ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

Открыть в Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
244
Подписчики
-224 часа
-247 дней
-5830 дней
Архив постов
Ba’zan inson juda charchaydi… Go‘yoki sababsizdek tuyuladi… Ishdan emas, uydan emas, Oʻqishdan emas, hatto odamlardan ham ema
Ba’zan inson juda charchaydi… Go‘yoki sababsizdek tuyuladi… Ishdan emas, uydan emas, Oʻqishdan emas, hatto odamlardan ham emas… Unda nega?.. Yashashdan… Doim kuchli ko‘rinishga harakat qilishdan, ichidagi og‘riqlarni yashirishdan, har kuni yana boshidan boshlashdan, tushunilmaslikdan, aytilmay qolgan so‘zlardan, ichiga yutilgan ko‘z yoshlaridan, ichida bo‘ronlar kechsa ham tashqarida sokin ko‘rinishdan, “yaxshiman” deb yolg‘on gapirishdan, hech kim tushunmaydigan bir sukutdan charchaydi inson… Inson tanasidan emas, ruhidan charchaydi… Shunday bir lahza keladiki, ko‘z yoshlar ham oqmaydi, chunki ular ham charchagan bo‘ladi… O‘sha paytda na uy taskin beradi, na bir suhbat, na bir sukunat… Inson qayergadir ketgisi keladi, lekin qayerga — o‘zi ham bilmaydi… Chunki u izlayotgan narsa joy emas… u — huzurni izlayapti. hamma narsaga qaramay… yana oyoqqa turadi… yana yashaydi… yana tabassum qiladi… Chunki u sabr qilishni o‘rganib bo‘lgan…
@Soflik_booklover
08 апр., 18:36

Sen meni shunchaki yaratganing yoʻq... Chunchaki yashashni men odat qildim...
08 апр., 12:54

اللَّهُمَّ صَيِّباً نَافِعاً Allohumma soyyiban naafi'an. ☔
07 апр., 15:18

Niyat faqat amalni boshlash uchun emas, balki uni davom ettirish va saqlab qolish uchun ham zarurdir. Banda amalni to‘g‘ri ni
Niyat faqat amalni boshlash uchun emas, balki uni davom ettirish va saqlab qolish uchun ham zarurdir. Banda amalni to‘g‘ri niyat bilan boshlab, keyin riyo, dangasalik yoki dunyoviy manfaat aralashsa, o‘sha amalning savobi kamayadi yoki yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun mo‘min kishi faqat ibodat boshida emas, balki oxirigacha niyatini toza tutishga harakat qiladi. Chunki amalning qabul bo‘lishi ixlosga bog‘liq bo‘lib, ixlos yo‘q joyda baraka bo‘lmaydi. Alloh uchun qilingan amalgina bandani yuksaltiradi va oxiratda foyda beradi. “Amallar niyatlarga bog‘liqdir” kitobidan📚
@Soflik_booklover
06 апр., 21:23

Men faqatgina tashqi ko'rinishim tufayli esda qolinishni istamayman. Farosatsiz go‘zal ayol bo‘lish – mening yo‘lim emas. Men
Men faqatgina tashqi ko'rinishim tufayli esda qolinishni istamayman. Farosatsiz go‘zal ayol bo‘lish – mening yo‘lim emas. Mening zakovatim o‘ziga oshiq, ilmim esa qalblarni maftun etsin. Go‘zallik vaqtinchalik, lekin insonning zehnidan taralgan nur abadiy qoladi. Men ilmim, fikrlarim va ichki qudratim bilan iz qoldirishni xohlaydigan "g'alati" qizman...
@Soflik_booklover
06 апр., 12:08

Видеосообщение00:09
06 апр., 00:01

photo content
+3
05 апр., 22:28

Odob-axloqli/tarbiyali bo‘lish kerak, deymiz. O‘zi u bizga nimaga kerak? #uzun #foyda Yoshlikdan hamma buni eshitib katta bo‘lgan. Ota-onasidan dakki, ustozidan yo‘nalish, maktabda tarbiyaviy soat,.. kabilarni hamma eslasa kerak. Ikki narsani biling: 1. Bu haqiqatda urg‘u berilgandan-da muhim masala. 2. Hali anglamagan bo‘lsangiz, anglab, iqror bo‘ladigan vaqtingiz keladi. Xo‘sh, unda odob-axloq nimaga kerak?
Odob-axloq va tarbiyadan ko‘zlangan maqsad quyidagilar emas: - odobli ko‘rinish; - odamlar maqtashi va hurmat qilishi; - "yaxshi farzand" deb tan olinish; - ota-onasiga rahmat keltirish; - u orqali ishi oson bitadigan bo‘lish,.. Bular axloqning FOYDAlari bo‘lishi tayin, lekin maqsadi emas.
Diqqat qiling!
Tarbiya va axloq insonning avvalo bu dunyoda Alloh taoloni tanishi va Uning sinovlaridan go‘zal tarzda o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Bu o‘z ichiga juda ko‘p narsani qamrab oladi. Bu ikki dunyo muvaffaqiyatiga yetishtiradi. Yuqoridagi maqsad (niyat) bilan harakat qilinsa, ota-onalar ham o‘zlari xohlagan emas, Alloh ulardan xohlagan avlodni yetishtiradi. Shu maqsad amalga oshganda (1) mahalliy, ijtimoiy muammolar yechim topa boshlaydi; (2) global darajada esa adolat tarqaydi, zulm kamayadi, muhabbat ortadi va yerda islohot ko‘payadi. Mana, bizga o'z tanlovimiz bilan odob-axloqli bo'lish nega kerak. © ULUL ALBAB yozdi | davomi bor...
05 апр., 08:16

Alhamdulillah...)🥰
04 апр., 09:00

Kitob — zerikkanda o‘qilmaydi Kitob — charchaganda o‘qilmaydi. Kitob — siqilganda o‘qilmaydi. Kitob — rasmga olish uchun o‘qi
Kitob — zerikkanda o‘qilmaydi Kitob — charchaganda o‘qilmaydi. Kitob — siqilganda o‘qilmaydi. Kitob — rasmga olish uchun o‘qilmaydi. Kitob — mana shuncha o‘qiganman, deyish uchun ham o‘qilmaydi. Kitob — o‘zgarish uchun, o‘zgarishga majbur bo‘linganda o‘qiladi. Kitob — yashash uchun, yashab qolish uchun o‘qiladi!
04 апр., 08:10

اِعْتَبِرِ العِلْمَ رِحْلَةً لَا تَنْتَهِي. Ilmni tugamaydigan safar deb bil.
04 апр., 00:18

Eng qiyin kurash–bu nafs bilan iymon oʻrtasidagi kurashdir. Biri dunyoviy narsalarni talab qiladi. Boshqasi esa oxirat haqida
+1
Eng qiyin kurash–bu nafs bilan iymon oʻrtasidagi kurashdir. Biri dunyoviy narsalarni talab qiladi. Boshqasi esa oxirat haqida oʻylaydi...
03 апр., 11:17

O'qigan kitobingiz esingizda qolishi uchun... ~Kitobdagi kerakli ma'lumotlarni belgilab qo'ying. ~O'qigan narsangiz haqida o'zingizga savollar bering. ~Keraksiz ma'lumotlarni o'tkazib yuboring. ~ O'qigan narsangizni boshqalar bilan muhokama qiling. ~Ovoz chiqarib o'qing( ovoz chiqarib oʻqisam fikrimni jamlolmayman negadir 😅)hammada har xil boʻladi bu jarayon kimdir ovoz chiqarib oʻqisa tez eslab qoladi. ~ Bosma kitoblar o'qing (qog'oz). ~O'qishni boshlashdan oldin kitob mavzusi bilan tanishib chiqing.
03 апр., 08:05

Ilm olishda ayol bilan erkak o‘rtasida farq yo‘q. Alloh taolo bu ummatga ayol orqali ham, erkak orqali ham foyda yetkazadi. Garchi ayollar masjidlarda, minbarlarda gapira olmasa ham. Ular uyida farzandlariga bergan ilmi orqali butun ummatga manfaat keltiradigan olim, allomalar yetishtirib chiqaradi, biiznillah. Muslima ayolning rafiqa, ona, uy bekasi bo‘lishi bilan birga ilm talab qilishini — og‘ir ish, deb hisoblamaslik kerak. Bu — iroda, sabr va Allohning tavfiqi bilan amalga oshadi. 
@Soflik_booklover
02 апр., 05:36

photo content
+1
02 апр., 03:15

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا وَرِزْقًا طَيِّبًا وَعَمَلًا مُتَقَبَّلًا “Allohim, Sendan foydali ilm, pok (ha
اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا وَرِزْقًا طَيِّبًا وَعَمَلًا مُتَقَبَّلًا “Allohim, Sendan foydali ilm, pok (halol) rizq va qabul qilinadigan amal so‘rayman.” Bu duo Paygʻambarimiz ﷺ dan rivoyat qilingan bo‘lib, juda chuqur ma’noga ega: • Foydali ilm: Insonga foyda beradigan, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan va hayotini yaxshilaydigan ilm. • Pok (halol) rizq: Halol yo‘l bilan topilgan, barakali va qalbga xotirjamlik beradigan rizq. • Qabul qilinadigan amal: Alloh huzurida maqbul bo‘ladigan, ixlos bilan qilingan yaxshi amallar. Bu duo qisqa bo‘lsa ham, inson hayotidagi eng muhim uch narsani o‘z ichiga oladi
01 апр., 07:19

photo content
+1
01 апр., 01:00

Oz qoldi Yaa Alloh, holimizni isloh qil.
31 мар., 17:47

Alhamdulillah...)🥰
31 мар., 09:05

Ilm olishga hazrati Shofe'iyning mablag'lari bo'lmagan. Hattoki hadis yozish uchun qog'oz topilmagan. Onalari bilan o'zlari hukumat binosiga borib, keraksiz deb tashlangan qog'ozlarni olib, bo'sh joylariga hadislarni yozar edilar. Qarang, ey muslimalar.. Farzandining ilm olishi uchun mablag'i yetarli emas, ammo taslim bo'lmayapti. Moddiy imkonsizligini bahona qilmayapti. Bizchi, biz?... Qog'ozimiz bor.. Hattoki eng so'nggi rusmdagi telefonlarimiz ham bor. Ammo dardimiz ilm emas, ummatga foydasi tegish emas, faqat va faqat "o'zim" bo'lish bo'lib qoldi... Modadan orqada qolib ketmay... Trenddan orqada qolib ketmay... Yangi telefon chiqibdi... Hammada bor... Ko'pchilikning "dardi" shu bo'lib qoldi... Ilm olish uchun hamma sharoitlarimiz bor... Ammo, nafsimiz bunga to'siq qo'ygan... Aytingchi qachongacha nafsimizga qullikda davom etaveramiz?!... Ummatim degan Zotning ummati bo'lishga loyiq bo'lyabmizmi...?
31 мар., 01:05