UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Открыть в Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Больше899
Подписчики
+2124 часа
-427 дней
-38330 дней
Архив постов
#Inspektor_yon_daftari
#5_muhim_qoida
📝 Tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishga tashabbus qilish va tekshirishlarni o‘tkazish hamda ularni rasmiylashtirishda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritish tartiblariga qo‘yilgan 5 ta muhim qoida batafsil Infografikada
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Press_tadbir
#brifing
✅ "Ozagroinspeksiya"ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilikni nazorat qilish borasida 2026- yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan Brifing tashkil etildi
🗓 O'tgan hosobot davrida sohalar bo‘yicha mavjud 25 041 ta nazorat obektlarida 68 ta normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan jami 4590 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 529 tasi tekshirishlar va 4067 tasi monitoringlarni tashkil etgan.
📝 Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan jami 370 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinib, ularga nisbatan 1 mlrd. 43 mln 246 ming so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan, 2 163 ta korxonalarga ogohlantirishlar va 206 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Qonuniy qaror qabul qilish uchun 55 ta materiallar sudlarga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
+3
✅ KELGUSI YIL HOSILI UCHUN URUG‘LIK BUG‘DOY TAYYORLASH ISHLARI NAZORATDA
▶️ Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi Urganch BEST SEEDS MCHJ ga qarashli urug‘lik don tayyorlash sexida kelgusi yil hosili uchun 4 690 tonna urug‘lik donni qayta ishlash yaʼni tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash belgilangan.
Ushbu urug‘liklarning 1547 tonnasi Asr, 2461 tonnasi Yelanchik, 512 tonnasi Vexa, va 252 tonnasini Andijon, Alekseich, Glyuten navlariga mansub.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Press_tadbir
#Brifing
🟦🟦🟦
📊 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari
🏛 "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash, laboratoriya sinovlarini o‘tkazish, sertifikatlashtirish hamda urug‘chilik sohasida sifat nazoratini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
📌 Paxta yo‘nalishida:
🌿 121,5 ming tonnadan ortiq paxta tolasi va 5,8 ming tonna paxta momig‘i sinovdan o‘tkazilib, sertifikatlashtirildi.
Shuningdek, 214 ming tonnadan ortiq texnik chigitning sifat ko‘rsatkichlari hamda 50 ming tonnadan ziyod texnik chigitning yog‘dorlik ko‘rsatkichlari aniqlandi.
🌾 Don yo‘nalishida:
378 ming tonnadan ortiq import qilingan don va don mahsulotlari sertifikatlashtirildi. Hisobot davrida 921 ta sifat sertifikati hamda 122 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi.
🌱 Urug‘chilik yo‘nalishida:
📃 Buyurtmachilarga 5,2 milliondan ortiq QR-kodli yorliqlar taqdim etildi.
🍎 3,2 milliondan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari sinovdan o‘tkazildi.
🥔 Urug‘lik kartoshka, chigit hamda sabzavot, poliz va yem-xashak ekinlari urug‘lari laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilib, ularning asosiy qismiga ekinboplik xulosalari rasmiylashtirildi.
🤝 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida Markaz FAO, USDA, BMEL, Embrapa hamda Naktuinbouw kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim natijalarga erishdi. Shuningdek, Markaz ISTA xalqaro tashkilotiga a'zo bo‘lib, xalqaro standartlar asosida faoliyatni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam tashladi.
Ushbu hamkorliklar laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish va xalqaro standartlar asosida faoliyatni takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
✅ Markaz tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, laboratoriya sinovlarini xalqaro talablar asosida tashkil etish hamda sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
‼️‼️‼️
⚠️ DIQQAT, FERMER VA TADBIRKORLAR!
2026-yil 14-iyuldan e’tiboran ya'ni bugundan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1128-son Qonuni kuchga kirdi.
Mazkur Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 65-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, 65-moddaning 2-qismi bilan nazarda tutilgan dala cheti bo‘yicha sodir etilgan huquqbuzarliklarni "O'zagroinspeksiya" tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi.
Shu munosabat bilan barcha fermer xo‘jaliklari, klasterlar, dehqon xo‘jaliklari, yer egalari hamda tadbirkorlik subyektlari amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqiriladi.
❗️Shuningdek, e’tibor bering:
Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, MJtKning 65-moddasi bandlari quyidagicha qayta raqamlandi:
▪️ avvalgi 2-qism — yangi tahrirdagi 3-qism;
▪️ avvalgi 3-qism — yangi tahrirdagi 4-qism;
▪️ avvalgi 4-qism — yangi tahrirdagi 5-qism.
Qonun talablariga rioya etish qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yer resurslarini muhofaza qilishning muhim omili hisoblanadi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ “AGROINSPEKSIYA” JAMOASI “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINIDA FAXRLI IKKINCHI O‘RINNI EGALLADI
▶️ Hukumatning 2025-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 824-son qarori ijrosi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat kengashi tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvda viloyatdagi korxona va tashkilotlardan jami 11 ta jamoa ishtirok etib, bilim va tafakkur borasida o‘zaro bahslashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Uz Chasys” jamoasi;
🥈 2-o‘rin — “AGROINSPEKSIYA” jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Namangan viloyati Adliya boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.
👉🏻BATAFSIL
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Infografika
#murojaatlar_tahlili
📊 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hamda “1008” ishonch telefoni orqali "O‘zagroinspeksiya"ga 2026-yilning I-yarim yilligida kelib tushgan murojaatlar tahlili batafsil Infografikada 👆🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
🟦🟦🟦
#OAV_biz_haqimizda
📰 O‘zAning “Laboratoriyadan tashqi bozorgacha: sifat nazorati takomillashmoqda” nomli maqolasida “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi direktori Jahongir Karimov intervyusi asosida Markaz faoliyati, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish, xalqaro hamkorlik va sifat nazoratini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.
🌐 Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/laboratoriyadan-tashqi-bozorgacha-sifat-nazorati-takomillashmoqda_881512
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
🟦🟦🟦
#OAV_biz_haqimizda
📰 O‘zAning “Laboratoriyadan tashqi bozorgacha: sifat nazorati takomillashmoqda” nomli maqolasida “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi direktori Jahongir Karimov intervyusi asosida Markaz faoliyati, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish, xalqaro hamkorlik va sifat nazoratini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.
🌐Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/laboratoriyadan-tashqi-bozorgacha-sifat-nazorati-takomillashmoqda_881512
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ TAKRORIY EKIN SIFATIDA URUG‘LIK KARTOSHKA EKISH ISHLARI AVJIDA
▶️ Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda, dunyoning 150 ga yaqin mamlakatida yiliga o‘rtacha 500 million tonnaga yaqin kartoshka yetishtiriladi. Xitoy, Hindiston, AQSH, Germaniya, Bangladesh, Rossiya, Polsha, Fransiya va Niderlandiya kartoshka yetishtiruvchi yetakchi mamlakatlar hisoblanadi.
📌 Viloyating kartoshkachilikka ixtisoslashgan tog‘oldi hududi hisoblangan Yangiqo‘rg‘on tumanida asosiy ekin sifatida ekilgan 3 ming 305 gektar maydonga kartoshka ekilib, hosil yig‘ishtirib olingan bo‘lsa, 650 gektar g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida urug‘lik kartoshka ekish ishlari avjida.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Hududlardan_yangilikLar
#Amudaryo
#TV_video
✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan 2026-yil hosili uchun ekilgan urug‘lik kartoshka maydonlari ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatilgan.
▶️ Ushbu jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 8 - sentyabrdagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ “Raqamli hukumat” tizimi yanada rivojlantiriladi“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–257-son, 08.07.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilar Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma (Platforma)ni joriy etishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan: 🔹 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriy funksiyasini raqamlashtirish; 🔹 davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish va boshqalar. ✅ Platforma quyidagilarni ta’minlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi: 🔸 davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini ta’minlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qo‘llash; 🔸 qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish va boshqalar. ⏳ 2027-yil 1-yanvardan: ➖ davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish Platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi; ➖ Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya (Open API) tamoyili joriy qilinadi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+2
✅SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI YERIDA NOQONUNIY QURILISH HOLATI ANIQLANDI
▶️ «O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyati boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan Urgut tumanidagi «Baxrin» agrofirmasi hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida qonunbuzilish holati aniqlandi.
📌Mazkur noqonuniy qurilish oqibatida 0,0292 gektar sug‘orib haydaladigan yer qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat natijasida davlat manfaatlariga 29 million 180 ming 24 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
