ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

Открыть в Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
244
Подписчики
-224 часа
-247 дней
-5830 дней
Архив постов
Xadicha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Ibrohimdan boshqa barcha farzandlarini dunyoga keltirdilar. Ular: Qosim Toyyib Tohir Zaynab Ruqayya Ummu Kulsum Fotima Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng katta o‘g‘illari Qosim, undan keyin Toyyib, keyin Tohir edilar. Qizlarining kattasi Zaynab, undan keyin Ruqayya, so‘ng Ummu Kulsum va eng kichigi Fotima roziyallohu anhodir.
10 июля, 15:34

#Mutolaa #siyrat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning nikohlari. Muhammad sollallohu alayhi vasallam amakilarining uyida y
#Mutolaa #siyrat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning nikohlari. Muhammad sollallohu alayhi vasallam amakilarining uyida yashab yurgan paytlarida tijorat bilan shug‘ullanardilar Xadicha binti Xuvaylidning molini halollik, rostgo‘ylik va omonatdorlik bilan savdo qildilar. Bir muddat o‘tgach, Xadicha roziyallohu anho Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning rostgo‘yliklari, go‘zal axloqlari va omonatdorliklari sababli u zotni yaxshi ko‘rib qoldilar va u zotga turmushga qurish taklifini beradilar. O‘sha vaqtda Xadicha roziyallohu anhoning yoshi qirq yosh edi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam amakilari bilan maslahatlashdilar. So‘ng amakilari Hamza bilan birga Xadichaning huzurlariga borib, unga sovchi qo‘ydilar. Shundan keyin ular nikohlandilar. O‘sha paytda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yigirma besh yoshda edilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Xadicha roziyallohu anhodan bo‘lgan farzandlari.
10 июля, 15:33

Bugun ilm olmasam nima bilan band boʻlaman... Ertaga qanday javob beraman...
#Oʻzimga eslatma
10 июля, 14:36

📌Zakot Nafsni poklash va axloqni sayqallash borasidagi vositalardan biri zakotdir. “Zakot” soʻzi lugʻatda “poklash” va “oʻsish” degan maʼnolarni bildiradi. Zakot bergan kishining moli qoʻllanadi, bermagan kishining moli esa ichida zakotga haqdorlarning moli aralashgan mol sifatida nopok boʻlib turadi. Qachon zakotini bersa poklanadi, boʻlmasa yoʻq. Zakot berilgan molga baraka kirishi bilan birgalikda u koʻpayadi, oʻsadi. Bunda oʻsish maʼnosini oʻziga aks ettirgan boʻladi. Sharʼiy islohda “zakot maxsus moldan maxsus juzni maxsus shaxsga Allohning roziligi uchun shariatda tayin qilinganidek mulk qilib berishdir”. Zakot islomning besh ruknidan biri, shariat farz qilgan muhim amaldir. Zakot Qurʼoni Karimda yigirma yetti joyda namoz bilan birga zikr etilgan. Bu esa oʻz navbatida, namoz bilan zakot bir-biriga chambarchas bogʻliq narsalar ekanini koʻrsatadi... Davomi bor...)
10 июля, 12:24

#vaqt #umr ⏳ Vaqt — eng qimmatli boylik Yoshingiz ulg’aygan sari mas’uliyatingiz ham ortib boradi. Tashvishlaringiz ko’payib, vaqt tobora cheklanib boradi. 🕰 Toqatingiz avvalgidan kamayadi. Qarilikda vaqt tor, jism zaif bo’ladi. Sog’liq ozayadi, tetiklik kamayadi. 📌Qilinishi kerak bo’lgan ishlaru mashg’ulotlar esa ko’p va qat’iy bo’lib boraveradi. ✅ Shuning uchun — fursat borida umr soatlaringizni behuda o’tkazmang! Bugun qila oladigan yaxshi ishni ertaga qoldirmang. Vaqtingizni qadrlang. 💫
10 июля, 04:37

Qishloqda kecha ertalabdan beri sevit yoʻq edi. Bugun kechqurun, soat 22:10 larda keldi. Telefonim esa kechadan beri oʻchiq h
Qishloqda kecha ertalabdan beri sevit yoʻq edi. Bugun kechqurun, soat 22:10 larda keldi. Telefonim esa kechadan beri oʻchiq holatda edi. Shunday qilib, bugun butun kunim internetsiz va telefonsiz oʻtdi. Dastlab biroz gʻalati tuyuldi, ammo vaqt oʻtgan sayin buning ham oʻzgacha zavqi bor ekan. Tabiatni kuzatish, yaqinlar bilan bemalol suhbatlashish, kitob mutolaa qilish va shunchaki sukunatdan bahramand boʻlish qalbga orom berar ekan. Baʼzan hayotni his qilish uchun ekranga emas, atrofimizdagi goʻzalliklarga qarash kifoya. Baʼzi uzilishlar esa aslida oʻzimiz bilan yana qayta bogʻlanishimiz uchun berilgan imkoniyat ekan. 🌿
09 июля, 14:19

أُرِيدُ أَنْ أَذْهَبَ إِلَى الْمَدِينَةِ الْمُنَوَّرَةِ، وَأَنْ أُصَلِّيَ فِي الْمَسْجِدِ النَّبَوِيِّ، وَأَزُورَ الرَّوْضَةَ الشَّرِيفَةَ. اللَّهُمَّ ارْزُقْنِي ذَلِكَ، وَتَقَبَّلْ دُعَائِي. آمِينَ. 🤍 #ان شاءالله✨
08 июля, 12:48

1157362265_1.mp34.68 KB
08 июля, 12:42

#shunchaki... ✨Mendagi ilm sening koʻnglingni olishga yetmasa, yana koʻproq ilm qidiraman, boshqa koʻngilni emas...)
#shunchaki... ✨Mendagi ilm sening koʻnglingni olishga yetmasa, yana koʻproq ilm qidiraman, boshqa koʻngilni emas...)
08 июля, 12:24

Muhabbat — loyiq boʻlganlar uchun, Vafo — unutmaganlar uchun, Doʻstlik — sodiq boʻlganlar uchun, Hayot esa tabassumni bilganl
Muhabbat — loyiq boʻlganlar uchun, Vafo — unutmaganlar uchun, Doʻstlik — sodiq boʻlganlar uchun, Hayot esa tabassumni bilganlar uchun. Jaloliddin Rumiy
08 июля, 08:00

📖Insonga ilm qachon yuqadi bilasizmi? Qachonki u qalbini pok saqlasa. Hasad, kibr va illatlardan yiroq bo‘lgan qalbga ilm yo
📖Insonga ilm qachon yuqadi bilasizmi? Qachonki u qalbini pok saqlasa. Hasad, kibr va illatlardan yiroq bo‘lgan qalbga ilm yorishadi. Kimdandir ranjish, kimlargadir nafrat tutish — bularning bari ruhni og‘irlashtiradi, nurga yo‘lni to‘sadi. Qalbni tozalang, ichingizdagi og‘irlikni chiqarib tashlang. Shunda nafaqat ilm sizga yuqadi, balki o‘zingiz ham yengillikni his qilasiz.
07 июля, 11:31

Qiz bola – bu nafaqat oilaning, balki jamiyatning ham gulidir. Biz – kelajak onalarimiz. Bizlarning bugungi harakatlarimiz o‘
Qiz bola – bu nafaqat oilaning, balki jamiyatning ham gulidir. Biz – kelajak onalarimiz. Bizlarning bugungi harakatlarimiz o‘qishga, odobga, halollikka, poklikka bo‘lgan munosabatimiz ertaga qanday inson bo‘lishimizni belgilaydi. Or-nomus – o‘zini qadrlash, to‘g‘ri va halol yo‘ldan yurish, yomon so‘zlardan, nopok ishlar va illatlardan yiroq yurish demakdir. Hozirgi zamonda turli internetdagi yomon odatlar, nomaqbul tanishuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi noto‘g‘ri namoyishlar sizlarning mehribonlik, iffat va andisha sifatlaringizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har doim o‘z qadr-qimmatingizni biling! O‘z odobingiz, kiyinish tarzingiz, so‘zlaringiz va yurish-turishingiz bilan boshqalarga o‘rnak bo‘ling. Har biringiz – ota-onangizning eng katta ne’matisiz. O‘zingizni qadrlang, vaqtni foydali o‘tkazing, kitob o‘qing, ilmga intiling va eng asosiysi – or-nomusli bo’ling! Sizlarning qalbingizda ezgulik, dilingizda mehr, yuragingizda Allohga bo‘lgan muhabbat bo‘lsin!
06 июля, 19:29

🕯 Ilm talabida yurish – dunyoviy yoki diniy bo‘lishidan qat’i nazar, eng ulug‘ sa’y-harakatdir. Inson qaysi ilmga intilmasin
🕯 Ilm talabida yurish – dunyoviy yoki diniy bo‘lishidan qat’i nazar, eng ulug‘ sa’y-harakatdir. Inson qaysi ilmga intilmasin — ingliz tili bo‘lsin, arab tili bo‘lsin, Qur’on ta’limoti bo‘lsin yoki boshqa bir kasb-hunar bo‘lsin — barchasi “ilm talab qilish” degan buyuk maqomga kiradi. Ilmning o‘zi ikki qismga bo‘linmaydi: “Bu dunyoviy, bu diniy” deb ajratish shart emas. Chunki har bir foydali bilim insonni yuksaltiradi, qalbni nurli qiladi va hayotni tartibga soladi. ▫️Ingliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz — bu ilm yo‘lidir. ▫️Arab tiliga qiziqsangiz — bu ham ilm yo‘lidir. ▫️Qur’on ilmidan saboq olayotgan bo‘lsangiz — bu ham eng ulug‘ ilm yo‘lidir. ▫️Kasb-hunar, texnologiya, san’at, tibbiyotni o‘rganayotgan bo‘lsangiz — buning barchasi ilm talabidir. Asosiysi — niyat pok, maqsad to‘g‘ri va ilm odamga foyda keltirsin. Ilm yo‘lida yurgan har bir inson – yosh bo‘ladimi, kattami – Allohning huzurida e’zozlanadi. Chunki ilm nafaqat aqlni, balki qalbni ham tarbiyalaydi.
06 июля, 14:33

#Mutolaada 📚 Hozirda 2–3 ta kitobni boshlab qoʻyganman. Sahifalardan qalbimga yaqin bo‘lgan satrlar va iqtiboslarni vaqti-va
+1
#Mutolaada 📚 Hozirda 2–3 ta kitobni boshlab qoʻyganman. Sahifalardan qalbimga yaqin bo‘lgan satrlar va iqtiboslarni vaqti-vaqti bilan ulashib boraman.
06 июля, 05:43

أَكْثَرُ لَحَظَاتِنَا أَمَانًا، فِي الْهُدُوءِ. Bizning eng osoyishta va xavfsiz onlarimiz sukunat ichidadir.🤍
06 июля, 00:34

السَّمَاءُ جَمِيلَةٌ☁️
05 июля, 11:43

photo content
+2
05 июля, 11:41

Magʻlubiyat qachon keladi bilasizmi? Qachonki faqat oʻz kuchimizga ishonib qolsak. Alloh izn bermasa hich bir ishda gʻoliblik
+1
Magʻlubiyat qachon keladi bilasizmi? Qachonki faqat oʻz kuchimizga ishonib qolsak. Alloh izn bermasa hich bir ishda gʻoliblik boʻlmaydi. Qachonki ojizligimizni his qilib, taslimiyat ila yaratgandan tavfiq va izn soʻrasak oʻshanda hammasi biz hohlagandek boʻladi. InshaAlloh🩷
05 июля, 01:42

Ayolning ilm olishi butun oila, butun jamiyat uchun eng muhim ishdir. Uyda boʻladimi yoki ishlaydimi farqi yoʻq, ayol ummat t
Ayolning ilm olishi butun oila, butun jamiyat uchun eng muhim ishdir. Uyda boʻladimi yoki ishlaydimi farqi yoʻq, ayol ummat tarbiyalovchi eng muhim shaxsdir. Erkak kishining farzand tarbiyasidagi eng katta oʻrni ayolini ilm olishida, oʻsishida va rivojlanishida qoʻllab-quvvatlab, imkon qadar sharoit qilib berishidir. Erkak kishining eng muhim vazifasi uyni halol rizq bilan ta’minlab, uydagi tinchlikni himoya qilishdir.
04 июля, 09:08

Bu hayotda katta gapirma. Masalan, “Men hech qachon…” deb boshlanuvchi jumlalarni tuzma. Birovning boshiga tushgan sinov bir
Bu hayotda katta gapirma. Masalan, “Men hech qachon…” deb boshlanuvchi jumlalarni tuzma. Birovning boshiga tushgan sinov bir kun kelib sening ham boshingga tushishi mumkin. Kimningdir musibati haqida gapirishdan o’zingni tiy. Chunki bugungi so’zlaring ertangi imtihoning, bugungi kulging esa ertangi ko’z yoshing bo’lishi mumkin. Ummu Xoyr
04 июля, 05:34