ru
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Открыть в Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
9 121
Подписчики
-1224 часа
-937 дней
-3 40430 дней
Архив постов
📍 Ayni paytda Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi viloyat apparati hamda tuman va shahar xodimlari ishtirokida so
+2
📍 Ayni paytda Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi viloyat apparati hamda tuman va shahar xodimlari ishtirokida sohaga oid navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 📋 Yig‘ilish davomida avgust oyida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, davlat dasturlari va loyihalari ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarda rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada va tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilinmoqda. 🎯 Har bir mas’ul oldiga aniq vazifalar qo‘yilib, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda. 🤝 Faoliyatimizning asosiy mezoni — natijadorlik, intizom va har bir yosh manfaatiga xizmat qiladigan amaliy ishlarni izchil amalga oshirishdan iborat. @sherzod_rahmonov

📊 🗳 SO‘ROVNOMA | ENG YAXSHI BO‘LIM BOSHLIG‘INI ANIQLAYMIZ! Qadrli yurtdoshlar,aziz yoshlar! Sizningcha, Samarqand viloyati
📊 🗳 SO‘ROVNOMA | ENG YAXSHI BO‘LIM BOSHLIG‘INI ANIQLAYMIZ! Qadrli yurtdoshlar,aziz yoshlar! Sizningcha, Samarqand viloyati shahar va tuman Yoshlar ishlari bo‘limlari orasida qaysi bo‘lim boshlig‘i eng samarali, tashabbuskor va fidokorona faoliyat olib bormoqda? Mazkur so‘rovnoma shahar va tumanlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda. 🏆 So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan bo‘lim boshlig‘i Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan munosib e’tirof etilib,taqdirlanadi. ✅ Ovoz berish orqali o‘z fikringizni bildiring va eng munosib nomzodni qo‘llab-quvvatlang! 📊 Sizning ovozingiz — adolatli baho va yanada samarali faoliyat uchun muhim! Eslatib o‘tamiz: So‘rovnoma 11-avgust soat 16:00 ga qadar davom etadi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

PUP82HAL

🇺🇿4-avgust — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashda,
🇺🇿4-avgust — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashda, jamoat tartibini saqlashda “Milliy gvardiya” xodimlarining xizmatlari beqiyos. Ularning fidokorona mehnati tufayli xalqimiz, xususan, yoshlarimiz tinch va xavfsiz muhitda ta’lim olib, o‘z maqsadlari sari dadil intilmoqda. 👏Barcha soha vakillarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Vatan himoyasidek sharafli va mas’uliyatli yo‘ldagi ishlaringizda ulkan zafarlar, oilangizga tinchlik va xotirjamlik tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

“Qiyinchiliklar insonni sindirish uchun emas, balki uning kuchini namoyon etish uchun beriladi. Sabr, mehnat va qat’iyatni o‘
“Qiyinchiliklar insonni sindirish uchun emas, balki uning kuchini namoyon etish uchun beriladi. Sabr, mehnat va qat’iyatni o‘ziga hamroh qilgan insonning yo‘lini hech qanday to‘siq to‘sib qo‘ya olmaydi. Buyuk natijalar doimo buyuk matonat ortidan keladi.”Abu Ali ibn Sino @sherzod_rahmonov

📚 Mutolaa tavsiyasi | 5-qism Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari inson qalbida Vatanga muhabbat, e’tiqodga sadoqat va kelajakka ishonch tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Asar har bir kitobxonni o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yishga va ularga matonat bilan intilishga undaydi. 📖 Mutolaa qiling — kitob mutolaasi tafakkurni boyitadi, dunyoqarashni kengaytiradi va insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydi. @sherzod_rahmonov

📍 Samarqand shahrida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi Samarqand shahri yoshlar ish
+4
📍 Samarqand shahrida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi Samarqand shahri yoshlar ishlari mas’ullari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida muhokama uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash tizimidagi ustuvor vazifalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari, mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mas’uliyatni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, har bir mas’ul va yoshlar yetakchisiga aniq topshiriq hamda tavsiyalar berildi. @sherzod_rahmonov

📍Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Uchinchi mintaqav
+2
📍Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Uchinchi mintaqaviy hudud 38-son Manzil koloniyasida bo‘lib, jazoni ijro etayotgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazmoqdamiz. Shuningdek, muassasada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajagi uchun muhim masalalar yuzasidan fikr almashmoqdamiz. @sherzod_rahmonov

“Insonning haqiqiy boyligi mol-dunyoda emas, balki uning ilmi, odobi va ezgu amallaridadir. Har bir kunni o‘rganish, izlanish
“Insonning haqiqiy boyligi mol-dunyoda emas, balki uning ilmi, odobi va ezgu amallaridadir. Har bir kunni o‘rganish, izlanish va o‘z ustida ishlash bilan o‘tkazgan kishi umrining eng qimmatli sarmoyasini yaratgan bo‘ladi.” — Abu Nasr Forobiy @sherzod_rahmonov

📚 Mutolaa tavsiyasi | 4-qism Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari insonni qat’iyatli bo‘lishga, hayot sinovlarini jasorat bilan yengishga va ezgu maqsadlar sari dadil odim tashlashga chorlaydi. 📖 Mutolaa qiling — har bir kitob yangi fikr, yangi kuch va yangi imkoniyatlar sari ochilgan eshikdir. @sherzod_rahmonov

📍 Kattaqo‘rg‘on tumani Kumushqirg‘oq mahallasida tashabbuskor yoshlar tomonidan “Dolzarb 40 kun” doirasida yana bir ezgu tas
+6
📍 Kattaqo‘rg‘on tumani Kumushqirg‘oq mahallasida tashabbuskor yoshlar tomonidan “Dolzarb 40 kun” doirasida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi! 🌟Mahalla yoshlari o‘zlarining tashabbuskorligi va hamjihatligini amaliy ishlar orqali namoyon etib, navbatdagi xayrli ishga qo‘l urishdi. 🏡 Tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, yolg’iz yashovchi nuroniylar, nogironligi bor shaxslar va boshqa yordamga muhtoj kishilarning xonadonlari shu mahallalar yoshlarining o’zaro hashar ishlarida birlashishi natijasida ta’mirlab berilmoqda. 🤝 “Dolzarb 40 kun” doirasida amalga oshirilayotgan bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda obodonlashtirish, mehr-oqibat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📢 Bizning sahifalarimiz: 🔹 Telegram | 🔹 Instagram 🔹 Facebook | 🔹 YouTube 📱

📍 Kattaqo‘rg‘on tumani Kumushqirg‘oq mahallasida tashabbuskor yoshlar tomonidan “Dolzarb 40 kun” doirasida yana bir ezgu tas
+6
📍 Kattaqo‘rg‘on tumani Kumushqirg‘oq mahallasida tashabbuskor yoshlar tomonidan “Dolzarb 40 kun” doirasida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi! 🌟 Mahalla yoshlari o‘zlarining tashabbuskorligi va hamjihatligini amaliy ishlar orqali namoyon etib, navbatdagi xayrli ishga qo‘l urishdi. 🤝 “Dolzarb 40 kun” doirasida amalga oshirilayotgan bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda obodonlashtirish, mehr-oqibat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🏡✨ 📢 Bizning sahifalarimiz: 🔹 Telegram | 🔹 Instagram 🔹 Facebook | 🔹 YouTube 📱

“Kelajagingni bugungi harakatlaring belgilaydi. Vaqtingni ilm bilan boyit, fikringni izlanish bilan charxla va ezgu maqsadlar
“Kelajagingni bugungi harakatlaring belgilaydi. Vaqtingni ilm bilan boyit, fikringni izlanish bilan charxla va ezgu maqsadlaring sari dadil qadam tashla. Chunki eng buyuk yutuqlar ishonch va mehnatdan boshlanadi.” — Abu Ali ibn Sino @sherzod_rahmonov

📚 Mutolaa tavsiyasi | 3-qism Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari insonni jasorat, fidoyilik va ma’naviy yetuklik sari chorlaydigan ta’sirchan asarlardan biridir. Asarda yurt taqdiri, millat ravnaqi va insonning o‘z oldidagi mas’uliyati teran badiiy tasvir orqali yoritilgan. Har bir sahifa kitobxonni mustahkam iroda, Vatanga muhabbat va ezgu qadriyatlarga sadoqat ruhida fikrlashga undaydi. 📖 Mutolaa qiling, bilim va tafakkuringizni boyiting, buyuk maqsadlar sari ishonch bilan odimlang! @sherzod_rahmonov

📍Navbatdagi manzil — Urgut tumanidagi “Ilmona” o‘quv markazi. “Ko’mak” loyihasi doirasida amalga oshirilgan bu markazda yosh
+2
📍Navbatdagi manzil — Urgut tumanidagi “Ilmona” o‘quv markazi. “Ko’mak” loyihasi doirasida amalga oshirilgan bu markazda yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarni puxta egallashi uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonining sifati bilan yaqindan tanishdik. Eng muhimi, izlanayotgan va o‘z ustida ishlayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladik. Yoshlarning har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bundan keyin ham ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. @sherzod_rahmonov

📍 Keyingi manzilimiz — Urgut tumanidagi 154-sonli umumta’lim maktabi. 🏫Urgut tumanida alohida o’rniga ega bo’lgan bu maktab
+5
📍 Keyingi manzilimiz — Urgut tumanidagi 154-sonli umumta’lim maktabi. 🏫Urgut tumanida alohida o’rniga ega bo’lgan bu maktabga tashrifimizda dastavval ta’til vaqtida unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan kimyo fani to’garagida ishtirok etayotgan o’quvchi yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning maqsad va intilishlari bilan yaqindan tanishdik. 🗣✨ 📝 So’ngra, maktabning faollar zalida tuman hokimining tegishli o’rinbosari ishtirokida yoshlar yetakchilari va tizim mas’ullari bilan tanqidiy-tahliliy muhokama o‘tkazib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, har bir yosh bilan manzilli ishlash hamda natijadorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab oldik. ✅Yoshlar bilan ishlashda eng muhim mezon — natija va mas’uliyat. 🎯🤝 @sherzod_rahmonov

📍Bugun Urgut tumanidamiz! Bugun erta tongdan Urgut tumaniga tashrif buyurib, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati,
+2
📍Bugun Urgut tumanidamiz! Bugun erta tongdan Urgut tumaniga tashrif buyurib, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati, yoshlarning kayfiyati, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish hamda yoshlarning yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladik. 🌟 Tashrifimizni, avvalo, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan shtab faoliyati hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyatini o‘rganishdan boshladik. 📊 Bugun kun davomida Urgut tumanida bo‘lib, yoshlar bilan ishlash tizimini joyiga chiqqan holda o‘rganamiz, mavjud muammolarni aniqlaymiz va ularning yechimlari yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqamiz. 🚀 @sherzod_rahmonov

“Kelajagingni bugungi harakatlaring belgilaydi. Vaqtingni ilm bilan boyit, fikringni izlanish bilan charxla va ezgu maqsadlar
“Kelajagingni bugungi harakatlaring belgilaydi. Vaqtingni ilm bilan boyit, fikringni izlanish bilan charxla va ezgu maqsadlaring sari dadil qadam tashla. Chunki eng buyuk yutuqlar ishonch va mehnatdan boshlanadi.” — Abu Ali ibn Sino @sherzod_rahmonov

📍Bugun Samarqand shahridagi Kreativ shaharchada joylashgan Yoshlar ishlari agentligining Loyihalar ofisi hamda startap loyih
+2
📍Bugun Samarqand shahridagi Kreativ shaharchada joylashgan Yoshlar ishlari agentligining Loyihalar ofisi hamda startap loyihalari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdik. 📝 U yerda yoshlarning innovatsion g‘oyalari, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar hamda zamonaviy startap ekotizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 📝 Shuningdek, Telegram orqali murojaat qilgan bir qator samarqandlik yoshlar bilan suhbatlashib, ularning murojaat va takliflari tinglandi hamda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etlishi yuzasidan ijroga qaratildi. @sherzod_rahmonov

🟦🟦🟦🟦🟦 Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga! Endilikda 30 yoshgacha bo’lgan barcha viloyat yoshlarini qiynab kelayotgan
🟦🟦🟦🟦🟦 Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga! Endilikda 30 yoshgacha bo’lgan barcha viloyat yoshlarini qiynab kelayotgan har qanday muammolari, taklif va tashabbuslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitiladi va qonuniy bartaraf etiladi. 🕊Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tomonidan yoshlar murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus 🕊Telegram raqam ishga tushirilgan. Viloyatdagi har bir yosh: 💬O‘z murojaatlarini quyidagi raqamga ochilgan telegram kanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari mumkin: 📞 +998 50 159 37 93 ✈️ Telegram havola➡️@YIASVB Yuborilgan murojaatlar boshqarma boshlig’i tomonidan shaxsan ko‘rib chiqilib, tegishli viloyat, tuman va shahar tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etiladi. 🇺🇿 Yoshlar manfaati – bosh maqsadimiz! #Murojaat #YoshlarBilanMuloqot Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube