ru
Feedback
SUV | BRM

SUV | BRM

Открыть в Telegram

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi 🏢Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 1 📍faceboo:https:www.facebook.com/suvbarqarorrivojlan 📍instagram: www.instagram.com/suv.brm/ 📍youtube: http://www.youtube.com/@suvbrm Xatlar uchun: suvbrm@gmail.com

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
1 987
Подписчики
+1724 часа
+497 дней
+5130 дней
Архив постов
ILM VA AMALIYOT BIRLASHGAN NUQTA: SIRDARYO TAJRIBASI 🇺🇿 Prezident qarori asosida 2026-yil 1-maydan Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi sifatida ish boshlagan Normat Durdiyev 4 oy davomida amalga oshirilgan ishlar va dastlabki natijalar haqida so‘zlab berdi. Bu vaqt ichida Sirdaryoda 15 ta ilmiy ishlanma amaliyotda qo‘llanila boshladi. Eng muhimi – viloyatdagi ekin maydonlarining 76 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etishga erishildi. ▶️ Batafsil – videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XalqaroSuvYangiliklari 🇨🇳XITOYDA BIRINCHI SUV OSTI QUYOSH ELEKTR STANSIYASI SINOVDAN O‘TKAZILDI Yunnan universiteti mutaxa
#XalqaroSuvYangiliklari 🇨🇳XITOYDA BIRINCHI SUV OSTI QUYOSH ELEKTR STANSIYASI SINOVDAN O‘TKAZILDI   Yunnan universiteti mutaxassislari jamoasi ochiq dengizda dunyodagi birinchi suv osti quyosh elektr stansiyasini sinovdan oʻtkazdi.
"Sinovlar davomida suv ostiga tushirilgan qurilma akkumulyatorlarni quvvatladi va LED panelni elektr energiyasi bilan ta’minladi. Bu okeanning xira ko‘k-yashil yorug‘ligi sharoitida ham quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish mumkinligini ko‘rsatdi".
Ishlab chiquvchilarning baholashicha, yangi texnologiya suv ostidagi datchiklar, detektorlar, kameralar va aloqa tizimlarida, shuningdek, suv osti robotlari va apparatlarida uzoq muddatli energiya manbai sifatida qo‘llanishi mumkin. Batafsil: https://watercenter.uz/uz/yangiliklar/xitoyda-birinchi-suv-osti-quyosh-elektr-stansiyasi-sinovdan-otkazildi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUVDAN FOYDALANISH VA UNI MUHOFAZA QILISH QANDAY REJALASHTIRILADI? 📖 Suv kodeksining 27-moddasiga ko'ra, suv resurslarini boshqarishda rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. 📌 Suvdan foydalanishni rejalashtirishda, avvalo: - aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlarini qondirish; - suv resurslarini muhofaza qilish; - suvning zararli ta’sirining oldini olish; - suvni foydalanuvchilar o‘rtasida ilmiy asoslangan holda taqsimlash ta’minlanishi kerak. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XalqaroSuvYangiliklari BMT: JAHON OKEANI SATHINING KO‘TARILISHI TOBORA TEZLASHMOQDA BMT ma’lumotlariga koʻra, asr oxiriga qa
#XalqaroSuvYangiliklari BMT: JAHON OKEANI SATHINING KO‘TARILISHI TOBORA TEZLASHMOQDA BMT ma’lumotlariga koʻra, asr oxiriga qadar Jahon okeani sathi yarim metrga koʻtarilsa, 150–300 million kishi oʻz uyini tark etishga majbur boʻlishi mumkin. BMT Qochqinlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash masalalari boʻyicha maxsus maslahatchisi Endryu Xarperning ta’kidlashicha, dengiz sathining koʻtarilishi endi uzoq kelajakdagi tahdid emas.
“Jahon okeani sathining koʻtarilishi endi uzoq kelajakdagi tahdid emas – bu jarayon hozirning oʻzida sodir boʻlmoqda va tobora tezlashmoqda”, – dedi Endryu Xarper.
Batafsil: https://watercenter.uz/uz/yangiliklar/bmt-jahon-okeani-sathining-kotarilishi-tobora-tezlashmoqda Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV KENGASHLARI 📖 Suv kodeksining 16-moddasiga ko'ra, suv resurslarini boshqarishda shaffoflikni ta’minlash va manfaatdor tomonlar ishtirokida qarorlar qabul qilish uchun suv kengashlari tashkil etiladi. 📌 Respublika suv kengashi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladi. Uning tarkibiga suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli vazirlik va idoralar rahbarlari kiradi. Shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillari, ekspertlar va olimlar ham jalb etilishi mumkin. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XorijTajribasi 🇯🇵 YAPONIYA TAJRIBASI: SUV TOSHQININI BOSHQARUVCHI YEROSTI INSHOOTI Kuchli yomg‘ir va tayfunlar vaqtida daryolarning toshishi Yaponiyaning yirik shaharlari uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Tokioda esa ortiqcha suvni vaqtincha qabul qilish va xavfsiz chiqarishga mo‘ljallangan ulkan yerosti inshooti barpo etilgan. Inshoot yer sathidan 22 metr pastda joylashgan. Uning uzunligi 177 metr, kengligi 78 metr, balandligi esa 18 metr. Rezervuar ichida 59 ta ulkan beton ustun mavjud. Har bir ustunning balandligi 18 metr, og‘irligi esa qariyb 500 tonnani tashkil etadi. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XalqaroSuvYangiliklari DUNYO SUV RESURSLARI: 2025-YILDA QANDAY O‘ZGARISHLAR BO‘LDI? 📊 Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO)n
#XalqaroSuvYangiliklari DUNYO SUV RESURSLARI: 2025-YILDA QANDAY O‘ZGARISHLAR BO‘LDI?   📊 Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO)ning “Dunyo suv resurslari holati – 2025” hisobotida Yer yuzidagi suv aylanishi va suv resurslaridagi muhim o‘zgarishlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yil so‘nggi 35 yildagi daryo oqimi eng kam bo‘lgan yillardan biri bo‘ldi.    ⚡️ Quruqlikdagi suv zaxiralari – yer osti suvlari, ko‘llar, daryolar, tuproq namligi, qor va muzliklardagi suv miqdori 2014–2016-yillardan buyon pasayib bormoqda. 2023–2025-yillarda muzliklar jami 1 400 gigatonna suv yo‘qotgan.
“2025-yilda suv omborlariga kelib tushadigan suv miqdori bir qator hududlarda me’yoridan past bo‘lgan. Yaqin Sharqning ayrim hududlari, shuningdek, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyoda suv omborlariga kelib tushadigan suv miqdori me’yoridan past yoki ancha past darajada qayd etilgan”, – deyiladi hisobotda.
Batafsil: https://watercenter.uz/uz/yangiliklar/dunyo-suv-resurslari-2025-yilda-qanday-ozgarishlar-boldi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi SUV KODEKSIGA SHARH | SUV RESURSLARI BOSHQARUVI QANDAY PRINSIP ASOSIDA AMALGA OSHIRILADI? 📖 Suv kodeksining 15-moddasida suv resurslarini boshqarishning muhim tamoyili − havzaviy va gidrografik prinsip belgilangan. 📍 Yer usti suvlarini boshqarish bo‘yicha − Suv xo‘jaligi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan organlar; 📍 Yer osti suvlarini boshqarish bo‘yicha − Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus vakolatli organ hisoblanadi. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi SUV KODEKSIGA SHARH | SUV TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIK NIMALARDAN IBORAT? Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish qonunchilik asosida amalga oshiriladi. 📖 Suv kodeksining 3-moddasiga ko‘ra, suv to‘g‘risidagi qonunchilik: − Suv kodeksi; − boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida milliy suv qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi SUV KODEKSIGA SHARH | SUV KODEKSI NIMALARNI TARTIBGA SOLADI? Suv − shunchaki tabiiy resurs emas. Undan foydalanish, uni muhofaza qilish va kelajak avlodlarga yetkazishning ham o‘z qoidalari bor. 📖 Suv kodeksining 1-moddasi aynan shu munosabatlarning huquqiy asosini belgilab beradi. Unga ko‘ra, Kodeks: − suv va suv obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni; − suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni; − suv fondi yerlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga soladi. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XorijTajribasi OQOVA SUVLARNI TOZALASHDA INNOVATSION YECHIM: XAYLEND TAJRIBASI 🇺🇸 AQShning Illinoys shtatidagi Xaylend shahrida oqova suvlarni tozalash inshooti zamonaviy texnologiyalar asosida yangilandi. Eskirgan aerob stabilizator o‘rniga BioCycle-D tizimi joriy etilib, boshqaruv avtomatlashtirildi.
Natijada texnik xizmat ko‘rsatish yengillashib, energiya sarfi va qo‘l mehnatiga ehtiyoj kamaydi. Xaylend tajribasi oqova suvlarni tozalashda innovatsion texnologiyalarning samaradorligini ko‘rsatadi.
▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

SUV TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR OROLBO‘YIDA BOG‘DORCHILIKNI RIVOJLANTIRMOQDA 📍 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Res
+4
SUV TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR OROLBO‘YIDA BOG‘DORCHILIKNI RIVOJLANTIRMOQDA 📍 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy agrar tajriba bilan tanishdi. 💧 Orolbo‘yining og‘ir iqlimi va sho‘r tuprog‘i sharoitida tashkil etilgan bog‘da suv tanqisligi muammosiga samarali yechim topilgan. Maydonda yopiq drenaj va tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilgan.
Oddiy sug‘orishda bir gektar yerga 12 ming litr suv sarflansa, yangi tizimda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 5 ming litrni tashkil etmoqda. Natijada suv 60 foizgacha tejalmoqda.
🌱 Tomchilatib sug‘orishda suv bevosita ildizga yetkazilib, tejaladi. Mineral o‘g‘itlarning 90 foizigacha o‘zlashtirilishi esa hosildorlikni oshiradi. Tizim to‘liq avtomatlashtirilgani sababli yuzlab gektar maydonni birgina operator boshqarishi mumkin.
330 gektarli bog‘ning 69 gektariga sho‘rga chidamli 250 ming tup qora olxo‘ri ekilgan. Daraxtlar orasida pomidor ham yetishtirilmoqda. Kelgusida Qoraqalpog‘istonda intensiv bog‘lar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

18-SENTABR − BUTUNJAHON SUV MONITORINGI KUNI 💧 Ushbu sana suv havzalarining holatiga e’tiborni kuchaytirish va jamoatchilikn
18-SENTABR − BUTUNJAHON SUV MONITORINGI KUNI 💧 Ushbu sana suv havzalarining holatiga e’tiborni kuchaytirish va jamoatchilikning suv bilan bog‘liq muammolar haqidagi bilimini oshirishga qaratilgan. 📇 Tashabbus 2003-yilda AQShdagi Clean Water Foundation tomonidan ilgari surilgan. Monitoring jarayonida suvning harorati, tiniqligi, pH darajasi va undagi erigan kislorod miqdori kabi ko‘rsatkichlar tekshiriladi.
Bugungi kunda tashabbus EarthEcho Water Challenge nomi bilan davom etmoqda. Ishtirokchilar “Tekshir − ulash − himoya qil” tamoyili asosida mahalliy suv manbalarini o‘rganadi, natijalarni global ma’lumotlar bazasiga kiritadi va suv havzalarini muhofaza qilishga hissa qo‘shadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvTexnologiyalari SUV YUZASIDAN HAVOGA KO‘TARILADIGAN AVTONOM DRON 🇨🇳 Xitoyda suvda ishlashga mo‘ljallangan yangi avtonom dron yaratildi. Qurilma Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan CES 2026 ko‘rgazmasida namoyish qilindi. Suv sportlari va sarguzashtlarni havodan tasvirga olish uchun ishlab chiqilgan dron quruqlikdan ham, suv yuzasidan ham havoga ko‘tarilib, suvga xavfsiz qo‘na oladi. Dronning asosiy imkoniyatlari: - IP67 darajasidagi suv o‘tkazmaydigan korpus; - suvga teskari tushganda o‘z holatini tiklash funksiyasi; - foydalanuvchini avtomatik kuzatib boruvchi sun’iy intellekt tizimi; - soniyasiga 100 kadr tezlikda 4K formatda tasvirga olish; - soatiga 55 kilometrgacha parvoz qilish; - bitta quvvat bilan 23 daqiqagacha ishlash. Qurilma kuchli shamol sharoitida ham ishlay oladi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#Bilasizmi SUV HAR DOIM HAM MUZGA AYLANMAYDI Muayyan sharoitda suv kristalli muzga emas, molekulalari tartibsiz joylashgan sh
#Bilasizmi SUV HAR DOIM HAM MUZGA AYLANMAYDI Muayyan sharoitda suv kristalli muzga emas, molekulalari tartibsiz joylashgan shishasimon amorf qattiq holatga o‘tishi mumkin. 2026-yil may oyida Nature Communications jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda olimlar ushbu jarayonni bevosita kuzatgan. Tajriba davomida suv nanometr qalinlikdagi qatlamlar shaklida fitantriol molekulalari orasiga joylashtirilgan. Bunday cheklangan muhitda suv muz kristallarini hosil qilmay, amorf holatga o‘tgan. 🔬 Kuzatuvlarga ko‘ra: 🔹 suv molekulalarining harakati −63 °C dan −20 °C gacha bo‘lgan haroratda sekinlashgan; 🔹 shishasimon holatga o‘tish −74 °C dan −64 °C gacha bo‘lgan haroratda yuz bergan.
Mazkur tadqiqot natijalari biologik hujayra va to‘qimalarni juda past haroratda muzlatib saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarini tuzilishini buzmasdan muzlatish, shuningdek, dori vositalari va vaksinalarni saqlash texnologiyalarini takomillashtirishga yordam berishi mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XorijTajribasi SUV MUAMMOSIGA INNOVATSION YECHIM: SINGAPUR TAJRIBASI 🇸🇬 Tabiiy chuchuk suv manbalari va hududi cheklangan Singapur suv ta’minoti muammosini innovatsion yechimlar orqali hal etdi.
Mamlakatda suvni yig‘ish, qayta ishlash va chuchuklashtirish tizimlari rivojlantirildi. NEWater texnologiyasi esa tozalangan oqova suvni yuqori sifatli suvga aylantirish imkonini berdi.
▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

SHAYXONTOHURDA KO‘L VA YASHIL HUDUDLARNI O‘Z ICHIGA OLGAN YANGI BOG‘ BARPO ETILADI 👇 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adm
+3
SHAYXONTOHURDA KO‘L VA YASHIL HUDUDLARNI O‘Z ICHIGA OLGAN YANGI BOG‘ BARPO ETILADI 👇 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi. 🌊 Loyihaga ko‘ra, bu yerda ko‘l va ko‘kalamzor maydonlar tashkil etilib, oilaviy hordiq chiqarish, bolalar bilan sayr qilish hamda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklar yaratiladi.
Ta’kidlanganidek, Toshkentning issiq iqlimi sharoitida suv havzalari, daraxtlar va soya-salqin joylarning ko‘paytirilishi aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
🌱 Shuningdek, poytaxtning barcha tumanlarida yangi istirohat bog‘larini tashkil etish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash va ekologik toza maskanlarni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#XalqaroSuvYangiliklari TARIXDAGI ENG ISSIQ AVGUST SUV RESURSLARIGA QANDAY TA’SIR QILDI? 🌐 Jahon meteorologiya tashkiloti (W
#XalqaroSuvYangiliklari TARIXDAGI ENG ISSIQ AVGUST SUV RESURSLARIGA QANDAY TA’SIR QILDI? 🌐 Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil avgust oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq avgust bo‘ldi. Avgust oyida dengiz yuzasining global harorati tarixiy eng yuqori darajaga yetdi. El-Ninyo hodisasi Tinch okeanining markaziy va sharqiy tropik hududlarida rekord darajadagi harorat kuzatilishiga ta’sir ko‘rsatdi. Arktika va Antarktikada esa dengiz muzlari maydoni o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘ldi.
Iliq suvlar tropik siklonlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatib, avgust oyida dunyo bo‘yicha 19 ta tropik bo‘ron kuzatildi.
Yevropaning katta qismida davom etgan issiq va yog‘ingarchilik tanqisligi Fransiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Ruminiya va Serbiyada kuchli qurg‘oqchilikni yuzaga keltirdi. Reyn, Dunay, Janubiy Bug va Dnepr daryolarida suv oqimi favqulodda past darajaga tushdi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#Podkast 🎙 SUV XAVFSIZLIGI - UMUMIY MAS’ULIYAT Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi tomonidan suv xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va transchegaraviy hamkorlikka bag‘ishlangan podkast tashkil etildi. 🎤 Podkast ishtirokchilari: • Anvar Tuychiyev - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi; • Iskandar O'roqboyev - Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi eksperti; • Ashanti Blayx - Shveytsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligining (SDC) suv va energetika resurslari bo‘yicha mintaqaviy dasturlar mutaxassisi. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#SuvKodeksi SUV KODEKSIGA SHARH | SUV XO‘JALIGI OBYEKTLARIGA BO‘LGAN MULK HUQUQI 📖 O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 13-moddasiga ko‘ra, suv xo‘jaligi obyektlari davlat yoki xususiy mulkda bo‘lishi mumkin.
Suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, nasos stansiyalari va boshqa gidrotexnik inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
Xususiy mulk bilan bog‘liq munosabatlar Fuqarolik kodeksi, obyektlarni davlat-xususiy sheriklik asosida berish esa tegishli qonunchilik bilan tartibga solinadi. ▶️ Batafsil — videoda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X