٠
Открыть в Telegram
185
Подписчики
Нет данных24 часа
-127 дней
-13630 дней
Архив постов
185
- Inson oshiq bo'lganini qanday biladi? - deya so'radim bir kuni bobomdan.
– Nafasingni ushlab tur, - dedi u kulimsirab.
-Tushunmadim. Nafasimni ushlab turaymi?
– Ha, ushlab tur va kut.
Aytganini qildim, chidaganimcha ushlab turdim nafasimni. Soatga qarash xayolimga kelmabdi, lekin taxminan o'ttiz soniyadan keyin qiynala boshladim. Endi taslim bo'lmoqchi edim. qo'li bilan og'iz-burnimni yopib oldi. Hayron bo‘lib qoldim. O'layozdim, yuzim qizarib ketdi ...
Nihoyat qo'lini tortdi. Jon holatda chuqur-chuqur nafas ola boshladim. Nega bunday qilganini hech tushuna olmadim. Savol nazari bilan ko‘ziga tikildim.
- Nega bunday qildingiz, bobo?
– Sal avval eng ko'p nimaga ehtiyojing bor edi? - so'radi bamaylixotir.
- Nafas olishga-da, albatta.
– Xo'sh, qanchalik ehtiyojing bor edi?
- Yana ozroq nafas olmasam, o'lib qolardim.
Bobomning o‘sha payt bergan javobini keyinchalik tushundim:
-Kun kelib kimgadir nafaschalik ehtiyoj sezsang, ana o‘shanda oshiq bo‘lgan bo‘lasan.
#mendan
185
O'qi gulim, sen faqat o'qi. Ertaga o'zingdan-da ilmli bo'lgan ummatni tarbiyalashing kerak..!
Qo'lingdan ko'p narsa keladi, charchadim dema, eplay olmayman dema. Sen barini uddalaysan. Seni bu yo'lda qo'llaguvchi Robbing bor, shuni unutma..!
185
Ikki yo'l bor:
1. " Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman" Baqara surasi, 152-oyat.
2. "Ular Allohni unutdilar, U ham ularni unutdi" Tavba surasi, 67-oyat.
Boshqa yo'l yoʻq!
