ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

Открыть в Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
256
Подписчики
+124 часа
-297 дней
-4730 дней
Архив постов
Bedorman... Tun bilan uyg‘oq qolganimning sababi bormi yoki shunchaki qalbim bugun ham sukutga ko‘nmayaptimi... ❗️

Uyqu yoʻq...

📌 E’lon 🤍 Vaqtingizga rozi bo‘lsangiz qoling… Kimnidir vaqtini oʻgʻirlashni xohlamayman. Bu yerda: — fikrlar — mutolaa — biroz shaxsiy kechinmalar — ba’zan sukutga aylangan hislar. Xafa bo‘lganimda ham, xursand bo‘lganimda ham, ichimdagilarni kim bilandir bo‘lishgim kelganida ham shu yerga murojaat qilaman...

#fikrlarim Turmush qurayotgan qizlarga bir gapim bor… Hech qachon «Bo‘laveradi», «Keyin o‘zgarar», «Mayli, shunga ham rozi bo‘lay», deb o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalardan voz kechib ketavermang. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, siz shunchaki bir insonni emas, butun umringizni birga o‘tkazadigan, hayotingizning eng muhim qarorlarida yoningizda turadigan insonni tanlayapsiz. U kelajakda farzandlaringizning otasi bo‘ladi. Shunday ekan, uning dunyoqarashiga, fikrlashiga, maqsadlariga, ilmga bo‘lgan munosabatiga va oilaga qarashlariga e’tibor bering. Siz kiyim tanlamayapsizki, biroz vaqt o‘tgach, yoqmay qolsa, almashtirib qo‘ysangiz. Siz butun umringizga taalluqli qaror qabul qilyapsiz. Orzularingiz maqsadlaringiz kelajakdagi hayotingiz va farzandlaringiz qanday muhitda ulg‘ayishi ham shu tanlov bilan bog‘liq. Shuning uchun o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalarni so‘rashdan istaklaringizni aytishdan va o‘z qarashlaringizni bildirishdan qo‘rqmang. Ko‘nglingiz to‘lmasa javobingiz «yo‘q» bo‘lishi ham mumkin. Faqat birovni rozi qilish uchun o‘zingizni norozi qilishingiz shart emas. Bir narsaga hayron qolaman… «Hali turmushga chiqmasdan nima qilasan bularni so‘rab?» «Bularni talab qilishga sening haqqing yo‘q» degan gaplarni eshitamiz. Nega. Nima uchun o‘z kelajagi haqida o‘ylash o‘ziga munosib hayot istash faqat erkaklarga berilgan huquqdek ko‘riladi? Qiz bola bo‘lajak turmush o‘rtog‘idan nimalarni kutishini aytsa bu aybmi? O‘z hayotiga daxldor masalalarda fikr bildirsa bu ortiqcha talabmi? Men ilm olishni xohlayman. Turmush qurganimdan keyin ham o‘qishimni davom ettirishni kitoblarim bo‘lishini dars qilishim uchun sharoit yaratilishini imkon bo‘lsa alohida xonam va kitob javonlarim bo‘lishini istayman. Farzandlarim ilm qadrlanadigan kitob o‘qish odatga aylangan fikr bildirish mumkin bo‘lgan muhitda ulg‘ayishini xohlayman. Bularni istashim nimasi bilan yomon.! Axir men faqat o‘zim uchun emas, kelajakdagi oilam, farzandlarim va ularning tarbiyasi uchun ham o‘ylayapman-ku. Ilm olishim uchun sharoit so‘rashim, kelajakdagi maqsadlarimni aytishim yoki o‘z qarashlarimni bildirishim meni yomon inson qilmaydi. Bu shart qo‘yish ham emas — bu o‘z hayotimga befarq emasligimdir. Insondan imkoniyatidan tashqaridagi narsalarni talab qilish boshqa, o‘zining muhim ehtiyojlari va orzularini ochiq aytish boshqa. Muhimi bir-biringizni tushunish hurmat qilish va kelajak haqidagi qarashlaringiz bir-biriga qanchalik mos kelishini bilishdir. Qizlar o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalarni nikohdan oldin gaplashib oling. Ilm olishingiz rivojlanishingiz orzularingiz sari harakat qilishingiz va o‘zligingizni saqlab qolishingiz uchun qanday sharoit kerakligini ayting. Oilada sizdan nimalar kutilishini ham siz nimalarni kutayotganingizni ham ochiq muhokama qiling. Insonning «ha» deyishiga emas, bu gaplarni qanday qabul qilishiga ham e’tibor bering. Sizni tinglayaptimi Fikrlaringizni hurmat qilyaptimi Kelajakdagi maqsadlaringizni tushunishga harakat qilyaptimi. Chunki nikoh — faqat bir uyda yashash emas. Bu bir-birining orzularini tushunish, maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash va birgalikda hayot qurishdir. Sizning istaklaringizni eshitishni ham istamaydigan inson bilan, ularni amalga oshirish yo‘lida sizga hamroh bo‘ladigan inson o‘rtasida katta farq bor. Yana bir narsani unutmang: sizning vazifangiz kimnidir o‘zingizga moslashtirish emas, balki qarashlaringiz va maqsadlaringiz mos keladigan insonni tanlashdir. Agar siz uchun ilm, rivojlanish va ma’lum bir muhitda yashash muhim bo‘lsa, buni yashirmang. Insonning imkoniyati hozircha yetmasligi mumkin, ammo u sizning istaklaringizni tushunishi, hurmat qilishi va imkon qadar birgalikda harakat qilishga tayyor bo‘lishi muhim. Sizni tushunmagan insonning ortingizdan nima deyishi esa o‘z qaroringizdan voz kechishingiz uchun sabab bo‘lmasin. Turmush qurishga shoshilmang. Avval kim bilan, qanday hayot qurmoqchi ekaningizni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Chunki bu tanlovda faqat bugungi ko‘nglingizni emas, ertangi hayotingizni ham hisobga olishingiz kerak. Uzun boʻlib ketdi uzr.

Hozirgi kunlarda ko‘proq o‘zim bilan bandman… O‘zimni rivojlantirish, dunyoqarashimni kengaytirish, fikrlarimni tartibga soli
+1
Hozirgi kunlarda ko‘proq o‘zim bilan bandman… O‘zimni rivojlantirish, dunyoqarashimni kengaytirish, fikrlarimni tartibga solish va o‘z ustimda ishlash bilan ovora bo‘lyapman. Ayni paytda men uchun eng muhimi — o‘zimni anglash va ichki tomonlama o‘sish.

Shunchaki yasha, sen sensan. Birovga yaxshi ko‘rinishga, boshqalar uchun o‘zingni o‘zgartirishga majbur emassan. Seni boringc
Shunchaki yasha, sen sensan. Birovga yaxshi ko‘rinishga, boshqalar uchun o‘zingni o‘zgartirishga majbur emassan. Seni boringcha ham qabul qilguvchilar bor..!
Oʻzgarish birovga yoqish yoki boshqalarning fikriga moslashish uchun emas, Alloh roziligi uchun boʻlishi kerak.
Odamlar uchun o‘zgarish — o‘zligingni yo‘qotishdir.

Bugungi kundan lavhalar... Esda qolarli kun boʻldi...☺️))
Bugungi kundan lavhalar... Esda qolarli kun boʻldi...☺️))

photo content
+9

Видеосообщение00:25

Видеосообщение00:56

Видеосообщение00:55

Biz ham keldik

Видеосообщение00:19

Tugatilgan kitob: Iymon va huzun. Yozishni yana boshladim...) Koʻchga chiqqanimda doimo bitta kitobni yonimda olib yurishni y
+1
Tugatilgan kitob: Iymon va huzun. Yozishni yana boshladim...) Koʻchga chiqqanimda doimo bitta kitobni yonimda olib yurishni yoʻlga qoʻyapman. Boshlangan kitob : Obida ayollarni yonimda olib yuraman.

Dildan suhbatlashishni xohlayapman... Ba’zan yig‘lab, ba’zan kulib, ba’zan esa shunchaki jim qolib... atrofim toʻla yaqinlarim boʻlsa ham.... Ich ichimdan, qalbdan suhbatlashadigan insonim yoʻq... Shu boʻlsa kerak yolgʻizlik hissi...

Ancha vaqtdan beri Allohdan faqat bir narsani so‘rayotgan edim... 😊
Allohim, agar biror inson mening taqdirimda bo‘lmasa, qalbimni unga bog‘lab qo‘yma. Menga tegishli bo‘lmagan narsalar uchun qalbimni charchatma, yetolmaydigan manzillar ortidan sarson qilma. Men bilmagan xayrlarni Sen bilasan, men ko‘rmagan oqibatlarni Sen ko‘rasan. Agar biror narsaning menga nasibasi bo‘lmasa, undan ko‘nglimni chiroyli tarzda sovut. Agar biror insonning hayotimda o‘rni bo‘lmasa, uni qalbimdan uzoqlashtir. Mendan ketishi kerak bo‘lgan narsalarni ushlab qolishga urinmaydigan, ketgan narsalar ortidan o‘zini yo‘qotmaydigan qalb ato et. Men endi hamma narsani ham istaganimdek bo‘lishini emas, men uchun xayrli bo‘lganidek bo‘lishini istayman. Har bir yo‘qotishdan keyin hikmat izlaydigan, har bir kechikishda sabr qiladigan, har bir nasibaga shukr aytadigan bandalaringdan qil. Zero, men bilmagan yo‘llarni Sen bilasan, Allohim. Men uchun nima xayrli ekanini ham, kim bilan yo‘lim bir bo‘lishini ham eng yaxshi biluvchi O‘zingsan. Menga nasib qilmagan narsalarni qo‘msab yashashdan ko‘ra, nasibamda bor narsalarni xotirjam qalb bilan kutishni nasib et...
Chunki ba’zan inson bir narsani juda qattiq xohlaydi. Uning ortidan boradi, unga umid bog‘laydi, qalbidan joy beradi. Go‘yo usiz hayoti to‘liq bo‘lmaydigandek tuyuladi. Ammo vaqt o‘tib anglaydiki, har bir istak ham nasiba emas, har bir uchrashuv ham birga qolish uchun emas ekan... Ba’zi insonlar hayotimizga biz bilan qolish uchun emas, balki bizga nimanidir anglatish uchun kelar ekan. Ba’zi narsalarning amalga oshmagani esa biz bilmagan bir xayrni o‘zida yashirgandir. Qalbimga faqat xayrli bo‘lgan narsalarni joylashtir, Allohim. Qolganlarini esa qalbimga yetib kelishidan avvalroq mendan uzoq qil.

Vaqtini turli tillarni o‘rganishga sarflab, Qur’ondan ikki qatorni to‘g‘ri o‘qib bera olmaydigan kishi ziyondadur. Mubashshir
Vaqtini turli tillarni o‘rganishga sarflab, Qur’ondan ikki qatorni to‘g‘ri o‘qib bera olmaydigan kishi ziyondadur. Mubashshir Ahmad

Ilm talabida yurgan har bir toliba va tolibga faqat ilmning o‘zi emas, ba’zan moddiy tomondan ham, ma’nan ham qo‘llab-quvvatl
+1
Ilm talabida yurgan har bir toliba va tolibga faqat ilmning o‘zi emas, ba’zan moddiy tomondan ham, ma’nan ham qo‘llab-quvvatlov kerak. 🌱 Chunki ilm yo‘li ham sabr, mehnat va fidoyilikni talab qiladi. Bir piyola choy, kerakli kitob, yo‘l puli yoki shunchaki “davom et, sen uddalaysan” degan bir og‘iz so‘z ham ilm talabidagi insonning qalbiga quvvat bo‘lishi mumkin. Ilm izlayotganlarni qo‘llab-quvvatlaylik. Balki biz uchun oddiy bo‘lgan bir yordam, uning ilm yo‘lida davom etishiga sabab bo‘lar. 📚

فِي حَدِيقَةِ الْبُسْتَانِيِّ الْمَاهِرِ تُزْهِرُ الْأَزْهَارُ دَائِمًا… 🌸 Yaxshi bog‘bonning bog‘ida gullar hamisha yashnay
فِي حَدِيقَةِ الْبُسْتَانِيِّ الْمَاهِرِ تُزْهِرُ الْأَزْهَارُ دَائِمًا… 🌸 Yaxshi bog‘bonning bog‘ida gullar hamisha yashnaydi…🌸

Ba’zan qalb charchaydi… Ammo eng go‘zal dam — Allohga yaqinlashgan damdir. Bilarmidingiz… Qur’on bilan yashagan qalb hech qachon bo‘sh qolmaydi. Chunki har bir oyat — shifo, har bir harf — savob, har bir dars — hayotingizni o‘zgartiradigan qadamdır. ✨ Bugun o‘zingizga savol bering: Qalbingizni nima bilan oziqlantiryapsiz?
Agar haqiqiy sokinlikni istasangiz — ilm yo‘lini tanlang.
@Munabbih_Edu