𝐌𝐔𝐓𝐌𝐀𝐈𝐍𝐍𝐀
Открыть в Telegram
"𝐊𝐢𝐦 𝐢𝐥𝐦 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡 𝐲𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐢 𝐭𝐮𝐭𝐬𝐚, 𝐀𝐥𝐥𝐨𝐡 𝐭𝐚𝐨𝐥𝐨 𝐮𝐧𝐢 𝐣𝐚𝐧𝐧𝐚𝐭 𝐲𝐨'𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐲𝐨'𝐥𝐥𝐚𝐛 𝐪𝐨'𝐲𝐚𝐝𝐢". Admin @Wunchaakiii_bot
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
1 404
Подписчики
Нет данных24 часа
-287 дней
+63730 дней
Архив постов
1 404
1️⃣7️⃣❤️❤️❤️
«Rizq topaman deb toʻgʻrilikdan ayrilma va musulmon holda vafot etishga intil. Mazlumning duoibatidan saqlan» degan ekanlar?
Savol: Kimning soʻzlari
1 404
1️⃣6️⃣❤️❤️❤️
U shunday bir jonzotki u jonzot Alloh taoloning amri bilan bitta mo'jizaga sababchi bo'lgan. Eng qizig'i va hayratlanarlisi bu jonzot o'limidan keyin jannatga kiradigan sanoqli hayvonlar qatorida zikr qilinadi.lekin Qur'oni Karimda ushbu jonzot haqida gap ketganda u Alloh taoloning la'natiga uchragan va qattiq qoralangan bir toifaga (yomon insonlarga) o'xshatiladi. Ya'ni, o'sha yomon insonlarning holati ayni shu jonzotning holatiga o'xshatib ta'riflanadi.
Savol: Bu qaysi jonzot va u Qur'onda kimlarga o'xshatilgan?
🕰️🕰️🕰️🕰️🕰️🕰️🕰️🕰️
1 404
1️⃣5️⃣❤️❤️❤️
Bir boy musulmon kishi bor. Uning qo'lida nishop miqdoridan zakot berish majburiy bo'lgan eng kam miqdordan bir necha barobar ko'p tonnalab sof oltin va pullari bor. U oqil balog'atga yetgan va mutloq hur inson. Uning hech qanday qarzi ham yo'q. Ushbu boyliklar ustidan to'liq bir qamariy yil ham aylanib o'tdi yani havalonul-havl bo'ldi.lekin Islom shariati unga bu oltinlardan zakot berishni farz qilmaydi. Agar u baribir zakot niyati bilan pul chiqarsa bu amali ibodat o'rniga o'tmaydi.
Savol: Nima sababdan barcha shartlar boylik, vaqt, iymon, qarzning yo'qligi mavjud bo'la turib bu kishiga zakot berish farz bo'lmadi?
📖📖📖📖📖📖📖📖📖
1 404
1️⃣4️⃣❤️❤️❤️
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik davrlarida sahobalar bilan birga juda koʻp janglarda qatnashganlar. Shunday janglardan biridamusulmonlar qoʻshinida mardlik bilan urushayotgan bir sahoba toʻsatdan oʻz qilichi bilan adashib oʻzini oʻzi yarador qilib qoʻyadi va shu jarohat sababli shohid boʻladi.
Buni koʻrgan ba'zi odamlar xato oʻylab: "U oʻzini oʻzi oʻldirdi uning qilgan barcha yaxshi amallari va jihodi kuyib ketdi u doʻzaxiydir" deb mish-mish tarqatishadi. Bu gaplarni eshitibu sahobaning qarindoshlari yigʻlabqattiq xafa boʻlib Rasululloh huzurlariga kelishadi.
Shunda Paygʻambarimiz jilmayib boyagi mish-mish tarqatganlarni mutlaqo raddiyat qilib: "U yolgʻon gapiribdi Aksincha u sahobaga ikki karra ajr bor va u jannatda daryolarda suzib yuribdi!" deb bashorat beradilar hamda uning janozasini oʻzlari oʻqiydilar.
Savol: Jang maydonida adashib oʻz qilichi tegib ketishi natijasida vafot etgan va ortidan "oʻzini oʻldirdi" deb tuhmat qilingan, aslida esa Rasululloh tomonidan ikki karra jannat ajri bilan mukofotlangan bu ulugʻ sahoba kim edi? U qaysi mashhur gʻazotda shahid boʻlgan edi?
🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋
1 404
1️⃣3️⃣❤️❤️❤️
Shariatning umumiy qoidasiga koʻra, inson oʻzida yoʻq boʻlgan yoki hali dunyoda umuman mavjud boʻlmagan narsani sotishi harom (botil) hisoblanadi. masalan daryodagi baliqni yoki hali tugʻilmagan qoʻzichoqni sotib boʻmaydi.Lekin Islom fiqhida shunday bitta istisno shartnoma yani savdo turi borki unda mahsulot hali dunyoda umuman yoʻq ekin hali ekilmagan yoki mahsulot hali zavodda ishlab chiqarilmagan. Shunday boʻlsada xaridor pulni hozir naqd toʻlaydi sotuvchi esa mahsulotni kelasi yili yoki bir necha oydan keyin yetkazib berishga kelishadi. Bu savdo mutlaqo halol va shariat ruxsat bergan savdo hisoblanadi.
Savol: Hali mavjud bo'lmagan narsani oldindan pulini olib sotishga ruxsat berilgan bu maxsus fiqhiy savdo shartnomasining nomi nima?
🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋🦋
1 404
Bu namozxon — jamoat ichida imomning toʻgʻri orqasida turgan uning ortidan ovozini balandlatib jamoatga yetkazib turuvchi "Mukabbir" (yoki namozxon koʻp boʻlganida imomning harakatlarini jamoatga yetkazuvchi va u zotni toʻgʻrilab turuvchi xalifadir) .Nima uchun uning namozi buziladi?Imom adashganida masalan, namozni 4 rakat oʻrniga 5 rakat qilib yubormoqchi boʻlganida uning ortidagi bu shaxs imomni ogohlantirish uchun baland ovozda "Subhanalloh" deydi.Agar imom uning ogohlantirishiga quloq solmay baribir xato qilib sajdai sahvga ketsa bu shaxs: "Imom adashdi bu sajdai sahv nooʻrin boʻlyapti" deb bilsa lekin baribir bilib turib imomga ergashsa uning namozi hukmi buziladi.Chunki u shariatning eng nozik qoidasini buzgan boʻladi: namozda toʻgʻri yoʻlni bilib turib qasddan xatoga ergashish namozni buzadi. Shuning uchun u imomning xato sajdasi tugashini kutib turishi unga ergashmasligi kerak edi.
📌Manba
Imom Ibn Nujaym Al-Bahr ar-Ro'iq sharh Kanz ad-Daqa'iq Sajdai sahv kitobi.Imom al-Kasaniy Bado'ius-Sano'i fi Tartibis-Sharo'i kitobidan tuzilgan.
1 404
1️⃣2️⃣❤️❤️❤️
Bir musulmon kishi jamoat namozida imomga iqtido qilib namoz oʻqimoqda. Namoz asnosida imom adashib ketdi va sajdai sahv (namozdagi xatoni tuzatish uchun qilinadigan qoʻshimcha sajda) qildi.Shariat qoidasiga koʻra imomga ergashgan barcha mamumlar (orqadagi jamoat) ham imom bilan birga sajdai sahv qilishi vojib (shart).Biroq imomning orqasida turgan jamoat ichidan bir kishi imom bilan birga sajdai sahv qilsa uning namozi buziladi (bofill boʻladi). Agar u imomga ergashmay sajdani tark qilsa namozi toʻgʻri boʻlaveradi.
Savol: Imomga iqtido qilib turgan bu namozxon kim va nima uchun u imomga ergashib sajda qilsa namozi buzilib ketadi?
( U kishi namozga kechikib kelgan masbuq emas namozni boshidan imom bilan boshlagan).
💭💭💭💭💭💭💭💭
1 404
Sa'd ibn Muoz hijratdan bir yil oldin 31 yoshida iymonga kelgan va hijriy 5-yilda Xandaq gʻazotidan soʻng 37 yoshida vafot etgan. U zot jami 6 yil musulmon boʻlib yashagan.
Roʻza tutmaganligi sababi: Islomda Ramazon roʻzasi hijriy 2-yilda farz qilingan. Biroq Sa'd ibn Muoz oʻsha yili ogʻir kasal boʻlgani yoki safarda boʻlgani uchun emas, balki Islomning ilk davridagi hukmga koʻra tutmagan. Ramazon oyida u zot gʻazotlarda xususan Badr va undan keyingi janglarda doimiy musofir (safarda) boʻlgan. Musofirga esa roʻza tutish farz emas qazosini keyin tutib berish joiz edi. Ammo u zot qazosini tutishga ulgurmay jarohatdan vafot etgan.
Zakot bermaganligi sababi: Zakot farz boʻlishi uchun boylik ma'lum bir miqdorga (nisobga) yetishi va u kishining qoʻlida bir yil davomida turishi shart. Sa'd ibn Muoz butun boyligini toʻxtovsiz islom yoʻlida, gʻazotlarga sarflagani sababli puli bir joyda yil boʻyi saqlanmagan va zakot berish majburiyati unga tushmagan.
Aroq masalasi: Aroq Islomda birdaniga emas bosqichma-bosqich taqiqlangan. Uning uzil-kesil harom qilinishi (Moida surasi, 90-oyat) hijriy 6-yilda Sa'd ibn Muoz vafot etganidan keyin nozil boʻlgan. Shuning uchun u zot bu hukmni koʻrmay oʻtib ketgan.
Manbasi📌
Arshning larzaga kelishi va farishtalar haqida: Sahihi Buxoriy, "Fadoilus-Sahoba" (Sahobalarning fazilatlari bobi) 3803-hadis va Sahihi Muslim 2466-hadis.
Tarixiy va fiqhiy savolniki esa : Imom Ibn Hajar al-Asqaloniyning "Fathul-Boriy" (Buxoriy sharhi) hamda Imom az-Zahabiyning "Siyar A'lam an-Nubala" (Ulugʻlar hayoti) asarlari Sa'd ibn Muoz tarjimai holidan tuzzilgan.
1 404
1️⃣1️⃣❤️❤️❤️
Islom tarixida bir ulugʻ sahoba bor. U zot hayotlik chogʻlaridayoq jannat bashorati berilgan "Ashorai Mubashshara" (oʻn jannatiy sahoba) qatoriga kirmas edi. Biroq, u zot vafot etganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Uning vafoti sababli Rahmonning Arshi larzaga keldi va uning janozasiga shu paytgacha yer yuziga tushmagan 70 ming farishta tushdi" deb marhamat qildilar.
Arshni larzaga keltirgan bu ulugʻ sahoba kim?
Bu sahoba islomni qabul qilgandan keyin bor-yoʻgʻi 6 yilgina yashadi. Bu muddat ichida islomda Ramazon roʻzasi zakot, aroqning harom qilinishi kabi koʻplab hukmlar farz boʻlgan edi. Savol: Nima uchun bu sahoba butun hayoti davomida islom farz qilgan Ramazon roʻzasini biror marta ham tutmagan zakot bermagan va aroq harom qilinganidan mutlaqo bexabar oʻtib ketgan? (Uning islomga boʻlgan iymoni va ixlosi komil edi, hech qanday uzrsiz tark etmagan).
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨
1 404
Etibor berib oʻqinglar 2ta savol berilgan va bitta qilib toʻliq javob yozmasangiz hisobga olmayman
1 404
1️⃣0️⃣❤️❤️❤️
Sahobalardan biri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘z o‘nglarida namoz o‘qidi. U namozini tugatgach Payg‘ambarimiz alayhissalom unga: "Borib qaytadan namoz o‘qi chunki sen namoz o‘qimading" dedilar. Bu holat uch marta takrorlandi.Ushbu voqeada ismi tilga olingan va islom fiqhida "Xallad" (namozni yomon o‘quvchi) laqabi bilan ham eslanadigan sahoba kim edi?Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning namozidagi aynan qaysi eng muhim amalni tark etgani sababli namozini qabul qilmay qayta o‘qishga buyurdilar?
📖📖📖📖📖📖📖📖📖
1 404
9️⃣❤️❤️❤️
Bir sahobiy xalifa huzuriga kelib, eshikdan uch marta izn so‘raydi va javob bo‘lmagach qaytib ketadi. Xalifa uni qaytarib chaqirtirib, bu amalni Rasulullohdan eshitganiga guvoh talab qiladi. Shunda u Ansor majlisiga boradi. Majlisdagi yoshi kattaroq sahobiy: “Unga faqat oramizdagi eng yoshimiz guvohlik qilsin” deydi.
Bu yerda “eng yoshimiz” deb ko‘rsatilgan sahobiy kim edi?
🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩
1 404
8️⃣❤️❤️❤️
Qur’onda bir surada ikki xil qasam vositasi ketma-ket keladi. Boshqa bir surada esa qasam bir necha marta takrorlanib undan keyin insonning najoti yoki halokati bilan bog‘liq hukm keladi. Ikkala surani toping va qasamlarning asosiy farqini bitta qilib toʻliq yozing
🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩
1 404
7️⃣❤️❤️❤️
Bir hadisda Qiyomat kuni Alloh taolo uch toifadagi kishilar bilan gaplashmasligi ularga qaramasligi va ularni poklamasligi aytilgan. Ularning ichidan savdo qilayotganda qasam ichib molini o‘tkazuvchi bor. Qolgan ikki toifa kim?
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️
1 404
6️⃣❤️❤️❤️🤩
Bir yurishda lashkar boshlig‘i uchinchi tayinlangan kishi bo‘ldi. Unga qadar ikki boshliq ketma-ket halok bo‘lgan. Keyin bayroqni boshqa bir sahobiy oldi. Qiziq tomoni bu voqea haqida manbalarda jang natijasi borasida ham turli qarashlar mavjud.
Birinchi uch boshliq kim edi va keyin bayroqni olgan sahobiy kim?
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
1 404
5️⃣❤️❤️❤️🌟
Uhuddan keyingi voqeada Rasululloh faqat avvalgi jangda qatnashgan kishilarni chiqishga buyurdilar. Ammo bir sahobiy avvalgi jangda qatnasha olmaganining sababini aytib yangi yurishda qatnashishga ruxsat oldi.
Savol: Sahobiy kim edi nega avvalgi jangda qatnashmagan edi va keyingi yurishda aynan qaysi joygacha borgan?
🌙🌙🌙🌙🌙🌙🌙🌙🌙
1 404
4️⃣❤️❤️❤️
Rasululloh ﷺ ishtirok etgan janglar ketma-ketligida bir jang bor: u 3-hijriy yilda, Shavvol oyida bo‘lib o‘tgan. Undan keyin musulmonlar yaralari hali bitmagan bo‘lsa-da, dushmanni ta’qib qilish uchun yana yo‘lga chiqqanlar.
Bu qaysi jang edi va undan keyingi ta’qib yurishi qanday nom bilan mashhur bo‘lgan?
📌📌📌📌📌📌📌📌
