ru
Feedback
A.Halikov │Yangi Davr

A.Halikov │Yangi Davr

Открыть в Telegram

Bu guruh tez boyish yoki "signal ovlash" uchun emas. Bu yerda biz: • Xavfsiz va professional treydingni o'rganamiz. • Fundamental va statistik yondashuv asosida. https://telegra.ph/Xavf-haqida-ogohlantirish-07-19

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
9 144
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 день
Архив постов
📈Aksiyaning narxi hamma narsani anglatmaydi! Ko‘pchilik investorlar bitta xatoga yo‘l qo‘yadi - ular faqat aksiya narxiga qaraydi. Aslida esa muhim savol boshqacha: Bu kompaniya aslida qancha turadi? Masalan, aksiya bozorda $84 narxda sotilayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo hisob-kitoblarga ko‘ra uning Fair Value (haqiqiy qiymati) atigi $66 bo‘lsa, demak siz kompaniyani qimmat narxda sotib olayotgan bo‘lasiz. Shu sababli professional investorlar aksiya narxiga emas, avvalo uning Fair Value qiymatiga e'tibor berishadi. Fair Value qanday hisoblanadi? Buning uchun bir nechta usullar mavjud: ✔️DCF (Discounted Cash Flow) ✔️ P/E taqqoslash usuli ✔️ EV/EBITDA ✔️ Graham Formula ✔️ PEG Ratio Eng mashhur va ishonchli usul esa DCF modeli hisoblanadi. Bu usul kompaniyaning kelajakdagi pul oqimlarini hisoblab, bugungi haqiqiy qiymatini aniqlashga yordam beradi. Shundan so‘ng investor bozor narxi bilan Fair Value'ni solishtiradi. 📉Agar bozor narxi Fair Value'dan ancha yuqori bo‘lsa - kompaniya qimmat baholangan bo‘lishi mumkin. 📈Agar bozor narxi Fair Value'dan past bo‘lsa - bu yaxshi investitsiya imkoniyati bo‘lishi mumkin. 💡Mashhur investor Warren Buffett shunday degan: "Price is what you pay. Value is what you get." Ya'ni: "Narx — bu siz to‘laydigan summa. Qiymat esa — siz oladigan narsa." Shuning uchun muvaffaqiyatli investorlar faqat narxga emas, kompaniyaning haqiqiy qiymatiga ham e'tibor berishadi.

Yuqori foyda har doim ham yaxshi kompaniya degani emas. Agar biznes haddan tashqari ko'p qarz bilan ishlayotgan bo'lsa, iqtisodiy qiyinchiliklarda katta muammolarga duch kelishi mumkin. Shu sababli investorlar kompaniyaning qarz darajasini ham albatta tekshiradilar.

Ko'pchilik aksiyani tanlashni juda murakkab deb o'ylaydi. Aslida esa sifatli kompaniyalarni ajratib olish uchun bir nechta muhim mezonlar yetarli. Keyingi 8 ta post davomida professional investorlar ham foydalanadigan 6 ta filtrni bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz. Ular yordamida biznesning sifati, moliyaviy holati va bozordagi trendini tez baholashni o'rganasiz.

#AXON Long (bozor ochilganda sotib olinadi) Axon Enterprise, Inc. (AXON) — huquq-tartibot organlari uchun texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya. Kompaniya asosan Taser elektrosokli qurilmalari, Axon tana kameralari (body cameras) hamda dalillarni boshqarish uchun "Evidence.com" bulutli platformasi bilan mashhur. Kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi taxminan 25 milliard dollardan oshadi. Tehnik sababi: Linya yorilishi Xavf haqida ogohlantirish

#AXON Targetlar qo'yildi

8

📊 NVIDIA (NVDA) uchun DCF hisob-kitobi tayyor! Birinchi misol sifatida NVIDIA kompaniyasini tahlil qildik. Kiritilgan parametrlar asosida DCF modeli: 💰 Fair Value: $3004.95 📈 Joriy narx: $207.25 Ammo bu yerda juda muhim jihat bor. Bu natija NVIDIA haqiqatan ham $3000 turadi degani emas. Hisob-kitobda 1–5 yillik o'sish 85.2% va 6–10 yillik o'sish 35.88% deb qabul qilingan. Shu sababli model kompaniyaning kelajakdagi pul oqimlarini juda tez o'sadi deb hisoblab, juda yuqori Fair Value chiqardi. 📌 Xulosa: DCF kalkulyatori noto'g'ri emas. Muammo - kiritilgan raqamlarda. Agar o'sish sur'atlarini yanada realroq qiymatlarga o'zgartirsak, Fair Value ham sezilarli darajada o'zgaradi. Shuning uchun DCF modelida eng muhim narsa formulalar emas, balki to'g'ri raqamlarni tanlashdir. 🚀 Keyingi postlarda boshqa aksiyalarni ham xuddi shu usulda tahlil qilamiz va qaysi biri haqiqatan ham arzon (Undervalued), qaysi biri qimmat (Overvalued) ekanini birgalikda aniqlaymiz.

📊 Treyding va investitsiya uchun qaysi platformani tanlash kerak? Bugungi kunda deyarli barcha treyderlar MetaTrader 5 (MT5) va TradingView platformalarini biladi. MT5 - asosan Forex, oltin, indekslar va boshqa CFD instrumentlarida savdo qilish uchun ishlatiladi. TradingView esa grafiklarni tahlil qilish va bozorni kuzatish uchun dunyodagi eng mashhur platformalardan biri. Ammo bir savol bor... 🤔 Agar siz Apple, NVIDIA, Tesla, Microsoft yoki boshqa xorijiy kompaniyalar aksiyalariga investitsiya qilmoqchi bo'lsangiz, ularni qayerdan sotib olasiz? Ko'pchilik bu yerda qiyinchilikka duch keladi. Ha, dunyoda mashhur brokerlar juda ko'p: • Interactive Brokers (IBKR) • Charles Schwab • Robinhood • Saxo Bank • va boshqalar. Lekin O'zbekiston fuqarolari uchun ularda hisob ochish har doim ham oson emas. Ba'zilarida: ❌ verifikatsiya uzoq davom etadi; ❌ ayrim davlatlar qo'llab-quvvatlanmaydi; ❌ hisobni to'ldirish va pul yechish murakkab; ❌ ayrim xizmatlar yoki hisob turlari uchun yuqori minimal talablar mavjud. Shu sababli bugun sizlarga www.amana.app platformasi haqida gapirib bermoqchimiz. Nima uchun aynan amana.app? ✔️O'zbekistondan tez va qulay ro'yxatdan o'tish; ✔️ Hisobni qisqa vaqt ichida ochish imkoniyati; ✔️ Ko'pgina to'lov usullari orqali hisobni to'ldirish va mablag' yechishda broker komissiyasining mavjud emasligi (to'lov provayderi komissiyasi bo'lishi mumkin); ✔️ AQSH, Yevropa va MENA davlatlari aksiyalariga investitsiya qilish imkoniyati; ✔️ ETF va boshqa investitsiya instrumentlariga kirish; ✔️ Minglab global aktivlar bitta platformada. ✔️ O'zbek tilidagi qo'llab-quvvatlash Bundan tashqari, agar siz Forex bilan ham shug'ullansangiz, amana sizga MetaTrader 5 (MT5) orqali valyuta bozori, oltin, indekslar va boshqa instrumentlarda savdo qilish imkoniyatini ham taqdim etadi. Ya'ni bitta broker orqali: 📈 Forex bilan savdo qilish; 📊 AQSH, Yevropa va MENA aksiyalariga investitsiya qilish; 💼 Uzoq muddatli investitsiya portfelini shakllantirish mumkin. 🌍 Broker bir nechta xalqaro regulyatorlar tomonidan litsenziyalangan, jumladan CySEC (Kipr) va DFSA/SCA (BAA). Agar siz treyding bilan bir qatorda uzoq muddatli investitsiyani ham boshlamoqchi bo'lsangiz, amana.app sinab ko'rishga arziydigan platformalardan biri hisoblanadi. ⚠️ Eslatma: Investitsiya va treyding tavakkalchilik bilan bog'liq. Qaror qabul qilishdan oldin risklarni to'liq baholashni unutmang. 🇺🇿 O'zbek tilidagi qo'llab-quvvatlash: 🕙 10:00–17:00 - @Amana_Mashkhura 🕔 17:00–22:00 - @Amana_Malik

Leverage ko‘pchilik o‘ylagandek faqat daromadni emas, zararni ham bir necha baravar oshiradi. Shuning uchun leverage ishlatishdan oldin uning ikkinchi tomonini ham tushunish juda muhim.

Nega professional ishtirokchilar bozorni oldindan aniq topishga urinmaydi? Qanday qilib ayrim bitimlar yutqazsa ham, umumiy natija baribir foydali bo'lishi mumkin? Matematik ustunlik (edge) nima va u amalda qanday ishlaydi? Efir davomida treydingga boshqacha nigoh bilan qarashni o'rganamiz hamda uzoq muddatli natija uchun ehtimollik bilan ishlash nega bashorat qilishdan muhimroq ekanini misollar orqali ko'rib chiqamiz.

Margin savdo: yashirin xavf Ko‘pchilik margin savdo orqali tezroq boyish mumkin deb o‘ylaydi. Ammo aynan shu vosita minglab investorlarning katta yo‘qotishlariga sabab bo‘lgan. Keyingi 10 ta post davomida margin savdo nima ekanligi, leverage qanday ishlashi, margin call, qarz foizi va yangi boshlovchilar nega undan ehtiyot bo‘lishi kerakligini bosqichma-bosqich ko‘rib chiqamiz.

Ba'zan kompaniya juda yaxshi bo'ladi, ammo aksiya narxi hali pasayish trendida bo'ladi. Shu sababli faqat fundamental tahlil yetarli emas. Narx uzoq muddatli trend bo'yicha ham yuqoriga qarab harakat qilayotganini tasdiqlash investitsiya qilish vaqtini yaxshiroq tanlashga yordam beradi.

3️⃣ Ko‘pchilik spred va komissiyani kichik xarajat deb hisoblaydi. Aslida esa qisqa muddatli savdolarda aynan shu xarajatlar umumiy natijaga eng katta ta'sir qiluvchi omillardan biri hisoblanadi.

Yangi boshlovchi investor uchun eng muhim qoida — avval riskni boshqarishni o‘rganish. Tezroq daromad qilishga emas, kapitalni saqlab qolishga e'tibor bering. Uzoq muddatda aynan shu yondashuv ko‘proq natija beradi.

#V Bozor ochilganda bitimni qisman yopish mumkin Hozirgi natija +4%✅ atrofi

Bu yerda qora ro'yhat

Bloomberg: Amerika kompaniyalarining insayderlari (rahbarlar, direktorlar va yirik aksiyadorlar) AQSh aksiyalarini so'nggi 20 yildan ortiq davrdagi ikkinchi eng yuqori sur'atda sotmoqda. 2026-yilning birinchi yarmida (1-yarim yillikda) ular jami 77,6 milliard dollarlik aksiyalarni sotgan. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 20% ko'p. Manbalar: Bloomberg va EPFR. Qisqacha mazmuni: 📉 AQSh kompaniyalari rahbarlari o'z aksiyalarini faol sotmoqda. 💰 Sotilgan aksiyalar hajmi: 77,6 mlrd dollar. 📈 Bu ko'rsatkich yillik hisobda 20% ga oshgan. ⚠️ Tarixan bunday yuqori insayder sotuvi ba'zan bozorning qimmatlashganini yoki rahbariyat kelajakdagi o'sishni ehtiyotkorlik bilan baholayotganini anglatishi mumkin. Ammo bu bozor albatta tushadi degani emas — insayderlar soliqlar, diversifikatsiya yoki shaxsiy likvidlik kabi boshqa sabablar bilan ham aksiyalarini sotishlari mumkin.

5

#XRAY Long Dentsply Sirona Inc. (XRAY) — dunyodagi eng yirik professional stomatologiya mahsulotlari va texnologiyalari ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya tish shifokorlari va laboratoriyalar uchun raqamli stomatologiya uskunalari, implantlar, implantologiya tizimlari hamda sarf materiallarini taqdim etadi. TP1: 17.07 TP2: 22.39 Balansning 4-5% ga spotda sotib olinadi. Tehnik sabab: Linya yorilishi Xavf haqida ogohlantirish