Rahmonov Sherzod Shuxratovich
Открыть в Telegram
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
9 080
Подписчики
-724 часа
-487 дней
-51730 дней
Архив постов
+8
#Tavsiya
Bu 8 ta kitob sizning fikrlashingizni, odatlaringizni va hayotga qarashingizni butunlay o'zgartiradi.
@sherzod_rahmonov
Samarqand viloyatida o‘rganish ishlari yakunlandi
Mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimini joriy etish hamda Prezident tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida olib borilgan o‘rganish ishlari yakunlandi.
O‘rganishlar davomida hududlardagi mavjud holat tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandlik, ta’lim, tadbirkorlik hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida bir qator dasturlar ishlab chiqilib, amaliy qo’llash choralari ko’rildi.
Shuningdek, hududlarda yoshlar bilan ishlashda yangi tizimni joriy etish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan respublika, tuman va shahar mas’ullarining hisobotlari tinglandi.
@sherzod_rahmonov
🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning STRITBOL turi bo‘yicha Samarqand viloyati bosqichi musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqa shu yilning 25-iyul kuni Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo'lib o'tadi.
Mubaqada mahallalarda istiqomat qiluvchi, 16–21 yosh, 22–30 yosh toifasi bo'yicha o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘zaro bellashadilar.Manzil: Samarand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Murojaat uchun: ☎️ 94 184 79 93 ☎️ 99 567 67 70 @sherzod_rahmonov
+4
Ayni paytda
Hududlarda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi: hisobotlar tinglanmoqda
Ayni paytda hududlarda yoshlar bilan ishlashda yangi tizimni joriy etish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman va shaharlar kesimida hisobotlar taqdim etilmoqda.
Hisobotlar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinyapti.
#YoshlarSiyosati #Samarqand #Hisobot
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+8
✅Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muhokama qilish hamda tizim samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar qizg’in davom etmoqda.
Bugun Respublika ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev viloyatimiz yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbus alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shu munosabat bilan ishchi guruh rahbari Maroqand mahallasi infratuzilmasini joyiga chiqqan holda o‘rganib, kutubxona tashkil etish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+9
Respublika ishchi guruhi o’rganishlari davom etmoqda
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.
Bugun mazkur o‘rganishlar Viloyatining barcha hududlarida o'tyapti. Jumladan, Toyloq tumanida ham ishchi guruh a’zolari tumanda yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash holati hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida yoshlar bilan bevosita uchrashilib, ularning muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Mavjud masalalar tahlil qilindi va bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi hamda aniqlangan muammolarni joyida hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
Hududlarda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari qizg’in davom etmoqda.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+2
🇺🇿Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashabbuskor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Bunday loyihalar uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida bittadan shunday loyiha amalga oshirilsa, hududlardagi muhit sezilarli o‘zgaradi. Ushbu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi.
Mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi shart. Buning uchun u hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejasini tasdiqlab beradi. Rais “yettilik” a’zolariga aniq vazifa qo‘yib, ulardan so‘rov qilib boradi.
Shuningdek, “yettilik” faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash va hududdagi muammolarga ilmiy yondashish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. U “yettilik”ni o‘qitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yechimlar ishlab chiqadi.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+4
🇺🇿 Prezident topshiriqlari amalda: Respublika ishchi guruhi Samarqandda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 30-iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida keng qamrovli o‘rganish ishlari boshlandi.
🤝 Shu maqsadda mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muhokama qilish va tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Ishchi guruh bugundan e’tiboran hududlarda o‘rganish ishlarini olib borib, mahallalardagi mavjud holatni tahlil qiladi hamda amaliy takliflarni shakllantiradi.
🔹 O‘rganishlar davomida Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, ularni Samarqand viloyatida amaliyotga joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi.
📌 Asosiy yo‘nalishlar:
• bitiruvchilar bandligini ta’minlash;
• yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash;
• bandlik va mehnat migratsiyasi;
• jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish;
• “og‘ir toifa”dagi yoshlar bilan ishlash;
• “otaliq” mexanizmini takomillashtirish;
• tizimni raqamlashtirish;
• ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi;
• “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Dolzarb – 90 kunlik”, “2+6” xorijiy tillarni o‘rganish va “Ko‘mak” dasturlari ijrosi;
• yoshlar infratuzilmasi holati.
💬 O‘rganishlar yakunida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilib, yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish, tizim samaradorligini oshirish hamda har bir mahallada yoshlar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+9
🖐 “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning mutlaq g‘oliblari aniqlandi!
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” respublika final bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi mavsumda mamlakatimiz bo‘ylab 105 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan yosh ishtirok etdi. Katta shijoat va iroda maydoniga aylangan respublika bosqichida esa 364 nafar eng kuchli sportchilar bellashdi.
🏆Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Toshkent viloyati, 2-o‘rin Samarqand viloyati va 3-o‘rin Xorazm viloyati jamoasiga nasib qildi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan 78 nafar sportchimizga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Eng quvonchlisi, chempionlarimiz istiqomat qiladigan mahallalarda endi zamonaviy universal sport maydonchalari barpo etiladi!
Iroda va matonat timsoli bo‘lgan barcha yosh sportchilarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
Batafsil: yoshlar.gov.uz
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Narkojinoyat: afsus bilan yakunlangan yo‘l
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Uchinchi mintaqaviy hudud 37-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan, shaxsi sir saqlanayotgan mahkuma o‘z hayoti haqida so‘zlab berdi.
U Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan, ya’ni giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan. Ushbu modda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
Mahkumaning aytishicha, noto‘g‘ri tanlov va yengil daromad ilinjida qilingan birgina xato uning hayotini butunlay o‘zgartirgan. Bugun esa u o‘tgan kunlarini chuqur pushaymon bilan eslaydi va ayniqsa yoshlarni bu kabi illatlardan yiroq bo‘lishga chaqiradi.
“Hech qachon oson daromad ortidan quvmang. Bir lahzalik xato butun umringizga ta’sir qilishi mumkin. Men bosib o‘tgan yo‘lni hech kim takrorlamasligini istayman.”Har bir qaror kelajakni belgilaydi. Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar nafaqat inson taqdirini, balki uning oilasi va yaqinlari hayotini ham izdan chiqaradi. Yoshlarni hushyorlikka, qonunlarga hurmat bilan qarashga va sog‘lom turmush tarzini tanlashga chorlaymiz.
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
🇺🇿🤝🇹🇷 Yoshlar uchrashuvi — kelajak sari ishonchli qadam
Samarqand va Turkiya yoshlari o‘rtasidagi samimiy uchrashuv ikki xalqni yanada yaqinlashtirgan, yangi g‘oyalar va mustahkam do‘stlik rishtalariga zamin yaratgan unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Muloqot, tajriba almashish va o‘zaro hurmatga asoslangan ushbu uchrashuv yoshlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Birgalikdagi ezgu maqsadlar, umumiy qadriyatlar va kelajakka bo‘lgan ishonch bizni yanada birlashtiradi.
Xabaringiz bor, 9-14 -iyul kunlari Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi o’zaro tajriba almashish maqsadida Turkiyada bo’lib qaytishdi.
🌍 Do‘stlik mustahkam, hamkorlik bardavom bo‘lsin!
#Yoshlar #Doʻstlik
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
📚“Yosh kitobxon” tarixidagi mutlaq rekordchilar: Top-10 ishtirokchi!
2017-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi millionlab yigit-qizlarni ezgu maqsad va kitob atrofida birlashtira oldi. Ortdagi yillar davomida turli hududlardan qatnashib, barchani lol qoldirgan va eng yuqori natijalarni qayd etgan mutolaa yulduzlari kimlar?
E’tiboringizga tanlov tarixidagi eng kuchli 10 nafar ishtirokchini taqdim etamiz.
Sizningcha, bu yilgi mavsumda ushbu rekordlar yangilanadimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+3
🇺🇿🇹🇷Samarqand yoshlari Turkiyada
Samarqand viloyati yoshlaridan iborat delegatsiya Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Turkiya–O‘zbekiston” xalqaro yoshlar tajriba almashinuvi dasturida ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Manavgat tumani hokimi Adil Karatash bilan uchrashib, yoshlar siyosati hamda Turkiyaning istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, vakillarimiz “Alanya Alaaddin Keykubat universiteti” (ALKU) rektori Kenan Ahmet Turkdog‘an bilan oliy ta’limdagi hamkorlik va akademik almashinuv bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Shu bilan birga, ular “Alaniya yoshlar markazi”da yigit-qizlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishdilar.
Mazkur uchrashuvlar ikki qardosh davlat o‘rtasidagi yoshlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🌱Yosh tadbirkorning muvaffaqiyat sari ilk qadami
Bugun yoshlar yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, daromad manbaini yaratish va jamiyat rivojiga hissa qo‘shish yo‘lida faol harakat qilmoqda. Bunday tashabbuslar yoshlarning mehnatsevarligi va kelajakka ishonchini yaqqol namoyon etadi.
Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh mahallasida yashovchi Nodirjon Eshqulov ham ana shunday tashabbuskor yoshlardan biri. U Prezidentimiz tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan 62-sonli qarori asosida 100 million imtiyozli kredit mablag‘idan foydalanib, o‘z biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Ajratilgan mablag‘ hisobidan u o‘zining barqaror daromad manbaini yaratish yo‘lida ilk qadamini tashladi va bugun biznesini rivojlantirish ustida tinmay mehnat qilmoqda.
#yoshlartadbirkorligi
@sherzod_rahmonov
🎉 UzCombinator 45 kunlik Akseleratsiya dasturining 2-mavsumi rasman ochildi!
Kutganmidingiz? Endi startapingizni haqiqiy daromadli kompaniyaga aylantirish vaqti keldi! 🚀
Ammo keling, dastlab sizni 1-mavsumdagi ajoyib natijalarimiz bilan tanishtiraylik:
📊 1453 ta arizadan 31 ta founder akseleratsiyaga qabul qilindi
🧠 435 ta eksklyuziv sessiyalar o'tkazildi
💰 Demo Day'da jami $975,000 investitsiya jamlandi
🔥 Endi esa sizni 2-mavsumda nimalar kutmoqda?
💡 45 kun davomida mutlaqo bepul startap ilmini olish
💻 Barcha kerakli va zamonaviy texnikalarga ega qulay ofis
🤝 Startapingizni qurishingizda yonma-yon turib, individual yordam berish
💵 $1000 stipendiya
💸 Demo Day'da $1,000,000 gacha investitsiya olish!
⚠️ Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 20-iyul! ⚠️
Nafaqat startapingizni, balki butun hayotingiz yo'nalishini 180°C ga burib yuboradigan bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
👇 Hoziroq quyidagi havola orqali o'z arizangizni topshiring:
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
+9
🇺🇿🇹🇷 Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Alaniya Yoshlar markazi faoliyati bilan tanishdi
Turkiya Respublikasida bo‘lib turgan Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Alaniya Yoshlar markazida bo’lishdi.
Delegatsiya a’zolari markaz faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda ta’lim, sport, madaniyat, san’at, volontyorlik va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, markazda faoliyat yuritayotgan dasturlash, xorijiy tillar, tasviriy san’at, musiqa, shaxmat, gastronomiya, drama, kamondan otish kabi to‘garaklar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan o‘quv kurslari va innovatsion maydonlar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida ikki tomon yoshlar bilan ishlashning samarali tajribalari yuzasidan fikr almashib, kelgusida xalqaro tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalar va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Ma’lumot uchun, Alaniya Yoshlar markazi Turkiya Yoshlar va sport vazirligi tizimidagi yirik markazlardan biri bo‘lib, 27 mingdan ortiq a’zoga ega. Markaz yil davomida 50 mingga yaqin tadbir tashkil etib, qariyb 700 ming nafar yoshni turli loyiha va dasturlarga qamrab oladi.
+6
🎓 Samarqand yoshlar delegatsiyasi ALKÜda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Turkiyada bo‘lib turgan Samarqand viloyati yoshlar delegatsiyasi “Alanya Alaaddin Keykubat Universiteti” (ALKÜ) da bo‘ldi.
Universitet rektori Kenan Ahmet Türkdoğan bilan delegatsiya a’zolari o‘rtasida samimiy ruhda uchrashuv tashkil etilib, oliy ta’lim tizimi, yoshlar siyosati, ilmiy hamkorlik, xalqaro tajriba almashinuvi hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, Samarqand va Alanya o‘rtasida ta’lim hamda yoshlar siyosati yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, akademik va madaniy almashinuvlarni kengaytirish, istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+4
❤️❤️❤️
🇺🇿🇹🇷 Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Turkiyada
Ayni paytda Samarqand viloyati yoshlari delegatsiyasi Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiya–O‘zbekiston xalqaro yoshlar tajriba almashinuvi dasturida ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i, delegatsiya rahbari Sherzod Rahmonov va delegatsiya a’zolari Manavgat tumani hokimi Adil Karataş bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinyapti. Har ikki davlat yoshlari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, madaniy va ta’lim yo‘nalishidagi almashinuv dasturlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashilmoqda
Shuningdek, yoshlarning liderlik salohiyatini oshirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan o‘zaro takliflar bildirilyapti.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir.
Jaloliddin Rumiy.
@sherzod_rahmonov
Viloyatimizning faol bloger va jurnalistlari bilan samimiy muloqot qildik
Uchrashuvda giyohvandlik, kiberjinoyatchilik va firibgarlikka qarshi ijtimoiy ahamiyatga ega kontentlar yaratish, yoshlarning muvaffaqiyat hikoyalari, startap, IT, kasb-hunar, kitobxonlik va tadbirkorlikni keng targ‘ib etishda hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, media treninglar, press-turlar, tajriba almashish maydonlari va Media klub faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdik. Tadbir yakunida “Yosh mobilograflar” maktabi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.
Ishonamanki, bunday hamkorlik yoshlar uchun foydali va ta’sirchan media makonini shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz doimo OAV vakillari va blogerlar uchun ochiqmiz. Yaxshi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga, yoshlar manfaatiga xizmat qiladigan loyihalarni birgalikda amalga oshirishga hamisha tayyormiz!
@sherzod_rahmonov
