ru
Feedback
"REGISTRATOR OFISI" KIUT_SAM

"REGISTRATOR OFISI" KIUT_SAM

Открыть в Telegram

KIUT Samarkand Branch universiteti Registrator ofisi rasmiy telegram kanali. Kanalda tezkor va ishonchli ma'lumotlar berib boriladi.

Больше
775
Подписчики
+24124 часа
+2727 дней
+29130 дней
Архив постов
⚡️HEMIS tizimi orqali diplom ma’lumotlarini tekshirish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma. Bitiruvchilar talabasam.kiut.uz saytidagi “Diplomni tekshirish” bo‘limi orqali o‘z diplomlarini tekshirishlari mumkin. Saytga kirish uchun pasport yoki ID kartangizdagi 14 talik raqamdan iborat JSHSHIR raqamini kiritishingiz lozim. https://t.me/KIUT_RegOffice

Eslatib o'tamiz, yangi rejalashtirilgan imtihonlar talaba kabinetida, imtihonlar grafigining eng quyi qismida joylashgan bo'l
Eslatib o'tamiz, yangi rejalashtirilgan imtihonlar talaba kabinetida, imtihonlar grafigining eng quyi qismida joylashgan bo'ladi. Agar imtihon vaqti ko'rinmasa, sahifani yangilab qaytadan tekshirib ko'ring.

Eslatib o'tamiz, imtihon vaqti va xonasini, shaxsiy kabinetdagi "Qayta imtihonlar" bo'limida ko'rishingiz mumkin (http://sams
Eslatib o'tamiz, imtihon vaqti va xonasini, shaxsiy kabinetdagi "Qayta imtihonlar" bo'limida ko'rishingiz mumkin (http://samstudent.kiut.uz/site/retake-exams)

2026-yil 19-avgustda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan qayta topshirish imtihonlari vaqti va xonasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsiy kabinetga joylashtirildi.

2026-yil 12-avgust kuni o‘tkazilgan qayta topshirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

⚡️YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI - 2026 tanlovida TOP-10 talikda borayotgan oliygohlar (13.08.2026 09:30 holatiga ko'ra) 1. Osiyo Xalqaro Universiteti — 5228 2. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — 2543 3. Navoiy innovatsiyalar universiteti — 1469 4. Alfraganus Universiteti — 1208 5. Perfect University — 1107 6. Xalqaro Innovatsion Universiteti — 894 7. Toshkent amaliy fanlar universiteti — 628 8. Kimyo xalqaro universiteti — 552 9. Ma'mun universiteti — 494 10. University of business and science — 464 Oliygohlarning to'liq ro'yxat bilan tanishish: 👉 nodavlat-talim.uz ❗️Eslatib o‘tamiz, ovoz berish 25-avgust 23:59 da yakunlanadi. Siz ham o'z nomzodingizni qo'llab-quvvatlang: 👉 @OTMreyting_bot 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

2026-yil 12-avgustda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan qayta topshirish imtihonlari vaqti va xonasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsiy kabinetga joylashtirildi.

Ҳар йили эслатиладиган энг муҳим маълумотлардан бири! Ўқиши ички кўчириш истагида бўлган талабалар келиб чиқиши мумкин бўладиган фанлар фарқини топшириш кераклигини ҳам олдиндан ўйлаб кўриши тавсия этилади. Айниқса таълим йўналиши тубдан ўзгартирадиган талабалар. Академик фарқ (фанлар фарқи) - бу талаба томонидан илгари ўқимаган, аммо ўқишни кўчирмоқчи бўлган таълим йўналишида мавжуд бўлган фанлардир. Ўқишни кўчириш, тиклаш, академик таътилдан қайтиш жараёнларида, айниқса таълим йўналиши ўзгарса пайдо бўлади. Академическая разница — это предметы, которые студент не изучал ранее.  Они появляются, если он переводится на другую специальность/в другой вуз или восстанавливается на прежней специальности после академического отпуска/отчисления. Фанлар фарқини қандай аниқлаш мумкин? - Кўчишни истаган таълим йўналишидаги фанлар рўйхатини (деканатдан ёки ўқув бўлими орқали) олинг. - Ўзингиз ўрганган фанлар рўйхати билан солиштиринг. - Янги йўналишда мавжуд, аммо сиз ўқимаган фанлар — академик фарқ ҳисобланади. Нега бу муҳим? Ҳар йили талабалар ариза ёзиб, йўналишини ўзгартиришга уриниб кўради. Аммо кейинчалик академик фарқ аниқланганда, кўплаб саволлар ва норозиликлар юзага келади: “Хабарим йўқ эди”, “Менга айтилмаган”, “Дугонам ёзди, мен ҳам ёздим...”. Бундай ҳолатлар олдини олиш учун етти ўлчаб, бир кес деган халқ мақолига амал қилиш тавсия этилади. Қарор қабул қилишдан олдин барча талаб ва шароитлар билан танишиб чиқишингиз жуда муҳим.

#FAQ 📌 Diplom qachon beriladi? Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialining 2026-yil bitiruvchilariga diplom to
#FAQ 📌 Diplom qachon beriladi? Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialining 2026-yil bitiruvchilariga diplom topshirilishi bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz: ✅ Yakuniy davlat attestatsiyasidan belgilangan grafik asosida o’z vaqtida muvaffaqiyatli o'tgan hamda diplomga tavsiya etilgan bitiruvchilar o'z diplomlarini 10-avgust (dushanba) kunidan boshlab universitetning tegishli dekanatidan kelib olishlari mumkin. ❗️ Agar sizga diplomga tavsiya etilganingiz haqida xabar kelmagan yoki talabasam.kiut.uz platformasida diplomingiz hali ko'rinmayotgan bo'lsa, xavotir olmang. Ushbu diplomlar rasmiylashtirish jarayoni yakunlangach, yaqin kunlarda topshiriladi. Bu haqda qo'shimcha xabar beriladi. 🎓 Bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi avgust oyining 2-yarmida o’tkazilishi rejalashtirilgan. Marosimning aniq sanasi va manzili alohida e'lon qilinadi. ⚠️ Eslatma: Agar siz diplomga tavsiya etilganingiz haqida xabar olmagan bo'lsangiz, bunga akademik qarzdorlik, shartnoma to'lovi bo'yicha qarzdorlik, uzrli sabablarga ko'ra attestatsiyada ishtirok eta olmaganlik yoki yakuniy davlat attestatsiyasidan o’ta olmaganligingiz sabab bo'lishi mumkin.

2026-yil 5-avgust kuni o‘tkazilgan qayta topshirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

2026-yil 29-iyul kuni o‘tkazilgan qayta topshirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

⚡️Rasman: Imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavr va magistr pedagoglarga yangi tartibda malaka toifasi beriladi
Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra, 2026-yildan boshlab bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) beriladi. Imtiyozli diplomga ega boʻlmagan bakalavr bitiruvchilarga esa avvalgidek mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi beriladi. 👨‍🎓 Shuningdek, magistratura bosqichini barcha fanlardan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan “5” (aʼlo) baho (90–100 ball) bilan tamomlagan va birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) beriladi. Qolgan magistr darajasiga ega bitiruvchilarga esa avvalgidek ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilishi davom ettiriladi. Mazkur tartib pedagoglar navbatdagi attestatsiyadan oʻtguniga qadar amal qiladi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar

⚡️Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetiga yangi litsenziya taqdim etildi Kecha 28-iyul kuni Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetiga 10 ta yangi ta'lim yo'nalishi va 4 ta yangi manzil bo'yicha litsenziya taqdim etildi. Yangi litsenziya asosida qo'shilgan ta'lim yo'nalishlari:
• Axborot tizimlari va texnologiyalari • Barqaror transport • Dasturiy injiniring • Jismoniy madaniyat • Kompyuter injiniring • Sanoat muhandisligi va menejmenti • Xalqaro munosabatlar • Arxitektura tarixi va nazariyasi • Atrof-muhit muhandisligi • Jahon iqtisodiyoti
Yangi litsenziya asosida qo'shilgan ta'lim yo'nalishlari:
• Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi, 19-uy • Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko'chasi, 151-uy • Namangan shahri, Yangi shahar ko'chasi, 27-uy • Namangan shahri, Yangi shahar ko'chasi, 28-uy
Eslatib o'tamiz, mazkur oliygohda avval 5 ta ta'lim yo'nalishi mavjud edi. Yangi litsenziya taqdim etilishi natijasida universitetdagi ta'lim yo'nalishlari soni 27 taga yetdi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

29.07.2026 sanasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan qayta topshirishlar vaqti va xonasi shaxsiy kabinetga yuklandi. E'tiborli bo'lishingizni so'raymiz! O'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishni unutmang! Faqatgina hujjatning asl nusxasi bilan imtihonlarda ishtirok etish mumkin! O'z vaqtida kelmagan talabalar imtihonga kiritilmaydi!

2026-yil 27-iyul kuni test shaklida o‘tkazilgan Fanlararo yakuniy attestatsiya imtihoni ("GOS") natijalari shaxsiy kabinetga joylashtirildi.

⚠️ Yakuniy fanlararo imtihon (“GOS”)ga ruxsat berilgan bitiruvchi kurs talabalari uchun auditoriyalar, guruhlar taqsimoti hamda imtihon vaqtlari e’lon qilindi. Talabalardan belgilangan vaqtdan kamida 20 daqiqa oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta)ning asl nusxasi bilan yetib kelishlari so‘raladi. ❗️Kechikib kelgan talabalar imtihonga qo‘yilmaydi.

Eslatib o'tamiz, yangi rejalashtirilgan imtihonlar talaba kabinetida, imtihonlar grafigining eng quyi qismida joylashgan bo'l
Eslatib o'tamiz, yangi rejalashtirilgan imtihonlar talaba kabinetida, imtihonlar grafigining eng quyi qismida joylashgan bo'ladi. Agar imtihon vaqti ko'rinmasa, sahifani yangilab qaytadan tekshirib ko'ring.

Eslatib o'tamiz, imtihon vaqti va xonasini, shaxsiy kabinetdagi "Qayta imtihonlar" bo'limida ko'rishingiz mumkin (http://sams
Eslatib o'tamiz, imtihon vaqti va xonasini, shaxsiy kabinetdagi "Qayta imtihonlar" bo'limida ko'rishingiz mumkin (http://samstudent.kiut.uz/site/retake-exams)

22.07.2026 sanasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan qayta topshirishlar vaqti va xonasi shaxsiy kabinetga yuklandi. E'tiborli bo'lishingizni so'raymiz! O'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishni unutmang! Faqatgina hujjatning asl nusxasi bilan imtihonlarda ishtirok etish mumkin! O'z vaqtida kelmagan talabalar imtihonga kiritilmaydi!

Kunduzgi, kechki va Sirtqi ta'lim shakli bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga!!! Test shaklidagi fanlararo yakuniy imtihonlar 27.07.2026 da (Ushbu o'quv yili uchun so'nggi imkoniyat) bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz. Quyidagi talabalar fanlararo yakuniy imtihonlarga kiritilmaydi: - agar fanlar kreditlari yopilmagan bo‘lsa (F/FA/T bo‘lsa) - agar amaliyot hisoboti himoya qilinmagan bo‘lsa - agar kontrakt to‘lovi 100% amalga oshirilmagan bo‘lsa.