NASHRIYOD | OAK JURNALLARI
Открыть в Telegram
©️ NASHRIYOD — ilm, bilim va sifatli nashrlar maskani. Maqsadimiz — ilm-fan va ta'lim rivojiga hissa qo‘shish hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash. 📩 Hamkorlik va murojaatlar uchun: @Huquqv
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
1 589
Подписчики
-424 часа
-87 дней
-830 дней
Архив постов
4⃣7⃣-ISHTIROKCHI
Примқул Қодировнинг "Юлдузли тунлар" асари руҳидан илҳомланган машҳур фикр: «Матонатли инсон тақдирнинг энг оғир синовларини ҳам енгади.» Фарғона давлат университети талабаси Муҳаммаджонова Мубинахонhttps://t.me/NASHRIYOD/186
#Scopus_miflari
Assalomu alaykum, aziz tadqiqotchilar! 😀
Bugun akademik olamdagi eng keng tarqalgan yanglish tasavvurlardan yana birini muhokama qilamiz.
MIF 6: "Maqola bir-ikki haftada chiqadi"
Maqolani jo'natdingiz. Ikki hafta o'tdi — javob yo'q. Xavotir boshlanadi: "Balki e'tiborsiz qoldirishdi?" Yo'q. Bu — normal holat.
❌ MIF: Yaxshi jurnal maqolani tez chop etadi.
✅ FAKT: Peer review odatda 3–12 oy davom etadi. Ba'zi sohalarda esa undan ham uzoq.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Nega bunchalik uzoq? 🔍
Chunki maqolangizni robot emas, tirik odamlar o‘qiydi. Muharrir 8 nafar ekspertga xat yuboradi: 3 tasi javob bermaydi , 2 tasi “vaqtim yo‘q” deydi, biri rozi bo‘lib g‘oyib bo‘ladi 👻. Nihoyat, kerakli taqrizchi topiladi.
Eng qizig‘i — taqrizchilar buning uchun ko‘pincha haq olmaydi. Sizning 25 betlik maqolangizni o‘z darsi va tadqiqotidan ortgan vaqtda o‘qiydi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
⚠️ Endi jiddiy ogohlantirish
Agar jurnal maqolangizni 3 kunda "accepted" qilsa — bayram qilmang. Aksincha, ehtiyot bo'ling. Chunki bu maqolangizni hech kim o'qimaganini anglatadi. Bu — yirtqich jurnalning eng yaqqol belgisi. Ular faqat bitta narsani tekshiradi: to'lov o'tdimi yoki yo'qmi. 💸
Bunday nashr CV'ingizdagi boshqa yutuqlaringizni ham shubhaga qo'yishi mumkin.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🤎 “Revision” — jazo emas
“Major revision” xatini ochib, kayfiyatingiz tushdimi? Bu ko‘pincha: “Ishingiz qiziq, faqat ayrim qismlarini kuchaytiring”, degani.
Hatto mashhur “Reviewer 2”ning qattiqqo‘l izohlari ham 😅 maqolangizdagi siz payqamagan bo‘shliqlarni ko‘rsatadi. Maqolaning 2–3 bosqichda qayta ishlanishi ilmiy nashr jarayonida odatiy holat.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
💡 Amalda nima qilish kerak?
✔️ Jo'natgach — darhol keyingi ishga kirishing. Pochtani tekshirish jarayonni tezlashtirmaydi 🙂
✔️Jurnal saytida "Average time to first decision" ko'rsatkichini oldindan qarang. Ko'p jurnallar buni ochiq yozadi.
✔️Agar muddat 3–4 oydan oshsa, muharrirga muloyim so'rov xati yozish — mutlaqo normal. Bu bezovta qilish emas.
✔️Rad javobi kelsa — bu oxiri emas. Izohlarni oling, maqolani yaxshilang, boshqa jurnalga jo'nating. Ko'p mashhur maqolalar avval rad etilgan.🙏
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Xulosa: Sabr — akademik jarayonning ajralmas bir qismi.😉
Sizning eng uzoq taqriz jarayoningiz qancha davom etgan?
© Mukarram Otamurodova
Bir oy, olti oy yoki javob hali ham yo‘ldami? Izohlarda yozing 👇
Telegram | Facebook | Instagram
4⃣6⃣-ISHTIROKCHI
Raxmonova Xilola Jumayevna O'zbekiston san'at va madaniyat instituti Kutubxona axborot faoliyati 5-kurs talabasi
BIR HAFTADA – BIR KITOB
📖 Tavsiya etiladigan kitob: "Fotimaning bolasi"
📚 Kitob nomi: Fotimaning bolasi
✍️ Muallif: Josim al-Umron
🌟 Menga yoqadigan sabablar:
Insoniylik, mehr va oqibatning qadrini chuqur his ettiradi.
Hayotiy voqealar sodda va ta'sirchan uslubda bayon qilingan.
Har bir kitobxonni yaxshilik qilishga, ezgulikka undaydi.
Oila, farzand tarbiyasi va insoniy mas'uliyat haqida chuqur o'ylashga chorlaydi.
📖 Qiziqarli joylari: Asarda Fotima timsoli orqali ona mehri, sabr-toqat va insoniy fazilatlar yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi. Voqealar rivoji kitobxonni bosh qahramonlar taqdiri bilan birga yashashga majbur qiladi va asar oxirigacha qiziqishni saqlab qoladi.
📝 Qisqacha izoh: "Fotimaning bolasi" — inson qalbining pokligi, mehr-muhabbat va ezgulikning kuchini ulug'lovchi ta'sirchan asar. Kitob o'quvchiga yaxshilik hech qachon zoye ketmasligini, insonni ulug'laydigan eng buyuk fazilat mehr va saxovat ekanini anglatadi.
"Mehr bilan tarbiyalangan qalb ezgulik urug'ini unib chiqaradi. Kitob esa inson qalbini ezgulikka yetaklaydigan eng ishonchli yo'ldir." 📚🌿
https://t.me/NASHRIYOD/182
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
➡️ Xalqaro;
➡️ Mahalliy - konferensiyalar.
➡️ OAK;
➡️ Xalqaro;
➡️ Scopus - jurnallar.
© Bularning barchasi faqat @NASHRIYOD kanali obunachilari uchun 3⃣❤️🛍 chegirmada.
🖥 Maqolangizni tezroq adminga @huquqv ga yuboring. Shoshiling, chunki joylar soni cheklangan.
Rasmiy kanalimiz:
@Oak_jurnallari1
@NASHRIYOD
🇱🇷🇧🇷🇮🇳🇬🇧🇨🇳🇺🇿🇩🇪🇯🇵🇹🇷🇪🇺🇺🇦🇺🇸
➡️ «JOISR» xalqaro ilmiy jurnali uchun maqolalar va tahririyat a'zoligi(yangi tartibdagi talabga 100% javob beradi. Taqriz va sertifikat beriladi. 30% ustamangizni qo'ldan boy bermang) uchun hujjatlar qabuli davom etadi.
🔖 Ilmiy maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi va har bir maqola quyidagi OAK tan olgan bazalarda indexlanadi:
- google scholar;
- ResearchBIB;
- Index Copernicus
📊 ResearchBib impact factor: 8.718
✅ ISSN: 3030-3508
🔍 Jurnal websayti
🏆 Har bir muallifga sertifikat, internet havolasi va maqola pdf holati taqdim etiladi.
Ishtirok etish narxi: 80 ming
✅ Murojaat uchun: @huquqv
🎓 Magistraturani tugatyapsizmi?
Dissertatsiyani yozishdan ko‘ra, uni rasmiylashtirish ko‘proq asabiy tuyulyaptimi? 😅
Bugun magistrlar eng ko‘p so‘raydigan savollarga qisqa javob beraman:
📌 1. So‘rovnoma dissertatsiya ichida bo‘ladimi yoki ilovada?
— Odatda so‘rovnoma matni ilovaga joylanadi. Asosiy qismda esa natijalari tahlil qilinadi.
📌 2. Ekspert intervyudagi respondent javoblari ham ilovaga kiritiladimi?
— Ha, kerak bo‘lsa qisqartirilgan yoki to‘liq shaklda ilovaga beriladi (Lekin ekspert o'z shaxsining oshkor etilishini xohlamasa, ilovaga kiritilmaydi).
📌 3. Snoska berish tartibi qanday?
— OTM yoki ilmiy rahbar tavsiya qilgan standart asosida: sahifa osti yoki ko‘rinishida beriladi. O'zbekistonda ГОСТ formatida beriladi asosan. Muhimi — bir xil uslubni saqlash.
📌 4. Xorijiy tildagi adabiyot snoskada tarjima qilinadimi?
— Odatda manba original tilda yoziladi.
✨ Dissertatsiyada eng muhimi — tartib va yagona standartni ushlash.
© Mukarram Otamurodova
Postni magistr do'stlaringiz bilan bo'lishishni unutmang!
Telegram | Instagram | Facebook
Assalomu alaykum, aziz tadqiqotchilar! 🙂
Kanalimizga yaqinda qo'shilgan barcha izlanuvchilar — xush kelibsiz!
Choy-qahvangizni olib qulay o'rnashib oling, tanishamiz.😊
"NASHRIYOD - Qaxxorov Olimjon Davronjon oʻgʻli" — magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy faoliyatga qiziquvchilar uchun yaratilgan ilmiy-ma'rifiy kanal. Ya'ni, ilm-fan olamida yo'lingizni izlayotgan bo'lsangiz — aynan kerakli manzilga keldingiz. 😊
📍 Bu yerda:
✔️murakkab ilmiy tushunchalarni sodda tilda tushuntiramiz (ha, "hatto men tushundim" darajada);
✔️tadqiqot metodologiyasi bo'yicha amaliy bilimlar ulashamiz;
✔️maqola va dissertatsiya yozish jarayonini yoritamiz — asablarni asrash bo'yicha maslahatlar bilan birga; 😅
✔️ Scopus, Web of Science, grant va xalqaro imkoniyatlar haqida ma'lumot beramiz;
✔️ tadqiqotchilarni birlashtiradigan ilmiy hamjamiyatni shakllantiramiz;
🟡Bundan tashqari, bizda ilmiy ko'makning bir nechta turi mavjud:
🎓 Kurslar
Ilmiy tadqiqot bosqichlarini tushunish va mustaqil ishlash uchun amaliy mashg'ulotlar.
💬 Konsultatsiya
Tadqiqotingizdagi muammo va savollarni mutaxassis bilan individual muhokama qilish imkoniyati. "Bu savol juda oddiy bo'lsa kerak" deb uyalmang — oddiy savol degan tushuncha yo'q 🙌
🔍 Ilmiy ekspertiza
Mavzu, reja, metodologiya, maqola yoki dissertatsiyangizni tekshirib, kamchiliklari va rivojlantirish yo'llarini ko'rsatib beramiz. Qizil qalam bilan, ammo mehr bilan. 😉
🤩 Ilmiy nonushta
Tadqiqotchilar bilan samimiy suhbat, tajriba almashish, yangi ilmiy tanishuvlar va hamkorliklar uchun uchrashuv. Ilm ham, nonushta ham — ikkalasidan bahramand bo'lasiz. 😋
Endi eng muhimi 👇
Bizning eng muhim tamoyilimiz:
Biz hech bir turdagi tadqiqotni birovning o'rniga tayyorlab bermaymiz.
📌 FAQAT:
🟢 yo'l-yo'riq ko'rsatamiz
🟢savollaringizga javob beramiz
🟢ishingizni tekshirib, fikr bildiramiz
🟢xato va kamchiliklarni aniqlashga yordam beramiz
🟢tadqiqotni mustaqil bajarishingiz uchun zarur bilim va ko'nikmalarni beramiz
Ya'ni tayyor javobni bermaymiz — to'g'ri javobni topishga o'rgatamiz. Bizning maqsadimiz — tadqiqotchining o'zi mustaqil ish qila olishiga yordam berish. Yo'l ko'rsatamiz, tekshiramiz, o'rgatamiz — ammo ilmni siz yaratasiz. Chunki haqiqiy tadqiqotchi mustaqil fikrlaydi. 💪
© Mukarram Otamurodova
Har qanday savol yoki ko'mak uchun adminga @huquqv ga murojaat qilishingiz mumkin. Biz doimo yordamga tayyormiz — ilm yo'lida yolg'iz emassiz! 🙂🙃
Telegram | Facebook | Instagram
📣 BIR HAFTADA - BIR KITOB 🎁
👍 MY BEE ilm-ma’rifat markazi va Maqola & Tanlovlar kanali tomonidan MUSTAQIL BAYRAMI oldidan eng iliq, eng kitobxonlikka chorlovchi tanlovga start beriladi! 📚
📚 KITOB ULASH – MEXR ULASH DEMAK!
🎯 TANLOV MAQSADI:
— Kitobxonlikni targ‘ib qilish✔️
— Yoshlar orasida o‘qish madaniyatini rivojlantirish✔️
— Taʼtilni mazmunli oʻtkazish✔️
— Do‘stga o‘qishga arzigulik kitob tavsiya qilib, ijobiy muhit yaratish✔️
⭐️ Gran-pri (1 nafar):
🥇 “MILLAT IFTIXORI” KOʻKRAK NISHON+ xalqaro sertifikat
🥈 2-o‘rin (1 nafar):
🥇 "Taraqqiyot umidi" medali xalqaro sertifikat
🥉 3-o‘rin (3 nafar):
➡️ 2 ta rasmiy sertifikat
🔥 Barcha ishtirokchilarga rasmiy sertifikat!
🔍 Ishtirok etish juda oson!
Quyidagi kanallarga a’zo bo‘ling:
📌 https://t.me/Oak_jurnallari1
📍 @NASHRIYOD
❄️ Ushbu e’loni 10 ta faol guruh yoki kanalga ulashing.
❄️Ulashgan skrinshotlaringizni adminga yuboring @HUQUQV
❄️ Do‘stingga tavsiya qilgan kitob nomi + bitta chiroyli iqtibos yuboring.
🎉 MUHIM SANALAR:
✅ Start: ❤️❤️- IYUL
❗️ Yakun: ❤️❤️- AVGUST
🏆 G‘oliblar: ❤️❤️- AVGUST eʼlon qilinadi
🎯 G‘oliblar faol reaksiyalar va kamentlar asosida aniqlanadi!
Shu uchun koʻproq iqtibosni tarqatish kerak
NAKRUTKA yoki boshqa noqonuniy ishlar boʻsa chetlatiladi
🇺🇿 Tanlovda O‘zbekistonning barcha yoshlari, talabalar, o‘qituvchilar, kitobxonlar ishtirok etishi mumkin.
🔗 Rasmiy kanal: https://t.me/NASHRIYOD
5⃣7⃣-ıshtırokchı
"Alkimyogar " kitobi
Xamidova Shahzoda Xolbozor qizi
Qarshi shahrida Turon universiteti talabasi
Agar biror narsani chin yurakdan istasang, butun koinot senga yordam berish uchun harakat qiladi. Chunki insonning eng buyuk boyligi bu o‘z orzusiga sodiq qolishi yo‘lda uchragan sinovlardan qo‘rqmasdan qalbidagi xazinani izlashda davom etishidirhttps://t.me/NASHRIYOD/176
❤️❤️-ishtirokchi
“Inson o‘z baxtini o‘zi uchun emas, boshqalarga foyda keltirganida topadi.”
— Lev Tolstoy
“Haqiqiy baxt — kimningdir hayotini biroz bo‘lsa ham yengillashtira olganingni his qilishdir.”
— Lev Tolstoy
Mamatkasimova Zilola
https://t.me/Oak_jurnallari1/5635
❤️❤️-ishtirokchi
Yuy Xua "Yashamoq"
Asarning bosh g'oyasi: Kitobning eng asosiy falsafasi shuki, inson yashash uchun biron bir tashqi sabab (boylik, baxt, g'alaba) qidirmasligi kerak. Inson shunchaki yashash uchun yashaydi. Bu hayotning o'zi eng oliy qadriyatdir."Yashamoq" — bu baxt haqidagi emas, balki tirik qolish va bardosh berish haqidagi kitob. U o'quvchiga "Hayot qanchalik shafqatsiz bo'lmasin, yashashning o'zida ma'no bor," degan fikrni uqtiradi.
Iqtibos:
"Inson yashashdan boshqa hech narsa uchun yashamaydi. U yashashdan tashqaridagi biron bir maqsad uchun emas, balki hayotning o‘zi uchun yashaydi."
Jakbarova Mushtariybegim
https://t.me/NASHRIYOD/173
❤️❤️-ishtirokchi
Sabr yaxshilik xazinalaridan biridir. Bu ne’mat Alloh taolo marhamat qilgan bandagagina ato etiladi.
📚 Honiy al-Hajning "Solih va solihalardan nasihatlar" kitobidan
Nomozaliyeva Hilolaxon
Qo'qon davlat universiteti
Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi
2-bosqich talabasi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5632
❤️❤️-ishtirokchi
Abdulla Qodiriy — “O‘tgan kunlar”
📝 Qisqacha tavsiya:
“O‘tgan kunlar” — bu nafaqat sevgi qissasi, balki xalqimizning o‘tmish hayoti, urf-odatlari va milliy ongini chuqur aks ettirgan bebaho asar. Kitob insonni o‘ylashga, tarixdan saboq olishga undaydi
Sulaymonov Shaxriyor
https://t.me/Oak_jurnallari1/5631
❤️❤️-ishtirokchi
📚 Asar: Alkimyogar
✍️ Muallif: Paulo Koelo
💬 Iqtibos:
“Biror narsani chin dildan istasang, butun olam senga uni ro‘yobga chiqarishda yordam beradi.”
🌟 Tavsiya:
Ushbu asar insonning orzulari, taqdiri va o‘zini anglash yo‘li haqida falsafiy mushohadalarga boy. Muallif har bir insonning hayotda o‘z “Shaxsiy afsonasi” borligini va unga intilish hayot mazmunini belgilashini ta’kidlaydi. Asar o‘quvchini qo‘rquvdan voz kechib, ichki ovoziga quloq solishga, sinovlarni imkoniyat sifatida qabul qilishga chorlaydi. Har bir yosh qalbiga umid va ishonch bag‘ishlaydigan ilhomlantiruvchi asardir.
📝Fargʻona Davlat Universiteti,
✨Chet tillari:ingliz tili yoʻnalishi,
✨2-kurs talabasi,
✨Turdiboyeva Feruza
https://t.me/Oak_jurnallari1/5630
❤️❤️-ishtirokchi
Asar: Duo taqdirni oʻzgartiradi
Muallif:Atham Amin Nemutlu
Inson taqdirida shunday bir burilish nuqtasi borki, ayni isyon qiladigan paytingda, На, o'shа onda qisqagina bir duo bilan aynan hovuchlaringda turgan mana shu ko'rinmas tilsim bilan qadaring oqimini o'zgartirib yuborasan.
Ismoilova Maqsuda
https://t.me/Oak_jurnallari1/5629
❤️❤️-ishtirokchi
"Daftar hoshisidagi bitiklar"
O'tkir Hoshimov
- “Hayot adolatli bo‘lgani uchun emas, saboq bo‘lgani uchun qadrli".
Zokirjonova Feruza
https://t.me/Oak_jurnallari1/5628
❤️❤️-ishtirokchi
Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romani insoniy munosabatlar, g‘urur, mas’uliyat va kechirim kabi masalalarni chuqur yoritib beruvchi ta’sirli asardir. Unda nafaqat otaning, balki qiz va onaning ruhiy kechinmalari ham ishonarli tasvirlangan. Asar kitobxonni shoshma-shosharlik bilan hukm chiqarmaslikka, har bir voqeaga sabr va tafakkur bilan qarashga undaydi. Shu bois “Ota” romanini har bir o‘quvchiga, ayniqsa yoshlar va ota-onalarga tavsiya qilaman — u hayotiy saboqlar beruvchi, qalbni larzaga soluvchi asardir.
Muxammadjonova Mubina
https://t.me/Oak_jurnallari1/5627
❤️❤️-ishtirokchi
Umberto Ekoning “Atirgul nomi” Kitoblar ko‘r-ko‘rona ishonish uchun emas, balki savol ostiga qo‘yish uchun yoziladi. Ismoilova Dilnozaxon Anvarjon qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/5626
❤️❤️-ishtirokchi
Muallif: Usoma Muslim
Kitob: “Binafsha shu’lasi”
Bu kitob ruhiy poklanish, sabr, umid va iymon mavzularini yoritadigan, o‘quvchini chuqur o‘yga toldiruvchi asar. Kitobda inson qalbidagi sinovlar, Allohga yaqinlashish va umid nuri ramziy tarzda tasvirlanadi. Ayniqsa, Ramazon ruhi va ma’naviy tarbiya bilan uyg‘un g‘oyalari bilan kitobxonlarga manzur keladi.
Iqtibos:
“Binafsha shu’lasi qalbimizdagi eng xira umidni ham yoritadi; sabr bilan boqilsa, eng qorong‘i damlarda ham yo‘l ko‘rsatadi.”
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi 1-kurs talabasi Haydarova Gulsevarxon.
https://t.me/Oak_jurnallari1/5625
