ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Открыть в Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

Больше
Страна не указанаКатегория не указана

📈 Аналитический обзор Telegram-канала O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Канал O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 10 411 подписчиков, занимая место в категории Другое.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 10 411 подписчиков.

Согласно последним данным от 19 ноября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -81, а за последние 24 часа — -68, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 6.94%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 4.74% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 725 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 495 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 6.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 20 ноября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Другое.

10 411
Подписчики
-6824 часа
+2647 дней
-8130 дней
Архив постов
🇺🇿 Jahon banki guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazi
+6
🇺🇿 Jahon banki guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o'rinbosari Ruxullo Zikrillayev Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi. 🟠Uchrashuv avvalida so‘nggi yillarda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar alohida ta’kidlandi. Xususan, 2017-yildan buyon joriy etilgan klaster tizimi orqali xomashyo yetishtirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yagona zanjir shakllantirildi. Natijada, 2025-yilda paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 4 million tonna paxta xomashyosi yetishtirildi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi 5,4 baravarga, eksport ko‘rsatkichlari esa 4 baravarga oshdi. 🟠Muzokaralar davomida Agentlik tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan mexanizmlar taqdim etildi hamda Jahon banki guruhi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro brendlar talablariga mos mahsulot ishlab chiqarishda sertifikatlash jarayonlari bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi. 🟠Xususan, mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan mato va kalava-iplarni xalqaro laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazish zarurati ishlab chiqarishda qo‘shimcha vaqt va xarajatlarga olib kelayotgani qayd etildi. 🟠Shu munosabat bilan Koreya–O‘zbekiston to‘qimachilik texnoparki hududida mavjud laboratoriyani modernizatsiya qilish hamda xalqaro sertifikatlash kompaniyalari bilan hamkorlikda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. ———— 🇬🇧 A meeting was held with representatives of the World Bank Group 🇺🇿 On April 15 of the current year, Deputy Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Rukhullo Zikrillayev, held a meeting with a delegation consisting of representatives of international organizations within the World Bank Group. 🟠 During the meeting, particular emphasis was placed on the reforms implemented in recent years in Uzbekistan’s textile industry and the results achieved. In particular, since 2017, a cluster system has been introduced, forming a unified value chain from cotton cultivation to finished product manufacturing. As a result, in 2025, textile clusters processed 4 million tons of raw cotton, production volumes increased by 5.4 times, and export indicators grew 4 times. 🟠During the negotiations, mechanisms introduced by the Agency to support the sector were presented, and prospects for cooperation with the World Bank Group were discussed. In this context, issues related to product certification processes in accordance with international brand requirements were also raised. 🟠 In particular, it was noted that the lack of laboratory testing for raw materials and accessories required for production leads to additional time and financial costs in the manufacturing process. 🟠 In this regard, the issue of modernizing the existing laboratory at the Korea–Uzbekistan Textile Technopark and establishing modern laboratories in cooperation with international certification companies was discussed. 🟠 At the conclusion of the meeting, the parties reached an agreement to establish close cooperation in further developing and supporting the textile industry. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:33

🇺🇿 Xitoyning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzur
+7
🇺🇿 Xitoyning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Xitoyning yirik davlat korxonalaridan biri — Jiangsu SOHO Holdings Group rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Mazkur kompaniya Jiangsu provinsiyasidagi eng yirik davlat korxonalari guruhlaridan biri bo‘lib, 400 ga yaqin sho‘ba korxonalar, 25 mingdan ortiq xodim va 130 milliard yuanlik yillik daromadga ega. Shuningdek, kompaniya 2025-yilgi Fortune China 500 reytingida 181-o‘rinni egallagan hamda AAA kredit reytingiga ega. 🟠Uchrashuv davomida tomonlar to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati, savdo-logistika, aqlli ishlab chiqarish hamda investitsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 🟠SOHO Group o‘z faoliyatini 160 dan ortiq mamlakatlarda yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, xalqaro savdo hajmi 12,2 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Kompaniyaning global infratuzilmasi, jumladan, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikadagi ishlab chiqarish bazalari hamda “China Railway Express” temir yo‘l tarmog‘i orqali amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari O‘zbekiston uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi. 🟠Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda eksport salohiyatini oshirish borasida kelishuvlarga erishdilar. ———— 🇬🇧 Cooperation with a major Chinese company is expanding 🇺🇿 Nozimjon Kholmurodov, Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with the management of one of China’s largest state-owned enterprises — Jiangsu SOHO Holdings Group. 🟠The company is one of the largest state-owned holding groups in Jiangsu Province, comprising around 400 subsidiaries, employing more than 25,000 people, and generating an annual revenue of 130 billion yuan. It is also ranked 181st in the 2025 Fortune China 500 and holds an AAA credit rating. 🟠During the meeting, the parties discussed expanding cooperation in textile and garment industries, trade and logistics, smart manufacturing, and investment. 🟠 SOHO Group operates in more than 160 countries, with an international trade volume of USD 12.2 billion. Its global infrastructure — including production bases in Europe, Southeast Asia, and Africa, as well as freight transportation via the “China Railway Express” network — creates new opportunities for Uzbekistan. 🟠 Following the negotiations, the parties reached agreements on developing mutually beneficial cooperation, implementing joint projects, and increasing export potential. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:33

#Light_Industrial_News 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasining 2-soni e’lon qilinadi. 🟠 Ushbu son orqali yengil sanoat korxonalari uchun joriy etilgan yangi subsidiyalar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida qisqa va aniq ma’lumotga ega bo‘lasiz. 🟠 Xususan, xalqaro standartlash, eksport faoliyati, xorijdagi marketing va ko‘rgazmalar, shuningdek konsalting xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash mexanizmlari kengaytirildi. 🎥 Batafsil videoda tanishing! ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish
16 июля, 07:33

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Kengash a’zolari ishti
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Kengash a’zolari ishtirokida navbatdagi muhim maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda: — 1-chorakda ishlab chiqarish va eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi tahlil qilindi; — 2-chorak uchun ustuvor reja va vazifalar belgilab olindi; — jahon tekstil bozoridagi o‘zgarishlar hamda bozor konyunkturasiga oid Kengash ekspertlarining xulosalari eshitildi. 🟠Shuningdek, Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarining samaradorligi muhokama qilindi. 🟠Yig‘ilish yakunida sohani yanada rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:33

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin: — rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:33

🇺🇿Joriy yilning 15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
🇺🇿Joriy yilning 15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Shveysariya hukumati ko‘magida UEnter’da tadbirkorlar va startaplar uchun yangi dastur — SAGE ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi. 🟠SAGE dasturi kreativ industriya (dizayn, tekstil, hunarmandchilik) hamda yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan. 🟠Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda: - tizimli o‘sish uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari - tajribali mentorlar va ekspertlar bilan ishlash - biznesni rivojlantirish uchun amaliy bilim va vositalar - yangi bozorlarga chiqish va kengayish imkoniyatlari 🟠Eng yaxshi loyihalar Germaniya, Finlyandiya va boshqa yetakchi davlatlarda xalqaro stajirovkalarni o‘tash hamda global maydonlarda o‘zlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🟠SAGE dasturi haqida batafsil ma’lumot olish, savollar berish va O‘zbekistonda kreativ hamda yashil iqtisodiyotning yangi bosqichiga qo‘shilish uchun tadbirga tashrif buyuring. Dastur bilan tanishish Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish 🗓 Sana: 2026-yil 15-aprel ⏱️ Vaqt: 10:30 📍 Manzil: UEnter ———— 🇺🇿15 апреля текущего года в UEnter состоится мероприятие, посвященное запуску новой программы для предпринимателей и стартапов — SAGE при поддержке Агентства по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан и правительства Швейцарии. 🟠SAGE направлена на развитие проектов в сферах креативной индустрии (дизайн, текстиль, ремесло) и зелёной экономики. 🟠Участников ждёт: - инкубационные и акселерационные программы для системного роста - работа с опытными менторами и экспертами - практические знания и инструменты для развития бизнеса - возможности выхода на новые рынки и масштабирования 🟠Лучшие проекты получат возможность пройти международные стажировки в ведущих странах (Германия, Финляндия и др.) и представить себя на глобальных площадках. 🟠Приходите, чтобы узнать больше о SAGE, задать вопросы и стать частью нового этапа развития креативной и зелёной экономики в Узбекистане. Ознакомиться с программой Зарегистрироваться на мероприятие 🗓 Дата: 15 апреля 2026 года ⏱️ Время: 10:30 📍 Локация: UEnter 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:33

Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekistonga amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi. Buxoro xalqaro aeroportida ol
+3
Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekistonga amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi. Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. — Рабочий визит Президента Казахстана Касым-Жомарта Токаева в Узбекистан завершился. В международном аэропорту Бухары высокого гостя проводил Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев. На этом глава нашего государства завершил поездку в Бухару и вернулся в Ташкент. #Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 июля, 07:32

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatim
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatimizdagi yetakchi toʻqimachilik korxonalaridan birining faoliyati bilan tanishdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев в ознакомились с деятельностью одного из ведущих текстильных предприятий нашей страны. #Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #korxona Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 июля, 07:32

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion
+6
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdilar. — Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев ознакомились с деятельностью ситуационного центра Бухарского областного хокимията. #Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #markaz Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 июля, 07:32

Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart To
+6
Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. — В городе Бухаре состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Республики Казахстан Касым-Жомартом Токаевым. #Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #muzokara Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 июля, 07:32

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev birgalikda
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. — Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёев и Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев вместе посетили мавзолей Бахауддина Накшбанда. #Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #ziyorat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 июля, 07:32

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил историческую час
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил историческую часть Бухары. #Mirziyoyev #safar #Buxoro #meros Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 июля, 07:32

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga tashrifi davomida Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazida amalga oshirilayo
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga tashrifi davomida Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. — В ходе поездки в Бухару Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созидательной работой, ведущейся в новом административном центре Бухарской области. #Mirziyoyev #safar #Buxoro #markaz Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 июля, 07:32

YENGIL SANOAT SOHASIDA QONUNCHILIK YANGILANDI: ASOSIY O‘ZGARISHLAR 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-
YENGIL SANOAT SOHASIDA QONUNCHILIK YANGILANDI: ASOSIY O‘ZGARISHLAR 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-son qaror bilan yengil sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, eksportni rag‘batlantirish hamda soliq mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim o‘zgarishlar joriy etildi. 🔹 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi kuchaytirildi: Endilikda subsidiya va grantlar olishda korxonalar tomonidan xorijiy internet resurslarida joylashtirilgan reklama havolalari hamda xorijiy mutaxassislarning diplom va sertifikatlari taqdim etilishi talab etiladi. 🔹 Elektron savdo orqali eksport rag‘batlantirilmoqda: Milliy va xorijiy marketplace platformalari orqali eksport qilingan mahsulotlar bo‘yicha QQSni qaytarish imkoniyati kengaytirildi. 🔹 Soliq tizimi soddalashtirilmoqda: Raqamli platformalar orqali faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun to‘lov tashkilotlari soliq agenti sifatida belgilandi, bu esa soliq hisob-kitoblarini yengillashtiradi. 🔹 Nazorat va shaffoflik kuchaytirildi: Elektron hisob-fakturalar ва savdo ma’lumotlari mos kelmagan taqdirda soliqni qaytarish avtomatik rad etiladi. ✅ Yana bir muhim yangilik xalqaro ko‘rgazmalar xarajatlari to'lab beriladi. Agar siz ko‘rgazmada alohida joy olib qatnashsangiz, xarajatlaringiz 100% gacha qoplanadi, lekin bu 12 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonlar uchun taaluqli. 📌 Mazkur o‘zgarishlar yengil sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oshirish, faoliyatini raqamlashtirish va xalqaro bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:32

#Light_Industry_News 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasini ishga tushirdi. 🟠Endilikda yengil sanoat sohasidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlar sizga atigi 2 daqiqada, aniq va tushunarli tarzda yetkaziladi. 🟠Mazkur video orqali “Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishing. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish
16 июля, 07:32

🇺🇿 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi Har yili 9-aprel sanasi o‘zbek xalqining buyuk tarixiy siymola
🇺🇿 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi Har yili 9-aprel sanasi o‘zbek xalqining buyuk tarixiy siymolaridan biri — Amir Temur tavallud topgan kun sifatida keng nishonlanadi. 1336-yilda Kesh (hozirgi Shahrisabz)da dunyoga kelgan Amir Temur yirik sarkarda, davlat arbobi va Temuriylar davlati asoschisi sifatida jahon tarixida muhim o‘rin egallagan. U qisqa vaqt ichida kuchli markazlashgan davlat barpo etib, poytaxtni Samarqand shahriga aylantirgan. 🟠Bolalik davri va ta’limi Amir Temur yoshligidan jasur, zukko va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan. U harbiy san’at, siyosat va diplomatiyani chuqur o‘rganib, yoshligidanoq yirik janglarda ishtirok etgan. Uning shakllanishida o‘sha davr muhitining, ayniqsa Movarounnahr hududidagi siyosiy vaziyatning katta ta’siri bo‘lgan. 🟠Davlat boshqaruvi va harbiy faoliyati Amir Temur o‘z davrining eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida tanilgan. U ko‘plab yurishlar orqali katta hududlarni egallab, markazlashgan va qudratli davlatni barpo etgan. Uning boshqaruvida tartib-intizom, adolat va qat’iy qonun ustuvor bo‘lgan. Harbiy yurishlar bilan bir qatorda, davlat ichki boshqaruvini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratgan. 🟠Ilm-fan va madaniyatga qo‘shgan hissasi Amir Temur nafaqat sarkarda, balki ilm-fan va madaniyat homiysi ham bo‘lgan. Uning davrida Samarqand ilm va madaniyat markaziga aylangan, ko‘plab madrasalar, masjidlar va me’moriy obidalar bunyod etilgan. Bu davr keyinchalik “Temuriylar uyg‘onish davri” sifatida tarixga kirgan. 🟠Amir Temur merosi Bugungi kunda Amir Temur nomi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo tarixida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Uning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati va bunyodkorlik faoliyati yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va ma’naviy kamolot ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:32

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktor o'rinbosari Ruxu
+5
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktor o'rinbosari Ruxullo Zikrillayev Pokistonning “Indus Apparel Group” kompaniyasi ijrochi direktori Khurram Haroon bilan muzokaralar o‘tkazdi. 🟠Muzokaralar davomida to‘qimachilik va ip-kalava sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan: — ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish; — yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish; — eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🟠Shuningdek, Kompaniya direktorini mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan korxonalar faoliyatini ko’zdan kechirish, ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati, mahsulot sifati hamda zamonaviy texnologik imkoniyatlari bilan tanishtirish belgilandi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni qisqa muddatlarda ishga tushirish hamda kelgusidagi aniq amaliy qadamlarni belgilashga kelishib oldilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:32

#Light_Industry_News 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasini ishga tushirdi. 🟠Endilikda yengil sanoat sohasidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlar sizga atigi 2 daqiqada, aniq va tushunarli tarzda yetkaziladi. 🟠Mazkur video orqali “Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishing. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish
16 июля, 07:32

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori — Постановление Президента Республики Узбекистан "О подготовке и проведении широкого празднования 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
16 июля, 07:32

🇺🇿 2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va
+8
🇺🇿 2026-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi vakillari Bekobod tumanidagi Agentlikga biriktirilgan yoshlar masalasida olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida Bobur Mirzo va Istiqbol MFYlarida uchrashuvlar tashkil etildi. 🟠Xususan, Bekobod tumanining "Bobur Mirzo" MFY hududida istiqomat qiluvchi yoshlar xonadonlariga Agentlik mutasaddilari tashrif buyurib, biriktirilgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan bevosita muloqot o‘tkazishdi. Suhbatlar davomida yoshlarning qiziqishlari, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. 🟠Shuningdek, "Dehqonobod" MFY hududidagi bo‘sh turgan bino negizida yoshlar uchun yengil sanoat yo‘nalishida “Kichik pilot” loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Mazkur loyiha yosh qizlarni yengil sanoat yo'nalishida bandligini ta’minlash hamda daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. 🟠 Agentlik tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday manzilli ishlar har bir yosh bilan individual yondashuv asosida tashkil etilib, ularning kelajagini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
16 июля, 07:32