ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Открыть в Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

Больше
Страна не указанаКатегория не указана

📈 Аналитический обзор Telegram-канала O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Канал O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 10 145 подписчиков, занимая место в категории Другое.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 10 145 подписчиков.

Согласно последним данным от 12 ноября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -2, а за последние 24 часа — -178, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 6.39%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 5.02% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 651 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 511 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 6.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 13 ноября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Другое.

10 145
Подписчики
-17824 часа
-2487 дней
-230 дней
Архив постов
🇺🇿 Joriy yilning 25–27-avgust kunlari Polsha Respublikasining Lodz shahrida “Sourcing Expo 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib
🇺🇿 Joriy yilning 25–27-avgust kunlari Polsha Respublikasining Lodz shahrida “Sourcing Expo 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 🟠Mazkur ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarining milliy stendi tashkil etilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportbop mahsulotlari namoyish etiladi. 🟠Shu munosabat bilan, amal qiluvchi Shengen vizasiga ega bo‘lgan, Yevropa bozoriga chiqish, yangi xaridorlar va hamkorlar topishdan manfaatdor to‘qimachilik, tikuv-trikotaj hamda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz.
🟠Ko‘rgazma dasturi doirasida: - xorijiy xaridorlar, importyorlar va distribyutorlar bilan B2B uchrashuvlar va muzokaralar; - mahsulot va ishlab chiqarish imkoniyatlari taqdimoti; - yangi eksport hamkorlarini topish; - Yevropa bozoriga chiqish bo‘yicha biznes aloqalarni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
📞 Aloqa uchun: +998 71 203-77-72 (322) | @otabekmirzaev 🟠Sourcing Expo 2026 — Yevropa bozoriga chiqish va yangi eksport hamkorlarini topish uchun imkoniyat! 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

O‘zbekiston quruvchilariga bayram tabrigi — Праздничное поздравление строителям Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|Y
O‘zbekiston quruvchilariga bayram tabrigi — Праздничное поздравление строителям Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu orqali eksport qilishni xohlaysizmi? 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma
Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu orqali eksport qilishni xohlaysizmi? 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi mahalliy yengil sanoat va to‘qimachilik korxonalarini xalqaro elektron savdo platformalariga olib chiqish maqsadida maxsus Ishchi guruh tashkil etmoqda. 🟠Bugungi kunda dunyoning yetakchi marketplace platformalari orqali millionlab iste'molchilar xaridlarni amalga oshirmoqda. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining eksport geografiyasini kengaytirish, xalqaro elektron savdo bozorlariga kirishini jadallashtirish hamda "Made in Uzbekistan" brendining global bozordagi mavqeini mustahkamlashdan iborat. ✅ Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib boriladi: — Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu platformalarida O‘zbekiston mahsulotlarini joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish; — Mazkur marketplace platformalarini O‘zbekistonda rivojlantirish va ommalashtirish; — Davlat tomonidan marketplace eksportini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yengillik va imtiyozlar ishlab chiqish; — Xalqaro marketplace kompaniyalari bilan Hukumat nomidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish; — Tanlab olingan korxonalarga platformalarda ro‘yxatdan o‘tish, mahsulotlarni joylashtirish, logistika, sertifikatlash, savdo jarayonlari hamda eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish. 🟠 Ishchi guruh tarkibi: Ishchi guruhga 20 ta mahalliy kompaniyadan, har biridan 1 nafardan mas'ul mutaxassis jalb etiladi. 🟠 Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi hamda loyiha davomida xalqaro marketplace platformalariga chiqish bo‘yicha bevosita amaliy jarayonlarda ishtirok etadilar.
✅ Nomzod kompaniyalarga qo‘yiladigan talablar: 🟧 Marketplace platformalarida ishlashga yuqori qiziqish va tayyorlik; 🟧 Yetarli ishlab chiqarish yoki savdo salohiyati (ishlab chiqarish hajmi, mahsulot sifati, eksport tajribasi va boshqalar); 🟧 Xalqaro standart va sertifikatlarni joriy etishga tayyorlik; 🟧 Marketplace platformalarida ishlash tajribasi (ustunlik beradi); 🟧 Platformalar amaliyotida qo‘llaniladigan 60 kungacha kechiktirilgan to‘lov (debitorlik) shartlariga rozilik; 🟧Ishchi guruhga biriktiriladigan mutaxassisning ingliz tilini bilishi; 🟧 Mutaxassisning marketplace platformalarida ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishi.
🕓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 10-avgust
📌 Ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
⚠️ Eslatma: Ariza topshirgan kompaniyalar vakillari suhbat asosida saralab olinadi. Ishchi guruh tarkibiga eng salohiyatli va xalqaro marketplace platformalarida ishlashga tayyor korxonalar jalb etiladi. Bu — O‘zbekiston mahsulotlarini Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu kabi dunyoning yetakchi elektron savdo platformalariga olib chiqish hamda eksportni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim tashabbusdir. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+5
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Indorama Corporation kompaniyasining Oʻzbekiston boʻyicha mamlakat moliya direktori RAM Laddha bilan uchrashuv oʻtkazdi. 🟠Uchrashuv davomida mamlakatimiz yengil sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, Indorama Corporation tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan va istiqbolda rejalashtirilgan investitsiya loyihalari koʻrib chiqildi. Jumladan, Qashqadaryo, Sirdaryo va Fargʻona vodiysi hududlarida ip-kalava ishlab chiqarish hamda tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish zanjirini yanada chuqurlashtirish rejalari muhokama qilindi. 🟠Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar va davlat tomonidan koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlash choralari tanishtirildi. 🟠Tomonlar Oʻzbekistonning yengil sanoat sohasidagi yuqori salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🟠Uchrashuv yakunida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilish, yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi. ———— 🇺🇿On August 6, the Director of the Agency for the Development of the Light Industry of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, held a meeting with RAM Laddha, Country Finance Director for Uzbekistan at Indorama Corporation. 🟠During the meeting, the parties discussed key issues related to the further development of Uzbekistan’s light industry, attracting foreign direct investment into the sector, and expanding the production of high value-added products. 🟠Particular attention was given to the investment projects currently being implemented and those planned by Indorama Corporation in Uzbekistan. The discussions focused on plans to further develop the yarn production and downstream textile manufacturing value chain in the Kashkadarya, Syrdarya, and Fergana Valley regions. 🟠Representatives of the Agency provided detailed information on the measures being taken to promote entrepreneurship in the light industry, improve the investment climate, establish new production capacities, and create favorable conditions for investors. The Agency also presented ongoing institutional reforms, government support measures, and mechanisms aimed at ensuring the efficient and timely implementation of investment projects. 🟠Both sides expressed their readiness to continue strengthening mutually beneficial cooperation by making effective use of Uzbekistan’s significant potential in the light industry, introducing modern technologies, and increasing the production of export-oriented textile products. 🟠At the conclusion of the meeting, the parties agreed to further strengthen their cooperation in implementing new investment projects, promptly resolving emerging issues, and ensuring that projects are completed within the established timeframes. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu orqali eksport qilishni xohlaysizmi? 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma
Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu orqali eksport qilishni xohlaysizmi? 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi mahalliy yengil sanoat va to‘qimachilik korxonalarini xalqaro elektron savdo platformalariga olib chiqish maqsadida maxsus Ishchi guruh tashkil etmoqda. 🟠Bugungi kunda dunyoning yetakchi marketplace platformalari orqali millionlab iste'molchilar xaridlarni amalga oshirmoqda. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining eksport geografiyasini kengaytirish, xalqaro elektron savdo bozorlariga kirishini jadallashtirish hamda "Made in Uzbekistan" brendining global bozordagi mavqeini mustahkamlashdan iborat. ✅ Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib boriladi: — Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu platformalarida O‘zbekiston mahsulotlarini joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish; — Mazkur marketplace platformalarini O‘zbekistonda rivojlantirish va ommalashtirish; — Davlat tomonidan marketplace eksportini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yengillik va imtiyozlar ishlab chiqish; — Xalqaro marketplace kompaniyalari bilan Hukumat nomidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish; — Tanlab olingan korxonalarga platformalarda ro‘yxatdan o‘tish, mahsulotlarni joylashtirish, logistika, sertifikatlash, savdo jarayonlari hamda eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish. 🟠 Ishchi guruh tarkibi: Ishchi guruhga 20 ta mahalliy kompaniyadan, har biridan 1 nafardan mas'ul mutaxassis jalb etiladi. 🟠 Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi hamda loyiha davomida xalqaro marketplace platformalariga chiqish bo‘yicha bevosita amaliy jarayonlarda ishtirok etadilar.
✅ Nomzod kompaniyalarga qo‘yiladigan talablar: 🟧 Marketplace platformalarida ishlashga yuqori qiziqish va tayyorlik; 🟧 Yetarli ishlab chiqarish yoki savdo salohiyati (ishlab chiqarish hajmi, mahsulot sifati, eksport tajribasi va boshqalar); 🟧 Xalqaro standart va sertifikatlarni joriy etishga tayyorlik; 🟧 Marketplace platformalarida ishlash tajribasi (ustunlik beradi); 🟧 Platformalar amaliyotida qo‘llaniladigan 60 kungacha kechiktirilgan to‘lov (debitorlik) shartlariga rozilik; 🟧Ishchi guruhga biriktiriladigan mutaxassisning ingliz tilini bilishi; 🟧 Mutaxassisning marketplace platformalarida ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishi.
🕓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 10-avgust
📌 Ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
⚠️ Eslatma: Ariza topshirgan kompaniyalar vakillari suhbat asosida saralab olinadi. Ishchi guruh tarkibiga eng salohiyatli va xalqaro marketplace platformalarida ishlashga tayyor korxonalar jalb etiladi. Bu — O‘zbekiston mahsulotlarini Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu kabi dunyoning yetakchi elektron savdo platformalariga olib chiqish hamda eksportni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim tashabbusdir. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu orqali eksport qilishni xohlaysizmi? 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma
Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu orqali eksport qilishni xohlaysizmi? 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi mahalliy yengil sanoat va to‘qimachilik korxonalarini xalqaro elektron savdo platformalariga olib chiqish maqsadida maxsus Ishchi guruh tashkil etmoqda. 🟠Bugungi kunda dunyoning yetakchi marketplace platformalari orqali millionlab iste'molchilar xaridlarni amalga oshirmoqda. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining eksport geografiyasini kengaytirish, xalqaro elektron savdo bozorlariga kirishini jadallashtirish hamda "Made in Uzbekistan" brendining global bozordagi mavqeini mustahkamlashdan iborat. ✅ Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib boriladi: — Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu platformalarida O‘zbekiston mahsulotlarini joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish; — Mazkur marketplace platformalarini O‘zbekistonda rivojlantirish va ommalashtirish; — Davlat tomonidan marketplace eksportini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yengillik va imtiyozlar ishlab chiqish; — Xalqaro marketplace kompaniyalari bilan Hukumat nomidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish; — Tanlab olingan korxonalarga platformalarda ro‘yxatdan o‘tish, mahsulotlarni joylashtirish, logistika, sertifikatlash, savdo jarayonlari hamda eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish. 🟠 Ishchi guruh tarkibi: Ishchi guruhga 20 ta mahalliy kompaniyadan, har biridan 1 nafardan mas'ul mutaxassis jalb etiladi. 🟠 Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi hamda loyiha davomida xalqaro marketplace platformalariga chiqish bo‘yicha bevosita amaliy jarayonlarda ishtirok etadilar.
✅ Nomzod kompaniyalarga qo‘yiladigan talablar: 🟧 Marketplace platformalarida ishlashga yuqori qiziqish va tayyorlik; 🟧 Yetarli ishlab chiqarish yoki savdo salohiyati (ishlab chiqarish hajmi, mahsulot sifati, eksport tajribasi va boshqalar); 🟧 Xalqaro standart va sertifikatlarni joriy etishga tayyorlik; 🟧 Marketplace platformalarida ishlash tajribasi (ustunlik beradi); 🟧 Platformalar amaliyotida qo‘llaniladigan 60 kungacha kechiktirilgan to‘lov (debitorlik) shartlariga rozilik; 🟧Ishchi guruhga biriktiriladigan mutaxassisning ingliz tilini bilishi; 🟧 Mutaxassisning marketplace platformalarida ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishi.
🕓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 10-avgust
📌 Ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
⚠️ Eslatma: Ariza topshirgan kompaniyalar vakillari suhbat asosida saralab olinadi. Ishchi guruh tarkibiga eng salohiyatli va xalqaro marketplace platformalarida ishlashga tayyor korxonalar jalb etiladi. Bu — O‘zbekiston mahsulotlarini Amazon, Zalando, Shein, Allegro, Temu va Snoonu kabi dunyoning yetakchi elektron savdo platformalariga olib chiqish hamda eksportni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim tashabbusdir. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirla
+4
🇺🇿 2026-yil 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov “Qarshi Agroklaster” MChJ, “Kasbi Yarntex” MChJ, “Bunyodkor” MChJ hamda “LT Textile” MChJ korxonalariga tashrif buyurib, ularning ishlab chiqarish faoliyati, eksport salohiyati va rivojlanish istiqbollarini o‘rgandi. 🟠Korxonalarda ishlab chiqarishning to‘liq texnologik jarayonlari, zamonaviy uskunalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish liniyalari, mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi, mahsulot turlari, xomashyoni chuqur qayta ishlash jarayonlari hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, korxonalarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari, yangi investitsiya loyihalarining borishi va ishlab chiqarishni yanada kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi. 🟠Tashrif davomida korxonalarning eksport salohiyati, xalqaro bozorlardagi faoliyati, mahsulotlarni yangi eksport yo‘nalishlariga olib chiqish imkoniyatlari hamda xalqaro standart va sertifikatlar asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Korxonalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, eksport geografiyasini kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, xomashyo ta’minoti, logistika, energiya samaradorligi hamda ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🟠Uchrashuv yakunida korxonalar oldida turgan dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish, ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿Polshaning yirik fashion-riteylerlaridan biri – LPP S.A. kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doir
+2
🇺🇿Polshaning yirik fashion-riteylerlaridan biri – LPP S.A. kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Buxoro viloyatidagi yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga tashrif tashkil etildi. 🟠Tashrif davomida delegatsiya “Buxoro Azteks” (Amirtex), “Haj Textile” hamda “Mergan Textile” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠Korxonalarda mehmonlarga ishlab chiqarishning to‘liq texnologik zanjiri, zamonaviy uskunalar, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati, sifat nazorati tizimi hamda eksport salohiyati yuzasidan batafsil taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, delegatsiya ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita ko‘zdan kechirib, xalqaro standartlar asosida tayyorlanayotgan mahsulotlar hamda eksport uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. 🟠Uchrashuvlar davomida LPP S.A. kompaniyasi vakillari va korxonalar rahbariyati o‘rtasida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari, xalqaro brendlar talablariga mos mahsulot ishlab chiqarish, yangi buyurtmalarni yo‘lga qo‘yish hamda uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. 🟠Shuningdek, korxonalarda joriy etilgan BSCI, Sedex va OEKO-TEX kabi xalqaro sertifikatlar, ularning mahsulot sifati va ijtimoiy mas’uliyatni ta’minlashdagi ahamiyati hamda LPP S.A. bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdagi o‘rni muhokama qilindi. 🟠Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tayyor to‘qimachilik mahsulotlarining Yevropa bozorlaridagi ulushini oshirish hamda yangi eksport buyurtmalarini jalb etish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar. ———— 🇺🇿As part of its business visit to Uzbekistan, the delegation of LPP S.A., one of Poland’s largest fashion retailers, visited several leading textile and garment manufacturing enterprises in the Bukhara region. 🟠During the visit, the delegation toured Bukhara Azteks (Amirtex), Haj Textile, and Mergan Textile, gaining first-hand insight into their production operations and manufacturing capabilities. 🟠The guests were presented with detailed information on the companies’ fully integrated production processes, modern machinery, manufacturing capacities, product quality, quality control systems, and export potential. The delegation also observed production lines, reviewed products prepared for export, and became familiar with the enterprises’ compliance with international manufacturing standards. 🟠Meetings between LPP S.A. representatives and the management of the enterprises focused on future cooperation opportunities, production of garments that meet international brand requirements, development of new orders, and expansion of long-term business partnerships. 🟠The discussions also highlighted the importance of internationally recognized certifications, including BSCI, Sedex, and OEKO-TEX, and their role in ensuring product quality, social compliance, and strengthening cooperation with LPP S.A. 🟠At the conclusion of the visit, both sides reaffirmed their commitment to expanding mutually beneficial cooperation, increasing the presence of Made in Uzbekistan textile and apparel products in European markets, and attracting new export orders through long-term strategic partnerships. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi d
+1
🇺🇿 2026-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududdagi bir qator yengil sanoat korxonalarida bo‘ldi. 🟠Xizmat safari davomida “Kitob ip yigiruv” AJ, “Oqsaroy” MChJ, “Shahrisabz Silk Production” MChJ, “Radiant Silk” MChJ, “Yakkabog‘ Oqsaroy” MChJ hamda “Qamashi Oqsaroy” MChJ faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 🟠Tashrif davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati, mahsulot turlari hamda mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi. 🟠Shuningdek, korxonalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xomashyo ta’minoti, moliyalashtirish, logistika va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. 🟠Tashrif yakunida korxonalar faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilinib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda eksport ko‘rsatkichlarini yanada kengaytirishga qaratilgan tegishli vazifalar belgilab berildi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 2–7-avgust kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat markazlariga o‘zbek tadbirkorlarining biznes-missiyasi tashkil etildi. Mazkur biznes-missiyaning ilk manzili Tatariston Respublikasining Qozon shahri bo‘ldi. 🟠Qozon shahrida o‘tkazilgan "O‘zbekiston – Tatariston" biznes-forumi doirasida O‘zbekiston va Tataristonning 200 ga yaqin korxona hamda tashkilot vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlari tashkil etildi. Muzokaralar davomida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda yangi eksport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 🟠Forum doirasida 25 dan ortiq yengil sanoat va to‘qimachilik korxonalari tomonidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari, matolar, poyabzal, charm-poyabzal mahsulotlari hamda ekologik toza xomashyolardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etildi. O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari mahalliy tadbirkorlar va potensial hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 🟠Tashrif davomida charm-poyabzal va yengil sanoat yo‘nalishlarida 20 million AQSH dollaridan ortiq eksportoldi shartnomalari hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli kelishuvlar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, Tataristonning tikuvchilik sanoati korxonalari tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sifatli matolar va boshqa xomashyo mahsulotlariga yuqori talab mavjudligi qayd etildi. 🟠Mazkur biznes-missiya O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarining Rossiya bozoridagi ishtirokini yanada mustahkamlash, eksport hajmini oshirish, yangi hamkorlarni jalb etish hamda ikki hudud o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. ———— 🇺🇿 From 2 to 7 August 2026, a business mission of Uzbek entrepreneurs to the major industrial centers of the Russian Federation was organized through the joint initiative of the Chamber of Commerce and Industry of Uzbekistan, the Small Business Association of Uzbekistan, and the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan. The first destination of the business mission was Kazan, the Republic of Tatarstan. 🟠As part of the "Uzbekistan – Tatarstan" Business Forum, B2B meetings were held with the participation of representatives from nearly 200 enterprises and organizations from Uzbekistan and Tatarstan. The discussions focused on expanding bilateral trade and economic cooperation, strengthening industrial collaboration, and creating new export opportunities. 🟠During the forum, more than 25 Uzbek light industry and textile enterprises showcased a wide range of products, including ready-made garments, knitwear, fabrics, footwear, leather products, and environmentally friendly textile materials. The exhibition attracted significant interest from local businesses and potential partners. 🟠Throughout the visit, negotiations are being conducted on prospective export agreements and industrial cooperation projects in the leather, footwear, and light industry sectors, with the total value exceeding USD 20 million. In addition, representatives of Tatarstan’s garment industry expressed strong interest in high-quality fabrics and other raw materials produced in Uzbekistan, highlighting the growing demand for Uzbek textile products. 🟠The business mission serves as an important platform for strengthening the presence of Uzbekistan’s light industry enterprises in the Russian market, expanding export volumes, attracting new business partners, and further enhancing industrial cooperation between the two sides. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida
+6
🇺🇿 2026-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasi savdo palatalari hamda yirik sanoat korxonalari rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, O‘zbekiston yengil sanoatining rivojlanish ko‘rsatkichlari, investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti va mavjud imtiyozlar taqdim etildi. Tomonlar yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. 🟠Muzokaralar davomida sintetik tolalar, sun’iy ip-kalava, texnik matolar va boshqa zamonaviy to‘qimachilik materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish, logistika va eksport salohiyatini oshirish hamda B2B uchrashuvlarini muntazam tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish va yengil sanoat sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. ———— 🇺🇿 On August 3, 2026, the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan hosted a meeting with a delegation comprising representatives of business associations and leading industrial enterprises from Henan Province, China. 🟠The parties discussed expanding trade, investment and industrial cooperation in the light industry sector, implementing joint investment projects, and strengthening industrial partnerships. 🟠The Uzbek side presented the country's recent achievements in the light industry sector, favorable investment climate and incentives available for foreign investors. Particular attention was given to the production of high value-added products, technology transfer and localization of manufacturing. 🟠The meeting also explored opportunities for joint projects in the production of synthetic fibers, artificial yarns, technical textiles and other modern textile materials, while emphasizing enhanced logistics, export development and regular B2B cooperation. 🟠At the conclusion of the meeting, both sides reaffirmed their commitment to implementing mutually beneficial investment projects and further strengthening bilateral cooperation in the light industry sector. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonda
+4
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Polshaning yirik moda riteylerlaridan biri – LPP S.A. kompaniyasi delegatsiyasi “Best Group” korxonasiga tashrif buyurdi. 🟠Tashrif davomida delegatsiya korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati, sifat nazorati tizimi hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠 Korxona rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xalqaro brendlar bilan hamkorlik tajribasi, ishlab chiqarishning xalqaro standartlarga muvofiqligi, sertifikatlashtirish jarayonlari hamda LPP S.A. kompaniyasi bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🟠Shuningdek, delegatsiyaga korxonada ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar namoyish etilib, buyurtmalarni bajarish imkoniyatlari, ishlab chiqarish hajmlari hamda sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etildi. 🟠Mazkur tashrif O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining xalqaro ta’minot zanjiridagi ishtirokini kengaytirish, yangi eksport imkoniyatlarini yaratish hamda Polshaning yetakchi moda kompaniyalari bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magida Polshaning yir
+4
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magida Polshaning yirik fashion-riteylerlaridan biri – LPP S.A. kompaniyasining 4 nafar vakilidan iborat delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi boshlandi. 🟠Tashrifning asosiy maqsadi mamlakatimizning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat. 📍Tashrif dasturiga muvofiq, delegatsiya dastlab “Zelal Teks” korxonasida bo‘lib, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlar, sifat nazorati tizimi hamda eksport faoliyati bilan tanishdi. 🟠Korxona rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda LPP S.A. bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, xalqaro standartlar va sertifikatlashtirish talablari, mahsulot sifati hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni global ta’minot zanjiriga integratsiya qilish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🟠Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiyaning “Buxoro Azteks” (Amirtex), “Best Group” hamda boshqa eksportbop to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga tashriflari ham rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvlar davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati va eksport salohiyati namoyish etilib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinadi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentl
+6
🇺🇿 Joriy yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov raisligida Agentlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi, Wildberries Uzbekistan Bosh direktori Akmal Primkulov hamda yengil sanoat korxonalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuv davomida Rossiya Federatsiyasidagi Wildberries logistika markazlari va omborlarida yuzaga kelayotgan ayrim tashkiliy jarayonlarning mahalliy eksport qiluvchi korxonalar faoliyatiga ta’siri batafsil muhokama qilindi. Xususan, mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qaytarish hamda yetkazib berish muddatlari bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan tadbirkorlarning fikr va takliflari tinglandi. 🟠Muhokamalar yakunida mazkur muammolarning mahalliy korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sirini kamaytirish, logistika jarayonlarini tezkor muvofiqlashtirish, tadbirkorlar bilan samarali va uzluksiz muloqot mexanizmini yo‘lga qo‘yish hamda yuzaga kelayotgan masalalarni Agentlik va Wildberries Uzbekistan hamkorligida operativ ko‘rib chiqish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek, hamkorlikni yanada takomillashtirishga qaratilgan qator amaliy takliflar ishlab chiqildi. 🟠Uchrashuv yakunida Agentlik, Wildberries Uzbekistan va yengil sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni tezkor hal etish, eksport hajmini oshirish hamda elektron tijorat platformalari orqali mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini yuksaltirish maqsadida muntazam muloqot va amaliy hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Qatar Davlatiga tashrif
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Qatar Davlatiga tashrif uchun delegatsiya shakllantirmoqda. 🟠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Qatar tomoni bilan hamkorlikda o‘zbek yengil sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini Qatar Davlatida joylashtirish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasini ishlab chiqmoqda. 🟠Loyiha doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gazlama va trikotaj polotnolari Qatar erkin iqtisodiy zonasida qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Iroq, Misr, Marokash, Quvayt, Turkiya hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari bozorlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan. 📅 Shu munosabat bilan 2026-yil avgust oyining ikkinchi yarmida Qatar Davlatiga amalga oshiriladigan xizmat safari uchun delegatsiya tarkibi shakllantirilmoqda.
🟠Tashrif doirasidagi asosiy yo‘nalishlar: — erkin iqtisodiy zona faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish; — ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shartlari yuzasidan erkin iqtisodiy zona rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish; — to‘qimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlari ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish imkoniyatlarini muhokama qilish; — ulgurji va chakana savdo omborlarini tashkil etish istiqbollarini ko‘rib chiqish; — Qatarda shourumlar va "Pop up Store" maydonlarini ochish hamda mahsulotlarni yirik savdo tarmoqlariga joylashtirish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish.
🟠Qatar erkin iqtisodiy zonalarida faoliyat yuritish korxonalarga bir qator afzalliklarni taqdim etadi: ✅ 100 foiz xorijiy egalik huquqi; ✅ 20 yilgacha korporativ soliq imtiyozlari; ✅ import bojxona bojlarining nol stavkasi; ✅ jismoniy shaxslar daromad solig‘ining mavjud emasligi; ✅ Hamad porti va Hamad xalqaro aeroporti orqali rivojlangan logistika imkoniyatlari.
📎 Loyiha taqdimoti va batafsil ma’lumotlar ilova qilingan faylda mavjud. 📌 Ishtirok etish uchun: delegatsiya tarkibiga kiritilish istagidagi korxona rahbarlari va vakillari 2026-yil 10-avgustga qadar [mazkur havola] orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. 🟠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tashrif davomida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan taklif va savollaringizni, shuningdek Qatarda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mavjud masalalarni ham kiritishingizni soʻraymiz 🟠Mazkur loyiha O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, yangi eksport yo‘nalishlarini yaratish hamda xalqaro ishlab chiqarish va logistika platformalaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 📞 Aloqa uchun: Loyiha koordinatori Zarifov Murodjon (90) 910-09-01 | @mzj_zh

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+2
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Namangan viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududda belgilangan “tayanch” mahallalar faoliyati o‘rganildi. 🟠Tashrif davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Olchin” hamda Namangan tumanidagi “Olahamak” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘linib, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yengil sanoat yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati bilan yaqindan tanishildi. 🟠Mahallalarda ishga tushirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari, xususan, tikuv-trikotaj, to‘qimachilik va boshqa yengil sanoat yo‘nalishlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarning ijrosi muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning ishlab chiqarish faoliyati, investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayoni, mavjud muammolar hamda rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuvlar davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🟠Mazkur xizmat safari doirasida “tayanch” mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yengil sanoat tarmog‘ida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 🟠Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan hududlarda ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakl
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakllantirilmoqda. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan 2026-yil 10-avgust kuni Ivanovo shahriga O'zbekiston Yengil sanoat korxonalari vakillarining tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan. 🟠Tashrifdan asosiy maqsad — "TekstilProfi-Ivanovo" savdo majmuasi faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish, majmua hududida O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik, gilamchilik Made in Uzbekistan mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo uyini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, Rossiya tomoni vakillari bilan B2B uchrashuvlar o'tkazishdan iborat. 🟠Tashrif davomida ishtirokchilarga savdo majmuasi, ko‘rgazma maydoni, ofis va ombor infratuzilmalari taqdim etiladi. Loyihada ishtirok etishning tashkiliy va tijorat shartlari bevosita tashrif doirasida muhokama qilinadi. 🟠Delegatsiya tarkibiga kiritish uchun O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik korxonalari rahbarlari va vakillarining ro'yxatdan o'tishi havola orqali, shuningdek mas'ul xodim orqali amalga oshiriladi. 🟠Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tish jarayonida taklif va savollari haqida ma'lumot qoldirishlari so‘raladi. 🟠Mazkur tashrif O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida Yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlarini Rossiya bozorida ilgari surish va yangi savdo aloqalarini o'rnatishga qaratilgan. 🟠Savdo majmuasining taqdimoti ilova qilinadi. 📞 Aloqa uchun: Sharipov Shohruh (71) 203-77-72 (332) 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan call-markaz va ishonch telefoni faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi. 🟠Videorolikda Agentlikda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, mas'ul xodimlarning murojaatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish hamda call-markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. 🟠Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta'minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
✅ Har bir murojaat – mas'uliyat, har bir murojaat – e'tibor va amaliy yechim demakdir.
🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #PrezidentXalqQabulxonasi #CallMarkaz #IshonchTelefoni #Ochiqlik #FuqarolarMurojaati

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan mahalliy ishla
+8
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish va ularni xalqaro elektron tijorat platformalariga olib chiqish maqsadida Amazon EU va SHEIN platformalarida mahsulotlarni joylashtirish uchun texnik talablar, sifat standartlari, sertifikatlashtirish, qadoqlash, markirovka, logistika hamda fulfillment jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, "Made in Uzbekistan" yagona savdo akkauntini tashkil etish va uni boshqarish modeli ishlab chiqildi. 🟠Mazkur ishlar doirasida Amazon elektron tijorat platformasi vakillari Jakub Zimoch va Bartłomiej Piątkowski hamda SHEIN platformasining Yevropa mintaqasida mahalliy yetkazib beruvchilar bilan ishlash bo‘yicha vakili Alex Ji ishtirokida onlayn uchrashuv va konferensiyalar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro platformalarga joylashtirish, logistika, buyurtmalarni boshqarish, xaridorlarga yetkazib berish jarayonlari hamda Yevropa bozoriga chiqish va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. 🟠Erishilgan kelishuvlar natijasida dunyoning yirik elektron tijorat platformalari — Amazon, SHEIN va Allegro tizimlarida "Made in Uzbekistan" yagona savdo akkaunti tashkil etildi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini bosqichma-bosqich joylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
📌 Amazon, SHEIN va Allegro platformalarida o‘z mahsulotlarini joylashtirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining Polsha Respublikasidagi vakili Muxtarov MuhammadBobur bilan bog‘lanishlari so‘raladi.
Bog‘lanish uchun: 📞 +48 450 127 777 😎 Telegram: @Empire_Holding

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakl
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakllantirilmoqda. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan 2026-yil 10-avgust kuni Ivanovo shahriga O'zbekiston Yengil sanoat korxonalari vakillarining tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan. 🟠Tashrifdan asosiy maqsad — "TekstilProfi-Ivanovo" savdo majmuasi faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish, majmua hududida O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik, gilamchilik ‘Made in Uzbekistan’ mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo uyini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, Rossiya tomoni vakillari bilan B2B uchrashuvlar o'tkazishdan iborat. 🟠Tashrif davomida ishtirokchilarga savdo majmuasi, ko‘rgazma maydoni, ofis va ombor infratuzilmalari taqdim etiladi. Loyihada ishtirok etishning tashkiliy va tijorat shartlari bevosita tashrif doirasida muhokama qilinadi. 🟠Delegatsiya tarkibiga kiritish uchun O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik korxonalari rahbarlari va vakillarining ro'yxatdan o'tishi havola orqali, shuningdek mas'ul xodim orqali amalga oshiriladi. 🟠Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tish jarayonida taklif va savollari haqida ma'lumot qoldirishlari so‘raladi. 🟠Mazkur tashrif O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida Yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlarini Rossiya bozorida ilgari surish va yangi savdo aloqalarini o'rnatishga qaratilgan. 🟠Savdo majmuasining taqdimoti ilova qilinadi. 📞 Aloqa uchun: Sharipov Shohruh (71) 203-77-72 (332) 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik