ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

DeepS​ales | AI Sales Intelligence

DeepS​ales | AI Sales Intelligence

Открыть в Telegram

​🚀 Savdo bo’limini AI orqali analiz qilib, o‘sish nuqtalarini aniqlab beramiz. ​📊 Eng kuchli sotuvchilaringiz tajribasini standartlashtiramiz. ​📞Bog'lanish: +998 (50) 085-58-76 💬 Telegram: @deepsales_admin 🌐 Web: deepsales.uz

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
426
Подписчики
+124 часа
+87 дней
+2530 дней

Загружаем данные

Похожие каналы
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
окт. '26
октябрь '26
+37
в 0 каналах
сентябрь '26
+17
в 1 каналах
Get PRO
август '26
+45
в 0 каналах
Get PRO
июль '26
+102
в 0 каналах
Get PRO
июнь '26
+160
в 0 каналах
Get PRO
май '260
в 0 каналах
Get PRO
апрель '26
+149
в 1 каналах
Get PRO
март '260
в 1 каналах
Get PRO
февраль '26
+35
в 2 каналах
Дата
Привлечение подписчиков
Упоминания
Каналы
18 октября0
17 октября+2
16 октября+1
15 октября+4
14 октября+4
13 октября+1
12 октября+2
11 октября0
10 октября+3
09 октября+4
08 октября+3
07 октября+3
06 октября+2
05 октября+1
04 октября+4
03 октября+3
02 октября0
01 октября0
Посты канала
Scorecard_sotuv.xlsx0.24 KB

2
300 ta sotuv — oy oxiridagi maqsad. Lekin unga oy oxirida erishilmaydi. Masalan, oyiga 300 ta sotuv qilish uchun 900 ta mijoz bilan gaplashish kerak bo‘lsa, 30 ish kunida jamoa har kuni 30 ta mijoz bilan gaplashishi va 10 ta sotuv qilishi kerak. Shu tarzda oylik maqsad kunlik maqsadlarga bo‘linadi va har kuni Plan → Fact nazorat qilinadi. Bu yondashuv Sales Scorecard deb ataladi. Eng muhimi — oy oxirida reja bajarilgan-bajarilmaganini tekshirish emas, har kuni rejadan ortda qolmaslikni ta’minlash. Keyingi postda sizga sotuv bo‘limi uchun Sales Scorecard shablonini tashlab beramiz. @deepsales_uz
482
3
Ko‘proq odam — ko‘proq natija degani emas. 2023-yilda e’lon qilingan katta meta-tahlilda 208 ta tadqiqot va 21 435 ta jamoa tahlil qilingan. Natija qiziq: Jamoa hajmi va jamoa natijasi o‘rtasidagi o‘rtacha bog‘liqlik — deyarli 0. Ya’ni jamoaga odam qo‘shishning o‘zi uni samaraliroq qilmaydi. Chunki odam ko‘paygani sari resurs ham ko‘payadi. Lekin bir vaqtning o‘zida: — koordinatsiya ko‘payadi; — nazorat murakkablashadi; — kommunikatsiya ko‘payadi; — individual javobgarlik susayishi mumkin. Shuning uchun ba’zi kompaniyalarda muammo “odam yetishmayapti” emas. Muammo — mavjud odamlarning imkoniyatidan to‘liq foydalanilmayapti. Endi shu fikrni sotuv bo‘limiga qo‘llab ko‘ring. 10 ta sotuvchi ishlayapti. Lekin siz ularning har biri qayerda mijoz yo‘qotayotganini bilasizmi? Balki keyingi yechim yana bitta sotuvchi olish emasdir. @deepsales_uz
466
4
Mijoz mahsulotni emas, o‘z muammosiga yechimni sotib oladi. Ko‘p sotuvchilar mahsulotning xususiyatlarini tushuntirishga e’tibor beradi: — Bizda 10 ta funksiya bor. — Narximiz qulay. — Sifatimiz yuqori. — Biz bozorda 5 yildan beri ishlaymiz. Lekin mijozning asosiy savoli boshqa: “Bu menga qanday yordam beradi?” Shuning uchun kuchli sotuvchi mahsulot haqida gapirishdan oldin mijozning muammosini tushunadi. Mijoz nimadan qiynalyapti? Nimani yo‘qotyapti? Qanday natijaga erishmoqchi? Muammo to‘g‘ri aniqlansa, mahsulotni sotish ancha osonlashadi. Chunki mijoz mahsulot uchun emas, o‘z muammosining yechimi uchun pul to‘laydi. @deepsales_uz
379
5
DeepSales — endi AI-native CRM DeepSales endi shunchaki call analysis platform emas. U AI-native CRMga aylandi. Endi CRM: — A+3
DeepSales — endi AI-native CRM DeepSales endi shunchaki call analysis platform emas. U AI-native CRMga aylandi. Endi CRM: — AI orqali boshqariladi — Sotuvchilar suhbatlarini o‘zi tahlil qiladi — Qo‘ng‘iroq asosida mijoz kartochkasini to‘ldiradi va vazifalar qo‘yadi — Har bir mijoz bo‘yicha AI’dan keyingi qadam va sotuv strategiyasini olish imkonini beradi CRM endi ma’lumot saqlamaydi — sotuv jarayonini boshqarishda yordam beradi. @deepsales_uz
363
6
Bir xil soha. Bir xil mahsulot. Ammo sotuv sifati — 89 ball va 40 ball. Qizig‘i, 89 ball olgan kompaniya bozorda ancha muvaff
Bir xil soha. Bir xil mahsulot. Ammo sotuv sifati — 89 ball va 40 ball. Qizig‘i, 89 ball olgan kompaniya bozorda ancha muvaffaqiyatli. 40 ball olgan kompaniya esa hali bu darajadagi natijalarni ko‘rsata olmayapti. Ba’zan farq mahsulotda yoki bozorda emas, sotuv bo‘limining qanday ishlayotganida bo‘ladi. Sizning sotuv bo’limingizni tahlil qilsak qanday natija chiqadi deb o’ylaysiz?
360
7
Mijoz sizdan sotib olishga tayyor edi, lekin raqobatchidan xarid qildi... Tanish holatmi? Sababi oddiy: sotuvchi telefon qild
Mijoz sizdan sotib olishga tayyor edi, lekin raqobatchidan xarid qildi... Tanish holatmi? Sababi oddiy: sotuvchi telefon qildi, gaplashdi, lekin mijozni CRM’ga kiritishni va qayta aloqaga chiqishni unutdi. Chunki sotuvchilar sotishni yaxshi ko'radi, kartochka to'ldirishni emas. DeepSales AI aynan shu muammoni hal qiladi. Sun'iy intellekt har bir qo'ng'iroqdan so'ng o'zi CRM'ni to'ldiradi, kerakli ma'lumotlarni kiritadi va sotuvchiga vazifa qo'yadi. Endi hech bir mijoz unutilmaydi. Sotuvchi faqat sotadi, qolgan ishni sun'iy intellekt bajaradi! 👉 Savdo bo'limingiz uchun DeepSales AI'ni sinab ko'rish uchun quyidagi havolaga o'ting: deepsales.uz
386
8
Virtus International School asoschisi Shahboz Niyazov 1 oy ichida sotuv bo'limida qanday qilib katta o'sishga erishgani haqid
Virtus International School asoschisi Shahboz Niyazov 1 oy ichida sotuv bo'limida qanday qilib katta o'sishga erishgani haqida aytib berdi. Sirlardan biri — DeepSales. Tizim orqali menejerlarning har bir muloqoti tahlil qilinadi va xatolar ustida ishlanadi. E'tiborlisi, natija kutish uchun oylab vaqt ketmaydi — 2 haftaning o'zi yetarli! 🚀 Sizning sotuv jamoangiz qanday ishlayapti? O'sish vaqti kelmadimi? 😉 Batafsil ma'lumot uchun: deepsales_admin.
402
9
EMU University sotuv bo'limi rahbari Umar DeepSales orqali xodimlarning barcha qo'ng'iroqlarini eshitish va tahlil qilishga v
EMU University sotuv bo'limi rahbari Umar DeepSales orqali xodimlarning barcha qo'ng'iroqlarini eshitish va tahlil qilishga vaqt yetishmasligi muammosini qanday tez va samarali hal qilgani bilan bo'lishdi. 📉 Oldin: ❌ Bitta xodimning qo'ng'iroqlarini eshitib, xatosini topish uchun 1-2 soat, butun jamoani tahlil qilish uchun esa 3-4 kun sarflanardi. Bunga jismonan ulgurishning imkoni yo'q edi. 📈 DeepSales bilan: ✅ Barcha suhbatlar sun'iy intellekt yordamida avtomatik tahlil qilinadi. ✅ Xodim skriptga va e'tirozlar bilan ishlash texnikasiga qanchalik amal qilayotgani ochiq-oydin ko'rsatib beriladi. ✅ Xato darhol aniqlanadi 👉 tezkor trening o'tiladi 👉 xodim yana mijozlar bilan ishlashda davom etadi. ⏳ Vaqtingizni tejang va sotuv bo'limingizni avtomatlashtiring! 📞 DeepSales haqida batafsil bilish uchun: deepsales.uz
380
10
🚀 Biz "Taqdimot" loyihasidamiz! Yaqinda ZO'R TV dagi "Taqdimot O'zbekiston" ko'rsatuvida o'zimizning deepsales.uz startapimi
🚀 Biz "Taqdimot" loyihasidamiz! Yaqinda ZO'R TV dagi "Taqdimot O'zbekiston" ko'rsatuvida o'zimizning deepsales.uz startapimiz bilan qatnashdik! 🎯 Investorlar qarshisida loyihamizni himoya qilib, ulkan tajriba va yaxshi natijalarga ega bo'ldik. Ushbu katta qadam bilan bizni bemalol tabriklasangiz bo'ladi! 🎉
303
11
Zo'r sotuvchilar ham nega vaqt o'tib "dangasa" bo'lib qoladi? Oldin menejer 2 soat gaplashsa, "yaxshi ishladi" derdik. Aslida
Zo'r sotuvchilar ham nega vaqt o'tib "dangasa" bo'lib qoladi? Oldin menejer 2 soat gaplashsa, "yaxshi ishladi" derdik. Aslida kuchli xodim bemalol 4-5 soat tinmay, samarali sota oladi. Bo'limingizdagi 2 ta sotuvchi kuniga atigi 2 soatdan telefon tutib o'tirsa, ular shunchaki 1 kishining ishini bo'lishib qilyapti. Bu holatni psixologiyada "burga effekti" deyishadi. Shisha idishdagi burgalar qopqoq olingandan keyin ham yuqoriga sakray olmaydi. Ularning ongida shu chegara qotib qoladi. Sotuvchilarda ham shunday: yonidagi hamkasblarining natijasiga qaraydi-da, "bo'ladi, hamma shunday-ku" deb o'z qobig'iga kirib ketaveradi. Imkoniyati bo'lsa ham ko'proq sotishga intilmay qo'yadi. Bu sun'iy chegarani sindirishning yagona usuli — jamoaga haqiqiy holatni ochiq ko'rsatish. Kim aslida qancha gaplashayotgani va real imkoniyatini hammaga raqamlarda ko'rsatib qo'yish kerak. Shundagina ular tepada "qopqoq" yo'qligini tushunib, raqobatga kirishadi.
456
12
Milliard dollarlik Zappos kompaniyasining siri nimada? Ular shunchaki mahsulot sotmaydi, mijozga chin dildan xizmat qiladi. A
Milliard dollarlik Zappos kompaniyasining siri nimada? Ular shunchaki mahsulot sotmaydi, mijozga chin dildan xizmat qiladi. Afsuski, ko'p sotuvchilar mijozni eshitish o'rniga, yodlangan gaplarini qaytarish bilan band bo'lishadi. Haqiqiy savdo esa avval insonni tinglashdan va uning ehtiyojiga yechim berishdan boshlanadi. Xo'sh, sizning jamoangiz mijozni eshitadimi yoki shunchaki gapiradimi? Izohlarda yozib qoldiring.
383
13
🐸 Sotuv bo‘limini sekin-asta «o‘ldiradigan» o‘sha odat...... Qurbaqani qaynoq suvga tashlasangiz — darhol sakrab chiqadi. Lekin sovuq suvga solib, o‘tni sekin yoqsangiz... haroratni sezmay halok bo‘ladi. Sotuvda ham inqiroz bir kunda sodir bo‘lmaydi. U sekin va bilinmay kirib keladi: 📉 Qo‘ng‘iroq vaqti 5–10 daqiqaga kamayadi; 🐢 Lidga qayta qo‘ng‘iroq qilish sekinlashadi; ⚠️ E’tirozlarga yuzaki javob berila boshlaydi. Oqibatda «hozir sezon emas» yoki «mijozlar o‘zi qiziqmayapti» degan bahonalar yangi normaga aylanadi. 💡 Buni to‘xtatish uchun bugunoq 3 ta narsani tekshiring: 1️⃣ Birinchi aloqa tezligi: Lid tushgach, menejer 5 daqiqada bog‘lanyaptimi yoki 2 soatdami? 2️⃣ Muloqot nazorati: E’tiroz kelganda savol berib vaziyat boshqarilyaptimi yoki «o‘ylab ko‘ring» deb go‘shak qo‘yilyaptimi? 3️⃣ Raqamlar dinamikasi: Ko‘rsatkichlar o‘tgan oyga nisbatan qaysi tomonga ketyapti? Standardlarning sekin pasayishiga yo‘l qo‘ymang. Kichik e’tiborsizlik — katta yo‘qotishlarning boshlanishi. 💬 Sizning jamoangizda ham ba’zan «sezon emas» degan bahona uchrab turadimi? Izohlarda bo‘lishing!
444
14
Sizningcha, sizning sotuv bo'limingizda sotuvni o'ldirayotgan eng asosiy e'tiroz qaysi. Aniq bilasizmi yoki tahmin qilasizmi?
Sizningcha, sizning sotuv bo'limingizda sotuvni o'ldirayotgan eng asosiy e'tiroz qaysi. Aniq bilasizmi yoki tahmin qilasizmi?
681
15
🗣 Mijoz e'tiroziga qarshi "Sirli 3 so'z" Ko'p sotuvchilar mijoz e'tiroz bildirishi bilan darhol javob berishga shoshiladi: c
🗣 Mijoz e'tiroziga qarshi "Sirli 3 so'z" Ko'p sotuvchilar mijoz e'tiroz bildirishi bilan darhol javob berishga shoshiladi: chegirma taklif qiladi, mahsulotini oqlaydi yoki yangi argument keltiradi. Ammo aynan shu joyda ko'pchilik eng katta xatoga yo'l qo'yadi. Eng kuchli muzokarachilar esa "Ko'zgu effekti (Mirroring)" usulidan foydalanadi. 📌 Qanday? Mijoz aytgan gapning oxirgi 2–3 ta so'zini savol ohangida qaytaring va jim turing. Misol: 👤 Mijoz: "Rahmat, hozir xarid qilolmaymiz. Xarajatlarimiz ko'payib ketdi." ❌ Oddiy javob: "Lekin bizda bo'lib to'lash imkoniyati ham bor..." ✅ Professional javob: "Xarajatlaringiz ko'payib ketdi?..." So'ng esa jim turing. Aynan shu jimlik mijozni gapni davom ettirishga undaydi. Natijada u shunchaki "yo'q" demaydi, balki qarorining asl sababini aytib beradi. 🎯 Sotuvdagi eng kuchli qurol — ko'p gapirish emas, to'g'ri savol berish. Asl sababni bilganingizdan keyingina to'g'ri yechimni taklif qila olasiz.
515
16
USAT (Fan va texnologiyalar universiteti) 63 ta xodim va kuniga 300 soatlik qo'ng'iroqlarni qanday nazorat qilmoqda? Buning u
USAT (Fan va texnologiyalar universiteti) 63 ta xodim va kuniga 300 soatlik qo'ng'iroqlarni qanday nazorat qilmoqda? Buning uchun ularga butun boshli nazorat bo'limi emas, balki bitta tizim — Deepsales yordam beryapti. Xo'sh, tizim aynan nimalarni bajaryapti? 🔹 Barcha audio suhbat va yozishmalarni 100% avtomatik tahlil qiladi. 🔹 Mijozlarning e'tirozlariga menejerlar qanday javob berayotganini kuzatadi. 🔹 Xodimlarning sotuv skriptiga qanchalik amal qilayotganini aniqlab, tayyor hisobot chiqarib beradi. Natijada: Nazorat to'liq avtomatlashdi. Qo'ng'iroqlarni eshitib o'tirishga hojat qolmadi, xodimlarning ish sifati yaxshilandi va eng asosiysi — qabul (sotuv) ko'rsatkichlari keskin oshdi. 📈 Siz ham o'z biznesingiz, universitetingiz yoki o'quv markazingizda shunday tizim bo'lishini xohlaysizmi?
416
17
Nega sotuvchilar yangi CRM yoki Al tizimlaridar qochishadi? Ko'p rahbarlar yangi dasturni jamoaga majburlab kiritadi. Natijad
Nega sotuvchilar yangi CRM yoki Al tizimlaridar qochishadi? Ko'p rahbarlar yangi dasturni jamoaga majburlab kiritadi. Natijada, sotuvchiga bu ortiqcha ish yoki qattiq nazorat bo'lib tuyuladi. Yechim: Tizimni avval sotuvchining o'ziga "soting"! Sotuvchiga bu dastur uning ishini qanday yengillashtirishi va ko'proq daromad (bonus) olib kelishini tushuntirish kerak. Masalan, DeepSales sun'iy intellektini "nazorat qiluvchi tizim" emas, balki "sotuvlarni oshiruvchi aqlli yordamchi" sifatida taqdim etsangiz, jamoa undan o'zi xohlab foydalanadi. Xulosa: Jamoa uning foydasiga ishonmas ekan, hech qanday instrument o'z-o'zidan ishlamaydi.
364
18
🥚 Nega mijozga "100% tayyor yechim" sotish – eng katta xato? (Betty Crocker siri) Sotuvda ko'p kuzatamiz: mijozga oson bo'lishi uchun hamma narsani mukammal qilib berishga urinamiz. Lekin Betty Crocker kompaniyasi bunga qarshi borib, millionlar ishlagan. 1950-yillarda ular tayyor keks (pirog) aralashmasidan quritilgan tuxumni atayin olib tashlab, qadoqqa "O'zingiz 1 ta yangi tuxum qo'shing" deb yozishganida, savdo portlagan. Sababi, inson mutlaqo tayyor narsadan ko'ra, o'zining zarracha bo'lsa ham mehnati singgan narsani ko'proq qadrlaydi. 💡 Biznes psixologiyasida bu IKEA effecti deyiladi (odamlar o'zi yig'gan mebelni qimmatroq baholaydi). Buni yirik sotuvlarda qanday ishlatish mumkin? Mijozga hech qachon yopiq, o'zgartirib bo'lmaydigan qutini tiqishtirmang. Unga "hammuallif" bo'lish imkonini bering. Agar siz tijorat taklifini (KP) yoki xizmatni "taq" etib oldiga qo'ysangiz, mijoz faqat bitta narsani — narxni tushirishni o'ylaydi. Uning o'rniga sotuvda "Hamkorlik" (Co-creation) hiylasini ishlating: 🗣 "Biz loyihaning 90% asosiy qismini tayyorladik. Lekin yakuniy natija xodimlaringizga qulay bo'lishi uchun, keling, uni hozir sizning rahbarlik tajribangizga tayanib moslashtiramiz. Nima deb o'ylaysiz, mana bu jarayonni qanday qursak jamoangizga ko'proq foyda beradi?" Natijada, mijoz loyihaga o'z fikrini va vaqtini kiritadi. Bu endi shunchaki "sizning taklifingiz" emas, qaysidir ma'noda uning ham "chaqalog'iga" aylanadi. O'z g'oyasi va mehnatidan esa hech kim osonlikcha voz kechmaydi. Sotuv uchrashuvlarida mijozingizga "tuxum chaqish" uchun joy qoldiryapsizmi? 👇
702
19
Reklamadan kelgan "otkaz" lidlarni shunchaki o'chirib yuboryapsizmi? Unda siz pul yo'qotyapsiz! 💸 Sotuv bo'limida ko'p uchra
Reklamadan kelgan "otkaz" lidlarni shunchaki o'chirib yuboryapsizmi? Unda siz pul yo'qotyapsiz! 💸 Sotuv bo'limida ko'p uchraydigan holat: menejer mijoz bilan til topisha olmaydi va "issiq" lidni ham "otkaz"ga chiqarib yuboradi. Aslida esa, bitta sotuvchi yopolmagan mijozga boshqasi bemalol sota olishi mumkin. DeepSales platformasi orqali bu muammo oson hal bo'ladi. Dastur "otkaz"larni analiz qiladi, ichidan "sifatli" mijozlarni ajratib, ularni boshqa menejerlarga qayta taqsimlab beradi. Yo'qotilgan mijoz — yana daromadga aylanadi! ♻️📈 Sizning biznesingizda "otkaz"ga chiqqan lidlar bilan qanday ishlanadi? Izohlarda yozib qoldiring.👇
368
20
Reklamadan kelgan "otkaz" lidlarni shunchaki o'chirib yuboryapsizmi? Unda siz pul yo'qotyapsiz! 💸 Sotuv bo'limida ko'p uchra
Reklamadan kelgan "otkaz" lidlarni shunchaki o'chirib yuboryapsizmi? Unda siz pul yo'qotyapsiz! 💸 Sotuv bo'limida ko'p uchraydigan holat: menejer mijoz bilan til topisha olmaydi va "issiq" lidni ham "otkaz"ga chiqarib yuboradi. Aslida esa, bitta sotuvchi yopolmagan mijozga boshqasi bemalol sota olishi mumkin. DeepSales platformasi orqali bu muammo oson hal bo'ladi. Dastur "otkaz"larni analiz qiladi, ichidan "sifatli" mijozlarni ajratib, ularni boshqa menejerlarga qayta taqsimlab beradi. Yo'qotilgan mijoz — yana daromadga aylanadi! ♻️📈 Sizning biznesingizda "otkaz"ga chiqqan lidlar bilan qanday ishlanadi? Izohlarda yozib qoldiring.👇
1