ru
Feedback
REGISTRATOR OFISI | TOSHDO'TAU

REGISTRATOR OFISI | TOSHDO'TAU

Открыть в Telegram

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Registrator ofisi rasmiy kanali.

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
1 328
Подписчики
+11624 часа
+1167 дней
+11630 день
Архив постов
Darslar tugab ketdi.... Tanaffuslar ham, Sogʻinchlarning oxir keldimi gali? Saboqdoshlar ham yoʻq. Sen ham uzoqda. Qanisan jo
Darslar tugab ketdi.... Tanaffuslar ham, Sogʻinchlarning oxir keldimi gali? Saboqdoshlar ham yoʻq. Sen ham uzoqda. Qanisan jonajon maʼruza zali?

#magistratura Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga 2025-2026-o'quv yilida magistra
#magistratura Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga 2025-2026-o'quv yilida magistratura bosqichiga kelib tushgan arizalar soni. @registrator_ofis1

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga 2026-2027-o'quv yili magistratura bosqichiga
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga 2026-2027-o'quv yili magistratura bosqichiga kelib tushgan arizalar soni 29.07.2026 holatiga ko'ra. Ma'lumotlar stat.edu.uz saytidan olindi. @registrator_ofis1

Ishoning, eng avvalo o‘zingizni o‘zgartirishga harakat qilib ko‘ring. Chunki hayotdagi eng qiyin narsa boshqalarni emas, aynan o‘zingizni yengishdir. Bir marta ichingizdagi sustlikni, bahonalarni, qo‘rquvni yenga olsangiz natija albatta chiqadi. Ana o‘sha natija sizga bitta haqiqatni ko‘rsatadi: siz aslida o‘ylaganingizdan ancha kuchli ekansiz. Shundan keyin hammasi osonlashadi. Chunki siz endi tashqi omillarni emas, o‘zingizni boshqara boshlaysiz. Qolgani esa... ko‘pincha odamlar o‘zini o‘zgartirmaslik uchun aytadigan bahonalar xolos. @registrator_ofis1

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bakalavr bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidagi o‘
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bakalavr bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidagi o‘tish ballari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidag
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidagi o‘tish ballari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidag
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bosqichiga 2025-2026-o‘quv yilidagi o‘tish ballari @registrator_ofis1

2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi. Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikator (https://talimxabarlari.uz/68615/7) ga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi. @registrator_ofis1

Transfer.edu.uz saytidan foydalanish @registrator_ofis1

Sizda 3 ta valyuta bor: 1. Bilim. 📚 2. Vaqt. ⏳ 3. Pul. 💰 Agar bittasiga ehtiyoj sezsangiz, boshqa ikkitasini ishlating. @registrator_ofis1

📌 Akademik ta’til kimlarga beriladi? Akademik ta’til — oliy ta’lim muassasasi talabalariga o‘qishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish huquqini beruvchi tartibdir. Akademik ta’til quyidagi asosli sabablarga ko‘ra beriladi: 🏥 Salomatlikni tiklash uchun — shifokor xulosasiga ko‘ra uzoq muddat davolanish zarur bo‘lganda. 🪖 Harbiy xizmat uchun — muddatli harbiy xizmatni o‘tash maqsadida chaqiruv qog‘ozi asosida. 🤰 Homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan — ayol talabalarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida. 👶 Bola parvarishi uchun — farzand uch yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish zarur bo‘lganda. 👨‍👩‍👧 Oila a’zosini parvarish qilish uchun — ota-ona, turmush o‘rtog‘i yoki farzandining og‘ir kasalligi sababli ularga qarab turish zarur bo‘lganda. 📝 Akademik ta’tilni rasmiylashtirish uchun: • OTM rektori nomiga ariza yoziladi; • Ta’til olish sababini tasdiqlovchi tegishli tibbiy yoki boshqa rasmiy hujjatlar ilova qilinadi. 📅 Akademik ta’til odatda 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. https://t.me/Registrator_ofis1

📌 Kimlar o‘qishini ko‘chirishi (transfer/perevod) mumkin? O‘qishni ko‘chirish tartibi talabaning o‘qish joyiga qarab belgilanadi. Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga, shuningdek, OTM ichida ta'lim yo‘nalishi yoki ta'lim shaklini o‘zgartirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha transfer.edu.uz yoki my.gov.uz portallari orqali qabul qilinadi. ✅ Quyidagi toifadagi talabalar o‘qishini ko‘chirishi mumkin: 🔹 Xorijiy yoki nodavlat OTMdan davlat OTMga Tegishli ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish ballini to‘plagan yoki amaldagi talablarga javob bergan talabalar. 🔹 Davlat OTMlari o‘rtasida (ichki transfer) Faqat quyidagi ikki asosli holatda: 1. Talaba oila qurgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash joyidagi OTMga ko‘chirish uchun murojaat qilsa. 2. Davlat xizmatchisining ish joyi boshqa hududga ko‘chirilgan taqdirda. 🔹 Ta'lim shaklini o‘zgartirish Kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta'lim shakllari o‘rtasida amaldagi tartib asosida o‘zgartirish mumkin. 📄 O‘qishni ko‘chirish jarayonida chet tili va umumta'lim fanlari bo‘yicha milliy hamda xalqaro sertifikatlar ham inobatga olinadi. https://t.me/Registrator_ofis1

Hemis tizimida parolni qanday tiklash mumkun? Ushbu videoda barcha ma'lumotlar berilgan

O'zbekistondagi eng ko'p talaba qaysi OTM da tahsil olishini bilasizmi?
O'zbekistondagi eng ko'p talaba qaysi OTM da tahsil olishini bilasizmi?

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi

Oʻzbekiston hududida universitet rektori lavozimiga tayinlangan ilk shaxs kim bo‘lganini bilasizmi? 🔹 1918-yilda Toshkentda tashkil etilgan Turkiston xalq universitetining birinchi rektori Aleksandr Vasilyevich Popov bo‘lgan. 🔹 Mahalliy ziyolilar orasida esa Munavvarqori Abdurashidxonov ilk rektorlardan biri hisoblanadi. U 1918-yil 3-mayda Turkiston Musulmon xalq dorulfununining raisi etib saylangan. Bu lavozim o‘sha davrdagi rektor maqomiga teng bo‘lgan. 📌 Qiziqarli jihati shundaki, Turkiston xalq universiteti bugungi Oʻzbekiston Milliy universitetining tarixiy asosi hisoblanadi. 🎓 Demak, Oʻzbekiston hududidagi ilk universitetning birinchi rektori — Aleksandr Vasilyevich Popov, mahalliy ziyolilar orasidagi ilk rektorlardan biri esa — Munavvarqori Abdurashidxonov bo‘lgan. 📜Ma'lumot sizga yoqdimi? ✍Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! https://t.me/Registrator_ofis1

Universitet va Institutni farqi nimada? https://t.me/Registrator_ofis1
Universitet va Institutni farqi nimada? https://t.me/Registrator_ofis1

Akademik mobillik nima?
Akademik mobillik nima?

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar quyidagi sabablarga ko'ra dars qoldirishi uzrli deb hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar quyidagi sabablarga ko'ra dars qoldirishi uzrli deb hisoblanadi.

my.hemis.uz tizimida Ijtimoiy faollik uchun ariza yuborish