ru
Feedback
Salomatlik volontyorlari

Salomatlik volontyorlari

Открыть в Telegram

Bu yerda Salomatlik volontyorlari faoliyati, tibbiy aksiyalar, marafonlar, volontyorlik imkoniyatlari hamda aholining salomatligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar haqida eng so‘nggi yangiliklarni topasiz. Birgalikda sog‘lom jamiyat sari 🕊❤️

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
572
Подписчики
-124 часа
+27 дней
-230 дней
Архив постов
+4
🩺 “Salomatlik volontyorlari” harakati volontyorlari oromgohdagi bolajonlar uchun birinchi yordam va profilaktika bo‘yicha qiziqarli hamda amaliy mahorat darslarini o‘tkazmoqda. ➡️ Mashg‘ulotlar davomida bolalar favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, o‘ziga va boshqalarga dastlabki yordam ko‘rsatish hamda sog‘lom turmush tarzining muhim qoidalari bilan tanishmoqdalar.
💠 Biz ishonamizki, ushbu master-klasslar bolajonlarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi, sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashishga o‘rgatadi va kelajakda ularga albatta asqotadi.
⸻ 🩺 Волонтёры движения «Волонтёры здоровья» проводят для детей в лагере увлекательные и практические мастер-классы по оказанию первой помощи и профилактике заболеваний. ➡️ Во время занятий ребята учатся правильно действовать в экстренных ситуациях, оказывать первую помощь себе и окружающим, а также знакомятся с основами здорового образа жизни.
💠
Мы уверены, что такие мастер-классы помогают детям приобретать важные жизненные навыки, формируют ответственное отношение к своему здоровью и обязательно пригодятся им в будущем. 💙

🩺 “Salomatlik volontyorlari” harakati volontyorlari Samarkand Marathon seriyasi doirasida tashkil etilgan ZAAMIN ULTRA 2026
+3
🩺 “Salomatlik volontyorlari” harakati volontyorlari Samarkand Marathon seriyasi doirasida tashkil etilgan ZAAMIN ULTRA 2026 ultramarafonida faol ishtirok etdilar. 💬 Tadbir davomida volontyorlarimiz ishtirokchilar va mehmonlar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratishga o‘z hissalarini qo‘shib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘zaro yordam va volontyorlik qadriyatlarini namoyon etdilar.
🔘Bizga bildirilgan ishonch va ushbu nufuzli sport tadbirining bir qismi bo‘lish imkoniyati uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
➡️ “Salomatlik volontyorlari” harakati volontyorlarining respublika va xalqaro maydonlardagi faol ishtiroki bilan faxrlanamiz!

🩺 “Mehr shifo beradi, g‘amxo‘rlik ilhomlantiradi” xayriya aksiyasi 💬 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosaba
+6
🩺 “Mehr shifo beradi, g‘amxo‘rlik ilhomlantiradi” xayriya aksiyasi 💬 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Genodermatozlar bo‘limida davolanayotgan bolajonlar uchun tashkil etilgan 👫 “Mehr shifo beradi, g‘amxo‘rlik ilhomlantiradi” xayriya aksiyasida “Salomatlik volontyorlari” harakati ham hamkor tashkilot va tashkilotchilar safida faol ishtirok etdi.
➡️ Tadbir davomida bolalarga bayramona kayfiyat ulashildi, sovg‘alar topshirildi hamda ular uchun unutilmas lahzalar yaratildi. Ularning quvonchi va samimiy tabassumi barchamiz uchun eng katta mukofot bo‘ldi. 🔘Mehr ulashish — jamiyatimizning eng ulug‘ qadriyatlaridan biridir! ♥️
🕊 Birgalikda sog‘lom jamiyat sari! 🕊Telegram 📱Instagram

🩺 Qadrli yurtdoshlar, aziz volontyor yoshlar va “Salomatlik volontyorlari” oilasi! 🌙 💬 Sizlarni muborak Qurbon hayiti bila
🩺 Qadrli yurtdoshlar, aziz volontyor yoshlar va “Salomatlik volontyorlari” oilasi! 🌙 💬 Sizlarni muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! ➡️Ushbu ulug‘ ayyom har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka, mehr-oqibat va mustahkam salomatlik olib kirsin. Qalblarimizdagi insonparvarlik, saxovat va ezgulik tuyg‘ulari yanada mustahkam bo‘lsin.
“Salomatlik volontyorlari” harakati nomidan barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ezgu amallarda kuch-g‘ayrat tilaymiz. 🤍
🕊 Birgalikda sog‘lom jamiyat sari! 🕊Telegram 📱Instagram

🩺 “Eko Avlod” IV mavsumi doirasida “Salomatlik volontyorlari” harakati rahbari tomonidan harakat faoliyati taqdimoti o‘tkazildi. 💬 Taqdimot davomida harakatning asosiy maqsadlari, faoliyat yo‘nalishlari hamda ishlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🎤 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, birinchi yordam ko‘nikmalarini oshirish va profilaktik tadbirlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
➡️ 🇺🇿 Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar “Salomatlik volontyorlari” harakatining amalga oshirayotgan loyihalari va kelgusidagi tashabbuslari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 🕊 Birgalikda sog‘lom jamiyat sari! 🕊Telegram 📱Instagram

🩺 “Eko Avlod” IV mavsumi boshlandi! 💬 Bugun “Salomatlik volontyorlari” harakati trenerlari ham mazkur loyihada ishtirok etib, yoshlar uchun foydali treninglar o‘tkazdilar. ➡️ Treninglar davomida ishtirokchilarga: — birinchi yordam ko‘rsatish asoslari, — sog‘lom turmush tarzi (SТТ), — kasalliklar profilaktikasi, — kundalik hayotda salomatlikni asrash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
🎤Kun davomida qiziqarli jamoaviy o‘yinlar tashkil etilib, ishtirokchilar bir-biri bilan yaqindan tanishib, jamoaviy muhit va iliq energiyani his qilishdi.
🗣 “Eko Avlod” — bu nafaqat oromgoh, balki bilim, motivatsiya va foydali tajribalar maskani! 🕊 Birgalikda sog‘lom jamiyat sari! 🕊Telegram 📱Instagram

🟦🟦 #InsonUchun #1_kun 🏃“Upshift”: G‘oyadan harakatga, harakatdan g‘oyaga! 😮 Festival doirasidagi panel sessiyalarning nav
+5
🟦🟦 #InsonUchun #1_kun 🏃“Upshift”: G‘oyadan harakatga, harakatdan g‘oyaga! 😮 Festival doirasidagi panel sessiyalarning navbatdagi mavzusi yoshlar uchun motivatsiyaga boy va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tdi. “Upshift” loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan uchrashuv davomida ishtirokchilar nafaqat loyiha haqida ma’lumot oldilar, balki o‘z g‘oyalarini real harakatga aylantirish bo‘yicha ham foydali tavsiyalar eshitdilar.
Sessiyada loyiha mentorlari — Yasmina Karimova hamda Maqsad Xolmurodova “Upshift” loyihasining asosiy maqsadi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va loyiha orqali amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ular yoshlarning kreativ fikrlashi, jamoa bilan ishlashi va jamiyatdagi muammolarga innovatsion yechim topishi bugungi davr uchun muhim ekanini alohida ta’kidladilar.
🧮 Shuningdek, “Salomatlik volontyorlari” harakati rahbari va “VoiceUp” loyihasi mentori Jasurbek Kamilov o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, loyiha unga qanday yangi imkoniyatlar ochgani haqida gapirib berdi. ↗️ Sessiya davomida yoshlar o‘z g‘oyalariga ishonish, tashabbus ko‘rsatish va orzular sari dadil qadam tashlash uchun katta motivatsiya oldilar. 🗣Bizni jonli efir orqali kuzatib boring 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz

🩺 TIBBIYOT KASBLARI PANORAMASI 💬 “Salomatlik volontyorlari” harakati volontyorlari tomonidan 17 ta turli tibbiy mutaxassisl
+5
🩺 TIBBIYOT KASBLARI PANORAMASI 💬 “Salomatlik volontyorlari” harakati volontyorlari tomonidan 17 ta turli tibbiy mutaxassisliklarni qamrab olgan yirik loyiha tashkil etildi. ➡️ Loyihada ishtirok etgan tajribali spikerlar har bir yo‘nalishning klinik va ilmiy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berib, talabalar bilan o‘z tajribalari va muhim tavsiyalarini ulashdilar. Barcha ma’lumotlar sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda taqdim etildi.
🌧 Ob-havo yomg‘irli bo‘lishiga qaramasdan, volontyorlar va ishtirokchilar yuqori faollik ko‘rsatib, tadbirda faol qatnashdilar. Bu esa yoshlarning tibbiyotga bo‘lgan qiziqishi va intilishi yuqori ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
🗣Shuningdek, “Turon” maktabining 8–11-sinf o‘quvchilari uchun ushbu loyiha kelajakdagi kasb tanlovida motivatsiya va ilhom manbai bo‘ldi degan umiddamiz. 🕊 Birgalikda sog‘lom jamiyat sari! 🕊Telegram 📱Instagram

🩺 “SALOMATLIK MARAFONI” DOIRASIDA “SALOMATLIK VOLONTYORLARI” HARAKATI JAMOALARI MAKTABLARDA TARG‘IBOT ISHLARINI OLIB BORMOQD
+6
🩺 “SALOMATLIK MARAFONI” DOIRASIDA “SALOMATLIK VOLONTYORLARI” HARAKATI JAMOALARI MAKTABLARDA TARG‘IBOT ISHLARINI OLIB BORMOQDALAR! 💬 Salomatlik volontyorlari Namangan shahridagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena hamda salomatlikni asrash mavzularida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar. ➡️ Tadbirlar davomida interaktiv suhbatlar, savol-javoblar va qiziqarli usullar orqali ishtirokchilarga foydali ma’lumotlar yetkazilib, sog‘lom hayot tarziga oid muhim tavsiyalar berildi.
📑 “Salomatlik volontyorlari” harakati tomonidan olib borilayotgan bu kabi uchrashuvlar yoshlar orasida tibbiy madaniyatni oshirish va sog‘lom avlodni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🕊 Birgalikda sog‘lom jamiyat sari! 🕊Telegram 📱Instagram

“SALOMATLIK MARAFONI”DA VOLONTYORLAR FAOL! 💬 Namangan shahrida 1-maydan 31-mayga qadar o‘tkazilayotgan “Salomatlik marafoni”
+4
“SALOMATLIK MARAFONI”DA VOLONTYORLAR FAOL! 💬 Namangan shahrida 1-maydan 31-mayga qadar o‘tkazilayotgan “Salomatlik marafoni” doirasida Salomatlik volontyorlari faol ishtirok etmoqda 👩‍👩‍👧‍👦 ➡️ Mazkur umummilliy harakat tibbiy profilaktika, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, barcha jarayonlarni samarali tashkil etishda volontyorlar muhim o‘rin tutmoqda.
📍 Volontyorlar: — Namangan shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida — bozorlarda — Adiblar hiyobonida tashkil etilgan salomatlik punktlarida aholiga tezkor ma’lumot berish, tartibni saqlash, shifokorlarga ko‘maklashish hamda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha flayerlar tarqatishda faol xizmat qilmoqdalar.
🕊️ Birgalikda sog‘lom jamiyat sari! 🕊Telegram 📱Instagram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan: Asilbek Anvarovich Xudayarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘z
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan: Asilbek Anvarovich Xudayarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi. — Указом Президента Республики Узбекистан: Худаяров Асилбек Анварович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности министра здравоохранения Республики Узбекистан. Facebook|Instagram|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Adilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Adilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi. Bundan ilgariroq E.Adilov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. — Указом Президента Республики Узбекистан Элдор Эркинович Адилов назначен на должность министра здравоохранения Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности заведующего сектором Департамента правовой экспертизы и комплексного анализа Администрации Президента Республики Узбекистан. Ранее кандидатура Э.Адилова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса. Facebook|Instagram|X

💬 Движение «Волонтёры здоровья» приняло активное участие в Международной конференции «Инклюзия в действии: вызовы и возможности волонтёрства», прошедшей в городе Ташкент. ➡️ Данное масштабное мероприятие объединило лидеров волонтёрских движений, представителей государственных структур, международных организаций и институтов гражданского общества из стран Центральной Азии, России, Беларуси и Азербайджана.
В рамках конференции были обсуждены: 🔺современные подходы к развитию инклюзивного волонтёрства; 🔺вовлечение молодёжи и уязвимых групп в добровольческую деятельность; 🔺укрепление международного сотрудничества; 🔺запуск и развитие Академии волонтёров Центральной Азии.
Движение «Волонтеры здоровья» также приняло участие в обсуждении инициатив и обмене опытом в сфере общественного здоровья, гуманитарной помощи и социальной активности молодёжи. Вместе — к инклюзивному, здоровому и доброму обществу! 🌍🕊️ 🕊Telegram 📱Instagram

💬 “Salomatlik volontyorlari” harakati Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Inclusion in Action: Challenges and Opportunities of
+4
💬 “Salomatlik volontyorlari” harakati Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Inclusion in Action: Challenges and Opportunities of Volunteering” xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etdi. ➡️ Mazkur nufuzli anjuman Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Belarus va Ozarbayjondan kelgan volontyorlik sohasi yetakchilari, davlat tashkilotlari, xalqaro institutlar hamda fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirdi.
Konferensiya doirasida: 🔺inklyuziv volontyorlikning zamonaviy yondashuvlari; 🔺yoshlar va ehtiyojmand qatlamlarni volontyorlikka jalb qilish; 🔺xalqaro hamkorlikni mustahkamlash; 🔺Markaziy Osiyo Volontyorlar Akademiyasining ilk yig‘ini kabi muhim tashabbuslar muhokama qilindi.
💠 “Salomatlik volontyorlari” harakati ham jamiyat salomatligi, insonparvarlik va ijtimoiy faollik yo‘lida o‘z tajribasi va tashabbuslari bilan qatnashdi. Birgalikda — inklyuziv, sog‘lom va mehrli jamiyat sari! 🌍🕊️ 🕊Telegram 📱Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va xususiy
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам дальнейшего развития системы здравоохранения, повышения качества медицинских услуг и расширения участия частного сектора. #Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #xususiysektor Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

💬 “Salomatlik volontyorlari” harakati — bu yangi avlod liderlarini birlashtirgan kuchli loyiha. ➡️ Biz yoshlarni sog‘lom tur
💬 “Salomatlik volontyorlari” harakati — bu yangi avlod liderlarini birlashtirgan kuchli loyiha. ➡️ Biz yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yetaklaymiz, tibbiy bilim va ko‘nikmalarini oshiramiz hamda jamiyatda sog‘lom hayot madaniyatini shakllantiramiz.👫
🗣Har bir volontyor — bu nafaqat yordamchi, balki o‘z jamoasida o‘zgarishlar yaratadigan yetakchidir. Bizning maqsadimiz — ongli, sog‘lom va faol jamiyatni barpo etish.
Birgalikda biz kelajakni sog‘lom qilamiz! 🕊️ ⸻ 💬 Движение «Волонтёры здоровья» — это проект, объединяющая лидеров нового поколения. ➡️Мы вовлекаем молодёжь в здоровый образ жизни, развиваем медицинские знания и навыки, формируем культуру здоровья в обществе👩‍👩‍👧‍👦
🗣
Каждый волонтёр — это не просто участник, а лидер, который способен менять своё окружение и вдохновлять других. Наша цель — построить осознанное, здоровое и активное общество.
Вместе мы создаём здоровое будущее! 🩺 🕊Telegram 📱Instagram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Jahon sogʻliqni saql
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusni qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Всемирной организации здравоохранения Тедроса Адханома Гебрейесуса, находящегося в нашей стране с официальным визитом. #Mirziyoyev #qabul #JSST #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Saida Mirziyoyeva
Narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashki
+4
Narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oshirish, farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirish hamda mintaqaviy aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. — В рамках международного форума по противодействию наркоугрозам, проходящего в Самарканде, состоялась встреча с генеральным директором Всемирной организации здравоохранения Тедросом Адханомом Гебрейесусом. Рассмотрели актуальные вопросы дальнейшего развития сотрудничества между Узбекистаном и ВОЗ. Основное внимание было уделено проводимым в нашей стране реформам в сфере здравоохранения, развитию цифровой медицины, совершенствованию регулирования фармацевтического рынка, а также расширению регионального взаимодействия. Отдельное место в повестке заняли вопросы укрепления партнёрства со Всемирной организацией здравоохранения в сфере наркологического лечения и реабилитации.

➡️ Ushbu nufuzli tadbirda volontyorlarimiz nafaqat tashkiliy jarayonlarda yaqindan ko‘maklashishdi, balki ilm-fan yo‘nalishid
+1
➡️ Ushbu nufuzli tadbirda volontyorlarimiz nafaqat tashkiliy jarayonlarda yaqindan ko‘maklashishdi, balki ilm-fan yo‘nalishida ham o‘zlarini ko‘rsatishdi: 💻 Ilmiy yutuqlar: volontyorlarimiz o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Bu ularning nafaqat faol jamoatchi, balki bilimli bo‘lajak mutaxassis ekanliklaridan dalolat! 👩‍👩‍👧‍👦Tashkiliy ko‘mak: Mehmonlarni kutib olishdan tortib, sho‘ba yig‘ilishlarini muvofiqlashtirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda volontyorlarimizning hissasi katta bo‘ldi.
💠G‘oliblikni qo‘lga kiritgan va konferensiya yuqori saviyada o‘tishiga hissa qo‘shgan barcha volontyorlarimizni tabriklaymiz! Sizlar bilan faxrlanamiz! Ilmiy va ijtimoiy faoliyatda zafarlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

💬 Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro konferensiya bizning “Salomatlik volontyorlari” uchun ham unutilmas va muvaffaqiyatli bo‘ldi!