ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Открыть в Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

Больше
Страна не указанаКатегория не указана

📈 Аналитический обзор Telegram-канала O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Канал O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 10 145 подписчиков, занимая место в категории Другое.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 10 145 подписчиков.

Согласно последним данным от 12 ноября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -2, а за последние 24 часа — -178, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 6.39%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 5.02% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 651 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 511 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 6.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 13 ноября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Другое.

10 145
Подписчики
-17824 часа
-2487 дней
-230 дней
Архив постов
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubi
+3
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubiy Afrika Respublikasiga xizmat safari doirasida Agentlik direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Woolworths Holdings kompaniyasi vakili Lourens Pilley bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston yengil sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyati, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Woolworths savdo tarmoqlari orqali realizatsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Ma'lumot uchun, Woolworths Holdings Afrika qit'asining yirik chakana savdo xoldinglaridan biri bo‘lib, yillik aylanmasi 4,7 milliard AQSh dollariga yaqin. Kompaniya Janubiy Afrika va mintaqaning boshqa davlatlarida 1 400 dan ortiq savdo shoxobchasiga ega. Shuningdek, uning tarkibidagi Country Road Group orqali Avstraliya bozorida ham faoliyat yuritib, kiyim-kechak, uy tekstili va kundalik iste'mol mahsulotlarining yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi. 🟠Shuningdek, bolalar kiyimlari, uy tekstili va denim mahsulotlarini o‘z ichiga olgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yirik partiyalarini xarid qilish yo‘nalishida hamkorlikni boshlash yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi. 🟠O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari taqdimoti yakunlariga ko‘ra, Woolworths Holdings kompaniyasi o‘z talablariga mos mahsulotlarni tanlab olish hamda ularni xarid qilish bo‘yicha amaliy jarayonlarni boshlashi rejalashtirilgan. 🟠Uchrashuv yakunida Lourens Pilleyning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tashrif davomida u mamlakatimiz yengil sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishadi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubi
+4
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubiy Afrika Respublikasiga xizmat safari doirasida Agentlik direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Janubiy Afrika Milliy kiyim-kechak chakana savdo federatsiyasi (NCRF) bosh direktori Maykl Lourens bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston yengil sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyati, shuningdek, Janubiy Afrika bozoriga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠NCRF 2007-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Janubiy Afrikaning kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar va kosmetika mahsulotlari chakana savdosi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi 10 ta yirik milliy savdo tarmog‘i manfaatlarini ifoda etuvchi yetakchi tarmoq uyushmalaridan biri hisoblanadi. Federatsiya a'zolari yiliga 4 milliard AQSh dollaridan ortiq savdo aylanmasini amalga oshirib, 80 mingdan ziyod ish o‘rinlarini ta'minlaydi. 🟠Shuningdek, Maykl Lourens O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Afrika bozoriga yetkazib berish bo‘yicha logistika masalalarini ishlab chiqish hamda barqaror ta'minot zanjirlarini shakllantirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. 🟠Tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan talab yuqori mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va Janubiy Afrika chakana savdo tarmoqlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, uzoq muddatli savdo hamkorligini rivojlantirishning amaliy mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar. 🟠Uchrashuv yakunida 2026-yil oktabr–noyabr oylarida NCRF vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubi
+1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubiy Afrika Respublikasiga xizmat safari doirasida Agentlik direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Pepkor Holdings tarkibiga kiruvchi PepClo Ackermans kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoatining ishlab chiqarish, eksport va investitsiya salohiyati taqdim etildi. Xususan, mahalliy korxonalarning uy tekstili, uniforma, trikotaj hamda tayyor tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi. 🟠Pepkor Holdings Janubiy Afrika Respublikasida qariyb 2 500 ta, xorijiy mamlakatlarda esa 500 dan ortiq savdo shoxobchasi orqali faoliyat yurituvchi mintaqaning yirik chakana savdo guruhlaridan biri hisoblanadi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil sanoat mahsulotlarining yirik partiyalarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Kompaniya tomonidan import qilinishi rejalashtirilayotgan eng talabgir mahsulotlar ro‘yxati taqdim etilib, ularni savdo tarmoqlari orqali realizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, Pepkor Holdings savdo tarmoqlarida O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining uy tekstili, uniforma va tayyor tikuv mahsulotlarini namoyish etishga mo‘ljallangan Pop-up Store formatini tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Ushbu loyiha iste'molchilar talabini o‘rganish, istiqbolli mahsulot yo‘nalishlarini aniqlash hamda O‘zbekiston mahsulotlarining Janubiy Afrika bozoridagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi. 🟠Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston korxonalari va Janubiy Afrika kompaniyalari ishtirokida qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 14–16-iyul kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida Yevropaning eng nufuzli to‘qimachilik ko‘rgazmalaridan bi
+6
🇺🇿 2026-yilning 14–16-iyul kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida Yevropaning eng nufuzli to‘qimachilik ko‘rgazmalaridan biri — "MUNICH FABRIC START–2026" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 🟠Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada mamlakatimizning eksport salohiyatiga ega to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari o‘z mahsulotlarini xalqaro xaridorlar va hamkorlarga namoyish etmoqda. 🟠"MUNICH FABRIC START" Yevropaning gazlama, ip-kalava, kiyim-kechak aksessuarlari va innovatsion to‘qimachilik mahsulotlari yo‘nalishidagi eng yirik B2B platformalaridan biri hisoblanadi. Ko‘rgazmada dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 1000 dan ortiq ishlab chiqaruvchi hamda 20 mingdan ziyod professional tashrif buyuruvchilar ishtirok etmoqda. 🟠Ko‘rgazma davomida Yevropaning yetakchi brendlari, xaridorlari va distribyutorlari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazish, eksport shartnomalarini imzolash, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini jahon bozorida keng targ‘ib etish ko‘zda tutilgan. 🟠Shuningdek, ko‘rgazma dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish, yangi texnologiyalarni namoyish etish hamda istiqbolli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 14-iyul kuni Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida Afrika qit'asining yirik to‘qimachilik va m
+3
🇺🇿 Joriy yilning 14-iyul kuni Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida Afrika qit'asining yirik to‘qimachilik va moda ko‘rgazmalaridan biri — AllFashion Sourcing Cape Town 2026 o‘z ishini boshladi. 🟠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasi unda "Made in Uzbekistan" milliy stendi bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Agentlik direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev qatnashdi. 🟠Bu yil 12 ta davlatdan qariyb 3 ming nafar ishtirokchi va 150 ga yaqin kompaniyani birlashtirgan tadbirda O‘zbekistonning 90 kvadrat metr maydondagi milliy stendida mamlakatimizning 10 ga yaqin yetakchi to‘qimachilik korxonasi tomonidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari, paxta ip-kalavasi, gazlamalar hamda boshqa eksportbop mahsulotlar namoyish etilmoqda. 🟠Tadbir doirasida O‘zbekiston milliy stendi xorijiy mehmonlar va biznes vakillariga tanishtirildi. Agentlik direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev mamlakatimizda yengil sanoat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish salohiyati, eksport imkoniyatlari hamda xorijiy investorlar va xalqaro hamkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida ma'lumot berdi. 🟠Xalqaro ko‘rgazmadagi ishtirok O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini jahon bozorlarida keng targ‘ib etish, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa mamlakatlarning ishbilarmon doiralari bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish hamda o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+4
🇺🇿 Joriy yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Xitoyning CITIC kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston ipakchilik tarmog‘ini zamonaviy bosqichga olib chiqish, sohada yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ipakchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini sanoatlashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🟠Shuningdek, tomonlar Xitoyning ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish, innovatsion ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ipakchilik mahsulotlarini qayta ishlash zanjirini takomillashtirish, mahsulot sifati va eksport salohiyatini oshirish istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordilar. 🟠Muloqot davomida mazkur yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun Xitoy tomonidan imtiyozli moliyaviy resurslarni jalb etish, investitsion hamkorlikni rivojlantirish hamda ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuv yakunida O‘zbekiston ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralarni belgilovchi yo‘l-xaritani imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin: — rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+8
🇺🇿 Joriy yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubiy Afrika Respublikasiga xizmat safari doirasida Agentlik direktori o'rinbosari Ruxullo Zikrillayev hamda LuLu Group asoschisi va Boshqaruv kengashi raisi M. A. Yusuff Ali bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟠Ma'lumot uchun: LuLu Group Fors ko‘rfazi mintaqasidagi eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri bo‘lib, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Ummon, Quvayt va Bahraynda faoliyat yuritadi. Kompaniya tarkibida 267 dan ortiq gipermarket va supermarketlar mavjud bo‘lib, chakana savdo, xalqaro import va xaridlar, xususiy savdo belgisi (Private Label) ostida mahsulot ishlab chiqarish hamda elektron tijorat yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Kompaniya oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda to‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak, uy tekstili, poyabzal, maishiy texnika hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari savdosi bo‘yicha ham mintaqadagi yetakchi operatorlardan biri hisoblanadi. LuLu Groupning yillik aylanmasi qariyb 7,9 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.
🟠Muzokaralar davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini LuLu Group savdo tarmog‘i orqali Fors ko‘rfazi mamlakatlari bozorlariga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Dastlab premium segmentdagi mahsulotlarni joylashtirish, keyingi bosqichlarda esa yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar assortimentini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi. 🟠Shuningdek, LuLu Group bosh ofisi huzuridagi savdo markazida O‘zbekiston kompaniyasi tomonidan LuLu Pop-Up Store formatidagi savdo maydonchasini tashkil etish, logistika jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish hamda uy tekstili, sochiqlar, futbolkalar va boshqa tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini kompaniyaning xalqaro savdo tarmoqlari orqali realizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etiladigan mahsulotlar assortimenti asosida savdo maydoni dizaynini ishlab chiqish hamda 100 kvadrat metr maydonda "Made in Uzbekistan" savdo burchagini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonning eksport salohiyatini Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yanada kengaytirish, milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini LuLu Group savdo tarmog‘ida keng namoyish etish hamda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+1
🇺🇿 2026-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Janubiy Afrika Respublikasiga xizmat safari doirasida Agentlik direktori o'rinbosari Ruxullo Zikrillayev hamda Qatar Davlatining yirik investitsiya va sanoat xoldingi — “MBK Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Shayx Mansur bin Xalifa Ol-Soniy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida to‘qimachilik sanoati, investitsiyalarni jalb etish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha muzokaralar olib borildi. 🟠“MBK Holding” rahbariyati sun’iy, sintetik va o‘simlik tolalaridan tayyorlanadigan kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdi. 🟠Shuningdek, Qatar hududida ichki bozor ehtiyojlarini qondirish hamda uchinchi mamlakatlarga reeksport qilishga yo‘naltirilgan zamonaviy to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishda O‘zbekiston korxonalari bilan sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston hududida pillachilik va poliester yo‘nalishlarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ham ilgari surildi. 🟠Uchrashuv yakunida “MBK Holding” rahbariyati O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishini hamda hamkorlikka oid masalalarni yuqori darajada qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+3
🇺🇿 2026-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Belarus Respublikasining Mogilev shahrida faoliyat yuritayotgan “Lenta” korxonasiga tashrif buyurdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalari, mahsulot assortimenti hamda eksport faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yangi texnologiyalarni qo‘llash borasidagi tajribalar o‘rganildi. 🟠1960-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Lenta” Belarusdagi tasma va maxsus tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Korxona mudofaa sanoati, tibbiyot, yengil sanoat va uy tekstili yo‘nalishlari uchun keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarib, ularni ichki bozor bilan bir qatorda xalqaro bozorlarga ham yetkazib bermoqda. 🟠Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xomashyo va tayyor mahsulotlar yetkazib berish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro savdo hajmini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. ———— 🇺🇿 On 11 July 2026, the Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, visited the Lenta enterprise located in Mogilev, the Republic of Belarus. 🟠During the visit, the delegation became acquainted with the company's manufacturing processes, modern production technologies, product portfolio, and export activities. The parties also reviewed the enterprise's experience in improving production efficiency and implementing advanced technologies. 🟠Established in 1960, Lenta is one of Belarus's leading manufacturers of woven tapes and specialized textile products. The company produces a wide range of products for the defense industry, healthcare, light industry, and home textiles, supplying both the domestic market and international customers. 🟠During the negotiations, the parties exchanged views on strengthening industrial cooperation between the textile enterprises of Uzbekistan and Belarus, expanding the supply of raw materials and finished products, launching joint manufacturing projects, and increasing bilateral trade between the two countries. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+6
🇺🇿 2026-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida joylashgan OAJ "Vitebskiye Kovry" korxonasiga tashrif buyurdi. 🟠Tashrif doirasida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalari hamda tayyor mahsulotlar assortimenti bilan yaqindan tanishildi. Delegatsiyaga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati va eksport salohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi. 🟠1900-yilda tashkil etilgan OAJ "Vitebskiye Kovry" Belarusning gilam ishlab chiqarish sohasidagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Korxonada turli xil gilamlar, kovrolin, palas va yo‘lakchalar, to‘qilgan jakkard gilamlari, tafting texnologiyasi asosida tayyorlanadigan pol qoplamalari, shuningdek, ayrim turdagi noto‘qima materiallar va vatin mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona mahsulotlari Belarus ichki bozoridan tashqari Rossiya, MDH davlatlari hamda boshqa xorijiy mamlakatlarga eksport qilinadi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida gilam va pol qoplamalari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, mahsulot turlarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. 🟠Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro joriy etish va ikki mamlakat korxonalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. ———— 🇺🇿 On 10 July 2026, Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, visited Vitebskiye Kovry OJSC, located in Vitebsk, Republic of Belarus. 🟠During the visit, the delegation reviewed the company's manufacturing processes, modern production technologies, and extensive product range. A detailed presentation was delivered on the enterprise's production capacity, product quality, and export potential. 🟠Established in 1900, Vitebskiye Kovry OJSC is one of the largest carpet manufacturers in Belarus. The company produces a wide range of carpets, carpet flooring, runners, woven Jacquard carpets, tufted floor coverings, as well as selected nonwoven materials and batting. Its products are supplied to the domestic market and exported to Russia, CIS countries, and other international markets. 🟠During the meeting, the parties discussed prospects for expanding cooperation between Uzbekistan and Belarus in the production of carpets and floor coverings. Particular attention was given to introducing modern manufacturing technologies, diversifying product lines, strengthening industrial cooperation, and increasing production capacity. 🟠The two sides also expressed their readiness to continue cooperation in implementing joint projects, sharing advanced industry expertise, and further enhancing practical collaboration between enterprises of the two countries. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+6
🇺🇿 2026-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida joylashgan "Vitebsk mo‘yna kombinati" ga tashrif buyurdi. 🟠Tashrif davomida korxonada xom terini saralash, qayta ishlash, bo‘yash hamda tayyor mo‘ynali va jun teri mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. Korxonaning texnologik imkoniyatlari, ishlab chiqarish quvvatlari va tayyor mahsulotlar assortimenti yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. 🟠"Vitebsk mo‘yna kombinati" Belarusning mo‘ynachilik sanoatidagi yirik korxonalaridan biri bo‘lib, tabiiy mo‘yna va jun teridan tayyor kiyim-kechak, aksessuarlar hamda boshqa yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida mo‘ynachilik sanoati yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistondan yetkazib beriladigan xom qorako‘l va qo‘y terilarini chuqur qayta ishlash, ular asosida zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🟠Hamkorlikning dastlabki bosqichida O‘zbekistonning turli hududlarida yetishtirilgan qorako‘l va qo‘y terilarining namunalarini Belarus tomoniga yuborish, ularning sifat ko‘rsatkichlarini baholash hamda texnologik sinovlardan o‘tkazish rejalashtirildi. Mazkur ishlar kelgusida qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. ———— 🇺🇿 On 10 July 2026, Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, visited the Vitebsk Fur Factory, located in Vitebsk, Republic of Belarus. 🟠During the visit, the delegation reviewed the enterprise's operations, including the sorting, processing, and dyeing of raw hides, as well as the production of finished fur and sheepskin products. A detailed presentation was delivered on the factory's technological capabilities, production capacity, and product range. 🟠The Vitebsk Fur Factory is one of Belarus's leading enterprises in the fur industry, specializing in the processing of natural fur and sheepskin and the manufacture of high value-added products, including garments, accessories, and other fur products. 🟠During the discussions, the parties explored opportunities for cooperation between Uzbekistan and Belarus in the fur industry. Particular attention was given to the deep processing of Karakul and sheep skins supplied from Uzbekistan, the production of modern finished fur products, and the joint development of promising manufacturing projects. 🟠As the first stage of cooperation, the parties agreed to deliver samples of Karakul and sheep skins from various regions of Uzbekistan to Belarus for quality assessment and technological testing. These activities will provide a solid foundation for implementing future joint production projects. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026- yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+6
🇺🇿 2026- yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida joylashgan "Marko" poyabzal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik uskunalari hamda xomashyoni qayta ishlashdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. 🟠Ma'lumot uchun, "Marko" korxonasi Belarusning poyabzal sanoatidagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, 1991-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda korxona erkaklar, ayollar va bolalar poyabzallari, shuningdek, maxsus va himoya poyabzallarini ishlab chiqaradi. Korxona zamonaviy Yevropa texnologiyalari asosida faoliyat yuritib, yiliga millionlab juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar Belarus ichki bozoridan tashqari MDH davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi. 🟠Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida poyabzal sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda qo‘shma poyabzal ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro tajriba almashish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. ———— 🇺🇿On 10 July 2026, the Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, visited the Marko footwear manufacturing company located in Vitebsk, Republic of Belarus, to review its operations. 🟠During the visit, the enterprise's production capacity, modern technological equipment, and the entire manufacturing process—from raw material processing to the production of finished footwear—were thoroughly examined. 🟠For reference, Marko is one of the largest footwear manufacturers in Belarus, established in 1991. Today, the company produces a wide range of footwear for men, women, and children, as well as special-purpose and protective footwear. Operating with modern European technologies, the company has the capacity to manufacture millions of pairs of shoes annually. Its products are supplied not only to the Belarusian domestic market but are also exported to CIS countries and other international markets. 🟠During the meeting, the parties discussed opportunities to expand cooperation between Uzbekistan and Belarus in the footwear industry. Particular attention was given to establishing a joint footwear manufacturing enterprise in Uzbekistan, introducing modern production technologies, manufacturing new competitive footwear products, and promoting the exchange of expertise between the two sides. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 10-iyul kuni Uz-kor Textile Technoparkida to‘qimachilik sanoati uchun tashkil etilgan malaka oshirish dast
+8
🇺🇿 Joriy yilning 10-iyul kuni Uz-kor Textile Technoparkida to‘qimachilik sanoati uchun tashkil etilgan malaka oshirish dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan dastlabki tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. 🟠Dastur doirasida tikuv mahsulotlari konstruktori, tikuv mahsulotlari dizayneri, bo‘yoqchi-kolorist hamda laboratoriya mutaxassislari uchun zamonaviy o‘quv kurslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida nazariy hamda amaliy shaklda olib borildi. 🟠Mazkur bosqichda respublikaning 21 ta to‘qimachilik korxonasidan 37 nafar mutaxassis malakasini oshirdi. O‘quv jarayonida ishtirokchilar jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yaratish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, rang berish, konstruksiyalash va dizayn yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. 🟠Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ushbu malaka oshirish dasturlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Korxonalar o‘z mutaxassislarini Uzkort Textile Technoparkidagi o‘quv kurslariga yuborib, ular sertifikat olganidan so‘ng, belgilangan tartibda Agentlikka murojaat qilish orqali malaka oshirish uchun sarflangan o‘quv xarajatlarini qoplash imkoniyatiga ega. 🟠Bu tashabbus korxonalarda malakali kadrlar salohiyatini oshirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va yengil sanoatda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+4
🇺🇿 2026-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Belarus Respublikasining Orsha shahrida joylashgan "Orshanskiy Lyon Kombinati" korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalari hamda xomashyoni chuqur qayta ishlashdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikli ko‘zdan kechirildi. Ma'lum qilinishicha, korxona 1930-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda hamda zig‘ir tolasini qayta ishlash va undan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning yillik eksport hajmi 110 million AQSh dollarini tashkil etadi. 🟠Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida zig‘ir va to‘qimachilik sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston korxonalari bilan qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, yangi turdagi matolar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, tomonlar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Belarusning yengil sanoat sohasidagi amaliy hamkorligini yanada mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘ldi. ———— 🇺🇿 On 10 July 2026, the Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, visited the Orshanskiy Lyon Kombinat, located in Orsha, Republic of Belarus, to review its operations. 🟠During the visit, the delegation examined the enterprise's production processes, modern technologies, and its fully integrated manufacturing cycle—from deep processing of raw materials to the production of finished goods. Established in 1930, the company specializes in processing flax fiber and manufacturing high value-added textile products. The enterprise's annual export volume amounts to USD 110 million. 🟠During the meeting, the parties discussed prospects for expanding cooperation between Uzbekistan and Belarus in the flax and textile industries. Particular attention was paid to implementing joint manufacturing projects with Uzbek enterprises, developing new types of fabrics and finished textile products, introducing advanced technologies, and promoting the exchange of expertise. 🟠The two sides also exchanged views on strengthening industrial cooperation, expanding investment partnerships, increasing production capacity, and enhancing export potential. The meeting marked another important step toward deepening practical cooperation between Uzbekistan and Belarus in the light industry sector and creating new opportunities for mutually beneficial joint projects. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+8
🇺🇿 Joriy yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Belarus Respublikasining Minsk shahrida joylashgan "MPKO" OAJ charmni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik jarayonlari hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari ko‘zdan kechirildi. Ma’lum qilinishicha, korxona 1927-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda hamda Italiya texnologiyalari asosida yuqori sifatli charmni qayta ishlashga ixtisoslashgan.Korxonada xalqaro standartlarga javob beradigan tayyor charm mahsulotlari ishlab chiqarilib, ular ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda. 🟠Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida charm sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonga qayta ishlangan charm va tayyor charm mahsulotlarini yetkazib berish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, tajriba almashish hamda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, tomonlar ikki mamlakatning charm va yengil sanoat korxonalari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. ———— 🇺🇿 On 10 July 2026, the Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, visited the MPKO OJSC leather processing enterprise located in Minsk, Republic of Belarus. 🟠During the visit, the production facilities, modern technological processes, and all stages of finished product manufacturing were thoroughly reviewed. Established in 1927, the enterprise specializes in high-quality leather processing using Italian technologies. The company manufactures leather products that meet international quality standards and supplies them to both domestic and international markets. 🟠The parties discussed prospects for expanding cooperation between Uzbekistan and Belarus in the leather industry. Particular attention was given to supplying processed leather and finished leather products to Uzbekistan, introducing advanced technologies, exchanging expertise, and implementing joint manufacturing projects. 🟠The two sides also exchanged views on establishing long-term cooperation between leather and light industry enterprises of both countries, expanding investment partnerships, and increasing export potential. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yilning 9-iyul kuni Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va
+2
🇺🇿 2026-yilning 9-iyul kuni Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻrtasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar doirasida yengil sanoat sohasida muhim hujjat imzolandi. 🟠Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Belarus davlat "Bellegprom" konserni oʻrtasida yengil sanoat sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Protokol imzolandi. 🟠Mazkur Protokol ikki davlat oʻrtasida toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, ipak va yengil sanoatning boshqa yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish hamda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. 🟠Shuningdek, tomonlar oʻrtasida biznes missiyalar, koʻrgazmalar, forumlar va boshqa qoʻshma tadbirlarni muntazam tashkil etish hamda Oʻzbekiston va Belarus tadbirkorlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash nazarda tutilgan. 🟠Ushbu hujjat Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, yengil sanoat tarmoqlarida oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirish hamda yangi investitsion va eksport imkoniyatlarini yaratishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi. ———— 🇺🇿 On 9 July 2026, within the framework of the high-level talks between the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, and the President of the Republic of Belarus, Aleksandr Lukashenko, held at the Independence Palace in Minsk, an important document in the field of light industry was signed. 🟠In particular, a Protocol on Cooperation in the Field of Light Industry was signed between the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan and the Belarusian State Concern for the Production and Marketing of Light Industry Goods (Bellegprom). 🟠The Protocol aims to promote joint projects in the textile, garment and knitwear, leather and footwear, silk, and other light industry sectors, expand investment cooperation, increase bilateral trade, and foster scientific and technological innovation between the two countries. 🟠It also provides for the regular organization of business missions, exhibitions, forums, and other joint events to strengthen cooperation between Uzbek and Belarusian enterprises. 🟠This document represents an important step toward further strengthening the strategic partnership between Uzbekistan and Belarus, expanding mutually beneficial cooperation in the light industry sector, and creating new opportunities for investment and export development. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. — Узбекистан и Беларусь вывели отношения на уровень стратегического партнерства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sher
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada ha
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко провели переговоры в узком составе и с участием членов официальных делегаций. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #muzokaralar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X