𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
Открыть в Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
244
Подписчики
-224 часа
-247 дней
-5830 дней
Архив постов
244
Repost from N/a
+1
Ikki haftadan buyon ichimda tushuntirib bo‘lmaydigan bir og‘iriq bor. U na ketadi, na aniq sabab topadi — faqat seziladi, xolos.
Qayerga bormayin, nima bilan band bo‘lmayin — bu og‘riqlar meni tark etmayapti. Biroz charchadim… ich-ichimdan bo‘shab borayotgandekman...
Kim bilandir gaplashgim keladi, yuragimni ochgim keladi. Ammo so‘zlar tilimga chiqmaydi, ichimda qolib ketadi. Go‘yo hammasi aytilmoqchi, lekin hech biri aytilmayapti.
Kech tushsa, xayollarim yanada og‘irlashadi. O‘sha jimlik ichida o‘zim bilan yolg‘iz qolaman. U vaqtda hamma narsa yanada yaqqolroq seziladi…
Ichimda kichkina bo‘lsa ham bir ovoz bor: “Davom et… to‘xtama.” deydi. Balki shu ovoz meni hali ham ushlab turgandir.
إِنْسَانٌ تَلَاشَى فِي أَعْمَاقِ الصَّمْتِ...🍃
#jimlik
29 апр., 09:26
244
Goʻzal duo
Men Allohdan meni bola kabi sevuvchi va Allohga ibodat qiluvchi turmush oʻrtoq ato etishini so'radim...Ummu Kulsum, Abu Bakr Siddiqning qizi, shunday hikoya qiladi: "Men Allohdan meni bola kabi sevuvchi va Allohga ibodat qiluvchi er ato etishini so'radim". Alloh unga Talha ibn Ubaydullohni - dunyoda Jannat bashorati berilgan kishilardan birini ato qildi. Ummu Kulsum yana eslab shunday deydi: "U meni ko'rsa sevinar, ovozimni eshitsa jilmayar edi, yig'lasam meni tinchlantirar edi va meni to'shagimda isinib, huzur bilan uxlashimga amin bo'lmaguncha uxlamas edi. Men kasal bo'lsam, u ham og'riqni o'z tanasida his qilgandek bo'lar edi. Men uning faxri edim, ham yashirin hamda oshkora".
28 апр., 14:04
244
+2
Uzurnoma hali oʻqib koʻrmadim...
Oʻqib koʻrish niyatim bor inshaalloh...)
Kursdoshing ham oʻzinga oʻxshagan kitobxon boʻlsa mazzada...😁
27 апр., 04:35
244
+1
Mukammallik izlamang
Ideal inson ham ideal hayot ham yoʻq.
Shunchaki niyat va amalingizni yangilab turing, niyatingiz Alloh roziligi amalingiz esa rozilikka yoʻl boʻlsin.
Saodatli_Ayol
27 апр., 01:59
244
⸺ Gul beraymi yoki baxt?
⸺ Gul.
⸺ Nega baxt emas?
⸺ Baxtli qilishni istagan odam tanlash imkonini taklif qilmagan bo‘lardi.
26 апр., 04:04
244
Har bir insonni oʻzgarishiga sabab boʻlgan hikoyasi bor..
Eng qizigʻi—bu hikoyadan keyin u qaytib hech qachon avvalgidek boʻlolmaydi.
P/s: 📜 Sizda bunday hikoya bormi?
25 апр., 10:44
244
نَعِيشُ عَلَى الصَّبْرِ وَالصَّبْرُ أَجْمَلُ حِكَايَةٍ
كُلُّ شَيْءٍ بِيَدِ اللَّهِ تَوَكَّلْ وَابْتَسِمْ
Biz sabr bilan yashaymiz, sabr eng go‘zal hikoyadir.
Har narsa Allohning qo‘lida — tavakkul qil va tabassum qil.
25 апр., 01:26
244
Oʻzimiz va o‘zgalar qalbini ehtiyot qilmoq ham ibodatdir!
Ustoz Husayn Buxoriy
24 апр., 12:36
244
“Vaqt qilich kabidir, agar sen uni kesmasang, u seni kesadi”
Navbatdagi mutolaa.
24 апр., 12:04
244
Natijalaringizni o'zgartirish uchun fikrlash tarzingizni o'zgartirishingiz zarur.
23 апр., 23:42
244
Repost from ULUL ALBAB - The People of Intellect
Kim sobit bo'lsa, o'sadi #reflection
Natijaga erishishning siri - sabr va sabot.
Bir ishni boshlab, tashlab ketmaslik.
Bir guruhga qo'shilib, tashlab chiqib ketmaslik.
Har darsga kirish va tark qilmaslik.
Kamdan bo'lsa ham, bosib biror narsa o'qish, o'rganish.
Ortingizga qarang, qancha ishni shunday tashlab ketdingiz?
Boshlagandan beri davom etganingizda nimalarga erishib tashlagan bo'lardingiz?
- 10 marta xatm qilib bo'lgan;
- ikki marta Qur'on yodlab bo'lgan;
- arab tilida allaqachon B2 darajaga chiqqan;
- tajvidni o'zlashtirib bo'lgan;
- 100ta kitobni allaqachon o'qib bo'lgan bo'lardingiz.
Faqat sobit bo'lolganimizda edi...
© ULUL ALBAB yozdi
23 апр., 11:49
244
+1
Hayot qanchalik shovqinli boʻlmasin, qalbimda doim sokin bir burchak bor... U yerda oppoq orzular gullaydi..!
22 апр., 00:57
