Ismoiliyliklar
Закрытый канал
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
224
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-1730 дней
Архив постов
Mana uylanishga matvatsa. Uylanishdan maqsadiz nima deyishsa tekin massaj olish deyman endi :)
mana shu narsani uyimdagilarga tushuntirganman. uyimdagilar tushungan borku. mayli oʻzing topganingga uylanaver deyishgan. aslida qizlarniyam tushunish kerakda ularni tushunadigan yigitga berish kerak.
Oma qancha umidli yoshlarni roʻzgʻorga qamadik. Oʻlmasidan oldin koʻmdik degan joyi boshqacha ta’sir qildi.
Yoshi katta odam ekan. Hazillashmadim doimgidek. Oma shu paytgacha bobomni hech kim xon demagan boʻlsa kerak.
Anaqisa endi beshinchi aprelda marafonga chiqaman. Man oldin hazillashmagandim xay!
ps: tugʻilgan kun xato kiritilibdi
Qisqasi yigit ota-onamni xizmatini qilishiz shart emas. Men ota-onamga kelin emas qiz sifatida olib boraman ayolimni degan videoni tagiga yozilgan komment
Oxirgi video 1 soatda mingtadan ortiq layk yigʻdi. Endi Nasimiy haqidayam yaxshi bitta video qilaman deb oʻylayapman.
Zohiding bir barmog‘in kessang, tonib Haqdin qochar, Ko‘r bu miskin oshig‘i, sarpo so‘yarlar yig‘lamas.Nasimiy
Martgacha 10k boʻlaman degandim. Oma hali boʻlganim yoʻq. Bir haftadan kamroq vaqt qolibdi. Onasini emsin kunduzi yana video chiqazaman.
Ochigʻi manga alam qilishni boshladi uje. Misol uchun hozir soat besh. Man bir soatdan beri videoyimni montaj qilish bilan bandman va u videoni joylayman hamki u video mingta ham layk olmaydi. Lekin anetta bemaza bitta vayn yoki oʻn kishiga ehson qilamiz keyingisi siz boʻlishiz mumkin degan bratni videosi kamida ellik ming layk oladi. Ochigʻi bu odamni depressiya tomon boshlarkan. Misol uchun bugun chiqazajak videoyim Maxtumquli va uning fojeali hayoti haqida. Shoirni xotinini oʻgʻirlab ketishgan. Bu haqida koʻpchilik bilmaydi misol uchun. Tepada Bahrom Nazarov aytgan qoʻshiqni she’rini ham shu ayoliga bagʻishlab yozgan. Maxtumquli keyin nima qilgan bu haqida batafsil tushuntirganman. Nu koʻnglim davay montajini tugatib joyla deyapti. Aqlim kerakmas hozir uxlavor ertalab 9da syomkang bor deyapti. Xullas bilmadim. Oxirgi 5ta videoyimni bittasigina mingta laykdan oʻtgan. Nu shuncha mehnatga shuncha harakatga ba’zida juda achinib ketaman.
bu koʻrolmaslikdan emas. Shunchaki odam vaqtiga mehnatiga achinadiku. Shunaqa xolat mandayam hozir. Sizlarni yaqin olib yozyapmanda yana hasadchi ekan deb yurmanglar mani :)
Bugun Hazratov bilan koʻrishdik endi oʻrta meyona shoirlarga non qolmaydi dedi u kishi. Xullas bu kishim menga suniy intelekt tomonidan yozilgan she’rlarni oʻqib berishga tushdi. Bir qaraganda haqiqattan oʻrta meyona shoir yozgandek koʻrindi. Biroq u she’rlarni odam emas suniy ong yozgandi. Suhbat oxirida endi eng ta’sirli yoza oladigan shoirlar qolishi mumkin dedi. Suniy ong yozgan she’rlarni eshitganimdan soʻng bu gapni tasdiqlamasdan boshqa ilojim qolmagandi. Aslida Hazratov ayab gapiradigan odam. Lekin real koʻz bilan qarasak oʻrta meyona tugul undan yuqoriroq boʻlgan shoirlardan ham yaxshiroq yozishi mumkinligi aniq. Yani hozir mayli u darajada yoza olmaydi deb oʻylashimiz mumkin biroq vaqti kelib u deyarli hammadan zoʻrroq shoir boʻlishi mumkin. Kimdir shu gaplarni oʻqiyotib yagʻey gapni ja olasizda Ismoiliy. Baribir uni yozgani odamnikidek chiqmaydi uning uchun ilhom kerak. Talant kerak. Yana allambalo narsalar kerak deb oʻylayotgan boʻlishi mumkin. Mayli shunday oʻylasa ham. Lekin mana bu pastdagi she’rni bir oʻqib koʻringlar. Shunda men nima demoqchi ekanligimni tushunishlaringiz mumkin.
Kel birga boʻlaylik, ayriliqqacha…
Meni malomatga qoʻymasin bu vaqt.
Chaqmoq ham yashaydi bir lahza faqat,
Lekin shu lahzada porlar butun baxt.
Xuddi qaysidir shoir yozyotgandek tuyildimi sizlarga ham? Birinchi qator Nurmuhammadzoirni she’ridan olingan.
Baxrom Nazarov ajoyib ijro qilgan shu qoʻshiqni. Oma she’rning yozilish tarixiga bogʻliq voqeani bilganida qoʻshiq klipini boshqacharoq qilib ishlagan boʻlishi mumkin edi. Shu haqida bugun tongda yangi video joylayman.
