelib haqiqiy muhabbatni topasan ungacha kitob o’qi

Afsuski, ertami-kechmi hamma narsaning nihoyasi bo‘ladi. Bir paytlar jo‘shqin tuyg‘ular bir lahzada kulga aylanishi mumkin, abadiydek tuyulgan muhabbat esa «xato», «odat» yoki shunchaki «xotira»ga aylanadi… Yillar davom etgan do‘stlik ba'zan arzimas bir sabab tufayli parchalanadi… Ustuvorliklar o‘zgaradi… Sabr tugaydi… Xayollar tarqaladi… Biz ham o‘zgaramiz… Va eng katta xato — hozir his qilayotgan tuyg‘ularing abadiy davom etadi, deb o‘ylashdir.

Yuragingga agʻdarma aybni.

odamlarga har doim ham maslahat kerak bo‘lavermaydi. ba’zan ularga qo‘llab-quvvatlaydigan qo‘l, tinglaydigan quloq, tushunadigan yurak kerak bo‘ladi.

yuragingiz tanlagan narsani unutish uchun juda kuchli bo'lishingiz kerak..

...va bir kuni aytasiz: duolarim bir dona gul uchun edi, bog‘i bilan nasib qildi...

Telefon ekraniga qarab, uni almashtirish vaqti kelgan deb o‘ylaysan. Keyin esa tushunasan: bu yerda telefonni ham, shaharni ham, mamlakatni ham, umuman butun hayotingni o‘zgartirish kerak ekan.

Kuz… Sakkizinchi kun. Kimningdir esidan chiqqanligim… Kimningdir yodida qolganim. Uzq- yuluq tilaklar… Bag‘ri yamoq yuraklar. Dunyoga yetgulik jimlik… To‘xtamay o‘sayotgan men! Kuz… To‘qqizinchi kun. Yaproqlardan oldin sarg‘aydim!.. Shohrux Najot

photo content

Soatni pullayman sariq chaqaga, Har bir chaqa sen va mendan iborat!

G‘ozal narsalar bo‘lsin ortiq! Masalan: insonlar kitob sovg‘a qilsinlar..

Ayt-chi, o‘zingni xarob qilayotganing kimga qiziq? Nazim Hikmat aytganidek: «Ba’zan yo‘lida charchaganlarimiz bunga arzimaydi... ...Xuddi shunday»

"Andisha va g'urur" romani bo'yicha shaxsiy xulosalarim Andisha va g'urur romani XIX asr boshlaridagi Angliya aristokratik jamiyati, undagi soxta urf-odatlar hamda oilaviy tarbiya inson taqdiriga qanchalik chuqur ta'sir qilishini yaqqol ochib beradi. Asarda Bennetlar oilasi misolida ota-onaning mas'uliyatsizligi va noto'g'ri tarbiyasining salbiy oqibatlari aniq ko'rinadi. Onaning faqat qizlarini boy kishilarga uzatish xohishi, ularni yengil-yelpi hayotga o'rgatishi va bu yengiltaklikni rag'batlantirishi natijasida uchtasi ayniqsa Lidiya kabi qizlar shaddod va aqlsiz bo'lib voyaga yetadi. Otaning loqaydligi esa Lidiyaning Uikxem bilan qochib ketishiga sharoit yaratadi. Eng achinarlisi, qizlarini shunday erkin hayotga o'zlari yetaklab, natijada or-nomus toptalganida butun aybni qizning bo'yniga ag'darishadi. Shu bilan birga, o'g'il farzand bo'lmagani uchun mulkning uzoq qarindosh Kollinzga o'tib ketish qonuni ayollarni moddiy jihatdan chorasiz va himoyasiz qoldirganini ham ko'ramiz. Biroq, asardagi eng ta'sirli va to'lqinlantiruvchi taraf shundaki bir xil nosog'lom muhit va tarbiyasiz oilada ulg'aygan bo'lishiga qaramay, Elizabet va Jeyn bu yengiltaklikka berilmay, mutlaqo boshqacha, aql va farosatli bo'lib ajralib turishadi. Ular o'z hayotiga, tuyg'ulariga va kelajagiga juda katta mas'uliyat bilan qarashadi. Janob Darsi yuksak tabaqadan bo'lgani sababli, dastlab bu oilaning harakatlarini ko'rib noto'g'ri xulosa chiqargan va kibirli tuyulgan bo'lsa-da, Elizabetning tengsiz aql-zakovati, fikrlashi va ichki go'zalligi oldida taslim bo'ladi. Darsi o'z tuyg'ulari va sevgisi uchun kurashadi, hatto Ledi Ketrin kabi qudratli aristokrat qarindoshlarining qarshiligiga qaramay, Elizabetni tanlaydi. Janob Bingli ham xuddi shunday jamiyat qarashlaridan ustun turib, Jeynning samimiyligi va pokiza qalbi uchun uni sevib qoladi. Bu holat sevgida va nikohda tabaqalanish, boylik yoki kelib chiqish emas, balki insonning shaxsiy qadri va ichki dunyosi birinchi o'rinda turishi kerakligini isbotlaydi. Har ikkala yigit qizlarni moddiy manfaati yoki oilaviy mavqeyi uchun emas, aynan barcha salbiy muhitdan ajralib turuvchi noyob fe'l-atvori va yetukligi uchun tanlaydilar. Yakunlab aytganda, "Andisha va g'urur" inson qanday nosog'lom muhitda yashamasin, o'zligini yo'qotmasligi kerakligini, haqiqiy sevgi esa kibr, tabaqalanish va atrofdagilarning noto'g'ri fikrlarini yengib o'tishga qodir eng buyuk kuch ekanligini o'rgatuvchi asardir.