Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Открыть в Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
200
Подписчики
-324 часа
-17 дней
-1130 день
Архив постов
📃 # KENGASH DAYJESTI.
✏️ Hafta davomida e'lon qilingan eng muxim xabarlar.
📨 Deputatlik so'rovlari yuborildi.
🎥 Hududlarda ochiq muloqotlar.
- "Qaynar"
- "Bog'bon"
- "Mustaqillik"
- "Ko'hsor" mahallalarida
Deputat o‘rganishi: Ijtimoiy soha ob’ektlari diqqat markazida
📝 Tahlil va tadbirlar
"Madad" huquqiy maslahat byurolari bilan memorandumlar imzolandi.
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha tavsilar berildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashida O’zLiDeP deputatlik guruhi eshituvi o’tkazildi
Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling.
👉🏻 Telegram
👉🏻 YouTube
👉🏻 Facebook
Repost from Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi
📌 Маҳаллий Кенгаш депутати фаолиятининг энг муҳим йўналишлари бўйича тавсиялар
I. Ижтимоий соҳа бўйича назорат
1️⃣ Ёшлар сиёсати Маҳалла ёшлар етакчиси фаолиятини ўрганиш Ёшлар бандлиги ва тадбиркорликка жалб этиш ҳолатини таҳлил қилиш Ёшлар муаммолари бўйича очиқ мулоқотлар ташкил этиш 2️⃣ Соғлиқни сақлаш Тиббиёт муассасаларида қабул ва хизмат сифати мониторинги Бепул дори-дармонлар билан таъминланиш ҳолатини ўрганиш Аҳолининг мурожаатлари асосида муаммоларни аниқлаш 3️⃣ Ижтимоий ҳимоя Кам таъминланган оилаларга нафақа ва ёрдам тайинланишини назорат қилиш Ижтимоий ходимлар фаолиятини ўрганиш Ногиронлиги мавжуд шахсларга берилган имтиёзлар ижросини текширишII. Инфратузилма ва коммунал соҳалар
4️⃣ Йўл ва транспорт Ички кўча йўллари ҳолатини ўрганиш Тунда ёритиш тизимини текшириш ЙТҲ кўп содир бўлаётган жойларда ўрганиш ишлари Жамоат транспорти ҳаракатини таҳлил қилиш 5️⃣ Коммунал хизматлар Иссиқ/совуқ сув, газ, электр таъминоти ҳолати Куз-қиш мавсумига тайёргарлик Лифтлар ишлаш ҳолати Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш 6️⃣ Бошқарув компаниялари Кўп қаватли уйлар ҳолати (подъезд, ертўла, атроф) Тозалик ва ёритиш назорати Аҳоли билан очиқ мулоқотIII. Таълим, спорт ва маданият
7️⃣ Таълим ва спорт Мактаб, техникум, лицей спорт заллари ҳолати Спорт иншоотлари ва жиҳозлар ҳолатини ўрганиш Болалар учун спорт имкониятларини кенгайтириш 8️⃣ Маданият ва дам олиш Парк, ҳиёбон ва боғлар ҳолати Маданият муассасалари, музей ва кутубхоналар ҳолатиIV. Иқтисодий ва бозор муносабатлари
9️⃣ Камбағалликни қисқартириш Ҳоким ёрдамчилари фаолияти самарадорлигини ўрганиш Аҳолини тадбиркорликка жалб этиш ҳолати 🔟 Бозор назорати Истеъмол маҳсулотлари нарх-наво мониторинги Маҳсулотлар етарлилиги 1️⃣1️⃣ Инвестициялар ва бандлик Ҳудудга киритилаётган инвестициялар таҳлили Янги иш ўринлари яратилишиV. Ҳуқуқ-тартибот ва давлат хизматлари
1️⃣2️⃣ Жиноятчиликка қарши кураш Қизил ва сариқ ҳудудларда ҳолат таҳлили Профилактика ишлари самарадорлиги 1️⃣3️⃣ Давлат хизматлари Давлат хизматлари марказлари ва ФҲДЁда хизмат сифати Фуқаролар мурожаатларини ўрганишVI. Депутатлик фаолиятини ташкил этиш
1️⃣4️⃣ Жойига чиқиб ўрганиш амалиёти Ҳар ой сессия масалаларини жойига чиққан ҳолда ўрганиш Мутасаддилар иштирокида ўрганишлар Натижалар юзасидан депутатлик сўровлари киритиш 1️⃣5️⃣ Ҳисобдорлик ва ахборот сиёсати Аҳолига ойлик ҳисобот бериш Ижтимоий тармоқларда очиқ ахборот бериб бориш Мурожаатлар реестри юритишTelegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi VII-15-8-4-62-K/26-sonli qarori qabul qilinib, mazkur qaror tumanimizdagi 8 ta mahalallar infratuzilmasini tubdan yangilash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🏘 1. "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" dasturi
Ushbu yo‘nalishda 3 ta mahalla tanlab olingan bo‘lib, ularning har biriga 5 mlrd so‘mdan, jami 15 mlrd so‘m ajratildi:
• ✅ “Sharqyulduzi” mahallasi
• ✅ “Qaynar” mahallasi
• ✅ “Makrid” mahallasi
🛠 2. "Og‘ir" toifadagi mahallalarni obod qilish
Infratuzilmasini yaxshilashga muhtoj 5 ta mahallaning har biriga 3 mlrd so‘mdan, jami 15 mlrd so‘m yo‘naltirildi:
•📍 Alaquyliq, Navro'z, Bektemir, Sho'robsoy, Ko'hsor.
⚡️ Rejalashtirilgan asosiy ishlar:
• Elektr ta’minoti:
• Suv ta’minoti:
• Yo‘l infratuzilmasi:
• Tungi yoritish chiroqlari o'rnatish:
👉🏻 Telegram
+6
#sessiya
Kitob tumanida Xalq deputatlari Kengashining 16- sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Kitob tumani hokimligida Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining VII chaqiriq 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga kiritilgan navbatdagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Mazkur sessiya tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor muhim masalalarni hal etish, aholining murojaatlari va ehtiyojlariga javob berish borasida yana bir muhim qadamlardan biri bõldi.
+2
🏛 Deputat faoliyati: Amaliy ishlar nazoratda. "22-Qaynar" saylov okrugi deputati Usmonov Abdig‘ani Xomidovich hududdagi o‘rganishlarini davom ettirdi: ✅ Infratuzilma: Hududga toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari va sifat darajasi ko‘zdan kechirildi. ✅ Ta’lim: 28-sonli DMTT faoliyati, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. ✅ E’tibor: Hududdagi nuroniylar va bemorlar xolidan xabar olinib, ularga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. ✅ Muloqot: Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, yechimi bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi. "Maqsadimiz — xalqimizning og‘irini yengil qilish va hudud obodligini ta’minlash," — deydi deputat. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanaliga qo'shiling. 👉🏻 Telegram
+1
"17-Boğbon" saylov okrugi deputati bugun oʻz hududidagi saylovchilar bilan yaqindan muloqot qildi. Uchrashuv davomida deputat fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari, kayfiyati va qiynayotgan masalalari bilan qiziqdi. Ayniqsa, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va keksalar holidan xabar olinib, ularga maʼnaviy va amaliy dalda berildi. “Saylovchilar ishonchini oqlash faqat minbarlarda gapirish emas, balki har bir xonadonga kirib, odamlarning dardu tashvishi bilan yashashdir”, — deydi deputat. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
+2
17-Boğbon saylov okrugidan saylangan deputatimiz bugun oʻz hududidagi saylovchilar bilan yaqindan muloqot qildi. Uchrashuv davomida deputat fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari, kayfiyati va qiynayotgan masalalari bilan qiziqdi. Ayniqsa, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va keksalar holidan xabar olinib, ularga maʼnaviy va amaliy dalda berildi. “Saylovchilar ishonchini oqlash faqat minbarlarda gapirish emas, balki har bir xonadonga kirib, odamlarning dardu tashvishi bilan yashashdir”, — deydi deputat. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
+3
🏛 Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar e’tiborda. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Rasulov Alisher Rasulovich o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholini qiynayotgan real muammolarni o‘rganish, ularga yechim topish va "Inson qadri uchun" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlarni har bir xonadonga yetkazishdan iborat bo‘ldi. 🔍 O‘rganishlar davomida quyidagi masalalarga urg‘u berildi: 🛣 Infratuzilma: Ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish; 💡 Energetika: Elektr energiyasi ta’minoti va transformatorlar holati; 💧 Suv ta'minoti: Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalalari; 👨👩👧👦 Ijtimoiy ko‘mak: Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash. "Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi, shuning uchun ko‘tarilgan masalalarning birortasi e’tibordan chetda qolmaydi," — deya ta’kidladi Alisher Rasulov.
+2
📢 Deputat uchrashuvi: "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi targ‘iboti 17-sonli saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovna ishtirokida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida saylovchilarga yangilanayotgan "O‘zbekiston — 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar va xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’lim va tibbiyot: Sifatli ta’lim va tibbiy xizmatni xalqqa yaqinlashtirish. Ijtimoiy himoya: Aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. Iqtisodiy o‘sish: Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish. "Strategiyaning har bir bandi inson qadri va uning baxtli yashashi uchun xizmat qiladi. Bizning vazifamiz — bu islohotlarning joylarda ijro etilishini ta’minlashdir", — deya ta’kidladi deputat. 📍 Bizni kuzatib boring ! 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
🏛 Mahalliy Kengash sessiyalarini o‘tkazish tartibi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarini tashkil etish jarayonida quyidagi muhim bosqichlarga qat’iy amal qilinadi: 📅 Tashkiliy ▪️ Deputatlar kamida 3 kun oldin xabardor qilinadi ▪️ Kun tartibi oldindan tarqatiladi ▪️ Sessiya vaqti va joyi aniq belgilanadi 👥 Ishtirok va vakolat ▪️ Deputatlarning kamida 2/3 qismi qatnashishi shart (kvorum) ▪️ Qatnashgan va qatnashmagan deputatlar qayd etiladi ▪️ Raislik qiluvchi va sessiya kotibi belgilanadi 📂 Masalalarni ko‘rib chiqish ▪️ Har bir masala avval doimiy komissiyalarda muhokama qilinadi ▪️ Ma’ruzalar va muzokaralar reglament asosida o‘tkaziladi ▪️ Deputatlar savol va takliflar bilan faol ishtirok etadi 📝 Oshkoralik va hujjatlashtirish ▪️ Bayonnoma yoki stenogramma yuritiladi ▪️ Ovoz berish natijalari rasmiy qayd etiladi ▪️ OAV vakillari ishtiroki ta’minlanadi ✅ Sessiyalar jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda ochiq va shaffof tarzda o‘tkaziladi.
+5
📌 Hamkorlik Memorandumi imzolandi “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy maslahat byurosi hamda Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur Memorandum “Madad” NNT va Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi bilan hamkorlikda aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy ma’rifatni oshirish hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 🤝 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish; mahalliy Kengash qarorlari va dasturlari loyihalarini birgalikda tayyorlash; Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling, 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
+2
5 - Istiqbol saylov okrugi deputati Norova Zilola Eshovna saylov okrugida obodonchilik ishlari bilan tanishdi. Kitobda obodonchilik ishlari davom etmoqda Kitob tumanida e’lon qilingan “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida barcha hududlarda keng ko‘lamli hasharlar va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarda xalq vakillari — tuman Kengashi deputatlari ham chetda turmasdan, bevosita jarayonlar boshida turishibdi. 👉🏻 Telegram
+5
Kitob tumanida o‘ziga xos tashabbus: "Tozalik va ozodalik oyligi" qizg‘in pallada Kitob tumanini yanada ko‘rkam va obod maskanga aylantirish, aholi yashash joylarining sanitariya holatini yaxshilash maqsadida tumanda “Tozalik va ozodalik oyligi” e’lon qilingan. Mazkur tashabbus doirasida tuman bo‘ylab ommaviy hasharlar tashkil etilmoqda. E’tiborlisi, ushbu xayrli tadbirda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputatlari o‘z saylovchilari bilan bir safda turib, faollik ko‘rsatishmoqda. Deputatlar shunchaki kuzatuvchi emas, balki jarayonning tashabbuskori va ishtirokchisi sifatida o‘z hissasini qo‘shmoqdalar. "Bizning maqsadimiz — Kitob tumanini har tomonlama namunali hududga aylantirish. Deputatlarimizning bu jarayondagi faolligi aholida ham daxldorlik hissini uyg‘otmoqda. Tozalik bor joyda baraka va sog‘lik bo‘ladi," — deya ta’kidlanmoqda tuman Kengashi vakillari tomonidan. Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook
